R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil


 Mutloq ko‘rsatkichlarga qanday ko‘rsatkichlar kiradi?



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/307
tarix12.12.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#148958
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

9. Mutloq ko‘rsatkichlarga qanday ko‘rsatkichlar kiradi? 
A) Natural (miqdor) va nisbiy ko‘rsatkichlar 
B) Natural (miqdor) va qiymat ko‘rsatkichlar 
C) Qiymat va nisbiy ko‘rsatkichlar 
D) Miqdori va sifat ko‘rsatkichlar 
 
 


56 
III BOB. XO‘JALIK YURITUVCHI SUBYEKTLAR MOLIYA-XO‘JALIK 
FAOLIYATIGA TA’SIR QILUVCHI OMILLAR 
3.1. Omilli tahlil va uning asosiy elementlari 
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliya-xo‘jalik faoliyatida sodir bo‘ladigan 
iqtisodiy hodisa va jarayonlar ma’lum bir omillar ta’sirida ro‘y beradi. Shu sababli, 
xo‘jalik subyekti faoliyatini yaxshilash uchun uning natijasiga qanday omillar 
ta’sir ko‘rsatganligi o‘rganiladi. Shu tariqa omilli tahlil qilish orqali natijaga ijobiy 
ta’sir ko‘rsatgan omillar ko‘chaytirish, salbiy ta’sir ko‘rsatgan omillarni bartaraf 
qilish imkoniyatlari aniqlanib, aniq chora-tadbirlar ishlab chiqiladi. 
Iqtisodchi olim M.Q.Pardaev tomonidan “Omilli tahlil deganda, natija 
ko‘rsatkichining o‘zgarishiga ta’sir qiluvchi turli omillarning ta’sirini iqtisodiy 
tahlilning an’anaviy, matematik va boshqa usullari orqali aniqlash yo‘llari 
tushuniladi”
18
deb ta’rif berilgan. 
Iqtisodchi olim E.A.Akramov esa “Omilli tahlil korxonalar faoliyatini 
moliyaviy yakuni natijasi foyda tahlilining zaruriy qismidir”
19
deb ta’riflaydi. 
Bunda omilli tahlil korxonalar faoliyatining yakuniy natijasi va unga ta’sir 
ko‘rsatuvchi omillarni o‘rganishning bir usuli sifatida qaralmoqda. 
Iqtisodchi olimlar E.E.Ergeshev va X.M.Davlyatovlar “Omilli tahlilda 
natijalarga bir qancha omillarning ta’siri hisoblanib, mavjud imkoniyatlar 
aniqlanadi va kelgusida ulardan samarali foydalanish yo‘llari belgilab beriladi”
20
deb ta’kidlaganlar. Bunda omilli tahlil tushunchasiga emas, balki omilli tahlil 
qilish va uning natijasida aniqlanadigan imkoniyatlar va samarali foydalanish 
yo‘llari ko‘rsatib berilgan. 
Iqtisodchi olim M.Yu.Raximov tomonidan esa “Omilli tahlil – natijaviy 
ko‘rsatkichga ta’sir etuvchi birliklarni va hisob-kitob qilish mumkin bo‘lgan 
birliklarda aniqlash usulidir”
21
deb ta’rif beriladi. Bu yerda natijaga ta’sir 
ko‘rsatuvchi omillar, ta’sir etuvchi birliklar sifatida keltirilgan. Fikrimizcha 
18
Pardaev M.Q. Iqtisodiy tahlil nazariyasi. “Zarafshon”, 2001. – 66 b. 
19
Akramov E.A. Korxonalar moliyaviy holati tahlili. O‘quv qo‘llanma. – T., 2007. – 89 b. 
20
Ergeshev E.E., Davlyatov X.M. Iqtisodiy va moliyaviy tahlil. –T.: “Adolat”, 2010. – 101 b. 
21
Raximov M.Yu. Iqtisodiyot subyektlari moliyaviy holatining tahlili. –T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2013. – 41 b.


57 
bunday talqin qilish o‘quvchida tushunchaga nisbatan noto‘g‘ri yondashishga olib 
kelishi mumkin. Chunki, birlik deganda sanash, o‘lchash, hisoblash, qiyos qilish 
uchun mezon sifatida qabul qilingan kattalik tushuniladi. 
Fikrimizcha omilli tahlilga iqtisodchi olim M.Q.Pardaev tomonidan berilgan 
ta’rif eng sodda, oddiy va tushunarli yondashilgan. Shu sababli, ushbu iqtisodchi 
olimning fikriga to‘liq qo‘shilamiz. Ta’rifdan ko‘rinadiki, omilli tahlilda asosan 
ikkita element: natija va omil ishtirok etadi. 
Bu yerda natija asosiy iqtisodiy ko‘rsatkich bo‘lib, iqtisodiy jarayonlar 
natijasini ma’lum bir miqdorda ifoda etadi. Xususan, mahsulot ishlab chiqarish 
jarayoni natijasi, ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi bilan o‘lchanadi. Xo‘jalik 
yurituvchi subyekt moliya-xo‘jalik faoliyati yakunining natijasi qilingan xarajatlar 
va olingan daromadlar yoki ko‘rilgan foyda va zararlar kabi ko‘rsatkichlar bilan 
ifodalanadi. 
Omillar esa, shu natija ko‘rsatkichi miqdorining ko‘payishi (oshishi) yoki 
kamayishi (pasayishi)ga ta’sir ko‘rsatadigan iqtisodiy ko‘rsatkichlar hisoblanadi. 
Masalan, fermer xo‘jaligida paxta yetishtirishdan olingan yalpi hosilning 
o‘zgarishiga ekin maydoni va hosildorlik kabi ko‘rsatkichlar ta’sir ko‘rsatadi. 
Ya’ni, ekin maydoning ko‘payishi yoki hosildorlik darajasining ko‘tarilishi yalpi 
hosilning oshishiga ta’sir ko‘rsatadi. Biroq, ekin maydoni ko‘payganligi bilan 
hosildorlik darajasi kamayib kesa ko‘zda tutilgan yalpi hosilga erishib bo‘lmaydi. 
Bundan ko‘rinadiki, natija bilan unga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar, omillar esa bir-
biri bilan uzviy bog‘liq bo‘ladi. 
Natija bilan omillar o‘rtasidagi bog‘liqlik iqtisodiy ko‘rsatkichlarda 
ifodalanadi. Iqtisodiy ko‘rsatkichlarda ifodalangan natija va unga ta’sir 
ko‘rsatuvchi omillar o‘rtasidagi bog‘liqlik matematik modellar ko‘rinishida 
ifodalangan holda o‘rganiladi. 
Bugungi kunda tahlilda natija va unga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar o‘rtasidagi 
o‘zaro bog‘liqlikni o‘rganishda quyidagi matematik modellar qo‘llanilib 
kelinmoqda: 


58 
-
additiv model;
 
-
multiplikativ model; 
-
kasrli model. 
Additiv model. Bu model natija bilan omillar o‘rtasidagi bog‘liqlik qo‘shuv 
bilan ifodalanganda qo‘llaniladi. Masalan, natijani “Y” bilan, omillarni “X” bilan 
ifodalaydigan bo‘lsak, agarda “Y” natija bir nechta omillar “X
1
, X
2
... X
n
” 
yig‘indisidan iborat deb faraz qiladigan bo‘lsak, u holda additiv modelning 
ko‘rinishi quyidagicha bo‘ladi: 
Y = ∑
X
i
= X
1
+ X
2
+X
3
+ … + X
n
𝑛
𝑖=1
, (3.1) 
Bu yerda, Σ yig‘indi belgisi; i – omillarning tartib soni; n – omillarning umumiy soni; X
i
– omil nomi. 
Ushbu model amaliyotda ko‘p qo‘llaniladi. Masalan, xo‘jalik yurituvchi 
subyektning davr xarajatlari sotish xarajatlari, ma’muriy-boshqaruv xarajatlari va 
boshqa operasion xarajatlardan iborat. Ushbu xarajatlarning yig‘indisi davr 
xarajatlari umumiy summasini tashkil etadi. Uni aniqlash uchun additiv modeldan 
foydalanganda quyidagi formulaga ega bo‘linadi: 
DX = CX + MBX + BX, (3.2) 
Bunda DX – davr xarajatlari; SX – sotish xarajatlari; MBX – ma’muriy-boshqaruv 
xarajatlari; BX – boshqa operasion xarajatlar. 
Multiplikativ model. Bu natija bilan omillar o‘rtasidagi bog‘liqlik 
ko‘paytirish bilan ifodalanganda qo‘llaniladigan modeldir. Aytaylik, “Y” natija bir 
qancha omillar (X
1
, X
2
... X
n
) ko‘paytmasidan iborat deb faraz qilamiz. U holda 
multiplikativ modelning ko‘rinishi quyidagicha bo‘ladi: 
𝑌 = ∏ X
i
= X
1
× X
2
× X
3
× … × X
n
𝑛
𝑖=1
, (3.3)
Bu yerda, Π – ko‘paytirish belgisi; i – omillarning tartib soni; n – omillarning umumiy 
soni; X
i
– omil nomi. 
Bu model ham amaliyotda keng qo‘llaniladi. Chunki, juda ko‘p natija 
ko‘rsatkichi omillarning ko‘paytmasidan iborat bo‘ladi. Masalan, fermer 
xo‘jaligida yetishtirilgan mahsulotni sotishdan olingan pul tushumini ko‘rsatish 


59 
mumkin. Unga sotilgan mahsulot hajmi va bir birlik mahsulotning o‘rtacha sotish 
bahosi kabi omillar ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu omillarning ko‘paytmasi natija 
ko‘rsatkichini, ya’ni pul tushumi summasini keltirib chiqaradi. Ular o‘rtasidagi 
o‘zaro bog‘liqlikni multiplikativ model ko‘rinishida quyidagicha ifodalash 
mumkin: 
PT = SM x B, (3.4) 
Bunda PT – mahsulot sotishdan olingan pul tushumi; SM – sotilgan mahsulot hajmi; B – 
bir birlik mahsulotning o‘rtacha sotish bahosi. 
Kasrli model. Bu esa natija bilan omillar o‘rtasidagi bog‘liqlik bo‘lish bilan 
ifodalanganda qo‘llaniladi. Bunda bir vaqtning o‘zida hamma model turlari 
qo‘llanilishi mumkin. Bunday hollarda kasrli model turli ko‘rinishga ega bo‘ladi. 
Umuman olganda kasrli modelni quyidagicha ko‘rsatish mumkin: 
𝑌 =
X
1
X
2
,
(3.5) 
Ushbu modelni qo‘llanilishi bo‘yicha ham ko‘plab misollar keltirish 
mumkin. Masalan, fermer xo‘jaligida yetishtirilgan mahsulotni hosildorlik 
darajasini olaylik. Uni aniqlash uchun xo‘jalikda yetishtirilgan jami mahsulot 
hajmini ekin maydoniga bo‘lish lozim. Ular o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni kasrli 
model ko‘rinishida quyidagicha ifodalash mumkin: 
H = MH / M, (3.6) 
Bunda H - hosildorlik; MH – yetishtirilgan mahsulot hajmi; M – ekin maydoni. 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə