Qushlar sinfi. Ko‘k kaptarning tashqi tuzilishi va pat qoplag‘ichini o`rganish Tip


-rasm. Qushlar tumshug`i xilma-xilligi



Yüklə 406,19 Kb.
səhifə4/4
tarix17.05.2022
ölçüsü406,19 Kb.
#87180
1   2   3   4
11-lab. Qushlarning tashqi tuzilishi

14.5-rasm. Qushlar tumshug`i xilma-xilligi. 1-konyuka (qirg`iy),2-balchiqchi, 3-baliqchi, 4-o`rmon loyxo`ragi, 5-kolibri, 6-qizilishton, 7-tukan, 8-soqoqush, (9-11-donxo`rlar), 9-qiziltush, 10-boltatumshuq,11-Archa qaychitumshug`i, (hashorotxo`rlar), 12-lenotkalar, 13-tentakqush (suvda suzuvchilar),14-yovvoiy o`rdak, 15-o`rdak cherag.


14.6-rasm. Qushlar oyoqlarining xilma-xilligi. 1-yovvoiy o`rdak, 2-qashqaldoq, (1-2-suvda suzuvchilar), 3-qamishzor to`qaychumchug`i, 4-qirg`ovul, (3-4-botqoqliklardagi o`simliklar orasida yashaydi), 5-katta chittak, 6-qizilishton, 7-qarchig`ay, (5-6-7-butasimon o`simliklar orasida yashaydi), 8-bulduruq, (8-cho`lda yashaydi), 9-oq kaklik(chil), (9-qorli mintaqalarda yashaydi), 10-kanyuka (qirg`iy), 11-skopa, (10-11-yirtqichlar).
Ko’zlarning orqasida va bir oz pastda shakli o’zgargan kontur patlar bilan qoplangan. Katta ko’zlari boshining 2 yoniga o’rnashgan bo’lib, u quloqning nog’ora pardasiga borib taqaladi. Nog’ora parda orqali ajratib turgan o’rta quloq yoki nog’ora bo’shlig’i og’iz bo’shlig’i bilan ingichka yevstaxiyev nayi orqali qo’shiladi. Tilning tubida atrofi 3 ta tog’ay bilan o’ralgan hiqildoq joylashgan. Hiqildoqdan keyin xalqum joylashgan bo’lib, undan qizilo’ngach boshlanadi.

Ma’lumki qushlarda katta hajmli havo xaltachalari bor. Bunga ishonch hosil qilish uchun uchiga rezina koptok kiygizilgan ingichka shisha naychaning 2-uchi hiqildoqqa tiqilib kontak orqali nafas yo’liga havo yuboriladi. Bir ozdan so’ng bo’yin, qo’ltiq atrofi va qorin terisi bo’rtib, shishib chiqadi, hamda ko’krak baland ko’tariladida qush tanasi hajmi o’zgaradi. Demak qushlarda havo xaltachalari bir nechta, shulardan 2 tasi bo’yin, 1 tasi o’mrov oralig’I, 1-2-jufti ko’krak, eng kattasi esa qorin qismida joylashgan ekan.

Bu gruppaga kiruvchi qushlarning pat qatlami siyrak pari deyarlik yo`q. Dum usti bezlari yo`q yoki kam rivojlangan. Ochiq yerda yashovchi qushlarga bulduruqlar tuvaloqlar, tuyaqushlar kiradi. Bularnining uyalari doimo yerda joylashadi.

Suvda so`zuvchi qushlarning hayoti, albatta suv bilan bog`langan. Bular suvda yaxshi so`zadi va shungiydi. Gavdasi yalpoq, oyoqlari tananing ancha keyingi qismida joylashgan. Barmoqlarining orasida suzgich parda bor. Dum usti bezlari yaxshi rivojlangan. Patlari zish bo`lib, pari juda kam bo`ladi. Dumi ancha kalta. Bu gruppaga urdaklar, g`ozlar, oqqushlar, qoravoylar, kayralar, pingvinlar, baliqchilar va boshqalar kiradi.

Ovqatlanishi.Qushlarning geografik tarqalishi, yashash joylariga taqsimlanishi, pushtdorligi, avvalo, ularning ovqatlanishiga bog`liq bo`ladi. Qushlarning ovqat eyishiga qarab shartli ravishda quyidagi gruppalarga bo`lish mumkin: yirtqichlar, o`limtikxo`rlar, baliqxo`rlar, hasharotxo`rlar, donxo`rlar va mevaxo`rlar.

Yirtqichlarga kunduzgi yirtqich qushlar bilan yapaloqqushlarning juda ko`p turlari xada chumchuqsimonlardan karqunoqlar kiradi. Bularning tumshugining uchi qayrilib, ilmoq hosil qilgan va changalli tirnoqlari kuchli bo`lib, boshqa qushlarni sutemizuvchilarni va sudralib yuruvchilarni tiriklayin to`tib eydi.

O`limtikxo`r qushlarga Amerika tasqaralari, eski dunyo tasqaralari va jurchilar kiradi. Ba’zi burgutlar, buronqushlarning maxsus moslamalari bo`lmasa ham shartli ravshda shu gruppaga kiritiladi. Bu gruppaga kiruvchi qushlar tabiat sanitarlari deb ataladi.

Baliqxo`r qushlarga pingvinglar, kungirlar, saqoqushlar, qoravoylar, baliqchilar, yirtqichlardan sko`pa va suv burgutlari kiradi. Qushlar suvdan baliq tutishga juda turlicha moslashadi.

Xashoratxo`r qushlar gruppasiga juda ko`p turlar kiradi. Masalan, kurkunaklar, tentakqushlar, jarg`aldoqlar, qizilishtonlar, juda ko`p chumcho`qsimonlar (qaldirg`ochsimonlar, dumparastlar, moyqutlar, chittaklar). Bularning tumsho`qlari ingichka, ba’zan uzun, ba’zan esa kalta bo`ladi.

Donxo`r qushlarga, avvalo, chumcho`qning tumsho`qlari konussimon bo`lib, doni maydalashga moslashgan. Donxo`r qushlar bolalarini hasharotlar bilan boqadi. Nixoyat mevaxo`r qushlarga tropik o`rmonlarda yashaydigan to`tilar, to`qanlar, ba’zi kaptarlar kiradi. Bularning ham tumsho`qlari kuchli bo`ladi.

Yilning fasllariga va geografik tarqalishiga qarab qushlarning ovqat ob’ekti o`zgarib turadi. Masalan, butun yoz davomida hasharotxo`r bo`lgan ba’zi qushlar qish faslida don bilan ovqatlanishga o`tadi. Qizilqum tog`larida yashaydigan kaklik yozda hasharotlar bilan ovqatlanadi va xoqazo.Quyda ayrim qushlarning tumshuqlarining tuzilishi berilgan (14.5-rasm).

Yashash sharoitiga qarab qushlar quyidagi ekologik gruppalarga bo`linadi:

Daraxtzorda yashovchi qushlar hayotining ko`p vaqtini daraxtlarda va butalarda o`tkazadi.

Bu gruppaga aksariyat ko`pchilik mayda qushlar kiradi. Bularning gavdalari cho`ziq, yon tomonidan biroz qisilgan, oyogi kalta, tirnoqlari o`tkir, barmoqlari to`rtta bo`ladi, uchtasi oldingi, bittasi orqa yoki ikkitasi orqaga qaratilgan bo`lib, orqa barmog`i doimo yaxshi rivojlangan bo`ladi (14.5, 14.6-rasm).



Ochiq yerda yashovchi qushlar odatda ko`p vaqtini yerda o`tkazadi va qadam bosib yugurib harakat qiladi. Bularning gavdasi katta, pi,chik va keng bo`ladi. Ko`pchiligining qanoti kalta va syerbar bo`ladi. Oyog`i kuchli orqa barmogi ko`pincha yo`q, bo`yni uzun. Bulduruqlarning oyog`i, bo`yni kalta, lekin qanoti uzun va o`tkir bo`ladi.


Ishni rasmiylashtirishga oid tavsiyalar: Rasmlarni albomga chizib oling, qushlar tashqi ko`rinishi (tana qoplag`ichi) va tumshug`i, oyoqlari xilma-xilligini tahlil qiling va o`rganing.
Yüklə 406,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə