R. D. Shodiyev


Jamoadagi konfliktni boshqarish tartiblari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/59
tarix11.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#145061
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   59
httpilmiy.bmti.uzblibfiles116Pedagogik20konfliktologiya.pdf

Jamoadagi konfliktni boshqarish tartiblari

1.
Konfliktni vujudga kelganini, uning mavjudligi tan olish va uni 
o‗rganish.
2.
Konfliktga tortilgan xodimlar, bevosita konflikt ishtirokchilari hamda 
konfliktga aloqador bo‗lmagan, ammo mana 
shu jamoaning barcha xodimlarining 
ziddiyat to‗g‗risidagi holis fikr
-
mulohazalarini o‗rganish.
3.
Konfliktning asl mazmunini, nima sababdan kelib chiqqanligini 
aniqlash. Ziddiyatning shaxslararo konflikt ekanligi, yoki tomonlararo konflikt 
ekanligini belgilas
h. Shuningdek, jamoadagi osoyishtalikni buzish, jamoaga o‗z 
salbiy ta‘sirini o‗tkazishga, ish jarayonining buzilishiga sabab bo‗layotgan odam 
mavjudligi yoki yo‗qligini aniqlash. Umuman konflikt vaziyatining subyektiv va 
obyektiv kelib chiqish sabablarini 
o‗rganish. Obyektiv sabablar mavjudligi 
aniqlansa, ularning oldini olish choralarini ko‗rish, masalan, kompyuterning 
buzilib qolganligi, elektr chirog‗ining o‗chib qolganligi, qog‗ozlarning 
yetishmovchiligi v.h. 
4.
Konflikt yechimini rejalashtirish. Konflikt 
yechimini topish bo‗yicha 
turli alternativ usullar, yo‗llar va ssenariylarni ishlab chiqish. Konfliktning qanday 
rivojlanib va o‗sib borishi mumkinligini aniqlash. Konfliktning o‗sib ketmasligi 
oldini olish choralarini ko‗rish.
5.
Konflikt yechimi jarayoniga barcha xodimlarni jalb qilishga harakat 
qilish. Ko‗pchilik hollarda bargalikda ziddiyat mazmuni, uning kelib chiqishi va 
uning yechimini topish bo‗yicha chora
-
tadbirlarni belgilash yo‗nalishida hamkorlik 
va birgalikda ishlashning o‗zi konflikt vaziyatni yu
mshatishga, tomonlar 
manfaatlarini uyg‗unlashtirishga, umumiy maqsadlarni topishga, shuningdek 


58 
uyg‗unlik asosida tomonlarni yangitdan bir
-biriga yaqinlashtirishga xizmat qiladi. 
Mummoni ochiq muhokamaga qo‗yish, har bir xodimning fikr va qarshalarining 
samimiy bayon qilinishiga erishish, qarashlardagi plyuralizmga erishish, konflikt 
yechimi bo‗yicha har bir tomon qarashlarining ifodalinishini yo‗lga qo‗yish 
jamoadagi har turli keskinliklar, mavhumlik, gina-
qudrat, g‗iybat, hafagarchilik, 
fikrlarning ichda 
qolib ketishi, g‗alamislik, fitna, intrigalar, bo‗xton va aniq 
bo‗lmagan ma‘lumotlarning tarqalishining oldini oladi.
6.
Butun jamoadagi diqqatni konfliktning mazmunini, muammoning 
mohiyatini anglashga qaratish va yo‗naltirish yaxshi natijalar beradi. Chunki 
konflikt 

bu hayotning, yoki jamoadagi faoliyat jarayonining oxiri emas. 
Kollektiv bundan keyin ham birgalikda, hamkorlikda ishlashi lozim. Ish yuzasidan 
esa turli ziddiyatlar bo‗lishi mumkin. Ish yuzasidan bo‗lgan ziddiyatlarga ish 
jarayonini yaxshilash uchun vujudga kelgan yangi vaziyat, ish unumdorligini 
oshirish imkoniyati, mehnat jarayonlaridagi nizolarni olib tashlash orqali yangi 
munosabatlarni o‗rnatish jarayoni sifatida qarash o‗rinlidir. Konflikt –
jamoada 
yuzaga kelganda ham, oddiy va tabiiy ha
yot jarayoni bo‗lib qolaveradi. Konflikt 
ko‗pincha jamoada vujudga kelgan notabiiy va nizoli holatning yangi mazmunda 
qayta shakllantirilishi uchun katta imkoniyat beradi. Katta ishlab chiqarish 
jarayonlarida, biznes tsrukturalar faoliyatida konflikt mehnat unumdorligini 
oshirish va mehnat jarayonini jonlilashtirishning muhim va zarur bo‗lgan 
xususiyatlaridan hisoblanadi. Konflikt kelib chiqishidan so‗ng vujudga kelgan 
yangi vaziyat aynan yangi qarorlar uchun yo‗l ochib beradi. Yig‗ilib qolgan 
muammolarni yuzaga chiqaradi. Ular yechimini topishga butun jamoani 
yo‗naltiradi. Tashkilotdagi atmosfera qanchalik osuda va tinch ko‗rinmasin uning 
ichki rivojlanish tamoyillarida konfliktlar rejalashtirilgan va tabiiy o‗rnashtirilgan 
bo‗ladi. Konflikt jamoadagi muammoni yorqin va aniq ko‗rish, uni xis qilish va 
uning yechimini topish orqali, yangi ilg‗or va taraqqiyot tamoyillarini belgilab 
olish uchun shart-sharoitlar yaratadi. Bu holat 

konflikt mazmunida yashiringan 
uning yaratuvchanlik imkoniyatlarini ko‗rsatadi
. Agar tashkilot rahbari jamoada 
ish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‗lgan ziddiyatlarni oldindan bashorat qila 


59 
olsa, yoki vujudga kelgan konfliktlarni yaratuvchanlik tamoyillari asosida 
rivojlantira olsa, jamoa ichidagi ziddiyatlardan qo‗rqmasa, mana s
hu tashkilotda 
o‗sish va ulg‗ayish ta‘minlangan bo‗ladi. 
7.
Konflikt yechimi doirasida qabul qilingan qarorlarning bajarilishini 
ta‘minlash va konflikt vaziyatni hamkorlikda qabul qilingan yechimga olib kelish. 
Har bir tomonning amallari aniq, o‗zaro muvofiq
lashgan, bir-
birini to‗ldirgan, 
adolatli va oddiy bo‗lishi zarur. Yechimni o‗z vaqtida topish konfliktning kuchayib 
ketmasligini ta‘minlashini esdan chiqarmang.
8.
Konflikt vaziyat bo‗yicha belgilangan qaror va xulosalarning o‗z 
vaqtida joriy etilishini ta‘mi
nlash zarur. Konflikt vaziyatda bir marta qaror qabul 
qilib, qaror qabul qilingandan so‗ng konflikt o‗z
-
o‗zicha yechiladi, deb o‗ylash 
noto‗g‗ridir. Konflikt yechimi bilan aloqador bo‗lgan qarorlarning bajarilishigina 
konfliktning haqiqiy yechimi bo‗la ola
di. Vaziyat konflikt yechimi topilganini 
ko‗rsatishi mumkin, ammo ana shu konflikt yechimi amalga oshirildimi, bu sizning 
keyingi sayi-
harakatlaringizga bevosita bog‗liq bo‗ladi. Agar siz konflikt yechimi 
topilganligi bosqichida muallaq turib qolsangiz, ko
nflikt o‗z yechimi ijrosini hech 
qachon topmaydi, konflikt 

konflikt vaziyatida qolib ketaveradi. Shu bois, 
ziddiyatga doimiy e‘tibor qaratish lozim bo‗ladi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə