R. A. Norov t f. n., dotsent, Toshkent


-bob. Qurilishda sertifikat va sertifikatlashtirish. Shtrix-kodlash tizimi



Yüklə 1,89 Mb.
səhifə10/28
tarix13.05.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#110027
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   28
Standartlashtirish va sifat nazorati-fayllar.org

3-bob. Qurilishda sertifikat va sertifikatlashtirish. Shtrix-kodlash tizimi
3.1. "Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish to`g`risida"gi qonunning mazmuni
O`zbekiston Respublikasining "Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to`grisida"gi qonuni 1993 yilning 28 dekabridan kuchga kiritilgan. Mazkur qonun O`zbekiston Respublikasining mahsulotlar, xizmatlar va boshqa ob’yektlarni sertifikatlashtirishning huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy asoslarini, shuningdek sertifikatlashtirish ishtirokchilarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarliklarini belgilab beradi.
Bu qonun 4 bob, 23 moddadan iborat.
1-bob. Umumiy qoidalar.
2-bob. Sertifikatlashtirish faoliyatiga doir umumiy talablar.
3- bob. Mahsulotlarni majburiy va iqtisodiy sertifikatlashtirish.
4- bob. Nizolarni qarab chiqish, sertifikatlashtirish to`g`risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik.
Mazkur qonunda quyidagi asosiy tushunchalar ishlatilmoqda:
"sertifikatlashtirish milliy tizimi" – davlat miqyosida amal qiladigan, sertifikatlashtirish o`tkazishda o`z tartib va boshqaruv qoidalariga ega bo`lgan tizim;
"Mahsulotlarni sertifikatlashtirish – mahsulotlarning belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlashga oid faoliyat;
"Muvofiqlik sertifikati" – sertifikatlangan mahsulotning belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlash uchun sertifikatlashtirish tizimi qoidalariga binoan berilgan hujjat;
"Muvofiqlik belgisi" – muayyan mahsulot yoxud xizmat aniq standartga yoki boshqa normativ hujjatga mos ekanligini ko`rsatish uchun mahsulotga yoxud ko`rsatilgan xizmatga doir hujjatga qo`yiladigan, belgilangan tartibda ro`yxatga olingan belgi;
"bir turdagi mahsulotlarni (ishlarni, xizmatlarni) sertifikatlashtirish tizimi" – ayni bir xil standartlar va qoidalar qo`llaniladigan muayyan mahsulotlar, ishlar yoki xizmatlarga taalluqli sertifikatlashtirish tizimi;
"Sinov laboratoriyasini akkreditatsiya qilish" – sinov laboratoriyasining (markazining) muayyan mahsulot sinovini yoki muayyan sinov turini amalga oshirishga doir va holatlarining rasmiy e'tirofi.
"Sifat bo`yicha ekspert-auditor" – qonun hujjatlarida belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan, sertifikatlashtirish, akkreditatsiya qilish va tekshirish sohasidagi ishlarni olib borish uchun tegishli malakasi bo`lgan mutaxassis;
"Sertifikatlashtirish sohasidagi tekshiruv organi" – belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan, sertifikatlangan mahsulot va sifatni boshqarish tizimini baholashni sertifikatlashtirish organlari topshirig`iga binoan amalga oshiruvchi organ;
"Nazorat yo`sinidagi tekshiruv" – belgilangan talablarga muvofiqligini sertifikatlashtirish va akkreditatsiya qilish chog`ida tasdiqlash maqsadida sertifikatlangan mahsulot, sifatni boshqarish tizimini yoki ishlab chiqarishni, sertifikatlashtirish organlari, sinov laboratoriyalari (markazlari) faoliyatini takroriy baholash tamoyili.
Sertifikatlashtirish:
-odamlarning hayoti, sog`ligi, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulki hamda atrof muhit uchun xavfli bo`lgan mahsulotlar realizatsiya qilinishini nazorat etib borish;
-mahsulotlarning jahon bozorida raqobat qila olishini ta'minlash;
-mamlakat korxonalari, qo`shma korxonalar va tadbirkorlar xalqaro miqyosdagi iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy hamkorlikda va xalqaro savdo-sotiqda ishtirok etishlari uchun sharoit yaratish;
-iste'molchini tayyorlovchining (sotuvchining, ijrochining) vijdonsizligidan himoya qilish;
-mahsulot tayyorlovchisi (sotuvchisi, ijrochisi) ta'kidlagan sifat ko`rsatkichlarini tasdiqlash maqsadlarida amalga oshiriladi.
Sertifikatlashtirish majburiy va ixtiyoriy tusda bo`ladi.
Mahsulotning belgilangan talablarga muvofiqligi tasdiqlangani taqdirda sertifikatlashtirish organi muvofiqlik sertifikati beradi, tayyorlovchi ana shu sertifikat asosida muvofiqlik belgisini ishlatish huquqiga ega bo`ladi.
Sertifikatlashtirilishi shart bo`lgan mahsulotlarning ro`yxatini O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydi.
Majburiy sertifikatlashtirish ishlab chiqarishni tekshirishni, mahsulot xususiyati normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini aniqlash uchun uni sinashni, nazorat yo`sinidagi tekshiruvni va sertifikatlangan mahsulot ustidan nazoratni o`z ichiga oladi.
Sinovlar akkreditatsiya qilingan sinov laboratoriyalari (markazlari) tomonidan tegishli normativ hujjatlarda belgilangan usullarda, bunday hujjatlar bo`lmagan taqdirda esa tegishli sertifikatlashtirish organlari ishlab chiqqan usullarda amalga oshiriladi.
Arizachi o`z mahsulotini majburiy sertifikatlashtirishdan o`tkazishga sarflagan mablag`lar summasi shu mahsulot tannarxiga qo`shiladi.
Majburiy sertifikatlashtirilishi lozim bo`lgan, ammo muvofiqlik sertifikatiga ega bo`lmagan mahsulotni targ`ib qilish man etiladi.
Majburiy sertifikatlashtirilishi lozim bo`lgan mahsulotlar quyidagi hollarda:
-sertifikatlashtirishga taqdim etilmagan bo`lsa;
-sertifikatlashtirish talablariga muvofiq emasligi sababli sertifikatlashtirishdan o`tmagan bo`lsa;
-agar sertifikatning amal qilish muddati tugagan yoki uning amal qilishi to`xtatib qo`yilgan (bekor qilingan) bo`lsa, O`zbekiston Respublikasi hududida realizatsiya qilinishi mumkin emas.
Chetdan olib kelinayotgan mahsulotning xavfsiz ekanligini tasdiqlovchi hujjati bo`lmagan taqdirda bojxona nazorati organlari bu xususda "O`zstandart" agentligini xabardor etadilar hamda mahsulotni sertifikatlashtirishdan o`tkazish yoki chet el sertifikatini e'tirof etish to`g`risidagi masala sertifikatlashtirish milliy tizimi qoidalariga muvofiq hal etilgunga qadar bu mahsulotni chetdan olib kirishni ta’qiqlab qo`yadilar.
Sertifikatlashtirish organi:
-muvofiqlik sertifikatini asossiz va qonunga xilof tarzda berganlik uchun;
-arizachiga nisbatan qonunga xilof hatti-harakatlar qilganlik uchun;
-arizachining tijorat siri hisoblangan ma'lumotlarni oshkor etganlik uchun javobgar bo`ladi.


Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə