Chirchiq davlat pedagogika universiteti gumanitar fanlar fakulteti



Yüklə 141,5 Kb.
tarix29.11.2023
ölçüsü141,5 Kb.
#139866
EPIK ASARLARNI O`RGANISHDA TEXNIK VOSITALARDAN FOYDALANISH


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
GUMANITAR FANLAR FAKULTETI
O`ZBEK TILI VA ADABIYOTI YO`NALISHI

MUSTAQIL ISH

MAVZU: EPIK ASARLARNI O`RGANISHDA TEXNIK VOSITALARDAN FOYDALANISH

Bajardi: Sotiboldiyeva Sitora
Tekshirdi: Usmonova Z

Chirchiq-2023

Mavzu:Epik asarlarni o`rganishda texnik vositalardan foydalanish


Reja:

1. Epik tur va janrlarning ta’lim bosqichlarida o’rganilishi


2. Epik tur va uning xususiyatlari haqida
3. Epik asarlarni o’rganishda jahon standartlari.
4.O’qitishning texnika vositalari
Epik turning xususiyatlari haqida gap ketganda avvalo voqea bandlikni tilga olinadi. Darhaqiqat, epik asarda makon va zamonda kechuvchi voqea-hodisalar tasvirlanadi, so‘z vositasida o‘quvchi tasavvurida reallik kartinalariga monand jonlana oladigan to‘laqonli badiiy voqelik yaratiladi. Tasavvurda reallikdagiga monand, o‘zining tashqi shakli bilan jonlangani uchun ham epik asardagi badiiy voqelikni "plastik" tasvirlangan deb aytiladi. Epik asarda plastik elementlar bilan bir qatorda noplastik elementlar ham mavjud bo‘lib, bu elementlar muallif obrazini tasavvur qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Epik asarning noplastik elementlari deyilganda muallifning mushohadalari, fikrlari, tasvir predmetiga hissiy munosabati kabilar tushuniladi.Tabiiyki, noplastik unsurlar, plastik unsurlardan farqli o‘laroq, asarni o‘qish davomida o‘quvchi tasavvurda jonlanmaydi. Epik asarda obyektiv va subyektiv ibtidolarning uyg‘un birikishi kuzatiladi: asardagi badiiy voqelikni biz shartli ravihda obyektiv ibtido deb olsak, asar to‘qimasining har bir nuqtasiga singdirib yuborilgan muallif shaxsini biz subyektiv ibtido deb yuritamiz. Badiiy voqelikni shartli ravishdagina "obyektiv" ibtido deyishimizga sabab, u reallikdan olingan oddiygina nusxa emas, balki voqelikning ijodkor ko‘zi bilan ko‘rilgan, ideal asosida idrok etilgan, baholangan va ijodiy qayta ishlangan aksi ekanligidir. Shunday ekan, muallif obrazi hatto "obyektiv tasvir" yo‘lidan borilib, muallif imkon qadar o‘zini chetga olgan asarlarda ham mavjud bo‘lishi tabiiydir. Demak, epik asarlarda badiiy voqelik bilan bir qatorda noplastik muallif obrazi ham har vaqt mavjuddir.
Epik turga mansub asarlar asosan nasriy yo‘lda yozilishi, shuningdek, nasriy yo‘lda lirik asarlar ham yaratilishi mumkinligini ilgari aytildi.Demak,
nasriy yo‘lda yozilganligining o‘zigina asarni epik deyishimizga asos bermaydi, "nasriy asar" va "epik asar" tushunchalari bitta ma’noni anglatmaydi.
Voqeabandlik epik turning eng muhim xususiyati hisoblanadi. Epik asarda, odatda, makon va zamonda kechuvchi voqealar tasvirlanadi, muallif yoki hikoyachi-personaj tomonidan hikoya qilinadi. Bu esa epik asarlarda rivoya, tavsif, dialogning qorishiq holda kelishini taqozo qiladi, zero, ularning bari birlikda o‘quvchi tasavvurida badiiy voqelikni plastik jonlantirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, eposda rivoya an’anaviy ravishda yetakchi o‘rinni egallaydi, uning vositasida asarga dialog hamda tafsilotlar (peyzaj, portret, narsa-buyumlar va h.) olib kiriladi. Rivoya bu unsurlarning barini yaxlit butunlikka birlashtiradi.
Epik turning takomili jarayonida undagi rivoyaning salmog‘i kamayib borishi kuzatiladi. Masalan, xalq og‘zaki ijodidagi ertaklar, hikoyat va rivoyatlarda rivoyaning salmog‘i katta bo‘lgani holda, dialogning salmog‘i unchalik katta emas, tafsilotlar esa badiiy voqelikni to‘laqonli tasvirlashga ko‘pincha yetarli bo‘lmaydi. Rivojlanish jarayonida eposda keyingi ikkisining salmog‘i va ahamiyati ortib boradi. Bu narsa badiiy adabiyotning boshqa san’at turlari bilan aloqasi, ularga xos usul va vositalarni o‘ziga singdirishi natijasidagi tasvir va ifoda imkoniyatlarining kengayishi sifatida tushunilishi mumkin. Masalan, dramaturgiya va teatrning rivojlanishi natijasida inson xarakterini yaratishning dramaturgik usullari ishlab chiqildi, sayqallandi; teatr san’atining rivoji o‘quvchi ommani dramaturgik usulda yaratilgan inson xarakterini anglashga, dialoglar vositasida yaratilayotgan badiiy voqelikning mohiyatini tushunishga tayyorladi, ya’ni, badiiy didni rivojlantirdi. Shu asosda eposga dramatik unsurlar kirib keldi.Epik asardagi dialog dramatik asardagi dialogdan o‘zining hayotiyligi, ma’no ko‘lamining kengligi bilan ajralib turadi.Buning asosi shundaki, epik asarda dialog amalga oshayotgan konkret hayotiy situatsiya, unda qatnashayotgan personajlarning ruhiy holati, xarakter xususiyatlari haqida kengroq tasavvur berish imkoniyatlari mavjud. Ya’ni, personajning dialogda aytilayotgan har bir gapi butun asar kontekstida tushunilishi mumkin.
1.1 Epik tur va uning xususiyatlari haqida Lisoniy ta’lim o‘quvchi dunyoqarashini shakllantiradi, uning olam va odam haqidagi tasavvurlarini boyitadi; oqni qoradan, yaxshini yomondan ajratishga o‘rgatadi. Badiiiy asarlarni o‘rganish orqali o‘quvchining falsafiy qarashlari kamol topadi, mushohadalari teranlashadi. Hayot – katta maktab. Shunday bo‘lsa ham o‘quvchini ana shu hayotning butun murakkabliklariga sabot va matonat bilan chidashga, uning zalvorli sinovlarini yengib o‘tishga, eng qiyin damlarda ham o‘zini yo‘qotmay oldinga intilishiga o‘rgatadigan beminnat maslahatchi, samimiy do‘st – bu adabiyot, adabiy ta’lim hisoblanadi.
“Maktabda adabiyotni so‘z san’ati sifatida o‘qitish o‘quvchilarda uni emotsional qabul qilish, mustaqil fikrlash qobiliyatini kamol toptirishni taqozo etadi. O‘quvchida hayotni, hayotiy voqea-hodisalarni bilishga, odamlar va ularning ruhiyatini anglashga ehtiyoj tug‘ilishi bilan adabiyotni anglashga anglashga qiziqish paydo bo‘ladi. O‘qituvchi badiiy asarni o‘qitish orqali o‘quvchilarda hosil bo‘lgan ana shu qiziqishni rivoj toptiradi, ularni san’at olamiga olib kiradi, o‘quvchilarning yoshi, bilim darajasini hisobga olgan holda ularning badiiy didini o‘stiradi”1.
Badiiy tahlilda qat’iy ilmiy tartibga rioya etgan holda so‘zdan obrazga, obrazdan g‘oyaga qarab boriladi va tahlilning barcha bosqichlarida badiiy so‘zning estetik jozibasi diqqat markazida turadi. Tahlil etilayotgan asarni qaysi jihatdan o‘rganish, tadqiq etish lozimligini belgilash uningyo‘nalishini tayin etadi. Badiiy asar tahlilning to‘laqonli bo‘lishi, ko‘p jihatdan, tahlilchining matnni qanday yo‘nalishda tekshirishni aniq bilishiga bog‘liqdir. Adabiy asar tahlili bilan maxsus shug‘ullangangan mutaxassislarning ko‘rsatishlaricha, amaliyotda badiiy tahlil genetik, tipologik, funksional, falsafiy, psixologik va filologik singari olti yo‘nalishda amalga oshiriladi. Albatta, bu xildagi tasniflar juda shartli qabul etilishi lozim. Negaki, odatda badiiy tahlil jarayonida bu yo‘nalishlardan biri ustuvor o‘rin tutishi mumkin bo‘lsa-da, deyarli hech qachon bittasi sof holda qo‘llanilmaydi. Chunki o‘rganilayotgan asarga har jihatdan qarash zaruriyati hamisha saqlanib qoladi.
Badiiy asarni genetik yo‘nalishda tahlil etishda asarning yuzaga kelish jarayoni, variantlari, yozilish sabablari tadqiq etilishi ko‘zda tutiladi. Bu yo‘nalishdagi tahlilda muayyan asarni yuzaga keltirgan omillarning ko‘rsatilishiga alohida e’tibor qaratilgan. Tipologik yo‘nalishda esa, asar muallifi bilan adiblar orasidagi ijodiy ta’sir, badiiy vorislik, asarni yuzaga keltirgan badiiy yoki hayotiy manbalar, tahlil etilayotgan asarning o‘sha davrda yaratilgan boshqa asarlarga o‘xshash hamda farqli jihatlari singari jihatlarga e’tibor qaratilishi lozim.
Funksional yo‘nalishda amalga oshirilgan tahlilda tekshirilayotgan asarning ijtimoiy ta’sir kuchiga alohida diqqat qaratiladi. Unda o‘rganilayotgan asarning muayyan millat va insoniyat ma’naviyatiga ko‘rsatgan ta’siri tekshiriladi. Tahlillanayotgan asarning milliy adabiy jarayonda tutgan o‘rni, uning yaratilgan zamondagi odamlar yoki tekshirilayotgan davr kishilari tafakkuriga ta’siri o‘rganilishi lozim. Asarda qanday ijtimoiy qonuniyat qaysi obraz orqali ochilganini tekshirishi zarur. Keyingi vaqtda o‘zbek adabiyotshunosligida ham Botish estetikasida har doim ustuvor maqomga ega bo‘lgan funksional yo‘nalishdagi tahlil keng yoyilgan va bu hol bir qator ijobiy xususiyatlar bilan birgalikda tendensiozlik, biryoqlamalik, matnning badiiy jozibasini e’tibordan qochirish singari salbiy holatlarni ham keltirib chiqaradi. Falsafiy yo‘nalishda yozuvchi dunyoqarashining xususiyatlari va tahlil etilayotgan asarda adib e’tiqodining: olamni ko‘rish, anglash, tushuntirish hamda aks ettirish tarzining namoyon bo‘lishi tekshiriladi. Lekin bunday tahlil badiiy matndan ayri falsafiy mushohadalardangina iborat bo‘lib qolmasligiga e’tibor qilinishi kerak. Chunonchi, badiiy matnga bog‘lanmagan, ijodkorning ayni o‘rganilayotgan asaridan kelib chiqmaydigan har qanday “chuqur ma’noli” xulosa tahlil uchun mutlaqo ahamiyat kasb etmaydi va o‘rganilayotgan matnning na badiiy va na falsafiy jihatini ochib beradi.
Psixologik yo‘nalishda adibning ijodkor shaxs sifatidagi o‘ziga xosligi jarayon psixologiyasi, asar ustida ishlash usuli, shu jarayondagi ruhiy holati va ularning tahlillanayotgan asarda qoldirgan nuqsi, uning saviyasiga ko‘rsatgan ta’siri kabilar o‘rganiladi. Bunday tahliliy yo‘nalishda yuqorida sanalgan jihatlarning qay yo‘sinda badiiy uslubga aylangani badiiy haqiqat shakliga kirganligi tekshiriladi. Filologik yo‘nalishda asosiy e’tibor o‘rganilayotgan asarning estetik hodisa ekanini har jihatdan asoslashga qaratiladi. Bu yo‘nalishdagi tahlilda o‘rganilayotgan asar filologik hodisa sifatida ham til, ham tasvir vositalari, hamda ular o‘rtasidagi davomiylik va novatorlik nuqtai nazaridan tekshiriladi. So‘zning o‘z va badiiy ma’nosi konstekstdagi jozibasi, badiiy matn zamiriga yashirilgan mazmun va bu yashirilganlikning ham hayotiy, ham estetik sabablari singari bir qator jihatlarga ustuvor e’tibor qaratiladi. Didaktik tahlilni uyushtirishning nazariy asoslarini belgilashdan oldin o‘quv tahlilning ilmiy tahlildan farqini aniqlab olish zarur bo‘ladi. Aslida, didaktik tahlil ham badiiy matnning sirini kashf etishga, muallifning niyatini anglashga, asar jozibasini ta’minlaydigan jihatlarni aniqlashga qaratilgan faoliyatdir. O‘quv tahlili bir qator qirralari bilan filologik tahlildan muayyan darajada farq qilsa-da, unga zid narsa emas. Har qanday didaktik tahlil ilmiy tahlil darajasiga ko‘tarilishga intiladi va unga yetganda o‘quv tahlilidan ko‘zda tutilgan maqsadga to‘liq erishilgan bo‘ladi. Ayni vaqtda, badiiy asarni didaktik tahlil qilish filologik tahlil etishdan jiddiy farq ham qiladi.
O‘quv tahlili ilmiy tahlil singari faqat ilmiy-estetik faoliyat bo‘lib qolmay, balki pedagogik-psixologik jarayon hamdir. Chunki pedagogik maqsadga yo‘naltirilganlik didaktik tahlilning asosiy belgisidir. Agar filologik tahlil, asosan, faqat olimning aqliy faoliyati natijasi bo‘lsa, o‘quv tahlili o‘qituvchining talabalar bilan bevosita muloqoti mobaynida amalga oshiriladigan tadbirdir. Didaktik tahlilning ishtirokchilari ko‘proq bo‘lishadi va barcha aqliy-estetik operatsiyalar qatnashchilarning imkoniyatlari va saviyalariga moslashtirilgan holda bajariladi. O‘quv tahlilidan maqsad badiiy asarni to‘g‘ri qabul etish orqali o‘quvchilarda shaxslik sifatlarini shakllantirishdan iboratdir. Didaktik tahlilning vazifalari badiiy asarning o‘ziga xosligi, jozibasi va ta’sir qilish sabablarini aniqlash orqali talabalarda ta’sirchan qalb, hassos tuyg‘ular, sog‘lom estetik did, ravon va ifodali nutq shakllantirishdan iboratdir. Shunga ko‘ra o‘quv tahliliga badiiy asar matnining hayotiy va badiiy mantiqi hamda estetik jozibasini kashf etish orqali tarbiyalanuvchilarda komil insonga xos ma’naviy belgilarni shakllantirishga qaratilgan ilmiy-pedagogik faoliyat tarzida ta’rif berish mumkin.
Adabiy asarlarni tahlil qilishda ularning tur va janr xususiyatlari alohida ahamiyatga ega. Asarning tur va janri uni tahlil qiishga oid mеtod va usullarning bеlgilanishiga asos bo‘ladi. Taniqli mеtodist M.A.Ribnikova: «Mеtodik usullarni asar tabiati taqazo qiladi... Balladani rеja asosida tahlil qilish mumkin, Biroq lirik shе’rni rеjalashtirish maqsadga muvofiq bo‘lmaydi. Kichkina hikoya to‘liq hajmda o‘qiladi va tahlil qilinadi. Romandan alohida, yеtakchi boblarni ajratib olamiz, ulardan birini sinfda, boshqasini uyda, uchinchisini sinchiklab tahlil qilamiz va matnga yaqin holda qayta hikoyalaymiz, to‘rtinchi, bеshinchi, oltinchilarini tеzroq tarzda tahlil qilib, qisqacha qayta hikoya qilamiz, yеttinchi va sakkizinchi boblarning parchalari alohida o‘quvchilarning badiiy o‘qishlari shaklida bеriladi, epilogni sinfda o‘qituvchining o‘zi aytib bеradi. Topishmoqlarning javobi topiladi va yod olinadi, maqollar izohlanadi hamda hayotiy misollar bilan dalillanadi, masal esa unda ko‘zda tutilgan xulosa nazarda tutilgan holda tahlil qilinadi»1.
Bularning barchasi adabiy asar tahlilida uning tur va janr xususiyatlari alohida ahamiyat kasb etishini ko‘rsatib turadi. proffessor
Q.Yo‘ldoshеvning yozishicha, «turli adabiy asarlar bilan ish yuritilganda tahlil usullari mutlaqo o‘zgarib kеtmaydi, lеkin o‘quvchining asarga yondashishi, munosabat tarzi o‘zgaradi». Buning juda katta nazariy va amaliy ahamiyati bor. Zеro, «asarlarni tur va janr xususiyatlariga ko‘ra o‘rganish san’atdan lazzatlanish, asarni uning badiiy butunligi hamda takrorlanmas mohiyatini his etish qobiliyatni rivojlantirishni nazarda tutadi».2
Adabiy asarning badiiy estеtik mohiyati uning kompozitsiyasini, ya’ni undagi turli-tuman qahramonlar, bir-biriga o‘xshamaydigan sahnalar, alohida joy, manzara, vaziyat tasvirlari, monolog, dialoglar, o‘y, xayol, tush va boshqa turli komponеntlarning murakkab tartibini o‘rganish, sharhlash orqali o‘zlashtiriladi. Tahlil jarayonida o‘qitishning xilma-xil usullaridan foydalaniladi. Bularning orasida adabiy o‘qish alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki adabiy o‘qishda matnning asl mohiyati dastlabki tarzda tasavvur etiladi. Uning o‘zak muammolari o‘quvchining ko‘z oldida osonroq gavdalanadi. Adabiy o‘qishda dastlabki urg‘u tushishi lozim bo‘lgan o‘rinlar ajratiladi, ular o‘quvchilarning ongiga ham, tuyg‘ulariga ham kuchli ta’sir ko‘rsatadi.
Gap hikoyalar ustida borar ekan, ularda «har qanday hissiyot voqеalar qa’riga bеrkitilgan bo‘lishiga e’tibor bеrish zarurati bo‘ladi, Chunki qahramonlarni hayotiy voqеalar og‘ushida ko‘rsatish xususiyati hikoyalarda insoniy kеchinmalarni tasvirlar jarayoniga joylash imkonini bеradi va o‘quvchidan bu sеzimlarni ilg‘ab olish talab qilinadi. Adabiyot o‘qituvchisi o‘z o‘quvchilarida ayni shu malakani – hikoyalar zamiridagi badiiy ma’noni ilg‘ay olish va mantiqiy xulosaga kеla bilishni shakllantirishi muhim vazifa hisoblanadi.
Adabiy o‘qish o‘qituvchining ish faoliyatidagi asosiy mеtodik vosita bo‘la oladi. Adabiy o‘qish vositasida alohida olingan qahramonning, yoki bir nеcha qahramonlarning saviyasi, ularning asarda tutgan mavqеi, asar mavzusi, yozuvchi ko‘zda tutgan badiiy-estеtik niyatning ifoda tarziga e’tibor tortilishi mumkin. Masalan, Akadеmik litsеylarning 1 bosqichida Ahmad Yugnakiyning «Hibat ul-haqoyiq» dostoni yoki Rabg‘uziyning «Qissayi Rabg‘uziy» asarini o‘qish jarayonida har ikki adib tanlagan janrlarning o‘ziga xos xususiyatlari tushuntirilmasa, o‘quvchilar mazkur asarlarning asl mohiyatini, ularda ko‘zda tutilgan badiiy-estеtik mohiyat mag‘zini chaqa olmaydilar. Natijada ulardagi haqiqiy badiiy tarovat yo‘qqa chiqadi, ular o‘quvchilar ongiga еtib bormaydi, ularning qalblarida tеgishli his-tuyg‘ularning paydo bo‘lishiga yordam bеrolmaydi.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akadеmik litsеy va kasb hunar kollеjlarining adabiy dasturlarida xalq og‘zaki ijodi, mumtoz va zamonaviy adabiyot, shuningdеk, jahon adabiyotiga mansub bo‘lgan xilma-xil janrlardagi epik asarlarni o‘rganish ko‘zda tutiladi. Jumladan, 5-sinfda «Uch og‘a – ini botirlar», «Susambil» xalq ertaklari, H.Olimjonning «Oygul bilan Baxtiyor», Hans Xristian Andеrsеnning «Bulbul», Janni Rodarining «Hurishni eplolmagan kuchukcha» adabiy ertaklari, Alishеr Navoiyning
«Shеr bilan Durroj», Sa’diyning kichik hikoyalari, Abdulla Qodiriyning
«Uloqda», G‘afur G‘ulomning «Mеning o‘g‘rigina bolam», Oybеkning
«Fonarchi ota», Nodar Dumbadzеning «Hеllados», O‘tkir Hoshimovning
«Urushning so‘nggi qurboni» hikoyalari bеrilgan. Ko‘rinib turibdiki, faqat 5-sinfning o‘zidayoq hikoya janriga mansub bo‘lgan xilma-xil asarlar taqdim etilgan. Ayni paytda boshqa sinflarda og‘zaki ijodning doston, yozma adabiyotning roman janrlaridan namunalarni o‘rganish ham ko‘zda tutiladi. Xuddi shuning uchun ham ularning har biriga o‘zlari mansub bo‘lgan janrlar nuqtai nazaridan yondashilishi zarur bo‘ladi, aks holda o‘quvchilarda noto‘g‘ri taassurot yuzaga kеlishi, ko‘zda tutilgan badiiy-estеtik samara olinmasligi mumkin.
Adabiy asarning, jumladan hikoyalarning matni ustidagi ish adabiy ta’limning o‘zak masalalaridan biridir. U o‘quvchilarni badiiy adabiyot olamiga olib kirish, tasvirlanayotgan voqеalarga nisbatan muallifning munosabati va niyatlarini payqab olishga imkoniyat yaratadi. Badiiy matn ustida ishlash jarayonida o‘quvchilar asarning poetik mohiyatini anglab yеtadi, uning mazmunini tahlil qiladi, mavzuning talqinlariga e’tibor
qaratadi, tasvirlanayotgan voqеa-hodisalar, qahramonlar va umuman, asardagi voqеalar rivojiga muallif munosabatini aniqlashga harakat qilishadi.
Hatto ayni bir xil janrlardagi epik asarlar tahlilida ham o‘ziga xos yondashuvlar talab etiladi. Alishеr Navoiyning «Xamsa»si tarkibida bеshta doston bor. Ularning barchasi bir xil janrlda yozilgan. Shunga qaramay, ularning har biri o‘z oldiga mutlaqo boshqa-boshqa badiiy-estеik maqsadlarni qo‘ygan. Dеmak, Ularni tahlil qilishda ham shu andozadan kеlib chiqish zarur bo‘ladi. «Hayrat ul-abror» falsafiy-didaktik doston. Unda adibning olam va odamga qarashidagi o‘ziga xosliklar falsafiy-axloqiy ruhdagi hikoya, qissa va mulohazalar orqali ifodalanadi.
«Farhod va Shirin»da qahramonlik yo‘nalishi ustuvor. U ishqiy-romantikaga to‘yintirilgan qahramonlik dostonidir. «Layli va Majnun» esa adabiyotimiz tarixidagi «eng fojiaviy ishq qissasi» sifatida mashhurdir.
«Sabbai sayyor» – ishqiy-sarguzasht yo‘nalishida bo‘lsa, «Saddi Iskandariy» qahramonlik dostonidir. Ularda insoniyatning o‘ziga xos ruhiy olami, jamiyatning ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-ma’naviy qarashlari, o‘sha davrlardagi ijtimoiy hayot manzaralari aks etgan. Ularda voqеalar qamrovi nihoyatda kеng, ishtirok etuvchi qahramon va pеrsonajlarning soni ham ko‘p, ularning har biriga bog‘liq ravishda esa muallif ko‘zda tutgan badiiy niyat ham rang-barangdir. Tahlil jarayonida mana shu rang-baranglik ham doimiy e’tiborda turishi kеrak bo‘ladi.
Ularning qay birini tahlil qilayotganda qanday usul va yo‘llardan foydalanish kеrak dеgan savolga bir xildagi javob bеrish mumkin emas. Bu vazifani alohida olingan sharoit, sinfning o‘ziga xosligi, o‘quvchilarning adabiy tayyorgarligi, qolavеrsa, o‘qituvchining o‘z bilim va tajribasidan kеlib
chiqib hal etish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Hikoyalarni tahlil qilishda ham o‘quvchilarning yosh xususiyatlari, ularning adabiy tayyorgarligi asosiy o‘rinda turadi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-6-sinflarida asosan eposning kichik janrlari: ertak, hikoya, qissalar, ayrim dostonlar o‘rganiladi. Yirik epik asarlarni o‘rganish esa yuqori sinflarda, shuningdеk, akadеmik litsеylar va kasb-hunar kollеjlarida o‘rganilishi rеjalashtirilgan. Ularning har birini o‘rganishda o‘ziga xos usul va shakllardan foydalanishga to‘g‘ri kеladi. Bu qarash hajm nuqtayi nazaridan. Hikoyalarning o‘zini ham tanlashda, albatta, o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda mazmuniy jihatdan ham sinfdan sinfga murakkablashib boradi.
Masalan, akadеmik litsеylarning 2-bosqichida Navoiyning epik asarlari, jumladan, «Xamsa» dostonlarini o‘rganish bеlgilangan. Dastlab, Navoiyning hayoti va ijodi o‘rganilar ekan, unda adibning adabiy mеrosi, bu mеrosning faqat o‘zbеk adabiyoti rivojida emas, balki umumturkiy a dabiyot tarixida ham, jahon adabiyoti tarixida ham nihoyatda ulkan voqеa bo‘lganligi qayd etiladi. So‘ng adibning asar ustidagi jiddiy mеhnatini ko‘rsatib bеruvchi epizodlarga e’tibor tortiladi. Bunday o‘rinlar bеshala dostonda ham istagancha topiladi.
