R. D. Shodiyev



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/59
tarix11.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#145061
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   59
httpilmiy.bmti.uzblibfiles116Pedagogik20konfliktologiya.pdf

tashqi madaniyat
ning namoyon etilishining zaruriy ko‗rsatgichidir.


69 
O‗zini tuta bilish meyorlarini ma‘naviyatlilik tushunchasidan ajratib 
bo‗lmaydi va u har bir insonda bolaligidan boshlab shakllana boshlaydi. Bola 
yoshlik chog‗laridan boshlab aniq bir qoidalarni o‗zlashtirib boradi, ular esa 
kelajakda hamtenglari va katta
lar bilan muloqot jarayonining ajralmas qismi bo‗lib 
qoladi.
Muloqot madaniyati etikasi o‗zida nafaqat insonlar etiket meyorlarini balki 
etika meyorlarini ham nomoyon etishi lozim. Etika 

ma‘naviyat, odob
-axloq 
haqidagi fan bo‗lib, u insonning ichki olamini namoyon etadi. Etik ko‗nikmalar 

insonning jamiyatda qabul qilingan meyorlariga qanchalik rioya etishini ko‗rsatadi. 
Mazkur ko‗nikmalarning shakllanishi bolalik davridan boshlanib, butun umr 
mobaynida davom etadi.
Muloqot qoidalari 

aniq jamoa tomonidan qabul qilingan lingvomadaniy 
meyor va yurish-
turish qoidalari bo‗lib, ular insonlar o‗rtasidagi kommunikativ 
munosabatlarni belgilab beradi. Muloqot qoidalari meyortiv va verbal ta‘sir 
meyorlariga ajratiladi. Verbal muloqot qoidalari muzokaralarni natijalarga olib 
kelish muammolarini yechadi, meyortiv esa 

―Qanday holda to‗g‗ri bo‗ladi‖ 
degan savolga javob beradi. Kommunikativ o‗zaro munosabat qoidalari sotsiumda 
shakllangan tasavvurlarni, har bir kommunikativ holatda suhbatni qanday to‗g‗ri 
olib bo
rishni aks ettiradi. Ular muzokaralarni natijaviy bo‗lishligiga yordam beradi.
Sotsiumda muloqot qoidalari insonlarning evolyutsion progressi jarayonida 
shakllanadi va mazkur sotsiumning ijtimoiy madaniy odatlari orqali qo‗llab 
quvvatlanadi. Kommunikativ 
o‗zaro munosabat qoidalari esa individ tomonidan 
kuzatish va atrofdagilarga taqlid qilish hamda maqsadli ta‘lim olish orqali 
o‗zlashtiriladi. Shunday qoidalar ham mavjudki, ular subyektlar tomonidan juda 
ham yaxshi o‗zlashtirilgan bo‗ladi, shu sababdan ul
ar kommunikatsiya 
jarayonlarida avtomatik tarzda, ya‘ni ongli boshqaruvsiz amalga oshiriladi. 
Muloqotning asosiy qoidalarini o‗zlashtirib, ulardan kommunikatsiya jarayonlarida 
ongli foydalanish, mazkur qoidalardan xabardor bo‗lgan individga suhbat 
davomida ustunlikka erishishiga imkon beradi.


70 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə