R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/307
tarix12.12.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#148958
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

 
 
 


32 
1.3. Moliyaviy tahlilning maqsadi, vazifalari va asosiy prinsiplari 
Iqtisodiyotni 
modernizatsiyalash 
sharoitida 
xo‘jalik 
yurituvchi 
subyektlarning moliya-xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish, ularning faoliyatini 
yaxshilash va samaradorligini oshirishning muhim omili bo‘lib hisoblanadi. 
Xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish xo‘jalik subyektlarining ishlab chiqarish
moliyaviy, mehnat resurslaridan oqilona foydalanish darajasini aniqlashga yordam 
beradi, mavjud foydalanilmagan ichki resurslarni aniqlab, subyektning kelgusida 
rivojlanishi, ularning moliyaviy holatini yaxshilash uchun zarur tavsiyalarni ishlab 
chiqishga imkon beradi. 
Moliyaviy 
tahlilning 
maqsadi 
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning 
buxgalteriya hisobi va hisoboti ma’lumotlari orqali o‘tgan davrda, tahlil 
qilinayotgan vaqtda erishilgan hamda kelgusida erishiladigan moliya-xo‘jalik 
faoliyati natijalari va moliyaviy holatiga har tomonlama baho berish hamda 
mavjud kamchiliklarni aniqlab, ularni bartaraf etish bo‘yicha to‘g‘ri xulosalarni 
shakllantirishdan iborat. 
Ushbu maqsadga erishishda moliyaviy tahlilning asosiy vazifasi sifatida 
xo‘jalik faoliyatida yo‘l quyilgan kamchiliklar sabablarini o‘rgangan holda ularni 
bartaraf etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni ishlab chiqish va mavjud 
imkoniyatlardan to‘liq foydalanishga yordam berishdan iborat. Binobarin, xo‘jalik 
yurituvchi subyektlar faoliyatini tahlil etishda moliyaviy tahlilning vazifalari 
sifatida quyidagilarni keltirish lozim:
 
-
o‘rganilayotgan obyektga to‘g‘ri va xolisona baho berish; 
-
o‘rganilayotgan natija ko‘rsatkichiga ta’sir ko‘rsatuvchi obyektiv va 
subyektiv omillarni aniqlash va ularning sabablarini o‘rganish; 
-
ijobiy va salbiy ta’sir ko‘rsatgan omillarni aniqlash va ularning ta’sirini 
hisob-kitob qilish; 
-
aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli chora-
tadbirlarni ishlab chiqish; 
-
moliyaviy ko‘rsatkichlarni yaxshilanishi uchun mavjud ichki va tashqi 


33 
imkoniyatlarni o‘rganish va samaradorlikni oshirishning yo‘l-yo‘riqlarini ko‘rsata 
olish; 
-
o‘rganilayotgan subyektning tijorat sirini saqlagan holda uning moliyaviy 
ahvolini keng jamoatchilikka ko‘rsata bilish va tashqi investorlarni subyekt 
faoliyatini yaxshilashga jalb qilish; 
-
xo‘jalik yurituvchi subyektning rivojlanishi uchun joriy va istiqbolli 
rejalarini tuzish uchun iqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimini shakllantirgan holda 
kelgusida samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilishi uchun oqilona va to‘g‘ri 
xulosalar berish. 
Moliyaviy tahlil ham iqtisodiy hodisa va jarayonlarni o‘rganishda bir qancha 
prinsiplarga asoslanadi. Bu prinsiplar tahlil fanining obyektivligini, mantiqliligini, 
shakl-mazmunini, miqdor-sifatini va boshqa shu kabi jihatlarni tavsiflab, real 
voqelikni yagona tushunchasini hosil qiladi. Shu jihatdan tahlilning ham iqtisodiy 
hodisa va jarayonlarni o‘rganishda o‘zi amal qiladigan bir qator prinsiplari mavjud 
(1.3.1-rasm). Ya’ni, quyida ularning ayrimlariga to‘xtalib o‘tmoqchimiz: 


Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə