R. D. Shodiyev



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/59
tarix11.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#145061
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   59
httpilmiy.bmti.uzblibfiles116Pedagogik20konfliktologiya.pdf

Nutq muloqoti qoidalari.
Kommunikatsiya mexanizmi harakatining asosini 
nutq tashkil etadi. U shaxs dunyoqara
shining barcha jihatlarini, ya‘ni manfaatlari, 
faoliyat sohasi, qiziqishlari, madaniyat darajasini aks ettiradi. Ma‘lumki, barcha 
muloqotlar nutq vositasida amalga oshadi. Nutq deb ―harakatdagi‖ til tizimini 
aytishimiz mumkin. Ya‘ni til tizimidan gapirish,
fikrlarni tilga o‗tkazish va 
bevosita muloqot jarayonida foydalanishdir. Nutq til tizimidan shu bilan 
farqlanadiki, uning tabiati psixofiziologikdir. Uni namoyon etilish jarayonida nutq 
apparati ishtirok etadi, u esa markaziy nerv tizimi tomonidan boshqariladi. Nutq 
og‗zaki, yozma, dialogik va monologik ko‗rinishlarga bo‗linadi.
Nutq yordamida muloqot qoida va meyorlari 

nutq meyortivlarini bilish, 
ulardan turli sharoitlarda, masalan, majlislarda, yig‗ilishlarda, muzokaralarda, 
shaxsiy suhbatlar va boshqalarda oqilona foydalanishdir.


72 
Nutq muloqoti madaniyati va natijaviyligini bir necha ko‗rsatgichlar: 
nutqdagi aniqlilik va uning o‗rinliligi, barcha uchun tushunarliligi, maqsadliligi, 
to‗g‗riligi va sofligi, ifodaliligi, savodliligi, etikaga to‗g‗ri kel
ishi asosida 
baholanadi. Nutqning to‗g‗riligi adabiy til qoidalari verbal vositalariga mos kelishi 
bilan aniqlanadi. Nutqning to‗g‗rililigi eng avvalo atamashunoslikdan 
savodlilarcha va o‗rinli foydalanishni bildiradi. O‗rinliligi esa kommunikatsiya toni 
va stilini aniq tanlashga borib taqaladi. Nutqning kommunikativ maqsadga 
muvofiqligi qo‗pollik va beandishalikka yo‗l qo‗ymaydi. Nutqning etikaga to‗g‗ri 
kelishi 

turg‗un ifoda, murojaat, salomlashishdagi iboralar, kechirish, kechirim 
so‗rash, minnatdorchi
lik bildirish, kelishuv va maqtovni muloyimlik bilan 
ishlatishni nazarda tutadi. Savodlilik nutq madaniyati kommunikatsiyalarida asosiy 
ko‗rsatgich hisoblanadi, chunki savodi bo‗lmagan odam o‗z ma‘lumotini, nimani 
bildirishi lozimligini tushunarli va aniq yetkazib bera olmaydi. Savodsizlik 
shaxsiy fikrlarini to‗g‗ri ifodalay olmaslikda, kerakli so‗zlarni tanlashda va o‗rinli 
foydalana olmaslikda va ularga aniq grammatik shaklni bera olmaslikda namoyon 
bo‗ladi.
Savodlilik ayniqsa, ish yuzasidan munosabatlarda, ishga joylashishda
telefon orqali bo‗ladigan muloqotlarda, yozma nutq va shu kabilarda juda 
muhimdir. Savodlilikni oshirish, uni mukammallashtirish uchun badiiy 
adabiyotlarni ko‗proq mutolaa qilish zarur. Kitob o‗qish nafaqat dunyoqarashni 
kengaytirad
i, balki nutqni grammatik jihatdan to‗g‗ri tuzishni o‗rganishga imkon 
beradi, ko‗rish xotirasini charxlaydi, to‗g‗ri yozishni mukammallashtiradi, so‗z 
boyligini oshiradi va hokazolar. 
Suhbat davomida hamsuhbatingizga, agarda u iyerarxik pog‗onadan sizdan 
p
astda turgan bo‗lsa ham uning familiyasini aytib murojaat qilish tavsiya 
etilmaydi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə