29
Agressivlik o‗zida ikkita tomonni:
xatti harakat shakli va emotsional holatni
namoyon etadi.
Agressivlik shaxs tarkibiy elementi bo‗lgani holda, o‗z xususiy parametrlari
va boshqa komponentlar bilan o‗zaro munosabatlarga egadir. Agressivlikning
o‗ziga xos sifati turli darajadagi adovatda:
uning batomom yo‗qligidan (atrofiya) to
to‗liq rivojlanishigacha (gipertrofiya) holatlarda namoyon bo‗ladi.
Agressiyaning
haddan tashqari rivojlanishi shaxsni ijtimoiy hamkorlikka noqobil, konfliktli
holatlarga, oqlanmagan adovatga va qahrlilikka moyil qilib, uning yaxlit qiyofasini
aniqlaydi. Agressiyaning aynan shu xususiyatlari qator pedagoglar,
boshqaruvchilar, jamoatchilik tartibini saqlovchi organlar
xodimlarida shaxsning
shu sifatiga salbiy munosabatini shakllantirgan hamda ular uning har qanday
ko‗
rinishiga qarshi ayovsiz kurash olib borish lozim deb hisoblashadi.
Ammo, shaxsda agressivlikni mavjudligi uni ijtimoiy xavfliligidan darak
bermaydi. Jamiyat tomonidan agressiyani to‗g‗ri qabul qilinadigan shakllari ham
mavjud. Bir xildagi harakatlar ―to‗plami‖ga e‘tibor qaratadigan bo‗lsak: bir
insonga bezoriligi (ya‘ni, birovni urgani) uchun jazo berilsa, boshqa biriga boks
bo‗yicha chempionatda g‗olib chiqqani uchun medal beriladi.
Insonning mazkur
ruhiy xususiyati ongli faoliyati uchun zarur hisoblanadi. Yaratuvchanlikka
yo‗naltirilgan agressiyaning energiyasi, insonning odatdagi mumkin bo‗lgan
imkoniyatlar doirasidan chiqarib, hayron qolarli harakatlarini paydo qiladi. Jamiyat
amaliyotidagi talab va individual subyetivlikni ro‗yobga chiqarish,
individ
ga
maqsadga erishish yo‗lida har qanday to‗siqlarni oshib o‗tish imkoniyatini
beradigan sifatga muhtojdir. Agressiya ana shu sifat hisoblanadi. Chegaralangan
diapozonda bu shaxsning ijtimoiy-zaruriy sifatidir. Uning mavjud emasligi hayotda
tushkunlikka, k
o‗ngilchanlikka, yumshoqlikka undaydi, ya‘ni oxir oqibat faol
hayotiy pozitsiyani egallay olmaslikka olib keladi. Agressiyaga,
faqatgina
shaxsning amalga oshirayotgan ish va faoliyati hamda u qaysi tomonga qarab
yo‗naltirilganligiga qarab to‗g‗ri ijtimoiy
bahoni berish mumkin.
Shu o‗rinda
Dostları ilə paylaş: