R. D. Shodiyev


Nizoni bartaraf etish usullari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/59
tarix11.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#145061
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   59
httpilmiy.bmti.uzblibfiles116Pedagogik20konfliktologiya.pdf

Nizoni bartaraf etish usullari. 
Har qanday guruh uchun uning ikki yoki 
unda ortiq a‘zolari o‗rtasidagi nizo yoki konflikt –
birgalikdagi faoliyatga va 
normal muloqotga ta‘sir ko‗rsatishi tabiiy holdir. Shu sababli, o‗rtalarida nizo 
mavjud insonlarga ―bu ularning shaxsiy ishi‖dek ko‗rinsa
da, haqiqatda, u barchaga 
o‗z ta‘sirini ko‗rsatadi. Bunday paytda nizoni bartaraf etish zarurati paydo bo‗ladi. 
Nizodagi insonlarni ―yarashtirish‖ni quyidagi kompromiss holatlarga asoslangan 
holda, birinchidan, umumiy etika meyorlaridan chiqmagan holda, ikkinchidan
nizodagi tomonlarning shaxsiyatiga tegmagan holda amalga oshirgan
ma‘qulroqdir.
Nizodagi tomonlarni yarashtirish odatda yosh jihatdan yoki iyerarxik 
holatiga ko‗ra kattaroq kishi zimmasida bo‗ladi –
o‗qituvchi, jamoa rahbari bo‗lishi 
mumikni. 
Nizoni bartaraf etishning keng tarqalgan metodlari mavjud bo‗lib, quyida 
ularni qisqacha bayonini keltiramiz. 


41 
1. Rahbar konfliktdagi tomonlarni birma-bir taklif qilib, har biridan nizoni 
sabab va mohiyatini bayon qilib berishlarini so‗raydi. Shu bilan bi
rga ikki tomonni 
ham bir-
birini qoralashga bo‗lgan har qanday urinishlariga chek quygan holda
emotsiyalarni emas faqat dalillarni talab qiladi. ―Falonchiyev haqidagi barcha 
salbiy fikrlaringizni uning oldida, ko‗ziga qarab aytganingiz ma‘qul edi. Men sizg

bunday imkoniyatni yaratib beraman‖. Shundan so‗ng rahbar mumkin bo‗lgan 
darajagacha dalillarni aniqlashtiradi. Rahbar, nizoli vaziyatdagi tomonlar 
mulohazalaridan mustaqil ravishda aniq bir yechimga kelganidan so‗ng, ikkala 
tomonni taklif etib, ulardan 
zarur deb hisoblagan fikrlarini aytishlarini so‗raydi va 
vaqti vaqti bilan o‗rtada bo‗lib turgan ―dahanaki jangni‖ to‗xtatadi va o‗z 
yechimini e‘lon qiladi. Mazkur yechim bir tomonning foydasiga bo‗lishi yoki 
ikkala tomonning ham foydasiga bo‗lmasligi mum
kin, har qanday holda ham 
rahbar etika meyorlariga va jamiyatda qabul qilingan, mavjud ko‗rsatmalarga 
asoslanishi lozim. Uning yechim haqidagi qarori signal bo‗lib xizmat qiladi: nizo 
bartaraf etildi, unga qaytish ish bilan mashg‗ul insonlarni vaqtini va e
nergiyasini 
olish demakdir. 
2. Pedagog yoki rahbar nizoli tomonlarga, yig‗ilishda guruh oldida o‗z 
da‘volarini bir
-birlariga aytishlarini taklif qiladi. Mazkur muammo yuzasidan 
yig‗ilish ishtirokchilari chiqishlari, fikrlarini eshitganidan so‗ng rahbar qar
or qabul 
qiladi va uni norozi tomonga yoki ikkala tomon norozi bo‗lsa ikkala tomonga 
guruh nomidan e‘lon qiladi, ya‘ni qilingan mulohaza obyektiv bo‗lib, u keyin 
muhokama qilinishiga o‗rin qolmaydi. 
3. Agar ko‗rilgan choralar bilan ham nizo barham topmasa
, rahbar yoki 
pedagog nizodagi tomonlarga sanksiya e‘lon qiladi (ulardan biriga yoki ikkalasiga 
ham): takroriy tanqidiy tanbehlardan tortib, ma‘muriy jazogacha bo‗lgan tartibda, 
chunki, nizo o‗quv yoki ishlab chiqarish jarayoniga zarar keltiradi. 
4. Agar bu chora ham yordam bermasa, rahbar nizodagilarni tarqatib 
yuborish chorasini qo‗llaydi, ya‘ni boshqa sinflarga, sexlarga va shu kabilarga 
ajratib yuboradi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə