R. D. Shodiyev



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/59
tarix11.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#145061
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   59
httpilmiy.bmti.uzblibfiles116Pedagogik20konfliktologiya.pdf

Yaqinlikni ko„rsa
tuvchi omillar.
Muloqot chog‗ida hamsuhbatlarni
qanchalik yaqinliklarini ko‗rsatuvchi omillar ham mavjudligi sir emas. Xususan, 
qo‗l berib salomlashish, bosh urishtirib ko‗rishish va h
okazolar. Yoki ayol va erkak 
salomlashish qonun-
qoidalari, ya‘ni etike
tda ham, faqatgina ayol kishi birinchi 
bo‗lib qo‗l uzatsagina, unga qo‗l berib salomlashish mumkinligi ta‘kidlanadi. 
Boshqacha aytganimizda, ayol kishi qarama-
qarshisida turgan kishining o‗ziga 
yaqin yoki yaqin emasligi meyorlarini o‗zi belgilaydi. Bundan 
kelib chiqadiki, 
insonlar o‗rtasidagi munosabatlarni ayon etuvchi maxsus makon mavjudki, ana 
shu makon insonlarning o‗zaro yaqinligiga qarab turib, qisqarishi, yoki kengayishi, 
tabiiy holdir. Tana zaboni quyidagi ko‗rinishdagi: yaqin tanishlar; rasmiy; 
doimiy va kichik bir guruhda qabul qilingan xatti-harakatlarga ajratiladi. 
Notanish kimsalar bir-
birlari bilan uchrashganlarida o‗zaro yaqinlik 
omillarini ko‗rsatuvchi xatti
-harakatlar ishlatilmaydi. Lekin, biz uchun qadrdon, 
ammo uzoq vaqt davomida ko‗rishmagan insonimiz bilan uchrashganimizda u o‗z 
yaqinligini ko‗rsatuvchi omillardan foydalanmasdan rasmiy ko‗rishish yo‗lini 
tanlasa hamda bizga oddiygina salomlashish yoki rasmiy munosabat bildirsa, biz u 
bilan qanday holat yuz berganligini o‗ylab qo
lamiz, yoki biror narsadan xafa 
bo‗ldimikan, yoki ―amal shunday qilibdida‖ kabi xulosalarga boramiz. 
Tana zabonida juda katta axborot tana harakatlari, ya‘ni yuz mimikalari 
orqali taqdim etiladi. Inson yuz tuzilishi va undagi mimikalar uning ruhiy holati, 
ichki kechinmalari va xis-
tuyg‗ulari bilan bevosita bog‗langandir. Bunda kelib 
chiqadiki, insonning nima deyayotganligiga e‘tibor qaratmasdan turib, yuz 
mimikalaridan uning munosabatlari tabiiy yoki sun‘iyligini bilib olish mumkin. 
Yuz mimikalaridan oc
hiq, aniq va to‗g‗ri ma‘lumotlarni uqib olish va taqdim qilish 
mumkin.


65 
Yuz ifodalaridagi, ya‘ni mimikadagi o‗zgarishlar, nazar tashlash, ya‘ni ko‗z 
qarashlar, qadam tashlash, imo-
ishoralar, qo‗l harakatlarining barchasi tana 
harakatlariga tegishli bo‗lib, ular o‗zaro munosabatlar haqida aniq ma‘lumotlarni 
taqdim etadi. Mimika juda katta ma‘lumot taqdim etuvchi hisoblanib, hayrat, 
esankirash, xursandlik, shodlik, jahl, sevinch, savol bilan qarash, tushkunlik, 
o‗ylanish, g‗azab, xafagarchilik, yig‗i, tangli
k kabi va boshqa hissiyotlar ana shular 
jumlasidandir. Xususan, jahlingiz chiqsa va hamsuhbatingiz ―yana jahling 
chiqayapti‖ desayu, siz ―jahlim chiqayotgani yo‗q, senga shunday tuyulgandir‖, 
desangizda, hamsuhbatingiz sizning so‗zlaringizga emas, balki t
anagizda amalga 
oshayotgan xatti-harakatlaringizga qarab turib, nazari tushgan holatga ishonadi. 
Shaxsiy makon haqida fikr yuritadigan bo‗lsak, har bir kishining o‗z shaxsiy 
makoni mavjud va uni muhofaza qilish esa juda muhimdir. Shaxsiy makonning 
himoyala
nganligi insonni muloyim muloqot qilayotganligini ko‗rsatuvchi 
xususiyat hisoblanadi. Har bir insonda o‗z shaxsiy makoni mavjudligini 
ta‘kidlagan holda mazkur makonga boshqalarning kirishi, ularning qanchalik 
aloqadorligiga va yaqinligiga bog‗liqdir. Siz u
chun notanish kimsa sizga 
yaqinlashsa, tabiiy ravishda undan chetlashnishga harakat qilasiz. Agar notanish 
kimsa sizning shaxsiy makoningizga tajavvuz qilsa, tabiiyki ko‗nglingizda tahdid 
uyg‗onadi, siz himoya vositasi paydo bo‗lib, sezgir torta boshlaysiz
. Bundan,
muloqot jarayonida har bir kishining shaxsiy makoni mavjudligi va unga hech 
kimning tahdid qilishga haqqi yo‗qligi tamoyillariga rioya qilishi zarurligi kelib 
chiqadi. Birovning shaxsiy makoniga beruxsat kirish, shaxsiga bosim o‗tkazish 

unin
g xavfsizligiga tahdid ko‗rsatilganligini bildiradi. Shaxsiy makonning tarkibiy 
qismlari 

juda ham yaqin odamlaringiz kira oladigan hudud; do‗stlar, dugonalar, 
aka-uka, opa-singillar kira oladigan hudud; ijtimoiy hudud va jamoatchilik 
hududlaridan iborat. Mazkur hududlar madaniyat, tafakkur, dunyoqarashga 
bevosita bog‗liq ravishda o‗zgarishi ham mumkin.
Muloqotning eng katta foizi asosan ovoz orqali, ya‘ni so‗zlar, nutq, til orqali 
namoyon bo‗ladi. Turli ma‘lumot va his
-
tuyg‗ular ovoz orqali almashinadi. 


66 
Muloqot qilayotganda har bir kishining taqdim etayotgan ma‘lumoti uning ichki 
hissiyotlari bilan bevosita bog‗liq holda ifoda etiladi. Ovoz ma‘lumotni faqatgina 
taqdim etishda emas, balki uni taqdim etishning bevosita ishtirokchisi hamdir. 
Demak konfliktli 
holatlarda nimaga urg‗u berilishi, ovozni past yoki balandligi
qanchalik samimiyligiga, ovoz toniga, qanday so‗zlardan foydalanilayotganligiga, 
qanday intonatsiyada aytilayotganligi alohida ahamiyat kasb etadi.
Bundan kelib chiqadiki, muloqot jarayonida ovoz ham muhim ahamiyat 
kasb etib, konfliktli holatlarni bartaraf etishda tana harakatlari bilan birga har bir 
kishi o‗z ovozi va ushbu ovoz orqali taqdim etilayotgan ma‘lumotlarni ham 
nazorat qilib borishi lozimdir. 
Konfliktli holatlarni bartaraf 
etishda tana zabonini to‗g‗ri anglash va 
tushunish alohida ahamiyat kasb etadi. Tana zabonini to‗g‗ri tushunib yetmaslik 
natijasi sizni murakkab vaziyatlarga tushurib qo‗yishi mumkin
.
Tana zabonini konfliktli holatlarda tatbiq etish yuzasidan bir necha 
tavsiyalar berib o‗tamiz:

Suhbatdoshingiz bilan o‗rtangizdagi masofa qo‗l yetgulik uzoqlikda 
bo‗lsin. Albatta, bu u kishining sizga qanchalik yaqinligiga ham bog‗liqdir. 
Shaxsiy makoniga tajovvuz qilmang. Hamsuhbatingiz harakatlarini to‗g‗ri anglash 
va tushunishga harakat qiling.

Ovozingiz muloyim, samimiy, ishonchli, qat‘iy, ammo tahdidsiz bo‗lishi 
lozim. Ovozingiz orqali iliqlik, mayinlik, sabr va qanoat, mehr, qoniqish, ishonch 
xislarini uzatishga harakat qiling. Iliqlik ortidan iliqlik, mayinlikning esa mayinlik 
olib kelishiga ishoning. ―Yaxshi gap bilan ilon inidan, yomon gap bilan pichoq 
qinidan chiqadi‖ maqolini esda tuting.

Qo‗llaringiz qanday ma‘lumotni taqdim etayotganligiga e‘tibor qarating. 
Xususan, barmoqlaringiz mushtga tugilgan bo‗lsa,
bu tahdid va hujum belgisidir. 
Qo‗llaringizni ko‗kragangizda chalkashtirib olsangiz, bu e‘tiborsizlikdir, bu 
―Sening gaplaringni men uchun ahamiyati yo‗q, nima qilishni o‗zim yaxshi 
bilaman‖ degani bo‗ladi. Qo‗llaringiz haddan ortiq harakatlantirsangiz 


67 
ha
msuhbatingiz sizdan o‗zini uzoqroq tutishni afzal ko‗radi, chunki, ixtiyorsiz 
unga tegib ketishingiz mumkin.

Suhbatdoshingizning ko‗zlariga to‗g‗ri va tik boqing, ularda tahdid 
kuzatilmasin. Suhbatlashayotganda boshqa tomonga yoki boshqa xonaga qarab 
o
‗tirmang, yuzma
-yuz turib gapirishga harakat qiling va qarshingizdagi kishiga 
ochiq chehra bilan boqing. 

Suhbatdoshingiz bilan muloqot qilganda unga va uning so‗zlariga e‘tiborli 
bo‗ling hamda tana harakatlari bilan tasdiqlab turing. 
Xulosa o‗rnida ayti
shimiz mumkinki, keltirilgan misollar har doim ham 
vaziyatga monand bo‗lamasligini unutmang. Masalan, agar kimdir qo‗llarini 
ko‗kragida chalishtirib turgan bo‗lsa, bu uning uchun qulaydir. Shu bilan birga 
sizga kimdir tana zabonida qandaydir ma‘lumot bermo
qchiligiga shubhalanayotgan 
bo‗lsangiz, u bilan sekingina munosabatlaringizni oydinlashtirib oling.


68 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə