R. D. Shodiyev


Odamlar bilan muloqot qilish qoidalari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/59
tarix11.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#145061
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   59
httpilmiy.bmti.uzblibfiles116Pedagogik20konfliktologiya.pdf

Odamlar bilan muloqot qilish qoidalari
. Muloqot qoidalari va meyorlarini 
shartli ravishda stereotiplar va ijodiy yondashuvga ajratish mumkin. Rivojlanish 
jarayonida kommunikativ muloqot qoidalari doimiy ravishda o‗zgarishda bo‗ladi, 
inson esa muloqot foydali bo‗lishi uchun o‗zgaruvchan qoidalarga doimiy tarzda 
bo‗y sunishga majburdir. 
Kommunikativ muloqot san‘atini o‗zlashtirib olgan individ, har doim 
atrofdigilarni o‗ziga samarali jalb eta oladi. Muloqotda aniqlili
k, ifodalilik va eng 
avvalo suhbatdoshning nutqi muloqot jarayonining natijaviyligiga o‗z ta‘sirini 
ko‗rsatadi. Nutqni va alohida replikalarni tovush balandligini o‗rta tempida olib 
borish lozim, juda ham past monoton ohangda nutq zerikishni paydo qiladi, juda 
ham baland nutq esa suhbatdoshlarni charchatib, ularni noqulay vaziyatga 
tushiradi. Shu sababli nutqni doimiy nazoratda ushlash, o‗lchovni unutmaslik, ritm, 
temp va tembrga e‘tibor qaratgan holda ya‘ni o‗rta balandlikda va muloyim 
ohangni saqlash. 
Muloqot qoidalari verbal muloqot vositalaridan foydalanishdan tashqari 
suhbatda noverbal vositalardan foydalanishni ham nazarda tutadi. Agar 
kommunikatsiya jarayonida yuzma-
yuz, ya‘ni suhbatdoshning ko‗zlari bilan 
kontakt o‗rnatilgan holda bo‗lsa muloqot natijali bo‗ladi. Suhbat davomida nutq 
taktiga qarab boshni yengigina qimirlatib qo‗yish lozim. Gap nihoyasida 
intonatsiyani yaxshisi pasaytirish, suhbatdoshning luqma tashlashiga unchalik ham 
katta bo‗lmagan pauza saqlab javob qaytarish lozim. Shu bilan bir
ga suhbatdoshni 
o‗ziga jalb etish uchun boshqa ma‘qul topilgan vositalardan ham foydalanish 
mumkin. Muloqot o‗rnatilayotgan kishilarga nisbatan shunday munosabatda 
bo‗lish kerakki, ular o‗zlarini aqlli, yoqimli va qiziqarli suhbatdosh ekanliklarini 
his etishlari lozim. Samimiy tabassum har doim odamlarni sizga nisbatan 
moyilligini oshiradi. Shu sababli kommunikatsiya jarayonida har doim tabassum 
qilib turish va u sun‘iy bo‗lmasdan, tabiiy bo‗lishi uchun qandaydir yoqimli va 
quvonarli holatni eslash kifoya q
iladi. Inson o‗z ismini jaranglashini yaxshi 
ko‗radi, shuning uchun suhbatdoshingizni ismini unutmang va muloqot jarayonida 
unga ismi yoki ismi sharifini aytib davriy ravishda murojaat qilib turing. Muloqot 


71 
jarayonida subyekt ismini aytib murojaat qilib t
urilishi unga nisbatan katta ta‘sir 
kuchiga egaligi isbotlangan bo‗lib, u nizoli holatlarda ikkinchi tomonni yumshatish 
va suhbatni silliq yo‗sinda davom ettirish imkoniyatini beradi. Notanish va 
unchalik ham tanimaydigan odamlaringizga, yoshi kattalarga yoki kasbiy iyerarxik 
tizimda yuqori lavozimdagilarga nisbatan yaxshisi ismi sharifini (masalan, Ahmad 
Raxmatovich kabi) aytib murojaat qilish foydadan xoli bo‗lmaydi.
Har bir inson o‗zini muhim shaxs sifatida his etadi, unga hech bo‗lmaganda 
nimadir bog‗liq bo‗lishini istaydi. O‗zini ahamiyatli subyekt deb his etish ehtiyoji 
insonga xos bo‗lgan zaif jihatlardan biridir va u barcha insonlarga tegishlidir. 
Ko‗pchilik hollarda individga o‗zining muhim ahamiyat kasb etishligini anglash 
imkoniyatini berish, undan talab etilayotgan ishni yuqori kayfiyatda bajarishi 
uchun yetarli bo‗ladi. 
Ko‗plab tadqiqotlar notiqlik san‘atini egallagan suhbatdosh yoqimli 
bo‗lmasdan, balki kommunikatsiya jarayonida hamsuhbatini diqqat bilan eshita 
olgan odamgina yoqimli hisobla
nishini ko‗rsatib bergan. Shuni ham unutmaslik 
kerakki, ko‗pchilik individlar ularni eshitib bo‗lishganidan keyingina eshitishga 
tayyor bo‗ladilar.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə