Qоzоqbоy yO‘ldоshеv, vаlijоn qоdirоv, jаlоlbеk yO‘ldоshbеkоv



Yüklə 3,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə184/191
tarix26.10.2023
ölçüsü3,46 Mb.
#132379
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   191
9-sinf Adabiyot darslik (yangi)

O‘LjAS SULAYMONOV
(1936- yilda tug‘ilgan)
Taniqli qozoq adibi O‘ljas Sulaymonov 1936- yilning 18-mayida 
Qozog‘istonning Olmaota shahrida tug‘ildi. Otasi Umar harbiy xiz-
matchi edi. 1937- yilda qatag‘on qurboni bo‘ldi. O‘ljas o‘rischa mak-
tabda o‘rta ma’lumot oldi. So‘ng Qozog‘iston davlat universitetining 
geolo giya fakultetini bitirdi. Yoshligidan adabiyotga mehr-muhabbat 
qo‘ygan O‘. Sulaymonov universitetni bitirgan yili Moskvadagi Maksim 
Gorkiy nomidagi Jahon adabiyoti institutiga kiradi.
O‘ljas Sulaymonov badiiy ijodga doir turli vazifalarda ishla-
di. 1962—1971- yillarda “Qozog‘iston haqiqati” gazetasi muxbi-
ri, „Qozoqfilm“ studiyasida muharrir, „Prostor“ jurnali bo‘lim mudiri, 
1971- yildan 1981- yilgacha Qozog‘iston Respublikasi Yozuvchilar 
uyush masi boshqaruvi kotibi lavozimida ishladi. 1981—1984- yillar-
da Qozog‘iston kinematografiya davlat qo‘mitasi raisi, 1984- yildan 
1992- yilgacha Qozog‘iston Yozuvchilar uyushmasining birinchi koti-
bi vazifalarida ishlagan. 1995—2001- yillarda Qozog‘istonning Italiya, 
Yunoniston va Maltadagi elchisi sifatida faoliyat ko‘rsatdi. 
O‘ljas Sulaymonov o‘ris tilida ijod qiladi. Lekin qozoq xalqi-
ga xos milliy xususiyatlar, urf-odatlar, millatning hayotidagi shonli 
va og‘riqli nuqtalarni yaxshi biladi va ishonarli aks ettiradi. Shu bois 

ning asarlari qozoq xalqining milliy ruhini teran ifodalashi bilan 
diqqatga sazovordir. Shoirning birinchi asari — „Arg‘umoqlar“ 1961- 
yilda dunyo yuzini ko‘rdi. Shundan keyin uning „Quyoshli tunlar“, 
„Ajoyib tun“, „Sharofatli vaqtlar“, „Maymun yili“, „Loy kitob“, „Olovning 
ko‘chishi“, „Yumaloq yulduz“ va „Az i Ya“ kabi ko‘plab she’riy, nasriy, 
ilmiy kitoblari chop etildi.


360
O‘ljas Sulaymonovning badiiy asarlarida qozoqlarning o‘ziga 
xos turmush tarzi, o‘y-fikrlari, his-tuyg‘ulari aks ettirilsa, ilmiy asarlari
-
da turkiy xalqlarning dunyo madaniyati taraqqiyotidagi ulkan o‘rni tari-
xiy dalillar asosida yorqin ko‘rsatib berilgan. O‘. Sulaymonov „Az i Ya“ 
asarida, yevropaparastlar aytganlariday, turkiylar yovvoyi va madani-
yatsiz qavm emas, balki dunyoning eng qadimiy madaniyatli millatlari-
dan ekanligini asosladi.
O‘. Sulaymonov „Qoyilmisan insonga, zamin“ deb ataluvchi 
dostoni bilan dunyoga mashhur bo‘ldi. Inson imkoniyatlari va irodasi-
ga bitilgan madhiya bo‘lgan mazkur asarda koinotni zabt etib, dunyo 
tarixida yangi bosqichni boshlab bergan inson haqidagi mushoha-
dalar g‘oyat ta’sirchan ifodalanadi. Shoir she’riyatidagi qahramonlar 
— g‘ururli, o‘z qadrini biladigan, ayni vaqtda, o‘zganing ham qadri-
ga yetadigan shaxslar. Ular fe’li keng, tanti, falsafiy mushohadalarga 
moyil, chapani va jo‘mard kishilar sifatida tasvirlangan. Ularda turkiy 
qavmlarning tarixiy o‘tmishi ta’sirli lavhalarda o‘z aksini topgan.
ARG‘UMOq
(Azim Suyun tarjimasi)
Yilqisi bilan mashhur,
Qadim qipchoq yerida
Oqib boradi uyur,
Kuygan o‘tlar selida.
Tomirimda qaynar qon,
Tulporidan saylab ber.
Yeldiray misli bo‘ron
Ostin-ustin bo‘lsin yer.
Yellar alanga olsin
Arg‘umoqning qonida.
Qiyoq, alaflar qolsin
Tuyoqlar to‘zonida.


361
Yashash, kurash nimadir,
Bilib qo‘ysin arg‘umoq.
Jasorat bizga taqdir,
Guldurab ketsin so‘qmoq!

Yüklə 3,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə