R. A. Norov t f. n., dotsent, Toshkent


Standartlashtirish bo`yicha xalqaro tashkilotlar



Yüklə 1,89 Mb.
səhifə8/28
tarix13.05.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#110027
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   28
Standartlashtirish va sifat nazorati-fayllar.org

2.3. Standartlashtirish bo`yicha xalqaro tashkilotlar
Hozirgi Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (International Standards Organization) 1946-1947 yillari tashkil topdi, uni qisqacha ISO deb yuritiladi. Bu nufuzli tashkilot Birlashgan Millatlar Bosh Assambleyasi tarkibida faoliyat ko`rsatib, rivoj topmoqda.
ISOning tuzilishidan ko`zda tutilgan asosiy maqsad – xalqaro miqyosdagi mol almashinuvida va o`zaro yordamni yengillashtirish uchun dunyo ko`lamida standartlashtirishni rivojlantirishga ko`maklashish hamda aqliy, ilmiy, texnikaviy va iqtisodiy faoliyatlar sohasida hamdo`stlikni rivojlantirishdir.
Milliy standartlarni ishlab chiqishda xalqaro tovar ayirboshlashni yengillashtirish uchun butun dunyoda standartlarni rivojlantirish zarur. ISO xalqaro standartlashtirish organi bo`lib, grekchadan "teng huquqli"ma'noni anglatadi."ISO" ning oliy organi BOSH ASSABLEYA hisoblanadi va 3 yilda bir marta chaqiriladi. Unda eng yirik masalalar bo`yicha qarorlar qabul qilinadi va tashkilotning prezidenti saylanadi.
ISO 9000 seriyadagi xalqaro standartlarning quyidagi turlari mavjud
QzDSt ISO 9000-1:1999 QzDSt ISO 9000-2:1999
QzDSt ISO 9001-1:1999 QzDSt ISO 9002 : 1999
QzDSt ISO 9003-1:1999 QzDSt ISO 9004 : 1999
ISO 9000 standartlari sifat tizimi standartlari bo`lib, ular umumiy asosni yaratishga, iste'molchi talablarini qondirishga mo`ljallangan.
ISO 9000 seriyadagi xalqaro standartlar qanday elementlar sifat tizimiga kiritilishi kerakligini belgilab beradi, lekin alohida bir tashkilotning bu elementlarni qay tarzda ro`yobga chiqarishi haqida yo’l ko’rsatmaydi.
Bir xil shakldagi sifat tizimlarini joriy qilinishi bu standartlarning asosiy maqsadlari emas.
Elektrotexnika sohasidagi xalqaro hamkorlik bo`yicha ishlar 1881 yildan boshlangan bo`lib, bunga o`sha yili bo`lib o’tgan elektr bo`yicha birinchi xalqaro kongress turtki bo`lgan edi. Keyinroq 1906 yili Londonda 13 mamlakat vakillarining konferensiyasida maxsus idora - xalqaro elektrotexnika komissiyasini tuzish to’g’risida bir fikrga kelindi. Bu idora elektr mashinalari sohasi bo`yicha atamalar va parametrlarni standartlashtirish masalalari bilan shug’ullana boshladi. MEK nizomiga ko`ra, bu tashkilotning maqsadlari elektrotexnika va radiotexnika hamda ularga qo`shni tarmoqlardagi muammolar sohalaridagi standartlashtirish masalalarini hal qilishdir.
ISO va MEK faoliyatlari bo`yicha farqlanadi, MEK elektrotexnika, elektronika, radioaloqa, asbobsozlik sohalari bo`yicha shug`ullansa, ISO esa qolgan boshqa hamma sohalar bo`yicha standartlashtirish bilan shugullanadi.
Shuningdek, Uz RST ISO 8402-98 "Sifat boshqaruvi va sifat ta'mini: Lug`at" mavjud. Ushbu standart xalq xo`jaligida, fan va texnikada mahsulot sifati borasida asosiy atama va ta'riflarni belgilab beradi. Bu standartda ko`rsatilgan atamalar me'yoriy, texnik hujjatlarning barcha turlarida, ilmiy-texnikaviy, o`quv va ma'lumot adabiyotlarda, shartnoma, dalolatnoma va boshqa rasmiy hujjatlarda qo`llanilishi majburiydir.
Quyidagi atama va ta'riflarni ko`rib chiqamiz:
OB’YEKT-Induvidial ravishda ko`riladigan va ifodalanadiganlardir.
Izoh, ob’yekt sifatida, masalan:
- faoliyat yoki jarayon;
- mahsulot;
- tashkilot, tizim yoki alohida shaxs;
- yoki yuqoridagilarning turli qo`shilmalari bo`lishi mumkin.
JARAYON – bir elementni ikkinchi elementga aylantirib beradigan o`zaro bog`liq resurs va faoliyat yig`indisidir.
USLUBIYAT – faoliyat amalga oshiruvchi belgilangan usuldir.
MAHSULOT – faoliyat yoki jarayon mahsuli:
Izoh:

