R. D. Shodiyev


Pedagogik konfliktologiyada tana zaboni



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/59
tarix11.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#145061
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   59
httpilmiy.bmti.uzblibfiles116Pedagogik20konfliktologiya.pdf

Pedagogik konfliktologiyada tana zaboni 
Suhbatlashish jarayonida insonlar nafaqat so‗zlar bilan axborot almashinadi, 
balki jarayon davomida tana harakatlari, mimika, ovoz tavsifi ham alohida o‗rin 
kasb etadi. Inson o‗z holati va shunga o‗xshash ma‘lumotlarni hamsuhbati bilan 
o‗rtoqlashadi. An
a shu jarayonda ikkinchi tomonning tana xatti-
harakatlariga ya‘ni 
tana zaboniga diqqatingizni qaratsangiz u holatlar ham sizga ko‗p narsalarni 
anglatishi mumkin. Albatta, tana zabonini ham o‗qiy olish juda muhimdir. Tana 
zaboni orqali tahdid belgilarini ham uqib olish mumkin. Shu bilan birga u muloqot 
jarayonini muloyimlik bilan o‗tkazish imkonini ham beradi. Ikkinchi tomon 
aytayotgan gaplar sizni befarq qoldirmayotganligini unga anglating. Bee‘tibor 
bo‗lmang, xonada har tomoniga qarayvermang va shunday ha
rakatlarni keyinroqqa 
surib qo‗ying, suhbatdoshingizga e‘tiboringizni qarating. Sizga nisbatan ikkinchi 
tomon qanchalik bee‘tibor bo‗lsa, sizga qanday ta‘sir qilishini o‗ylab ko‗ring va 
shunga qarab ish ko‗ring. 
Biz axborotlar olamida istiqomat qilamiz, bir kunda juda katta miqdordagi 
ma‘lumotlarni qabul qilamiz va taqdim etamiz. Ma‘lumotlar almashinishi 
davomida faqat nutq, yozma, chizma va boshqa ma‘lumot taqdim etishlar ishtirok 
etmasdan, balki, yuqorida aytganimizdek inson tanasining ma‘lum bir xatti
-
h
arakatlari ham ishtirok etadi. Taqdim etmoqchi bo‗lgan ma‘lumotlarimizga mos 
ravishda tanamiz harakatlarini ham ishlatamiz, odatda bu narsalarga biz unchalik 
ham e‘tibor qaratmaymiz. Lekin, qarama
-qarshimizda turgan hamsuhbatimiz hech 
bir narsani bee‘tibor
qoldirmasdan kuzatib turganligini xayolimizga ham 
keltirmaymiz. Chunki, tana zabonidan ham aksariyat narsalarni anglab olish 
unchalik qiyinchilik tug‗dirmaydi. Shu sababdan, birov ko‗nglingizni og‗ritgan 
bo‗lsa, u bilan ko‗rishganingizda vaziyat samimiy e
masligini sizning tana 
harakatlaringiz bildirib turishi tabiiydir, sizning ichki hissiyotlaringiz mazkur 
kishiga nisbatan xafaxonlik holatida bo‗ladi. Tana holatimiz ongimizda 
kechayotgan o‗y
-
xayollarni yuzaga chiqaradi, chunki ma‘lumotlar faqat so‗z va 


62 
nutq orqali emas, balki tana harakatlari orqali ham uzatiladi. Bundan kelib 
chiqadiki, tanamiz xatti-harakatlari axborotlar almashinuv jarayonida faol ishtirok 
etadi. Ma‘lumotlar almashinuv jarayonida ko‗pincha e‘tiborimizdan chetda 
qoladigan tanamizning xatti-harakatlari 

tana zabonidir. 
Demak, tana zaboni 

tanamiz xatti-harakatlari orqali taqdim etiladigan 
belgilar to‗plamidan iborat bo‗lib, mazkur belgilarni biz bilgan yoki avtomatik 
tarzda o‗zimiz bilmagan holda atrofdagilarimizga ma‘lum qilishimizdir. 
Boshqacha aytadigan bo‗lsak, tana zaboni –
yurish-turshimiz, kiyim-boshimiz
so‗zlashuv tarzimiz, imo
-
ishoralarimiz, yuz tuzilishimizdagi o‗zgarishlarning 
barchasi o‗z ma‘nosiga ega bo‗lgan va ma‘lumotlar almashinuvida ishtirok 
etadigan tanamiz harakatlar
ining to‗plamidir.
Biz o‗z xatti
-
harakatlarimizga e‘tibor qaratmasakda, lekin tanamiz 
harakatlariga ikkinchi tomon e‘tibor qaratib turgan bo‗lsa, uning uchun ko‗p 
narsalar ayon bo‗lishi mumkin. Ko‗pincha bu harakatlar orqali olingan 
ma‘lumotlardan ko
nfliktlar kelib chiqishi yoki chuqurlashtirib yuborilishi ham 
mumkin.
Quyida tana zaboni nimalar haqida ma‘lumot berishini atroflicha tahlil qilib 
chiqamiz. Tana zabonining turli ko‗rinishlari mavjud va ular o‗z navbatida tarkibiy 
qismlardan tashkil topga
ndir. Tana zaboni orqali uzatilishi mumkin bo‗lgan 
axborotlar turlarini tarkibiy qismlar belgilab beradi. Tashqi ko‗rinish, vaqtga 
bo‗lgan munosabat, sizning ijtimoiy ahvolingizni ko‗rsatib turuvchi tashqi 
ko‗rinish omillari, sizning o‗z suhbatdoshingizga
yaqinligingizni oydinlashtiruvchi 
omillar, har bir vaziyatda siz ishlatayotgan aniq tana harakatlari, sizning o‗z va 
boshqa inson shaxsiy makoniga bo‗lgan munosabatingiz va qanday ovozni 
ishlatayotganingiz shular jumlasidandir. Shular ustida alohida-alohi
da to‗xtalib 
o‗tamiz.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə