R. D. Shodiyev



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/59
tarix11.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#145061
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   59
httpilmiy.bmti.uzblibfiles116Pedagogik20konfliktologiya.pdf

 
 
 


51 
Jamoadagi konflikt va uni yechimga olib kelish yo„llari
 
Konfliktlar haqida fikr yuritar ekanmiz ular turli sharoitlarda, turli holatlarda 
va joy ham tanlamasligini qayd etishimiz lozim. Xususan, siz faoliyat yuritayotgan 
jamoa ham bundan mustasno emasdir. Jamoa sharoitida ro‗y berishi mumkin 
bo‗lgan konfliktlar
o‗ziga xos xususiyatga ega bo‗lib, jamoada faoliyat 
yuritayotgan xodimlariga qandaydir ma‘noda o‗z ta‘sirini ko‗rsatmay qo‗ymaydi.
Jamoada ro‗y berishi mumkin bo‗lgan konfliktli holatlar quyidagicha: 
1.
Siz aralashmagan holda ziddiyatli holatning mavjudligi; 
2.
Sizning manfaatlaringizga ta‘sir ko‗rsatishi orqali siz aralashgan 
holatdagi ziddiyatning mavjudligi; 
3.
Bevosita siz konfliktli holatni ishtirokchisi sifatida: siz va 
hamkasbingiz, siz va rahbaringiz yoki jamoa va rahbar, butun jamoaning o‗rtasida 
ham 
bo‗lishi mumkin.
Jamoada konfliktli holat kimlarning o‗rtasida ro‗y berishiga qaramasdan 
mana shu jamoada faoliyat yuritayotgan xodimlarning barchasi o‗zi istamagan 
holda uni ishtirokchisiga aylanib qoladi. Bunda jamoada ro‗y berayotgan ziddiyatli 
holatdan 
hech kim tashqarida bo‗lib qolmaydi. Siz konflikt holatdan tashqarida 
bo‗lishga intilganingizda ham, sizdan konfliktli holatga nisbatan munosabatingizni 
istasangiz-
istamasangiz bildirishga majbur bo‗lasiz. Bunday holatda munozaraga 
sabab bo‗lgan masalada
siz adolatli deb topgan guruh manfaatlari ikkinchi tomon 
uchun salbiy ta‘sir etishi tabiiydir. Siz mazkur konfliktli holatda o‗zingizni 
betarafman deb hisoblab chetga chiqqanigizda ham, faoliyatingiz shu jamoda 
bo‗lgani uchun har kuni ular bilan uchrashas
iz, konfliktli holatni rivojlanishi va 
unda tomonlar o‗zlarini qanday tutayotganligi nazoratingizdan chetda bo‗lmaydi, 
natijada esa o‗zingizni konfliktli holatdan tashqarida emasligingizni his eta 
boshlaysiz. 
Bunday hollarda jamoada paydo bo‗ladigan turli 
konfliktlarga nisbatan uni 
bostirish nuqtai nazaridan faol yondashgan afzal bo‗ladi. Mazkur holatda bir 
tomonni yonini olish yoki ikkinchi tomonga bo‗ysunish nuqtai nazaridan emas, 


52 
balki ilgari qayd etganimizdek, barchaning diqqatini muammoga qaratish lozim 
bo‗ladi, ya‘ni uni aniqlashga, yechimini izlashga, tomonlarni manfaatlaridagi 
umumiy nuqtalarini topishga va nihoyat tomonlarni qoniqtiruvchi yechimni 
izlashga qaratish ma‘quldir.
Shuni unutmaslik lozimki, jamoani samarali boshqarish uchun ba‘zan
konfli
ktlar ham kerak bo‗ladi. Konfliktli holatlar juda ko‗p hollarda ko‗p sondagi 
muqobil yoki muammo variantlarini taqdim etadiki, uning natijasida qabul qilingan 
yechimlar nisbatan samarali bo‗ladi. Bundan, tashkilot faoliyati samaradorligini 
ko‗tarishda konflikt funksional yoki uning ko‗rsatkichlariga salbiy ta‘sir qiluvchi 
disfunksional bo‗lishi mumkin ekanligi ma‘lum bo‗ladi. Jamoada konfliktli 
holatlarning to‗rtta tipi mavjud bo‗ladi: 
-
shaxslarda (subyektiv) ichki; 
-
shaxslararo; 
-
guruh va shaxs; 
-
guruhlararo. 
Konfliktlarni paydo bo‗ishining asosiy sabablari:
1.
Mavjud resurslarning cheklanganligi; 
2.
Binolar bilan bog‗langan (makon);
3.
Maqsadlarning turliligi; 
4.
O‗zini tuta bilishi;
5.
Ma‘lumoti darajasi;
6.
Ma‘lumotni noto‗g‗ri talqin qilinish va yetkazilishidan iborat.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə