Pedagogik psixofiziologik talablar



Yüklə 54,93 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix24.12.2023
ölçüsü54,93 Kb.
#160654
növüАнализ
  1   2   3
o-smirlarni-kasbga-yo-naltirishga-qo-yiladigan-pedagogik-psixofiziologik-talablar



O’SMIRLARNI KASBGA YO’NALTIRISHGA QO’YILADIGAN 
PEDAGOGIK - PSIXOFIZIOLOGIK TALABLAR 
 
T.Rustamova 
NamDU 
 
Аннотация
: Ushbu maqolada o’smirlarni kasbga yo’naltirishga qo’yiladigan 
pedagogik – psixofiziologik talablar, kasbga yo’naltirish ishlarining o’ziga xosligi 
xususida fikr yuritilgan. Maqoladan o’quvchilar, psixologlar va ota-onalar 
foydalanishlari mumkin. 
Kalit so

zlar: 
analiz, sintez, klassifikatsiyalash, kasb, diagnostik kasb. 
 
ПЕДАГОГИКО-ПСИХОФИЗИОЛОГИЧЕСКИЕ ТРЕБОВАНИЯ ДЛЯ 
ПРОФЕССИОНАЛЬНОГО НАПРАВЛЕНИЯ ПОДРОСТКОВ 
 
Т.Рустамова 
НамГУ 
Аннотация: 
В статье говорится о педагогическо-психофизиологических 
требованиях, предъявляемых к профессиональной ориентации подростков и об 
уникальности работ по профессиональной ориентации. 
Ключевые 
слова: 
Анализ, 
синтез, 
классификация, 
профессия, 
диагностическая профессия. 
 
 
PEDAGOGICAL AND PSYCHOPHYSIOLOGICAL REQUIREMENTS FOR 
TEENAGERS 'PROFESSIONAL DIRECTION 
 
T.Rustamova 
NamSU 
 
Abstract: 
This article gave the aim for focusing young adults in educational 
demands and professional ways intheir life teachers, psychologists and parents might 
use this article. 
Key words:
analysis, synthesis, classification, profession and diagnostic 
profession. 
Respublikamizda barkamol shaxs va malakali mutaxassis tayyorlash 
jarayonining samarali tashkil etilishini ta`minlashga qaratilgan uzluksiz ta`lim tizimi 
tarkib toptirildi. Mustaqil huquqiy demokratik davlat qurish jarayoni nazariyotchilar, 
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (SI) II/2020
ISSN 2181-063X
230
http://oac.dsmi-qf.uz


amaliyotchilar va ta`lim tizimi rahbarlari oldiga kasbiy faoliyatga yo’naltirilgan 
moslashuvchan kadrlarni tayyorlash masalasini qo’ydi
1

«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da jamiyat, davlat va oila oldida o’z 
javobgarligini his etadigan mutaxassislarni taryyolash maqsadlari aniq belgilab 
berildi. Respublikamizning mustaqillik yillarida orttirgan taraqqiyot tajribasi taxlil 
qilinib, milliy istiqlol g’oyalari tamoyillariga asoslanib, ijtimoiy hayotning muhim 
tarkibiy qismi ta`lim-tarbiya jarayoni o’zgardi. Bu jarayon ta`lim sohasidagi davlat 
siyosatining huquqiy asoslarini yaratishdan boshlandi. Ta`lim va tarbiyani islohot 
talablari asosida yuksak darajaga ko’tarish ham davrimizning qat’iy talabi, 
jamiyatning ijtimoiy buyurtmasidir
.
O’smirlarni o’rganilayotgan kasbga qiziqishini shakllantirish jarayonida 
ularning e`tiborliligini ifodalaydigan materiallarni tavsiflaydigan xolatlar kuzatiladi. 
Shunningdek, kasbiga qiziqishini shakllantirishni ta`minlaydigan intellektual 
komponentning tarkibiy qismlarini aniqlashda quyidagilarga alohida e`tibor berish 
lozim
2
:
 

Analiz va sintez; 

Diqqat va kuzatuvchanlik; 

Ajratish va umumlashtirish; 

Klassifikatsiyalash va isbotlash. 
Kasblarga qo’yiladigan psixofiziologik talablarni umumiy holatini izohlash 
uchun
3

1.
 
O’smirlarni tegishli kasbiy niyatlarini shakllantirish metodlarini ishlab 
chiqish; 
2.
Kasbiy qobiliyatlar va kasbga layoqatni shakllantirish metodlarini ishlab 
chiqish. 
3.
Turli kasblarning ijtimoiy mavqeini tenglashtirish metodlarini va yo’llarini 
ishlab chiqish. 
4.
Mehnat resurslarini taqsimlash va ularning muhim joylashib qolishi 
jarayonini iqtisodiy va ma`naviy tartibga solib turish omillarini ishlab chiqish. 
5.
Moddiy ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohalarining
 
o’smirlarni uchun 
jozibali bo’lishini oshirish tadbirlari tizimini ishlab chiqish. 
6.
Kasb tanlashning tegishli motivlari shakllanishiga ommaviy tarbiya vositalari 
ta`siri samaradorligini oshirish tadbirlari tizimini ishlab chiqish. 
7.
Kasb - xunar kolleji, oila va ishlab chiqarish bilan hamkorlikda kasbga 
yo’naltirish va kasbiy maslaxat bo’yicha olib boradigan ishlari tizimini belgilashda 
1
O’zbekiston Respublikasining «Milliy kadrlar» dasturi. Ma`rifat gazetasi.15 sentyabr,1997 yil. 
2
B. X. Raximov “Ta`lim tizimida bo’lajak o’qituvchi shaxsning kasb madaniyati” Samarqand., 1996 y., 43-45 b. 
3
M. F. Ziyaeva “Bo’lajak tibbiyot xodimining kasbiy yo’nalganligini shakllantirish” Xalq ta`limi j ., 2001 y 3-son., 54-
56 b. 
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (SI) II/2020
ISSN 2181-063X
231
http://oac.dsmi-qf.uz


“xohlayman”, “uddalayman” hamda yengil sanoat sohasi tarmoqlariga xos ishlab 
chiqarish korxonalarini o’rganish jarayonida o’quvchilarni mazkur sohaga xos 
kasblarni tanlashga yo’naltirish asoslarini mukammal o’zlashtirishni ta`minlash zarur. 
O’smirlarni kasbga tayyorlash jarayoni, mehnatga munosabatini tarbiyalash, 
amaliy ko’nikma va malakalarni shakllantirish, o’quvchi shaxsini har tomonlama 
rivojlantirish va shakllantirish ishlarini o’z ichiga oladi. 
Shaxsiy-psixologik omillarga esa e`tiqod ehtiyoji, moyillik, odatlar, ma`lum bir 
faoliyatning biror turini tanlash masalalari kiradi. Inson ongini o’rganishda shaxsning 
aniq vaziyatdagi, aniq maqsadi pedagogik-psixologik, kasbiy, texnik-texnologik 
foliyatining asosiy maqsadi yoshlarda faqat moddiy boyliklar yaratish malakasini 
tarbiyalash emas, balki mehnat qilish ehtiyojini ham tarkib toptirishdir. Kasbiy 
yo’naltirish va tarbiya vazifalarini muvaffaqiyatli bajarish uchun o’qituvchi yuksak 
g`oyaviy, printsipial, siyosiy etuk va ma`naviy barqaror inson bo’lishi shart
4

Pedagog o’zining – o’quvchilarini bilish va hurmatlash, doimo ularning har 
tomonlama kamol topishi uchun qayg`urish, ehtiyoj va qiziqishlarini tushunish, har 
biriga yakka holda yondoshish kasbga yo’naltirish, pedagogik mahorat, o’z ustida 
uzluksiz ijodiy ishlash, o’z bilimlarini takomillashtirib borish, yuksak saviyaga 
erishishi muhim ahamiyatga ega.

Kasb tanlashda


 
o’smirlarga yordam berish maqsadida mutaxassislar 
(psixologlar, vrachlar, pedagoglar va boshqalar)ning maslahatlari va tavsiyalari 
asosiy omillardan biri bo’lib xizmat qiladi. Kasblar bo’yicha maslahat berishning bir 
necha xillari mavjud bo’lib ular bir - biridan farq qiladi. 
Ma`lumot-axborot beruvchi maslahatlar: 
Kasbni mazmuni bilan iloji boricha chuqurroq tanishtirishga qaratilgandir. U 
sizni o’qa kasbni shaxsga nisbatan qanday talablar qo’yishi bilan tanishtiradi, bu 
kasbni qaerda, qanday qilib o’rganish yo’llarini, ishga joylashish imkoniyatlarini 
tushuntirib beradi: shu maslahatning o’zida siz kasb mahoratini oshirish yo’llari 
to’g`risida ham ko’pgina ma`lumotlarni bilib olishingiz mumkin. Odatda bunday 
maslahatlarni o’sha kasbda uzoq vaqtdan beri ishlayotgan tajribali mutaxassislar 
o’tkazadilar. 
Diagnostik kasb maslahati berish: 
Kishini har tomonlama o’rganish asosida undagi qiziqishlar, moyilliklar, 
qobiliyatlar hamda shaxsdagi kasbiy jihatdan muhim bo’lgan ayrim sifatlarni aniqlab 
o’rganishga qaratilgandir.
Bunday maslahatdan maqsad–faoliyatning qanday sohasida siz muvaffaqiyatli 
ishlashingiz mumkinligini, ya`ni siz qaysi sohada jamiyat uchun maksimal foyda 
keltirishingiz mumkinligini hamda o’z mehnatingizdan mumkin qadar ko’proq 
4
M. F. Ziyaeva “Kasbga qiziqish va kasb tanlash” Kasb xunar ta`limi j ., 2001 y 5-son., 15-17 b. 
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (SI) II/2020
ISSN 2181-063X
232
http://oac.dsmi-qf.uz


qoniqish hosil qilishingizni oldindan belgilab berishdan iborat. Diagnostik kasb 
maslahatini psixologlar o’tkazadilar. Ular shaxsni o’rganishning anketa to’ldirish, 
testlar bilan sinash singari har xil metodlarini qo’llaydilar.
Tibbiy kasb maslahati: 
Odamning salomatligi u tanlagan kasb talablariga qay darajada muvofiq 
kelishini aniqlab olishga yordam beradi. Agar siz mo’ljallayotgan kasb qandaydir bir 
sabab bilan sog`lig`ingizga to’g`ri kelmaydi, deb topilgudek bo’lsa, u holda vrach 
sizga boshqa bir kasbni, ya`ni sizning qiziqishingiz va sog`lig`ingizga zarar 
etmaydigan kasbni tanlashga tavsiya qiladi. 
Tuzatish kirituvchi kasb maslahati: 
O’smirlarni bir kasbni tanlasa-yu, lekin uning real imkoniyatlari va 
qobiliyatlariga o’sha kasb muvofiq kelmagan hollarda bunday maslahat zarur bo’ladi. 
Bunday vaziyatda kasbiy rejani qaytadan ko’rib chiqish yoki unga aniqlik kiritish 
zarur bo’lib qoladi.. Meditsina kasb maslahatiga ma`lumot – axborot berish 
xarakteridagi va tuzatish kirituvchi xarakterdagi elementlar mavjud bo’lsa, diagnostik 
kasb maslahatida kasb maslahatlarining elementlari uchraydi va hakozo. 
Kasb to’g`risida maslahat 3 ta bosqichga bo’linadi. 
1

Yüklə 54,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə