R. D. Shodiyev



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/59
tarix11.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#145061
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   59
httpilmiy.bmti.uzblibfiles116Pedagogik20konfliktologiya.pdf

Tashqi ko„rinish

inson haqida boshqalarga dastlabki ma‘lumotni taqdim 
etilishi bo‗lib, u ma‘lum bir ma‘nodagi ma‘lumotlarni namoyon etadi. U orqali 


63 
qarshimizda turgan odam haqida, ya‘ni, uning moddiy holati, kelib chiqishi, 
saviyasi
, dunyoqarashi, estetik didi, ijtimoiy holati haqida ba‘zi
-bir umumiy 
ma‘lumotlarga ega bo‗lishimiz mumkin.
Vaqtga bo‗lgan munosabat 

inson haqida aniq ma‘lumotlarni olishga 
yordam beradi. Siz uchrashuv uchun qanday vaqtni tanlaysiz? Biror odamni
kutayotgan bo‗lsangiz uni uzoq vaqt kuta olasizmi yoki aytilgan vaqt bo‗lganidan 
so‗ng darhol ketib qolasizmi? Tayinlangan uchrashuvga o‗z vaqtida kelasizmi, 
yoki kechikib kelasizmi? Bu savollarga beriladigan javob siz qanday odam 
ekanligingiz haqida ma‘lum bir qiyofani shakllantiradi. Siz belgilangan 
uchrashuvga kechikib kelsangiz, darhol uzr so‗rab, o‗z aybingizga 
iqror 
ekanligingizni ko‗rsatsangiz, demak, siz tayinlangan uchrashuvlarga nisbatan 
bee‘tibor kishi emassiz, nimadir sabab bo‗lganki kechikansiz, atayin shunday 
bo‗lmagan, kechikish siz uchun odat emas, buning uchun hijolatdasiz. Agar siz 
kechikkanda kechi
rim so‗ramasangiz, siz tarbiya ko‗rmagan, o‗zingizga nisbatan 
bahoni yuqori qo‗ygan qo‗pol odamsiz, yoki kutayotgan odam sizning xodimingiz 
va siz kimligingizni unga ko‗rsatmoqchisiz. Bundan kelib chiqadiki, vaqtga 
bo‗lgan munosabat ham inson tavsifini bel
gilab beradigan omillardan hisoblanadi.
Har bir insonning ijtimoiy ahvolini uning tashqi ko‗rinishidan bilib olish 
mumkin. Insonning ijtimoiy ahvoli, tashqi ko‗rinishi uning qanday sohada faoliyat 
yuritishi, oilasidagi yetarlilik, moddiy ta‘minlanganlik h
olatim, shaharda yoki 
qishloqda istiqomat qilishligini aniqlashga yordam beradi. Ta‘minotingiz 
yaxshiligi haqida uy, mashina, taqinchoq va boshqa narsalar siz haqingizdagi 
umumiy ma‘lumotlarni beradi. Hozirgi zamonda ma‘naviyati yuqori bo‗lgan 
ko‗pchilik 
oilalarda odmi, zebu-
ziynatsiz, xushbichim o‗ziga yarashgan kiyimlarni 
kiyish targ‗ib qilinadi. Zebu ziynatning ortiqchaligi madaniyatsizlik va didsizlik 
alomati sifatida baholanadi. Shu narsalar kuzatiladiki, qandaydir yo‗llar bilan tez 
boy bo‗lib qolgan odamlar, o‗zini alohidaligini ko‗rsatish uchun va boylar 
qatoridaman deb namoyon qilish uchun ko‗pincha yarashsa yarashmasa turli zebu 


64 
ziynatlarni taqib olishadi. Odamning tashqi ko‗rinishi uning ijtimoiy mavqeini 
aniqlashga imkon beradi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə