R. D. Shodiyev



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/59
tarix11.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#145061
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   59
httpilmiy.bmti.uzblibfiles116Pedagogik20konfliktologiya.pdf

Passiv eshitish
.
Bu tinglash, eshitishning keng tarqalgani bo‗lib, bunda biz 
muloqot jarayonida ba‘zi fragmentlarni anglab, ba‘zilarini anglamagan holda 
eshitamiz. Uning natijasi sifatida quyidagi holatlarni misol qilib keltirishimiz 
mumkin: 
-
―Bugun sen bilan qayergadir borishga kelishgan edik‖.
-
―Nahotki? Sen bu haqda gapirmagan edingku, birinchi marta 
eshitayapman‖.
-
―Ikki kun ilgari sen bilan bu haqida gaplashgan edikku. Demak, sen 
meni eshitmagan ekansanda‖.
Ko‗pincha, bizga qarata aytilgan gaplar e‘tiborimizdan chetda 
qoladi 

ayniqsa, biz uchun qadrdon, yonimizda yurgan, tez-
tez ko‗rishadigan 
odamlarimizning gaplari ―Qulog‗imiz yonidan o‗tib ketadi‖ yoki boshqacha 
aytganimizda ularning gaplariga bee‘tibor bo‗lamiz.
 Faol eshitish
. Bu diqqatni jamlab, ichki kuchlarni mobillashtirgan holda 
eshitishni talab qiladi. Bunda suhbatdosh nuqtai nazarini tushunishga asosiy e‘tibor 
qaratiladi. Siz uni tinglab nima haqida gap borayotganligini idrok etasiz va olingan 


76 
ma‘lumotlarni xotirangizga joylaysiz, so‗ngra zarurat bo‗lganida
unga qaytasiz. 
Agar siz haqiqatan ham faol eshitayotgan bo‗lsangiz, ongingizda aylanayotgan 
fikrlardan boshingiz ―g‗uvillab‖ qolganini sezasiz. Bu holatning bo‗lishi tabiiy, 
chunki bunday tinglashda sizning barcha fikrlash qobiliyatingiz ishga tushgan 
bo‗
ladi. Bunday muzokaralar va suhbatlar davomida siz diqqatingizni gapirayotgan 
odamga nafaqat qaratishingiz, balki uni ifodalash tilini, stilini tushunishingiz, 
o‗zingizni noverbal xatti
-harakatlaringizni nazorat qilishingiz, sizga berilayotgan 
savollarga 
javoblarini o‗ylashingiz hamda undan nimalar haqida so‗rashingizni 
ham mo‗ljallashingiz lozim bo‗ladi. Shunday qilib, bunday holatlarda boshingiz 
―g‗uvillay‖ boshlashi tabiiy chunki sizning miyangiz kuchli bosim ostida 
ishlayapti. 
Faol eshitish uchun bizga 
nima to‗sqinlik qiladi? Faol tushunishga to‗sqinlik 
qiluvchi sabablar mavjud, ular natijasida biz faol tinglashga qodir bo‗lmaymiz, 
ulardan biri dangasaligimizdir 

biz ortiqcha ishlashni istamaymiz. Balki, bizni 
o‗zgalarni tinglashga o‗rgatishmagandir.
Agar yoshligimizdan bizni hech kim 
eshitmasligiga o‗rgangan bo‗lsak, unda biz boshqalarni eshitishga harakat qila 
olamizmi? Umuman olganimizda bunday sa‘atni hech kim bizga o‗rgatmagan! 
Mazkur holatlarda idrok etish uchun o‗z aqlingizni ishlating, faol esh
itishni 
o‗rganishga chin dildan istak bildiring va nihoyat eshitish ko‗nikmasining 
mavjudligi 

yaxshi tarbiya ko‗rganlik belgisidir. 
Haqiqatan eshitishga nimalar to‗sqinlik qilishi mumkin?

Muammoga qarashlardagi farqlar: sizning nuqtai nazaringiz ikkinchi 
tomon fikrlaridan tubdan farq qiladi va siz ushbu aytilganlarga qat‘iyan qarshisiz.
 

Emotsiyalarning kuchliligi: muhokama etilayotgan mavzu sizni 
shunchalik qiziqtiradiki, ikkinchi tomonni eshitishingizga to‗sqinlik qiladi.

Jismonan toliqish, balki siz charchagandirsiz, qorningiz ochgandir, 
issiqdan yoki sovuqdan aziyat chekayotgandirsiz, stress holatidadirsiz va shu 
kabilar.
 

Diqqatni jamlay olmaslik va parishonxotirlik: balki sizga shovqin 
suron diqqatingiz jamlashga to‗sqinlik qilayotgandir.


77 

Suhbatdoshga nisbatan munosabat: siz suhbat qilayotgan odam 
yoqmayotgandir, balki u juda ham dumog‗dor, kibrli va zerikarlidir.

Eshitishni qanday qilib yaxshilash mumkin? 

Bir necha foydali maslahatlar: 

Suhbatni boshlanishidanoq eshitishga harakat qiling va diqqatingizni 
susaytirmang; 

Boshqa ishlaringizni chetga surib qo‗ying va eshiting: bir vaqtning 
o‗zida ikkita ishni bajarishga harakat qilmang;

Hamsuhbatingiz haqidagi turli salbiy fikrlarni xayolingizdan 
chiqaring; 

Ayni vaqtda sizga aytilayotgan gaplarni anglashga harakat qiling, 
ildamlab ketmang; 

Suhbatdoshingiz so‗zini bo‗lmang;

Nima haqida gapirilayotganligiga qiziqish bildiring; 

Aytilganlarning mazmuniga baho bering, qanday taqdim etilganiga 
emas; 

Obyektivlikni saqlang shoshma-shosharlikda xulosa chiqarishdan 
qoching; 

Diqqatingizni tortuvchi boshqa narsalarni bartaraf eting; 

Tasdiqlovchi javoblardan o‗rinli foydalaning va hok
azolar. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə