78
Konfliktlarni boshqarish tartiblari va usullari
Bundan oldingi mavzuda biz passiv va faol eshitish hamda munosabatlar
haqida fikr yuritdik, ushbu mavzuda esa konflikt holatlarni boshqarish tartiblari va
uning usullarini izlash haqida fikr yuritamiz. Konflikt holatlarda aksariyat
ishtirokchilar anglanmagan holatda bahslashadi va harakatlanadi. Konflikt
holatl
arda ishtirokchilar o‗zlarini qanday tutishlari lozimligi haqida bilim,
ko‗nikma va malakalar yetishmaydi. Bunday holatlar o‗z
-
o‗zini nazorat qilishni
talab qiladi. Shunday ekan, konflikt holatlar o‗ylab gapirish va harakatlanish
lozimligini ko‗rsatadi. K
onfliktga nisbatan ongli munosabat shu yerda namoyon
bo‗ladi. Har bir inson o‗zining ongli munosabati orqali har qanday ziddiyatli holat
va nizoli vaziyatlarni o‗z nazoratida ushlab tura oladi hamda ziddiyatli holatga
nisbatan o‗z ta‘sirini ko‗rsatadi. Bosiqlik bilan o‗zi va opponent tomonni
muzokaralarga taklif etgan holda oqilona ish yuritishga chaqiradi. Birgalikda
nizoni keltirib chiqargan omillarni, muammoni ildizini topib, uni bartaraf etish
choralarini ko‗radi.
Agar qarshimizda jahldor, jizzaki od
am turgan bo‗lsa, biz unga nisbatan
o‗zimizni qanday tutishimizni oldindan aytib berishimiz qiyin. Bunday odamdan
o‗zimizni chetga olishimiz yoki nima sababdan bunday holga tushganligini so‗rab
surishtirishga harakat qilishimiz mumkin. Yoki, o‗zimiz ham u
ning holatiga tushib
qolishimiz ehtimoldan xoli emas.
―Konfliktli holatlarda nima qilishimiz, qanday yo‗l tutishimiz kerak?‖ degan
savol tug‗ilishi tabiiy, bunday holatlarda quyidagilardan foydalanish maqsadga
muvofiq bo‗ladi.
Konfliktli holat qanday bo‗l
sa shundayligicha, hech emotsiyalarga berilmasdan
qabul qilishga harakat qiling. Bunday holat sizga yoqmasligi mumkin, lekin u sizga
nisbatan kutilmagan va ko‗zda tutilmagan holatlarni ham keltirib chiqarishi
ehtimoldan holi emas. Siz konfliktni asli mohiyati, kelib chiqish sabablarini
bilganingizdan keyingina konfliktga nisbatan o‗z ta‘siringizni o‗tkazib, boshqarishni
boshlashingiz mumkin. Konfliktli holatga dastlab duch kelganingizda unda siz ikki
79
tomonda bo‗lib turasiz. Konfliktli holatni anglash va tu
shunishning dastlabki bosqichi
–
uni obyektiv, xolisona va emotsiyasiz qabul qilishdir. Konfliktli holatga nisbatan
betaraflikni saqlash, uni anglash va tushunishdagi birinchi qadamdir. Konfliktli
holatda betaraflikni saqlash, aniq dalillarga asoslangan mulohazali fikr yuritish
imkoniyatini beradi.
Konfliktli holatni anglash va tushunish obyektiv dalillarga asoslangan
mushohada qilish mumkinligini bildiradi. Mazkur dalillar sizga qarshi yoki sizning
manfaatlaringizga to‗g‗ri kelmasligi mumkin. Lekin, siz
konfliktni yechimini
topmoqchisiz, uni bartaraf etmoqchisiz. Shu sababdan barcha dalillar sizga qarshi
bo‗ladimi yoki siz uchun qulaylik tug‗diradimi, buni farqi yo‗q
- uni tan olishdan
boshqa iloji yo‗qdir. Konfliktga aynan u kelib chiqqan holatdan boshl
ab baho bering,
agar shunday hollarda kayfiyatingiz joyida bo‗lmasa, ishni uni aytib eshittirishdan
boshlang. Uni aytib eshittirishingiz, sizni noo‗rin amallar qilishingizni oldini olgan
bo‗ladi. Kayfiyatingiz yomonligini tan olishingiz emotsional holatda
noto‗g‗ri qaror
qabul qilishingizdan asraydi.
Konfliktli holatlarda inson shunday vaziyatga tushmasligi haqida, ideal holatda
u qanday bo‗lishi mumkinligi haqida o‗ylaydi. Siz konfliktli holatda yaqinlaringiz
bilan munosabatlaringiz buzilayotganligi haqid
a o‗ylab qiynalasiz. Ular bilan
munosabatlaringizni qaytadan tiklashga harakat qilasiz, uning turli yo‗llarni izlaysiz,
lekin siz bunday holda reallikdan chetga chiqib o‗z xayollaringiz bilan bo‗lib qolasiz.
Konfliktli holatni xayollarda bartaraf etib bo‗l
maydida. Insondagi ichki emotsiyalar
kuchayib ketganida turli xayollarga berilishi tabiiy holatdir. Bunday hollarda konflikt
ishtirokchilari harakatlari va gaplarini emotsional holatimiz bilan baholaymiz, lekin
ularda ham emotsionallik borligini unutib qo‗
yamiz. Shaxsiy emotsiyalarimiz
barchasidan ustun va to‗g‗ridek tuyulaveradi. Bunday paytlarda egoizmni nariga surib
qo‗yib, inson o‗ziga nisbatan tanqidiy munosabatda bo‗lishi lozim. Xulosa o‗rnida
aytishimiz mumkinki, o‗zimizni ham o‗zgalarni ham emotsion
al holatlarimizni
baholashga o‗rganishimiz kerak.
Konflikt holatlarda uni bartaraf etish insonni ko‗p narsalarga o‗rgatadi va
bunday holatlarga tushmaslik uchun u hayotiy tajribaga ham ega bo‗ladi. Har bir
80
konfliktli holatda siz qandaylir ma‘noda hayotiy tajribaga ega bo‗lasiz, shunday
holatlarga nisbatan sizda immunitet shakllanadi. Konfliktli holatlarga real
yondashuvni amalga oshirish vaziyatni obyektiv baholash imkoniyatini yaratadi.
Konfliktli holatlarga kreativ yondashishga harakat qiling, xato va kamchiliklaringizni
tan olishdan uyalmang. Har qanday konfliktli holatni o‗z hatti
-harakatlaringizni
tanqidiy tahlil qilmasdan turib bartaraf etib bo‗lmaydi, shundagina siz hissiyot va
xayollaringizni tartiblagan bo‗lasiz. Shundagina hayotiy tajriba bobida b
oshqalarga
nisbatan bir, ikki qadam ilgalagan bo‗lasiz.
Konfliktli holatlarda xato va kamchiliklar, yutqazishlar ham bo‗lishi mumkin
-
bu bilan hayot tugagani yo‗q, u davom etaveradi. Bularning barchasi inson uchun
hayotiy tajribaga aylanib boraveradi. Xatoni xato qilmaslik uchun qiladilar. Faqat,
yiqilganda qaytib turishni ham bilish kerak.
Konfliktli holatdan keyingi vaziyatni o‗zingiz uchun yangi shaklga, yangi
qonuniyatga aylantiringki, ular sizga yangi imkoniyatlar va yangi munosabatlar
eshiklarini lang ochib bersin. Konflikt holatiga ikkala tomon ham ana shu nuqtai
nazardan yondashsa, ular bunyodkorlik prinsiplari asosida yashashga harakat qila
boshlaydilar. Bunda ikkala tomon ham barcha uchun foydali munosabatlarni
o‗rnatadi, barchani qoniqtiradigan
vaziyatga o‗tadi. Demak, konfliktli holatlar yangi
imkoniyatlar va yangi munosabatlarning boshlanishidir.
Shunday qilib, konflikt yechimiga qaratilgan sa‘y
-harakatlar passiv, impulsiv
yoki faol bo‗lishi mumkin. Konfliktga faol munosabat unga nisbatan ong
li
munosabatni talab etadi. Konfliktga bo‗lgan ongli munosabat esa munosabatlarni
emotsiyalardan xoli, ziddiyatga obyektiv, xolis, ortiqcha xis-
tuyg‗ulardan ozod
bo‗lgan tarzda baho berishni, obyektiv faktlarga e‘tibor bilan qarab, o‗zining
kamchiliklarini ham tan olishni, hammaga bir xil mezonlar bilan qarashga
o‗rganishni, konflikt yechimiga qaratilgan qadamlarni o‗ylab amalga oshirishni talab
etadi.
Dostları ilə paylaş: |