|
![](/i/favi32.png) R. D. Shodiyevhttpilmiy.bmti.uzblibfiles116Pedagogik20konfliktologiya.pdfBirovning his-
tuyg„ulariga e‟tiborli bo„lish.
Konfliktli holatlarda
manfaatlar to‗qnashuvi bilan birga emotsional
-his-
tuyg‗ular to‗qnashuvi ham sodir
bo‗ladi. Emotsional his
-
tuyg‗ular qarama
-
qarshilik mavjud bo‗lgan nizoning tashqi
ko‗rinishi sifatida o‗zini namoyon etadi. Konfliktli holatlarda har bir inson ham o‗z
manfaatlarini himoya qilishi, o‗zini himoya qilish maqsadida o‗z his
-
tuyg‗ulariga
berilib ketishi va o‗zini yo‗qotib qo‗yishi mumkin. Bunday emotsional esankirash
konfliktli h
olatlarni to‗g‗ri va adolatli hal etilishiga zarar yetkazishi mumkin.
Konfliktli holatlar yechimini topishda bir tomondan, o‗zining his
-
tuyg‗ularini
jilovlay bilish, ikkinchi tomondan, o‗z muxolifatining his
-
tuylariga e‘tiborli bo‗lish
lozimdir. O‗zganing
his-
tuyg‗ulari aniq bir shaxsning aynan aniq shart
-sharoitdagi
ahvolining namunasi sifatida baholanishi, ma‘lum xulosalar qilinishiga yordam
beradi. Konfliktli holatlardagi his-
tuyg‗ular insonning boshqa insonga yo‗naltirilgan
doimiy mavjud munosabatini e
mas, balki birdaniga uyg‗ongan va otilib chiqqan
uning his-
tuyg‗ularini ifoda etadi. Emotsionallik o‗tkinchi bir holatdir. Ularning
ortida insonning azaliy, shakllanib kelgan, o‗zaro hurmat munosabatlari yotgan
bo‗lishi mumkin. Demak, diqqatni bir soniyada
paydo bo‗lib, jo‗sh urgan
emotsiyalarga emas, balki azaliy mavjud bo‗lgan hurmatli munosabatlar va
emotsiyalarga qaratishga harakat qilmoq darkor. Hurmat, e‘tibor bora
-bora
ishonchli munosabatlarga olib kelishini unutmasligimiz lozim. Atrofimizdagilarning
his-
tuyg‗ulariga e‘tiborli bo‗lish, faqat konflikt holatlarda emas, balki umumiy
hayotiy qoidalardan biri bo‗lishi kerak.
Konfliktli holatlarda tomonlar ishonchga muhtoj bo‗ladi, ishonch esa
konfliktdagi yechimni topishga imkon beradi. Inson-insonga har jihatdan zarur va
muhtoj ekanligini yodingizdan chiqarmang. Inson ma‘naviyati va axloqi uning
boshqalarga bo‗lgan munosabatida bilinadi, lekin uning axloqiyligini anglatuvchi
mohiyat inson ichki olamida tarbiyalangan va mavjud bo‗lgandagina, u yuzaga
chiqadi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|