R. D. Shodiyev



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/59
tarix11.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#145061
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   59
httpilmiy.bmti.uzblibfiles116Pedagogik20konfliktologiya.pdf

Egoizmni yengish. 
Ins
on o‗zini meyor chegarasida yaxshi ko‗rishi har bir 
kishi uchun xosdir. Boshqaga og‗irligini tushirmaslik maqsadida har bir kishi o‗zi 
uchun o‗zi qayg‗urishi lozim. Masalan, o‗z sog‗lig‗i, kelajagi va hakozolar haqida 
qayg‗urish holatlarini keltirish mumk
in. 
Egoist odamda esa o‗zini yaxshi ko‗rishi gipertrofiyaga xos bo‗lib, u o‗z 
maqsadiga boshqalar hisobidan erishadi. Odatda egoist kishi har doim har bir 
narsaga o‗z manfaati nuqtai nazaridan yondashadi. Lekin, u bunday hollarda o‗z 
obro‗yi va yaxshi reputatsiyasini boshqalar oldida yo‗qotishi tabiiydir. Egoist 
reputatsiyasiga ega bo‗lib, u keyinchalik ham ko‗p nasrsani yo‗qotishi mumkin. 
Agar egoist o‗z xatti
-
harakatlarini tahlil qilib ko‗rsa, u o‗zini vakuumda ekanligini, 
uning atrofida do‗stlari yo‗qligini, u har bir narsaga boshqalardan ko‗ra qiyinchilik 
bilan erishayotganligini his etadi, natijada o‗z egoistligi hisobidan ancha narsani 
boy beradi. 


20 
Nizo, uning mazmuni va turlari 
Hayotda urush, janjaldan rohatlanadigan va har doim nizo chiqarishga 
intiladigan insonlar juda ham kamchilikni tashkil etsa kerak. Agar inson o‗zini ana 
shu tarzda tutsa, bu unda qandaydir ruhiy nuqson borligidan yoki qandaydir ruhiy 
jarohatlar natijasida shu ahvolga tushib qolganligidan darak beradi. Tez tez nizoli 
holatlarga tushib qoladigan va unga da‘vat qiladigan individlar ham hayotda 
uchrab turadi. Ular atrofdagilari bilan kelisha olmasliklaridan, o‗zlarini 
kommunikabel emasliklaridan juda ham aziyat chekishadi. Ular anglanmagan 
holatda nizo keltirib chiqarishga qarab harakatlanishadi.
Hayotda nizolarsiz, to‗qnashuvlarsiz yashashimiz mumkinmi? Fikr va 
qarashlar xilma-xilligi, nuqtai nazarlarni usma ust tushmasligi har qanday ijtimoiy 
guruh (oilada, jamoada, jamoatchilik tashkilotlari, ishlab chiqarish birlashmalari va 
hakozolar) a‘zolarida uchrashi tabiiy va bu unchalik ham qo‗rqinchli holat emasdir. 
Boshqacha aytadigan bo‗lsak, qancha inson bo‗lsa shuncha fikr mavjud. Shunday 
qilib nizo nima? va nizo
li holatlarda kishi o‗zini qanday tutishi lozim? Nizo, 
konflikt, janjal, bahs, aytishish kabi so‗zlar sinonim deb o‗ylash yoki hisoblash 
xato bo‗ladi. Bizningcha, nizo konfliktga olib keluvchi holatdir, umumiy holda 
―konflikt‖ lotincha so‗z bo‗lib, lotinchada conflictus ―to‗qnashuv‖ ma‘nosini 
anglatadi. 
Shunday qilib, nizo 

birinchi navbatda qarashlardagi nomutanosiblik, 
qandaydir muammoga qarama-
qarshi nuqtai nazarlar to‗qnashuvidir, lekin, bu 
degani har qanday aytishuv, mojaro, janjal, orani ochiq qilish natijasida nizo kelib 
chiqishi degani emas. Quyidagicha aytishimiz mumkin: har qanday janjal 

nizo 
emas, lekin, har qanday nizo 

janjaldir. Bizning asosiy maqsadimiz 

fikrlardagi 
nomutanosibliklarni muhokama qilish yoki janjalgacha olib bormasdan hal etishni 
o‗rganishdir. Qarash va fikrlardagi farqlar mavjudligi haqida juda ko‗p xalq 
maqollari uchraydi, xususan, ―har kim o‗z qarichi bilan o‗lchaydi‖, ―har kimning 
o‗z haqiqati mavjud‖, ―yetti o‗lchab bir kes‖, ―aql yoshda emas, boshda‖ va shu 
kabilar. Ni
zolar mavzusini ko‗targan va ochib bergan juda ko‗plab badiiy 


21 
adabiyotlarni uchratishimiz mumkin. Nizoli holatlar kundalik hayotimizda ham 
ko‗plab uchraydi. Kimdadir u juda kam, kimdadir u juda ko‗plab uchrashi 
mumkin, lekin, barchamiz ularga doim tayyor turishimiz lozim. 
Konflikt predmeti va konflikt ishtirokchilari o‗rtasida uning rivojlanish 
jarayonining barcha bosqichlarida murakkablik darajasi turlicha bo‗lgan 
munosabatlar paydo bo‗ladi. Konflikt paydo bo‗lishi uchun uning ishtirokchilari –
opponentlar
i, ularning harakatlanish maqsadlari, ya‘ni konflikt predmeti hamda 
opponentlar o‗rtasidagi nizo bo‗lishi lozim.
Demak, konflikt 

nizoli holat plyus konflikt ishtirokchilari harakatlari. 
Oppo
nentlar to‗ridan to‗g‗ri to‗qnashuv sodir etgunlaricha nizoli h
olat mavjud 
bo‗lishi, u kutilmaganda nizo sabablari yo‗q bo‗lganidan keyin ham yangi 
opponentlarga o‗tishi mumkin.
Nizo opponentlar (yoki ulardan birining) tashabbusi bilan, obyektiv sabablar 
(masalan, muhim topshiriqni bajarilmasligi va shu kabilar)ga ko‗ra paydo bo‗lishi 
mumkin. 
Konffliktli holat va nizo bir biriga nisbatan bog‗liq bo‗lmagan 
ko‗rinishlardir.
Xususan, konfliktli holat obyektiv vaziyat, sharoit asosida bo‗lishi, nizo esa 
kutilmaganda paydo bo‗lib qolishi mumkin. Boshqa tomondan, konfliktli 
holat 
(nizo singari) opponent tomonidan o‗z maqsadiga erishish uchun maxsus tashkil 
etilishi mumikn. Psixologik holat sababli konflikt maqsadsiz yoki o‗ziga zarar 
keltirgan holda ham yaratilishi mumkin.
Bunday nizolarning sabablari ham ma‘lum –
bir necha parametrlarga asosan, 
ya‘ni jinsidan tortib, yoshi va ijtimoiy holatiga ko‗ra insonlarning bir biriga 
o‗xshamasligidir. Xitoy donishmandlaridan birining ta‘kidlashicha: insonlarni 
konfliktsiz sog‗lom muloqot qilishiga tengsizlik va bir biriga o‗xshamasli
gidan 
tashqari, g‗arazgo‗ylik, tamagirlik, o‗z manfaati uchun nafsini tiyib tura olmaslik, 
o‗jarlik, yolg‗onchilik, ko‗p gapirish va shu kabilar ham sabab bo‗ladi. Lekin, 
umuman olganda bularni ham insonlarni bir biriga o‗xshamasligiga yo‗yish 
mumkin. Mas
alan, bir tomon ikkinchi tomonni o‗z manfaati yo‗lida xafa 


