R. D. Shodiyev


Xatti harakatlardagi nizolar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/59
tarix11.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#145061
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   59
httpilmiy.bmti.uzblibfiles116Pedagogik20konfliktologiya.pdf

Xatti harakatlardagi nizolar.
Agar o‗qituvchi o‗quvchi xatti harakati va 
muomalasini tahlil qilishda xatolikka yo‗l qo‗ysa hamda asoslanmagan xulosa 
chiqarsa bunday pedagogik holat nizoga olib kelishi mumkin. Chunki, bir xildagi 


38 
xatti harakatlar va muomala turlicha motivlar asosida amalga oshirilishi mumkin. 
O‗qituvchi ba‘zan bolalar o‗rtasidagi munosabatni yaxshi bilmaslikdan ularning 
xatti harakati va muomalasi motivlari haqida taxmin qilishi mumkin, shu sababli 
ularning xatti harakati va muomalasini baholashda xatolikk
a yo‗l qo‗yishi 
ehtimoldan xoli emas. Bu hol albatta o‗quvchilarning noroziligiga sabab bo‗ladi.
Muammoli holatlar yoki nizoli munosabatlar o‗qituvchining no‗noq 
harakatlari natijasida paydo bo‗ladi va odatda u davomiylik tavsifiga egadir. 
Mazkur nizoli v
aziyatlar shaxsiy mazmun kasb etgan holda o‗qituvchi va o‗quvchi 
o‗rtasida sovuq munosabatni keltirib chiqarib, ular o‗rtasidagi munosabatlarni 
uzoq muddatgacha buzishi mumkin. 
Pedagogik nizolarning o„ziga xosligi. 
Pedagogik nizolarning o‗ziga xos 
jihatlari sifatida quyidagilarni ajratib ko‗rsatishimiz mumkin:
-
muammoli holatlarni pedagogik nuqtai nazardan to‗g‗ri hal etishlik 
uchun o‗qituvchining mas‘uliyatli ekanligi, chunki, maktab –
jamiyat 
modeli bo‗lib, unda o‗quvchilar insonlar o‗rtasidagi me
yoriy 
munosabatlarni o‗zlashtirib borishadi;
-
nizo ishtirokchilari (o‗qituvchi
-
o‗quvchi) turli ijtimoiy holatga 
(statusga) ega va nizoda u xatti harakatlar bilan aniqlanadi; 
-
hayotiy tajribadagi farq, nizoni bartaraf etishda yo‗l qo‗yilgan xatolar 
uchun turli darajadagi javobgarlikni namoyon etadi; 
-
hodisalar va ularni yuzaga keltirgan sabablarni turlicha tushunish 
mumkin nizo ya‘ni ―o‗qituvchi nazarida‖ va ―o‗quvchi nazarida‖ 
turlicha ko‗rinishga egadir. Shu sababdan har doim ham bolaning 
kechinmalarini o‗qituvchi teran tushunishi oson emas, o‗quvchi esa 
o‗z emotsiyalarini jilovlay olmasligi, uni o‗z aqliga bo‗y sundira 
olmaydi; 
-
o‗qituvchining kasbiy pozitsiyasi 

nizodagi holatni o‗z qo‗liga olishi, 
uni bartaraf etishda birinchi o‗ringa shakllanayotgan shaxs 
sifatida 
o‗quvchi manfaatini qo‗yishligi;


39 
-
nizoni bartaraf etishda o‗qituvchi yo‗l qo‗yadigan har qanday xato va 
kamchilik yangi muammo, konfliktlarni keltirib chiqaradi, unga 
boshqa o‗quvchilar ham ishtirok etib ketishi ehtimoldan xoli emas;
-
pedagogik faol
iyatda nizoni muvaffaqiyatli bartaraf etgandan ko‗ra, 
undan ogohlantirish, oldini olish afzal ekanligi. 
Eng muhimi, nizoli vaziyatda o‗qituvchi o‗z pozitsiyasini to‗g‗ri aniqlab 
olishidir, chunki, agar sinf jamoasi uning tomonida tursa, mavjud holatdan chiqib 
ketish uning uchun oson kechadi. Agar sinf jamoasi tartibni buzuvchi tomonida 
bo‗lib, ikkiyoqlamalik pozitsiyasida tursa, bu salbiy oqibatlarga olib kelishi, ya‘ni 
nizoli holat doimiy tavsifga ega bo‗lib qolishi mumkin. 
Ko‗pincha o‗smir yoshidagi o‗quvchilar bilan o‗qituvchining munosabati 
boshlang‗ich sinflardagidek, ya‘ni unga gap so‗zsiz bo‗ysunish prinsipida davom 
etadigan bo‗lsa, bunday munosabatlar o‗smirlik yoshining o‗ziga xosligiga mos 
kelmaydi. Bu yoshda o‗zi haqida yangi tasavvurlar paydo bo‗ladi, kattalarga 
nisbatan teng mavqeni egallashga intilish amalga oshadi. O‗smirlar bilan yangi 
tipdagi munosabatlarga o‗tishda o‗qituvchi psixologik nuqtai nazardan tayyorgarlik 
ko‗rmasa, nizoni muvaffaqiyatli bartaraf etilishi mumkin emas. Bunday 
muno
sabatlarni o‗rnatishning tashabbuskori albatta o‗qituvchi bo‗lishi lozim.
O‗qituvchilarga bunday nizoli holatlarni boshqarishda quyidagi tavsiyalarni 
beramiz: 
-
o‗z emotsiyalaringizni nazorat qilgan holda obyektivlikni saqlang va 
o‗quvchilarga o‗z talablarin
i asoslashga imkon bering; 
-
o‗quvchi pozitsiyasiga o‗z nuqtai nazaringizdan munosabat 
bildirmang (ya‘ni, unga nisbatan: ―sen meni aldayapsan‖ emas, balki 
―men o‗zimni aldangandek his etayapman‖);
-
o‗quvchini haqorat qilmang (shunday so‗zlar borki, ular 
munosabatlarga tuzatib bo‗lmas zarar keltiradi, har qanday 
kompensatsiyalashga bo‗lgan harakatlar uni to‗g‗rilay olmaydi);
-
o‗quvchini sinfdan haydab chiqarmaslikka harakat qiling, imkoniyat 
boricha ma‘muriyatga murojaat etmang;


40 
-
agressiyaga agressiya bilan javob qaytarmang (bu sizning 
obro‗yingizga putur yetkazadi), shaxsiyatiga ham tegmang, ayniqsa, 
uning oilasiga; faqat uning aniq harakatlariga baho bering; ―hech nima 
qilmaydigan odam xato ham qilmaydi g‗oyasi‖ni unutmagan holda
bola va o‗zingizga xato q
ilishlik huquqini bering; 
-
nizo qanday natija bilan tugasa ham bola bilan munosabatlaringizni 
buzmaslikka harakat qiling (konflikt to‗g‗risida afsuslanishingizni 
aytib, o‗quvchiga ixlosingiz balandligini bildiring);
-
o‗quvchilar bilan nizolashishdan qo‗rqma
sdan, uni ijobiy hal etish 
tashabbuskorligini qo‗lingizga oling;
-
bolalar sizni tushunishlari, siz bilan kelishishlariga tayangan va 
qadrlagan holda Stedalning ―Nima qarshilik ko‗rsata (yoki bardoshli 
bo‗lsa) olsa o‗shanga tayanish mumkin‖ degan so‗zlarini 
unutmaslik 
lozim. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə