Farhod yigit yoshiga yetdi. Lekin tug‘ma ishq ta’sirida do- imo g‘amgin, alam va dardlar bilan ko‘milgan edi. Buning sab- abini o‘zi ham tushuntirib berolmas edi. Otasi uning g‘amlarini aritmoq uchun turli tomoshalar, bazmlar, ziyofatlar uyushtir- di. Foydasi bo‘lmadi. Shunda xoqon Farhodning ko‘nglini olish uchun yilning to‘rt fasliga moslab to‘rt oliy qasr qurdirish fikri- ga keldi. Farhodning atobegi, ya’ni tarbiyachi-ustozi Mulkoro bu ishga ma’mur etib tayinlandi. Xitoyning mashhur me’mori Boniy, naqqoshi Moniy hamda tosh yo‘nuvchi Qoran qurilishga jalb etildilar. Farhod qurilish bo‘layotgan yerga kelib ustalarning ish- larini ko‘rdi. O‘z hunarlarini mislsiz san’at darajasiga yetkizgan, toshni ham saryog‘dek kesayotgan uch ustod ishidan hayratga tushdi. U shunchaki kuzatuvchi, tomoshabin bo‘lib qolmasdan ularning hunarlarini o‘rganishga kirishdi. Oxiri shu darajaga ye- tdiki, bu kasblarni ustoz lari darajasida o‘zlashtirdi, hatto ba’zisi- dan o‘zib ham ketdi. Nihoyat bahor, yoz, kuz va qish fasliga moslab qurilgan shohona qasrlar bitdi. Xoqon ularda bir yillik bazm tadorigini ko‘rishni buyurdi. Maqsad – o‘g‘lidagi g‘amginlikni ketkazish. Farhodda esa o‘zgarish yo‘q – o‘sha-o‘sha mahzun edi: Biravkim zor yig‘lab – yig‘lab ul zor,
Topib ko‘ngli el ozoridin ozor.
Chiqorib so‘zlig‘ so‘z
1
boshidin dud,
Sovug‘ oh aylab ohin otasholud
2
.
Bo‘lub el anduhidin ko‘ngli g‘amnok.
Yaqo chokin ko‘rib, ko‘ksin qilib chok.
Biravkim ishqdin qilsa rivoyat,
So‘rub hardam mukarrar
3
ul hikoyat.
1 “So‘zlig‘ so‘z” birikmаsini hаm “yoniq so‘z”, hаm “so‘zli yonish” mа’nоsidа tushunish mumkin, chunki o‘zbеkchа “so‘z” “kаlimа” mа’nоsini bеrsа, tоjikchа “so‘z” “kuyish” mа’nоsidа kеlаdi; 2 Оtаshоlud – yoniq, dаrdli, оtаshin; 3 Мukаrrаr – tаkrоr.
61
Tafahhus aylab
1
andin ko‘p nishone,
Nishonin ko‘nglida asrab nihoni.
Visol ichra zamirin
2
shod topib,
Alamdin xotirin ozod topib.
Yetishgach hajr sharhi zor yig‘lab,
Iki ko‘z aylabon xunbor
3
yig‘lab.