22 
qilmoqchi, bundan konfliktli holat yuzaga keladi. Bulardan birinchisi - ranjituvchi, 
ikkinchisi - 
ranjitilgan insonlar. Shu o‗rinda ranjituvchi o‗z xatti harakatlari va 
haqligini isbotlash uchun da
lillar ham to‗plagan hamda unga o‗zi ham ishonadi. 
Ranjitilgan tomon o‗zini to‗g‗riligiga ishonadi. Bu yerda insonlar qarashlaridagi 
bir biriga o‗xshamaslik va fikrlardagi to‗qnashuvlar yaqqol ko‗rinib turibdi.
Nizoli holatlarni tahlil qilish va konfliktni bartaraf etish uchun hattoki 
adolatsizlik oqibatida ranjitilgan tomonga ham birinchi navbatda opponentning 
haqiqiy motivini tushunish zarur, chunki shu damda xafaligimiz oqibatida buni 
amalga oshira olmaymiz, natijada konfliktni chuqurlashtirib yuboramiz. Agar biz 
opponentimizni tushungan holda konfliktni bartaraf etishda kerakli yechimni topa 
olmasakda, hech bo‗lmaganda uni oqlab kechirishimiz mumkin. bu esa o‗sha 
holatni bartaraf etishga qo‗yilgan qadamdir.
Psixologiyada konfliktli holatni tahlil qilishning yaxshi bir metodi mavjud 

metaoyna prinsipidir. Uning mohiyati shundan iboratki, holat birinchi shaxs 
tomnidan emas, balki uch tomonlama qaraladi. Ya‘ni, o‗z pozitsiyamizdan, 
opponentimiz pozitsiyasidan va uchinchi bir kuzatuvchi tomonidan - yuqoridan 
kuzatiladi. Mazkur holat nizoli, konfliktli holatlarni maksimal darajada obyektiv 
baholash imkoniyatini beradi. Chunki, ko‗pchilik insonlar, afsuski, boshqa insonlar 
xatti-
harakatlarini o‗z pozitsiyalaridan baholashga harakat qilishadi, ular o‗zlarini 
o‗
lchov etaloni deb bilishadi.
V.M.Afonkova nizoli holatlarni bartaraf etilishining o‗ziga xosligiga e‘tibor 
qaratib, quyidagilarni ko‗rsatib bergan –
jamoa rivojlanishining yuqori 
bosqichlarida jamoaning o‗zi nizolarni boshqarib tartibga olishi mumkin. Bu
agar 
amalga oshmasa, u holda nizo va konfliktli holatlarga aralashish maqsadga 
muvofiqdir, u to‗liq yoki qisman ikki yo‗l orqali –
bevosita va bilvosita amalga 
oshiriladi. Nizoli holatlarni bevosita, ya‘ni to‗g‗ridan to‗g‗ri bartaraf etish 
metodlari sifat
ida ―portlash‖ (A.S.Makarenko tomonidan taklif etilgan) metodi 
ko‗rsatilgan. Yoki individual, guruhlarda suhbatlar o‗tkazish, jamoaviy yechim 
topish, jamoaviy davolash va kompromiss shular jumlasidandir. Bilvosita metod 
sifatida (pedagogik manevr) 

nizo va konflikt ishtirokchilari sonidagi va 


23 
faoliyatidagi o‗zgarish, muqobil holatlarni nazariy tahlil qilish, nizo va 
konfliktdagi tomonlar diqqatini boshqa obyektga qaratish kabilarni keltirishimiz 
mumkin. Adabiyotlarni atroflicha tahlil etish natijasida nizo va konfliklarni 
muvaffaqiyatli bartaraf etishning quyidagi mezonlarini keltirishimiz mumkin: 

real qarama qarshilikni to‗xtatish;
- jarohat yetkazuvchi faktorlarni bartaraf etish; 
- nizo va konfliktdagi tomonlardan birining xatti-harakatlaridagi 
muvaffaqiyatli strategiyasi va taktikasi hisobiga maqsadga erishuvi; 

individning pozitsiyalaridagi o‗zgarishlar –
emotsional yuklanganlikni 
yumshatilishi yoki umuman bartaraf etilishi nazarda tutilmoqda; 
- kelgusida ana shunday holatlarda individning faol xatti harakatlarida 
ko‗nikmaning mavjudligi.
V.M.Afonkova ana shu mezonlarning har birini atroflicha tahlil etib, 
ularning kamchilik va yutuqlarini ko‗rsatib o‗tgan. [Афонькова, В. М. 
Конфликты в коллективе старшеклассников и пути их преодоления: Дис. 
... 
канд. пед. наук /В. М. Афонькова
. -
М., 1975.
-
201с.].


24 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə