bir necha o‘n va yuz km ga (Braziliyadagi sochmalar Atlantika okeani bo‘ylab
200–300 km ga, Avstraliyadagi sochmalar esa 600 km ga cho‘zilgan) borishi
mumkin. Foydali mineral zaxirasi bir necha million tonnaga yetadi. Ular ba’zida
0,5–1,25 m qalinlikda qum bilan ko‘milgan bo‘lishi mumkin. Sochmalarning
ko‘ndalang kesimi qabariq linza ko‘rinishida bo‘ladi.
Dengiz va okean plaj sochmalari yon atrofidagi
daryolarning allyuviy
cho‘kmalari hisobiga, juda kam hollarda esa qirg‘oq hisobiga hosil bo‘lishi
mumkin.
Glyasial sochmalar materik va tog‘ muzliklarining siljishi hisobiga hosil bo‘ladi.
Ammo bunda mahsulot maydalanmaganligi va saralanmaganligi uchun konlar
haddan tashqari kam hosil bo‘ladi. Bunga
Alyaskaning oltinli morenalari,
AQSHdagi Viskonsiya va Michigan olmosli morenalarigina misol bo‘la oladi. Ba’zi
hollarda erigan muz suvlari ularni qisman saralab, flyuvioglyatsial sochmalar hosil
qiladi, ammo bularning amaliy ahamiyati juda kam. Glyatsial sochmalar tub
konlarni qidirish ishlarida katta ahamiyatga ega.Eol sochmalarning hosil bo‘lishida
shamolning bo‘laklarni yumalatishi, sakratib uchirish
orqali saralashi eng asosiy
omil hisoblanadi. Buning allyuvial saralanish jarayonidan farqi shundaki, bir xil
tezlikdagi shamol suvga qaraganda bir necha yuz marta kichik bo‘lgan
zarralarnigina uchira oladi. Shamolning ma’lum tezligida ma’lum
kattalikdagi
zarrachalargina uchiriladi.
Shamolning o‘zgarmas yo‘nalishda esib, qayta-qayta sovurishi natijasida
mayda va yengil zarrachalar chang holida uchib ketadi, yirik va og‘irroq
zarrachalar esa dyuna, barxan va to‘lqinsimon tizmalarning orqa qismida to‘planib
qoladi.
Eol sochmalarning hosil bo‘lishi quruq arid iqlimga xos bo‘lib,ko‘pincha
dengiz sohillaridagi qirg‘oqbo‘yi sochmalarini uchirib saralash yoki cho‘l va
sahrolarda elyuvial, prolyuvial va eski allyuvial qoliqlarni saralash yo‘li
bilan
vujudga keladi. Ularning hosil bo‘lishida prolyuviy bilan doimo to‘lg‘izib
turiladigan botiq relyeflar ancha qulaylik tug‘diradi.