1) Mahsulot quyidagi guruhlarga bo`linadi:


- xizmatlar;
- texnik vositalar;
- ishlov berilgan ashyolar;
- dastur bilan ta'minlash yoki ularning qo`shilmalari.
2) Mahsulot moddiy (masalan, qism yoki qayta ishlanadigan ashyolar) yoki nomoddiy (masalan, axborot yoki tushuncha), yoki ularning qo`shilmalaridan iborat bo`lishi mumkin.
3) Mahsulot avvaldan yo`naltirilgan, (masalan, iste'molchilarga takliflar) yoki avvaldan yo`naltirilmagan (masalan, havoning ifloslanishi yoki hohishiga bog`liq bo`lmagan oqibatlar).
XIZMAT – ta'minlovchi va iste'molchining o`zaro harakati mahsuli va iste'molchi talabini qondiruvchi ta'minlovchining ichki faoliyatidir.
SIFAT – belgilangan va xohish talabini qondirishga tegishli bo`lgan ob’yekt xususiyatlarining yig`indisi.
SIFAT SOHASIDAGI SIYOSAT – rasmiy ravishda rahbarning sifat bo`yicha asosiy yo`nalishi va maqsadlarining bayoni.
SIFATNI REJALASH – sifatga maqsad va talabalarni belgilaydigan faoliyat va sifat tizimi elementlarini qo`llanilishidir.
SIFATNI BOSHQARISH – jarayonlarni boshqarishga qaratilgan, hamda ularni qoniqarsiz ishlash sabablarini yo`qotuvchi operativ xarakterga ega bo`lgan faoliyatning usul va turlari.
SIFATNI TA'MINLASH – barcha rejalashtirilgan va muntazam amalga oshiriladigan faoliyat turi.
SIFAT TIZIMI – sifatga umumiy rahbarlikni amalga oshiradigan tashkiliy tuzilmalar, usullar, jarayonlar va resurslar yig`indisidir.
SIFATGA OID QO`LLANMA – sifat sohasidagi siyosatni bayon etuvchi va tashkilot sifat tizimini yorituvchi hujjat.
SIFAT SIRTMOG`I – talabni belgilashdan to uni qondirishgagacha baholash bosqichlarida sifatga ta'sir etuvchi o`zaro bog`liq faoliyat turining konseptual modeli.

Mahsulotlarning hayot sikli nimalardan iborat ekanligini ko’rib chiqamiz.


4-rasm. Mahsulotlarning hayot sikli.
1. Marketing va bozorni o`rganish.
2. Mahsulotni loyihalash va ishlab chiqarish.
3. Jarayonni rejalash va ishlab chiqish.
4. Xaridlar.
5. Xizmatlarni ishlab chiqish va taqdim etish.
6. Tekshiruvlar.
7. Joylash va saqlash.
8. Mahsulotlarni sotish va taqsimlash.
9. O`rnatish va foydalanishga topshirish.
10. Texnik yordam va xizmat ko`rsatish.
11. Realizatsiyadan so`nggi bosqichlar.
12. Resurs tugaganda yo`qotish yoki qayta ishlash



Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə