R. D. Shodiyev


O„qituvchi va o„quvchi o„rtasidagi nizolarning o„ziga xos xususiyatlari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/59
tarix11.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#145061
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   59
httpilmiy.bmti.uzblibfiles116Pedagogik20konfliktologiya.pdf

O„qituvchi va o„quvchi o„rtasidagi nizolarning o„ziga xos xususiyatlari
 
Ta‘lim tarbiya jarayoni har qanday rivojlanishda bo‗lgani kabi nizo va 
konfliktlarsiz bo‗lishi mumkin emas. Demak, bu jarayonning asosiy ishtirokchilar 
bo‗lgan o‗qituvchi va o‗quvchi o‗rtasidagi nizolar sifatida quyidagilarni 
ko‗rsatishimiz mumkin: 
-
o‗quvchining o‗zlashtirishi va mashg‗ulotlardan tashqari vaqtda 
bajarishi lozim bo‗lgan vazifalar yuzasidan paydo bo‗ladigan nizolar;
-
maktabda va undan tashqarida o‗quvchi tomonidan qoida 
buzarliklarni sodir etilishiga doir nizolar
-
o‗qituvchi va o‗quvchi o‗rta
sidagi shaxsiy-emotsional doirada paydo 
bo‗ladigan munosabatlarda yuzaga keladigan nizolar. 
Faoliyat doirasida paydo bo„ladigan nizolar. 
O‗qituvchi va o‗quvchi 
o‗rtasida nizo, o‗quvchining o‗quv topshiriqlarini bajarmasligida yoki talab 
darajasida bajarma
sligi natijasida paydo bo‗ladi. Bu quyidagi sabablar: charchash, 
o‗quv materialini o‗zlashtirishdagi qiyinchiliklar, ba‘zan esa o‗qituvchi tomonidan 
qiyin mashqlarni bajarishda aniq yordam berish o‗rniga noo‗rin tanbeh berilishi 
asosida amalga oshishi mumk
in. Bunday konfliktlar ko‗p hollarda ta‘lim olishda 
qiynalayotgan o‗quvchilar bilan sodir bo‗ladi. Boshlang‗ich sinflarda sinf rahbari 
tomonidan olib boriladigan mashg‗ulotlarda bunday konfliktli holatlar kam 
uchraydi, chunki o‗quvchilar bilan o‗zaro munosabatlar bunda o‗zgacha holatlarda 
amalga oshadi. So‗nggi vaqtlarda, o‗qituvchi tomonidan predmetni o‗zlashtirishga 
bo‗lgan talablar darajasini oshirilishi, tartib
-qoidani buzganligi uchun baho 
qo‗yishdan jazolash vositasi sifatida foydalanishi bunday nizolarning ko‗payib 
ketish holatiga olib kelmoqda. Bunday holatlar maktabdan boshqa maktablarga 
qobiliyatli, mustaqil o‗quvchilarni ketib qolishiga sabab bo‗lmoqda, buning 
natijasida qolganlarda bilim olishga bo‗lgan qiziqish umuman pasayadi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə