R. D. Shodiyev


  Nizoni bartaraf etishning bilvosita metodlari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/59
tarix11.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#145061
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   59
httpilmiy.bmti.uzblibfiles116Pedagogik20konfliktologiya.pdf

 


42 
Nizoni bartaraf etishning bilvosita metodlari. 
―His
-
tuyg‗udan chiqarish‖ 
tamoyili. Zamonamizning taniqli psixoterapevtlardan biri K. Rodjersning 
kuzatuvlariga ko‗ra, agar insonga hech qanday to‗siqlarsiz o‗z salbiy 
emotsiyalarini ifodalash imkoniyatlari yaratib berilsa, ular ―o‗z
-
o‗zidan‖ ijobiy 
holatga o‗tadi. Haqiqatan, oila psixologiyasi bo‗yicha mutaxassis o‗z qabuliga 
kelgan xotinga, eri haqidagi salbiy mulohazalarni aytib berishiga imkon yaratib 
berganidan bir soatlar vaqt o‗tganidan keyin, u og‗ir tin olib, ―Umuman olganda u 
bundan ham yaxshiroq bo‗lishi mumkin edi, uning yaxshi tomonlari ham
mavjud‖ 
deb, (Erining yaxshi tomonlarini aytib ketadi.). Ko‗rinib turibdiki, psixolog xotin 
kishiga barcha emotsiyalarini to‗kib sochishga imkoniyat yaratib berayapti va 
ma‘lum vaqt o‗tganidan so‗ng u o‗z holatiga keldi.
Mazkur tamoyilni amalga oshirish psixologdan yoki uning funksiyasini 
bajaruvchi pedagogdan, kasbiy sabr toqatlilikni hamda hamsuhbatini emotsional 
qo‗llab quvvatlash qobiliyatini talab qilmoqda. 
“Uchinchining nufuzi” tamoyili. 
Nizodagi ikkala tomon ham bir-birini 
toqat qila olmaydi, biri ikkinchisiga yaqinlashish uchun yaxshi gapirsa ham 
ikkinchisiga bu uni masxara qilgandek tuyulaveradi. Bunday paytlarda uchinchi 
tomonning, ya‘ni ikkalasi uchun ham nufuzga ega insonni yordami kerak bo‗ladi. 
Uchinchi inson yordamida nizo bostirilishi mumkin.
“Opponentni tinglashga majbur etish” tamoyili. 
Psixolog nizodagi 
tomonlarni bir-biri bilan uning huzurida janjallashishlariga imkoniyat yaratadi
so‗ngra janjalni to‗xtatib, quyidagi ko‗rsatmani beradi: ―Har biringiz 
opponentingizga javob qaytarishdan oldin, uning oxirgi e‘tirozini juda ham aniq 
qilib takrorlashingiz lozim‖. Shundan so‗ng psixolog ularning dialogiga aralashib, 
ko‗rsatmani qat‘
iy bajarilishini talab qiladi. Odatda bunday paytlarda 
janjallashayotganlar bir-
birilariga e‘tirozlarini aytib bera olmaydilar, chunki 
ulardan har biri asosan faqat o‗zini eshitadi, uni xafa qilganni esa aslida bo‗lmagan
tovush ohangini balandlatganini v
a aytilmagan so‗zlarni keltiradi. Ushbu holatni 
qayd etib (ularni gaplarini yozib olish orqali) psixolog nizodagi tomonlarni chin 
vijdonan bir birlarini tinglashga majbur etadi. Noodatiy bo‗lgan ushbu hol 


43 
to‗qnashuvni susaytirib, bahslashuvchilarni o‗z
-
o‗ziga tanqidiy ko‗z bilan 
qarashlariga yordam qiladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə