84
Kofliktlarni bartaraf etishda “
Men-
tasdiqlar” (men
-murojaat) usuli
Agar siz konfliktli holat atrofida muzokaralar jarayonini tashkil eta olgan
bo‗lsangiz, u holda boshqalarga tahdid etmagan holda o‗z shaxsiy
manfaatlaringizni ham unutib qo‗ymang. Siz orttirilgan muomala
ko‗nikmalaringizdan emotsional holatni bostirish, b
oshqa kishining xohish-istagini
aniqlash, konfliktni bartaraf etish muhitini yaratish uchun foydalanishingiz
mumkin. Ushbu ko‗nikma va malakalardan shaxsiy manfaat va hislaringizni ifoda
qilishda ham foydalanishingiz mumkin. Ana shular asosida konflikt p
aydo bo‗lishi
yoki uni kuchayishini pasaytirish imkoniyatiga ega bo‗lasiz.
Bunda tayanch yondashuv bo‗lgan ―Men
-
tasdiqlar‖ yoki ―Men
-
murojaatlar‖
usulidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Umuman olganda bu talab, his-
tuyg‗u
va haqoratlarsiz, muhokama yok
i baholashlarsiz kimgadir shaxsiy ma‘lumotlarni
taqdim etish usulidir. Siz boshqaga nima qilishi lozimligi yoki nima haqida
gapirish kerakligi haqida emas, balki nima istashingiz, nima zaruratligi yoki nima
haqida o‗ylayotganingiz haqida gapirasiz.
Siz o‗z
manfaatingizni himoya qilasiz, lekin shu bilan birga boshqa kishiga
bosim o‗tkazmaysiz. Shunday qilib ikkinchi tomon muhokama qilinmaydi,
ayblanmaydi va unga qarshi hujum uyushtirilmaydi, u o‗zini burchakka
qisilganday his etmaydi hamda unda o‗zini himoya
qilish zarurati paydo
bo‗lmaydi, natijada konfliktli holatni chuqurlashtirishga o‗rin qolmaydi.
―Men
-
tasdiq‖ faqatgina ―Men‖dan boshlanib, shaxsiy sezgi yoki reaksiyani
ifodalaydi. Masalan, agar sizdan boshqa odam istagiga javob qaytarish uchun vaqt
talab
qilinsa, siz: ―Buni o‗ylab ko‗rish uchun menga bir oz vaqt berilsa yaxshi
bo‗lardi‖ deyishingiz mumkin. Yoki sizda muammoga nisbatan boshqacharoq
qarash mavjud bo‗lsa, unda siz: ―Mazkur muammo yuzasidan mening fikrim
o‗zgachadir va unga nisbatan shu fikrimni bildirmoqchi edim‖ qabiladagi
gaplardan foydalanishingiz mumkin. Agar siz boshqa kishidan nimanidir olmoqchi
bo‗lsangiz, u holda o‗z xohishingizni quyidagicha neytral shaklda: ―Bu ishni men
85
uchun imkoni boricha tezroq bitirib bersangiz katta yordam qil
gan bo‗lardingiz‖
tarzida bildirganigiz ma‘qul bo‗ladi.
―SIZ
-
tasdiqlar‖ yoki ―SIZ
-
murojaatlar‖ ba‘zida konfliktli holatni avj oldirib
yuborishi mumkin, chunki ular ikkinchi tomon uchun ayblovdek, hukm
chiqarishdek va hujum qilinayotgandek tuyuladi va uni himoyalanish pozitsiyasida
turib olishga majbur qiladi. Unga quyidagi tipik misollarni keltirishimiz mumkin
―SIZ
-
tasdiqlar‖: ―SIZ xato qilayapsiz‖, ―SIZ noto‗g‗ri gaplarni aytayapsiz‖, ―SIZ
har doim....‖.
―SIZ tasdiqlar‖ning asosiy muammosi shundan iborat
ki, ular sizning
haqligingiz va boshqa tomonni haqsizligi haqida tasavvur paydo qiladi. Ular fikrlar
o‗rtasida farqlar mavjudligini ko‗rsatadi. Buning natijasi esa ikkinchi tomonning
jahlini chiqishi va uni himoyalanish pozitsiyasida turib olishiga sabab
bo‗ladi.
Bunday konfliktli holatlar qandaydir muammoga bog‗liq ravishda emas, balki unga
―SIZ tasdiqlar‖ga yo‗l qo‗ygan kishiga nisbatan munosabat asosida paydo bo‗ladi.
Muammoli holat esa o‗z navbatida murakkablik kasb etadi.
Agar siz ―SIZ tasdiqlar‖ maz
munini boshqa kishidan nimani
istayotganingizni neytral shaklda talabni yumshatish uchun ―MEN murojaat‖
shaklida ifodalashdan foydalansangiz, u holda bu sizga ijobiy mahsuldor
munosabat o‗rnatishga yordam beradi. Ikkinchi tomonning aksariyati bunday
hollarda qarama-qarshilikni his etmasdan va mos salbiy emotsiyalarga berilmasdan
sizni eshitishga, tinglashga va javob berishga tayyor bo‗ladi.
Quyida ―SIZ tasdiqlar‖ni ―Men tasdiqlar‖ yordamida samarali mahsulodor
munosabatlarga o‗tkazish yuzasidan m
isollar keltiramiz.
―SIZ
tasdiqlar‖
―MEN tasdiqlar‖
Ayblash
Natijaga mo‗ljalni olgan holda manfaat va istaklarni
ifodalash:
―SIZ
nima
Siz meni gaplarimni bo‗lib, nimanidir aytmoqchi
86
uchun
ha
deb
gapimni
bo‗laverasiz?‖
bo‗lganingizda, MEN siz nima haqda
gapirayotganingizni
tushunishim uchun fikrimni bir joyga jamlay olmayman,
chunki bu vaqtda MEN o‗z fikrlar va o‗ylarimga
diqqatimni jamlagan bo‗laman. Agar siz meni eshitib
bo‗lguningizcha toqat qilib tursangiz men sizdan
minnatdor bo‗lar edim, albatta siz
menga ma‘lumotni
hoziroq yetkazishingiz lozim deb topgan holatlar bundan
mustasno.
SIZ meni o‗z
savollaringiz bilan
chalg‗itib
qo‗yayapsiz
Boshqa ishlar bilan band bo‗lganimda, siz nima
haqidadir so‗rasangiz MEN o‗zimni noqulay his etaman,
bunday vaqtda MEN sizning savollaringizga javob
berishga tayyor bo‗lmayman. Agar siz barcha
savollaringizni vaqtim bemalol bo‗lganda berganingizda
edi men sizdan minnatdor bo‗lar edim (imkoniyatingizga
qarab vaqtingizni ko‗rsatasiz).
O‗ta murakkab bo‗lgan ―MEN murojaatlar‖ni asosiy modeliga ko‗ra sizni
qoniqtirmaydigan ikkinchi tomon harakatlariga nisbatan neytral bo‗lgan
ayblovlarsiz iboralar bilan boshlashingiz lozim. So‗ngra esa mazkur harakatlarga
nisbatan bo‗lgan ratsional va emotsional reaksiyalaringizni
ifoda qilishingiz kerak
bo‗ladi. Shundan keyin, mazkur harakatlar sizni qiyin holatga tushirib qo‗yishini
tushuntiring yoki u sizga qanday aks ta‘sir ko‗rsatishini oddiygina qilib ko‗rsatib
bering. Va nihoyat, agressiv bo‗lmagan o‗ta muloyimlik bilan nim
ani istashinizni
ifodalab bering. Shu bilan birga quyidagi murojaatlardan foydalanig ―Men
istardimki...‖, ―Men sizdan minnatdor bo‗lar edim‖ yoki ―Men ... afzal bilaman‖.
Qismlarga ajratilgan ―MEN murojaatlar‖ modelining elementlari quyidagi
ko‗rinishni ta
shkil etadi:
87
―Siz qachon (ikkinchi tomon harakatlarini ayblovlarsiz ifodalash), men his
etaman (mazkur harakatlarga bog‗liq sizning emotsiyalaringiz yoki hislaringiz),
chunki (nima sababdan ushbu harakatlar siz uchun muammo tug‗diradi yoki u
sizga qanday
ta‘sir ko‗rsatadi), va men istardim, men sizdan minnatdor bo‗lardim,
men uchun afzal (sizning hohish-
istagingiz ifodalash)‖.
Mavzuga izoh: Notiqlik san‘atini egallash istagi bilan juda qiziqqan bir yosh
yigit uzoqdan Afinaga Suqrotning yoniga tashrif buyuribdi. Suqrot u bilan suhbat
qilib bo‗lganidan so‗ng u yigitchadan notiqlik san‘atini o‗rgatishi uchun ikki
baravar haq to‗lashi kerakligini aytibdi. Shogird tushmoqchi bo‗lgan yigit
―Nega?‖
-
degan savol bilan murojaat qilganida, falsafachi ―chunki men sen
ga
nafaqat gapirishni, balki qanday jim turishni va eshitishni ham o‗rgatmog‗im lozim
bo‗ladi‖ –
deb javob qaytargan ekan.
Dostları ilə paylaş: |