Chin eritma cho‘kmalari
Chin (ya’ni molekular) eritmaga quruqlikdagi
oson eruvchan tuzlar
(NaCl, KCl, MgCl, MgSO
4
, CaSO
4
, CaCl
2
), organik moddalar, CaCO
3
,
MgCO
3
, NaCO
3
, va SiO
2
kabi qiyin eriydigan birikmalar to‘yinmagan yoki
issiq iqlim sharoitidagi daryolarda to‘yingan eritma hamda qisman bo‘lakli
jins holida suv havzalariga kelib tushadi.Natijada ko‘l,
dengiz va okeanlar
ma’lum miqdorda erigan tuzlar bilan boyigan kuchsiz elektrolit holida bo‘ladi.
Okean suvidagi o‘rtacha tuz miqdori 3,5 %ga teng. Suv havzalariga sersuv
daryolar quyilsa, undagi tuz miqdori kamroq bo‘ladi (Kaspiy dengizida 1,5
%, Fin qo‘ltig‘ida 0,35 %). Ko‘l va dengiz kabi berk havzalarda bug‘lanish
tezligi tuzsiz suvlarning quyilish tezligidan yuqori bo‘lsa, tuz miqdori ko‘proq
bo‘ladi (O‘rta Yer dengizida 3,9 %, Qizil dengizda 4,2 %).
V.Vernadskiyning hisoblariga ko‘ra okean va dengizlarda 22 mln km
3
hajmda erigan tuz bor. Bu tuz butun Yer yuzini uzluksiz 42 m qalinlikda tuz
qatlami bilan qoplashga yetadi. Shuning 3/4 qismi osh tuzidir.
Dengiz suvlarida
ishqoriy metallarning xlorid, sulfat va karbonatlari
asosiy o‘rnini egallaydi, qolgan elementlar juda kam miqdorda bo‘ladi.
Birikmalarning tuz holida ajralishi asosan to‘rt sababga, ya’ni
haroratning
pasayishi, erituvchining bug‘lanishi, turli tarkibli eritmalarning
o‘zaro qo‘shilishi va vodorod ko‘rsatkichi (pH)ning o‘zgarishiga ko‘ra sodir
bo‘ladi.
Bunda tuzlarning eruvchanligi, konsentratsiyasi, suvning harorati,
bosimi, pH miqdori kabi qator omillar katta ahamiyatga ega.
Harorat va bosimning pasayishi eruvchanlikni pasaytiradi.
Suvning
bug‘lanishi natijasida tuzlarning konsentratsiyasi oshib, eritma to‘yingan
holga keladi. Tarkibi har xil bo‘lgan eritmalar uchrashganda reaksiyalar ro‘y
beradi.
Muhit o‘ta ishqoriy bo‘lganda (pH >8) eritma ishqoriy metallar (Na, K,
Mg, Ca) ga to‘yinadi. Ana shularning hammasi tuz eritmalarining cho‘kindiga
o‘tishiga imkoniyat yaratadi.
Cho‘kindiga o‘tishga yana bir muhim sabab-tuzlarning eruvchanlik
xossalaridir. Shunga ko‘ra qiyin eruvchan tuzlarga yuqoridagi omillar
tezroq ta’sir qiladi, oson eruvchanlari esa bu
omillarga keyinroq reaksiya
beradi. Shu sababli umumiy holda tuzlar ma’lum tartibda cho‘kindiga aylanadi
(5-jadval). Bu tartib tuz konlarida qiyin eruvchi tuzlarning pastdan yuqoriga
qarab oson eruvchi tuzlar bilan almashinib, zonal joylashishiga olib keladi.