|
R. D. ShodiyevO„qituvchi va o„quvchi o„rtasidagi nizolarning o„ziga xos xususiyatlarihttpilmiy.bmti.uzblibfiles116Pedagogik20konfliktologiya.pdfO„qituvchi va o„quvchi o„rtasidagi nizolarning o„ziga xos xususiyatlari
Ta‘lim tarbiya jarayoni har qanday rivojlanishda bo‗lgani kabi nizo va
konfliktlarsiz bo‗lishi mumkin emas. Demak, bu jarayonning asosiy ishtirokchilar
bo‗lgan o‗qituvchi va o‗quvchi o‗rtasidagi nizolar sifatida quyidagilarni
ko‗rsatishimiz mumkin:
-
o‗quvchining o‗zlashtirishi va mashg‗ulotlardan tashqari vaqtda
bajarishi lozim bo‗lgan vazifalar yuzasidan paydo bo‗ladigan nizolar;
-
maktabda va undan tashqarida o‗quvchi tomonidan qoida
buzarliklarni sodir etilishiga doir nizolar;
-
o‗qituvchi va o‗quvchi o‗rta
sidagi shaxsiy-emotsional doirada paydo
bo‗ladigan munosabatlarda yuzaga keladigan nizolar.
Faoliyat doirasida paydo bo„ladigan nizolar.
O‗qituvchi va o‗quvchi
o‗rtasida nizo, o‗quvchining o‗quv topshiriqlarini bajarmasligida yoki talab
darajasida bajarma
sligi natijasida paydo bo‗ladi. Bu quyidagi sabablar: charchash,
o‗quv materialini o‗zlashtirishdagi qiyinchiliklar, ba‘zan esa o‗qituvchi tomonidan
qiyin mashqlarni bajarishda aniq yordam berish o‗rniga noo‗rin tanbeh berilishi
asosida amalga oshishi mumk
in. Bunday konfliktlar ko‗p hollarda ta‘lim olishda
qiynalayotgan o‗quvchilar bilan sodir bo‗ladi. Boshlang‗ich sinflarda sinf rahbari
tomonidan olib boriladigan mashg‗ulotlarda bunday konfliktli holatlar kam
uchraydi, chunki o‗quvchilar bilan o‗zaro munosabatlar bunda o‗zgacha holatlarda
amalga oshadi. So‗nggi vaqtlarda, o‗qituvchi tomonidan predmetni o‗zlashtirishga
bo‗lgan talablar darajasini oshirilishi, tartib
-qoidani buzganligi uchun baho
qo‗yishdan jazolash vositasi sifatida foydalanishi bunday nizolarning ko‗payib
ketish holatiga olib kelmoqda. Bunday holatlar maktabdan boshqa maktablarga
qobiliyatli, mustaqil o‗quvchilarni ketib qolishiga sabab bo‗lmoqda, buning
natijasida qolganlarda bilim olishga bo‗lgan qiziqish umuman pasayadi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|