R. D. Shodiyev



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/59
tarix11.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#145061
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   59
httpilmiy.bmti.uzblibfiles116Pedagogik20konfliktologiya.pdf

Konfliktlarni boshqarish. 
―Konfliktlarni qanday boshqarish mumkin
ularning usullari mavjudmi?‖ 
- degan 
savol konfliktlarni o‗rganish jarayonida 
tug‗ilishi tabiiydir.


81 
Konfliktlar mazmun-
mohiyatini, ularni paydo bo‗lish sabablari, unda qanday 
vaziyatlar namoyon bo‗lishi haqida ilgarigi mavzularda to‗xtalib o‗tdik va ma‘lum 
bir ma‘noda tasavvurga ega bo‗ldik. Ana shular asosida konflikt hech qachon o‗z
-
o‗zicha bartaraf bo‗lib qolmasligini tushunib yetdik. Ziddiyatlarga aralashishning 
passiv va faol tiplari mavjudligini, uni boshqarish uchun yechimni kofliktga 
qaratgan holda topish mumkinligini qarab o‗tdik. End
i konfliktni boshqarish 
usullari ustida to‗xtalib o‗tamiz. Konfliktlarni boshqarish usullari insonlarni 
yurish-turishi, tavsifi, ruhiyati asosida shakllantirilgan. 
Endi konfliktlarni qanday boshqarish mumkinligini ko‗rib chiqamiz. 
Shaxslararo konfliktlarni boshqarish va yechimini topishning besh asosiy usuli 
mavjud bo‗lib, ular:
1) bosh tortish yoki chetga chiqish; 2) yumshatish yoki 
silliqlash; 3) agressiv yoki zo‗rma
-
zo‗rakilik; 4) kompromiss yoki kelishuvchanlik; 
5) muammoni yechimini topishdir.
1) Bosh tortish yoki chetga chiqish usuli. Mazkur usul shundan iboratki unda 
inson konfliktdan chetga chiqishga harakat qiladi. Konflikt yechimini topishning 
usullaridan biri 

qarama-qarshilikni paydo qiladigan provakatsiyalarga duch 
kelmaslikka ularga uchramaslikka harakat qilish, fikrlar qarama-qarshiligiga olib 
keluvchi holatlarga tushmaslikdan qochishdir. Shundagina, muammoni yechish 
jarayonida ham asabiy holatlarga tushib qolmaysiz. 
2) Yumshatish yoki silliqlash usuli ishontirish bilan tavsiflanadi ya‘ni 
jahl 
qilishni hojati yo‗q chunki ―biz barchamiz bir komandamiz, qayiqni 
chayqataverishni hojati yo‗q‖. Yumshatuvchi konflikt beligilarini va jahlni yuzaga 
chiqarmaslikka hamkorlikka chorlagan holda harakat qiladi. Afsuski bunday 
hollarda konflikt asosida 
yotuvchi muammo mutlaqo unutib qo‗yiladi. Konfliktga 
olib kelishi mumkin bo‗lgan boshqa insonni: ―Bu unchalik katta ahamiyat kasb 
etmaydi. Bugun nima namoyon bo‗lganligini yaxshi o‗ylab ko‗r‖ kabi fikrlarni 
takrorlagan holda pasaytirish mumkin. buning natijasida iliqlik, tinchlik va 
garmoniya paydo bo‗lishi mumkin, lekin muammo yechilmaganligicha qolaveradi. 
Emotsiyalarni namoyon bo‗lishi uchun imkoniyat qolmaydi, lekin u ichkarida 


82 
mavjudligicha qolib to‗plana boradi. Umumiy bezovtalik yaqqol ko‗zga tashl
anib, 
eng oxirida ―portlash‖ mumkin bo‗lgan ehtimollik oshib boraveradi.
3) Agressiv yoki zo‗rma
-
zo‗rakilik usuli. Har qanday holatda ham o‗z nuqtai 
nazarini boshqalarni qabul qilishga majburlash mazkur usulda birinchi o‗ringa 
qo‗yiladi. Buni amalga oshir
ishga harakat qilayotgan kishi boshqalarning fikri 
bilan qiziqmaydi yoki boshqacha aytadigan bo‗lsak boshqalarning fikri uni 
qiziqtirmaydi. Bunday usulni qo‗llayotgan kishi odatda o‗zini agressiv tutadi va 
boshqalarga o‗z ta‘sirini zo‗rma
-
zo‗rakilik orqali
o‗tkazadi. Mazkur usul qo‗l 
ostidaglarga nisbatan boshliq sezilarli hukmronlikka ega bo‗lsa samarali bo‗lishi 
mumkin. Usulning kamchiligi qo‗l ostidagilarning tashabbusi bostirib, barcha 
zaruriy omillarni hisobga olinish ehtimolligi past bo‗ladi. Unda faq
atgina bitta 
nuqtai nazar e‘tiborga olinadi. Bu ma‘lumoti yetarli bo‗lgan yosh avlodning 
noroziligiga sabab bo‗ladi.
4) Kompromiss yoki kelishuvchanlik usuli. Bu usul ma‘lum bir darajagacha 
ikkinchi tomonning nuqtai nazarini qabul qilinishi bilan tavsiflanadi. Boshqaruv 
holatlarida kompromiss yoki kelishuvchilik yuqori qadrlanadi, chunki bu qarama-
qarshilikni minimum darajaga keltiradi va ikkala tomonni ham qoniqtirib, konflikli 
holatni tezda yechimini topish imkoniyatini beradi. Lekin, kompromiss yoki 
kelishuvchanlikdan muhim yechim talab etadigan konfliktli holat boshlanishida 
foydalanish, muammoga tashhis qo‗yishda to‗sqinlik qilishi va muqobil yechimni 
topish vaqtini qisqartirishi mumkin.
5) Muammoni yechimini topish usuli. Konflikt sabablarini tushunish va 
barcha tomonlarni qanoatlantiruvchi harakatlar yo‗nalishini tanlash, fikrlar turli 
xilligini tan olish, boshqalar nuqtai nazari bilan tanishishga tayyorlik mazkur 
usulning asosini tashkil etadi. Bu usulni tanlagan tomon boshqalar hisobiga o‗z 
maqsadiga erishishni istamasdan, balki konfliktli holatni bartaraf etishning eng 
adolatli va qulay variantini izlaydi. 
 
Shunday qilib, murakkab holatlarda adolatli yechimni qabul qilishda 
yondashuvlarning turli xilligi va aniq ma‘lumotlar muhim bo‗lmasdan, balki
muammoni yechish usullaridan foydalangan holda, paydo bo‗ladigan qarama
-


83 
qarshi fikrlarni rag‗batlantirish va muammoli holatni boshqarish ham muhimdir. 
Boshqa usullar ham konfliktli holatlarni oldini olishi yoki ularni chegaralashi 
mumkin, lekin ular muammoni optimal yechimini topishga olib kelmaydi, chunki 
barcha tomonlarning nuqtai nazari bir xil diqqat bilan o‗rganilmaydi. Mazkur 
sohada tadqiqotlar unchalik ham ko‗p bo‗lmasada, lekin qator ishlar konfliktli 
holatlarni boshqarishda mazkur usulning samaradorligidan darak beradi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə