26
Zo‗rovonlik ham insonlar o‗rtasida
krizis yoki tanglik mav
judligini
ko‗rsatadi va ular bir birlarini emotsiyalarini jilovlay olmasdan,
haqorat qila
boshlaydilar. Krizis yoki tanglik vaqtida insonlarning o‗zlarini tutishlaridagi odatiy
meyorlar o‗z kuchini yo‗qotadi. Inson chegaradan chiqib ketish holatigacha
bo‗
ladi.
Keskinlik
ham konflikt signallaridan biri bo‗lib,
u bizga boshqa insonni,
uning xatti harakatlarini obyektiv idrok etishimizga xalaqit beradi. O‗zaro
munosabatlarimizda salbiy jihatlar bosimi yuqoriroq bo‗ladi. Bunda
opponentimizga
nisbatan hislarimi
z salbiy tomonga qarab o‗zgaradi. U bilan
munosabatlar uzluksiz bezovtalanishlar manbasi bo‗lib qoladi. Holat,
gugurt
chaqilishi bilan lovullab alangalanib ketadigan qurigan o‗tinga o‗xshashdir
Anglashinmovchilik.
Ko‗pchilik holatlarda fikrlar ifodasini a
niq
anglamaslik yoki o‗zaro tushunishni yo‗qligi tufayli, noto‗g‗ri xulosalar chiqargan
holda
biz
anglashinmovchilik
holatlariga
tushib
qolamiz.
Ba‘zan
anglashinmovchilik mazkur holat tomonlardan birining
emotsional tarangligi
natijasida ham yuz bergan bo‗
lishi mumkin. Bunday holat insonning fikrlari
uzluksiz ravishda bitta va faqat bitta muammo sifatida
qaytib kelaverishiga
moyillik yuqori bo‗ladi. Uning idrok etilishida buzilish ro‗y beradi.
Insident.
Insidentda ishtirokchi sifatida sizga konflikt mavjudligi haqidagi
signal unchalik ham ahamiyatli emas. Qandaydir arzimas narsa bizni vaqtinchalik
hayajonlantirishi yoki jahlimizni chiqarishi mumkin, lekin bir necha kundan keyin
u unut bo‗lib ketishi aniq.
Diskomfort.
Diskomfort -
nimanidir noto‗g‗ri
ekanligini intuitiv ravishda
his etish, shu bilan birga uni so‗zlar orqali ifodalab berish qiyin bo‗lgan holat.
Bunday hollarda intuitsiyaga quloq solish va uni qo‗llab quvvatlash lozim.
O‗zingizga: ―Mazkur holatda men nimadir qila olamanmi?‖ degan savolni qo‗ying.
Xayolingizga boshqa vaqtda siz buni o‗ylab ham ko‗rmagan qandaydir qadamlarni
amalga oshirish kelishi mumkin. Agar siz diskomfort
va insident signallarini
anglab olishga o‗rgansangiz, balki siz keskinlik, anglashinmovchilik va krizis yoki
tangl
ik holatlarini oldini olgan bo‗lasiz.
27
Shunday qilib, konfliktni rivojlanishi quyidagi signallar bilan tavsiflanar
ekan: diskomfort
–
insident
–
anglashinmovchilik
–
keskinlik - krizis yoki tanglik.
Bulardan diskomfortni anglab olish qiyinroq, krizis yoki tanglik yorqin namoyon
bo‗ladi. Psixolog va pedagoglar quyidagicha tavsiyani berishadi: o‗z holatingizga
e‘tiborli bo‗ling, konflikt
signallarini ajrata biling, shundagina siz konfliktni
imkoni boricha oldini olgan bo‗lasiz.