92
emotsiyalariga e‘tiborli bo‗ling. Muammo qanday
taqdim etilayotganligiga va
qanday qabul qilinayotganlig
iga e‘tiboringizni qarating. Muammoning turli
tomonlari hamda jihatlarini tahlil qilib, umumlashtiring va xulosa chiqaring.
Fikrlarni umumiy hamda tegishli jihatlarini toping va kelishuv yo‗lidan
unumli
foydalaning. Ha deb muammoni ro‗kach qilavermaslik
kerak. Bahslashayotgan
insoningizga ham mazkur muammoni anglab yetishiga,
gap nima haqida
borayotganligini tushunishiga imkon bering. Siz bahslashayotgan kishi ham
muammoni sizning darajangizda anglab yetishini sabr bilan kuting. Ikkala tomon
ham muammoni qanday fahmlayotganligi haqida sabr-toqat bilan suhbat va
mulohaza yuriting. Muammoni anglash jarayonida ikkala tomonni fikrlarini
umumlashtiruvchi jihatlar va belgilarni aniqlab oling. Bahslashayotgan insoningiz
bilan kelishgan holda diqqat va e‘tiboring
izni mazkur muammoga qarating. U kishi
muammodagi biror holatni
tez tafakkur eta olmasa, shoshiltirmang. Uning
mulohaza yuritgan holda, xulosa chiqarishiga imkon yarating. Muammo
mavjudligi sababidan konflikt kelib chiqayotganligini
anglab yetgan holda
diqqatingizni muammoga qarating. Konfliktning kelib chiqishida muammo asosiy
ahamiyat kasb etishini yodingizda tuting. Diqqat e‘tiboringiz va energiyangizni
shaxsga emas muammoni bartaraf etishga qaratganingiz ma‘qul.
Dostları ilə paylaş: