97
o‗ziga xos tartib
-
qoidalari mavjud bo‗lib, u ochiqlik, samimiylik, mulohazalik,
bosiqlik, vazminlik, dalil va argumentlarni ochiq
hamda asosli bayon qilish,
birovni ayblamasdan so‗zlash, boshqalarga mehrli bo‗lish, suhbatlashayotganda
boshqa tomonga qarab turmaslik, ko‗zni suhbatdoshdan olib qochmaslik, nigohlar
samimiy va ochiq bo‗lishi, tahdidli harakatlar va so‗zlardan o‗zini tiya bilish,
muloqotga tayyor ekanlikni namoyish qilish, soxta sun
‘iy xushomadlardan o‗zini
tiya bilish, piching va istehzolarni nari surib qo‗yish, kamsitishlikdan yiroq bo‗lish,
manmansiramaslik kabilar shunday tartib-qoidalardandir.
Shunday holatlar bo‗ladiki, agar muxolifat tomon sizga qo‗pol
muomalada
bo‗lsa, siz uning qo‗polliklariga bosiqlik va hurmat bilan munosabat bildirsangiz,
uning o‗zi uyalib qoladi, chunki hech kimsa o‗zini ―men –
madaniyatsizman‖ deb
tan olmaydi, barcha kishilar ―yaxshi odam‖ bo‗lishga intiladi. Agar suhbat
chog‗ida, o‗z dardlarini aytayotgan odamdan yuzingizni teskari qilib, bee‘tibor,
esnab turib gaplashsangiz, bu odamni siz o‗zingizdan inson va do‗st
sifatida
yiroqlashtirgan bo‗lasiz.
Ba‘zi insonlarga uning so‗zlarini tinglashingizni o‗zi yetarli bo‗ladi. Uni
diqqat bilan tinglashingizni o‗zigina undagi barcha gina va qudratlarni unutilishiga
olib keladi. O‗rtadagi mavjud bo‗lgan emotsional tanglik holati unutiladi. Birovni
eshita bilish ham juda muhim va yaxshi fazilatdir. Suhbatdoshni eshita bilish
qobiliyati
–
insondagi komillikning shakllanganlik belgisidir. Chunki,
egoistlargina faqat o‗zigagina quloq soladi.
Ikkita tomonning konflikt holatlari birdaniga paydo bo‗lib qolmaydi va
o‗zicha yuzaga chiqmaydi. Har doim muzokara olib borish ikkala tomonning ham
muloqot jarayoniga tayyorligini ko‗rishlikni talab qiladi.
Muloqot ham birdaniga
tashkil etilib, tinch va osuda o‗tmaydi. Buning uchun tashkiliy holatlar bilan birga
yuqoridagi t
alablarni bajarishga moyiillik ham bo‗lishi kerak bo‗ladi. Demak,
lozim bo‗lganda, o‗zingizni nohaq ekanligingizni tan olishga ham tayyor bo‗lish
kerak. Konflikt holatlarni yechish ayyorlikni yoqtirmaydi, uning eng muhim
qonun-qoidlari
–
samimiy va to‗g‗ri so‗z bo‗lishdir.