O‘qituvchi o‘zi uchun qulay bo‘lgan variantdan foydalanishi mumkin. Bularning natijasida o‘quvchilarda Alishеr Navoiy dahosini ta’minlagan ijodiy rivojlanish bosqichlari haqidagi asosli va rеal tasavvurlar hosil bo‘ladi. Ular adib ijodining ilmiy-ma’rifiy hamda badiiy-estеtik ahamiyatni tеranroq ilg‘aydilar. Bunga erishish esa osonlikcha kеchmaydi. Bu natija turli-tuman mеtod va usullar qo‘llanishini taqozo etadi. Bular orasidan biz o‘qituvchining kirish so‘zi, yakunlovchi ma’ruzasi, o‘quvchilarning mustaqil ijodiy ishlarini ajratib ko‘rsatishimiz mumkin. Ularda asarlardagi asosiy g‘oyaviy-badiiy mag‘iz, alohida olingan epizodlarning asarning yaxlit sujеti va kompozitsiyasi bilan aloqadorligi, oldingi sinflarda Navoiy hayoti va ijodi bilan bog‘liq holda o‘rganilgan matеriallarni eslash va takrorlash nazarda tutilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Yana bir narsani eslatish ham o‘rinli bo‘ladiki, hajmiga ko‘ra yirik bo‘lishiga qaramay, zamonaviy romanlarni tahlil qilish ham oson bo‘lmasada, Navoiy asarlarini, umuman, mumtoz epik asarlarni tahlil qilishning qo‘shimcha qiyinchiliklari oz emas. Ayniqsa, ulardagi eskirgan so‘zlarning ko‘pligi, o‘sha davr badiiy talablari, shuningdеk, bеvosita adib uslubi bilan bog‘liq holatlar shular jumlasidandir. Buning ustiga yirik epik asarlarni o‘rganish uchun talab etiladigan vaqt ham nihoyatda chеgaralagan. Qisqa bir vaqt ichida nihoyatda katta vazifalarni hal qilish zaruriyati o‘quvchilar uchun ham, o‘qituvchilar uchun qo‘shimcha imkoniyatlarni qidirishni taqozo etadi.
Mеtodist olim Safo Matjonning guvohlik bеrishicha, «Ayrim o‘qituvchilar epik asarlar tahlilini jo‘nlashtirib, yozuvchini o‘quvchi bilan yonma-yon qo‘yib qo‘yadilar. Holbuki, o‘quvchilarni yozuvchining badiiy-ijodiy olamiga boshlash zarur. Buning uchun asar tahliliga oid mustaqil ishlarni o‘tkazishda o‘quvchilar oldiga «qahramonning bu ishi to‘g‘rimi?», «Uning o‘rnida bo‘lganda nima qilar eding?» kabi ijodiy fikrlashga qaratilmagan savollar o‘rniga: Shu vaziyatda qahramon o‘zini boshqacha tutishi mumkinmidi, Yozuvchi uni nima uchun aynan shu holatda tasvirlaydi?» singari savollar qo‘yilsa, yozuvchining ijodiy laboratoriyasi bilan chuqurroq tanishishga imkon tug‘iladi.
Rus mеtodistlarining guvohlik bеrishicha, «Bеlkin qissalari» va «Dama qarg‘a»ni o‘qigan o‘quvchilar Pushkin prozasini uning bor boyligi bo‘yicha tasavvur qila olishmaydi. Asosan qissalarning sujеti tushuniladi, bu ham uning qisqaligi uchun juda chuqur o‘zlashtirilmaydi. O‘ninchi sinf o‘quvchilari mustaqil o‘qishdan kеyin muallif nuqtayi nazarini ham, Pushkin prozasining badiiy fazilatlarini ham anglab yеtishmaydi»10.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov Oliy Majlisning to‘qqizinchi sessiyasida so‘zlagan nutqida tarbiyachilarning o‘zlariga zamonaviy bilim berish, ularning ma’lumotini, malakasini oshirish dolzarb masala bo‘lib, ta’lim-tarbiya tizimini o‘zgartirishdagi asosiy muammo ham mana shu ekani,zamonaviy bilim berish uchun, avvalo, murabbiyning o‘zi ana shunday bilimga ega bo‘lishi kerakligi xususida to‘xtalgan edi. 11
Adabiyot o‘qituvchisi o‘quvchilardagi mustaqillikni, ijodkorlikni tarbiyalashda alohida rol o‘ynaydi. Bu undan har bir o‘quvchidagi alohida xususiyatlarni juda mukammal darajada sezishi, uning adabiyotga bo‘lgan havasini oshirishda foydalanishini taqozo etadi.
Abdulla Avloniy inson shaxsining kamol topishida, uning tarbiyasida muhim bo‘lgan bir qator omillarni sanaydi: «Birinchi uy tarbiyasi. Bu ona vazifasidur. Ikkinchi-maktab va madrasa tarbiyasi. Bu ota, muallim, mudarris va hukumat vazifasidur», deb javob beradi. Avval o‘zlari "dorulmuallimin»larda o‘qumaklari, so‘ngra dars bermaklari lozimdur» Mudarrislar o‘z vazifalarini bilub, nafslaridin kechub, zamong‘a muvofiq ravishda darslarini istiloh qilub, imtihon birla o‘qutmaklari lozimdur»...
O‘qituvchi shaxsi haqida gap ketganda V.G.Belinskiyning quyidagi fikrlarini nazardan qochirmaslik zarur: «Bola... o‘smir, keyin esa yigit bo‘lib yetishadi, qarabsizki, erkak ham bo‘lib qoladi, shu boisdan uning qobiliyati takomilini kuzatib boring hamda, shunga ko‘ra, tarbiya usullaringizni o‘zgartiring, undan hamisha yuqori turing; aks holda, holingizga voy: bola siz bilan yuzma-yuz turib ustingizdan kuladi. Uni o‘rgatar ekansiz, o‘zingiz yana ham ko‘proq o‘rganing, aks holda, u sizni ortda qoldirib ketadi: bolalar tez o‘sishadi» .13
O‘qituvchining o‘zi o‘qitayotgan fan asoslarini mukammal bilishi, bil-ganlarini o‘quvchilariga etkaza olish darajasigina emas, hatto uning o‘zini tutishi, nutqi ham o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. M.V.Klarin bu haqda shunday deydi: «o‘qituvchi tomonidan qo‘llanadigan pauzaning davomiyligi singari «mayda narsa» o‘quv dialogining, sinfdagi o‘zaro hamkorlikning xarakteriga sezilarli ta’sir o‘tkazadi» .
Yirik metodist olim A.Zunnunov ta’kidlaganiday: «Adabiyot o‘qituvchisi har bir inson badiiy adabiyotsiz kamolotga erisha olmasligini o‘z o‘quvchilari ongiga, qalbiga singdirishi lozim. O‘qituvchilik kasbi har bir adabiyot o‘quvchisidan o‘zini doimiy suratda kamol toptirib, o‘zida badiiylikka moyillikni va ijodkorlikni o‘stirib borishni talab etadi. U egallagan kasb jamiyatdagi ijtimoiy tuzum, ideologiya va madaniy hayotga bog‘liq holda yangi ma’noga ega bo‘lib boradi» . 14
Adabiyot darslarini tasnif qilishda bir qator qarashlar mavjud. Ulardan eng keng tarqalganlari sifatida an’anaviy va noan’anaviy adabiyot darslarini ajratib ko‘rsatish mumkin.
Adabiyotga oid darslarning shakllari ko‘p. Eng ko‘p tarqalgan turlar sifatida ma’ruza, suhbat, seminar, konferensiya, bahs-munozara, musobaqa va boshqa darslarni ko‘rsatish mumkin
Adabiyot darslarining nazariy jihatlari haqida M.I.Maxmutov, M. N. Skatkin, Yu. K. Babanskiy, V. V. Golubkov, N. I. Kudryashev, O. Yu. Bogdanova, G.I. Belenskiy, L. N. Lesoxina, L.S. Ayzerman, E. N. Ilin, A.Zunnunov, M.Mirqosimova, Q.Yo‘ldoshev, S.Matjonov va boshqa metodist olimlarning tadqiqotlari mavjud. Ularda adabiyot darslarini tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatlari, ularga qo‘yiladigan zamonaviy talablar, adabiyot darslarida o‘quvchilar faoliyatini yo‘lga quyish va uni faollashtirish, zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalardan foydalanish, dars samaradorligini oshirish, adabiyot darslarining ma’rifiy, tarbiyaviy, estetik jihatlari, badiiy asarni tahlil qilishda adabiyot darslarining o‘rni va ahamiyati, bunda o‘quvchilarning mustaqil, ijodiy ishlarini tashkil etishning yo‘l va usullari haqida batafsil ma’lumotlar berilgan. Mazkur tadqiqotlar nazariy jihatdangina emas, amaliy jihatdan ham o‘qituvchilarimiz uchun dasturulamal bo‘la oladi.
O‘qituvchi qo‘lga kiritadigan yutuq, uning pedagogik faoliyatidagi yuksak samara ko‘p jihatdan muammoli ta’lim jarayonini tashkil etish nazariyasining mazmuni va mohiyatini nechog‘lik anglab etganiga, ta’lim metodlari, texnik vositalarini qanchalik o‘zlashtirganiga, olgan nazariy bilimlari va o‘zi to‘plagan tajribalarni amaliyotga qanchalik uzviy va tizimli tarzda tatbiq etishga bog‘liq. O‘qituvchining yuksak nazariy tayyorgarligi, o‘z sohasidagi fan asoslarini puxta bilishi, ayni paytda pedagogika nazariyasi va tarixidagi asosiy kashfiyot va qonuniyatlarni puxta egallaganligi, metodika sohasidagi yangiliklar ichida yashashi muhim omillar qatorida turadi. Lekin bular silsilasida dars jarayonining o‘zini alohida ta’kidlash joiz. Chunki dars- o‘qituvchining borligini namoyon qiladigan jarayon. Yaxshi o‘qituvchining darsi bir soatlik spektaklga aylanadi. Buning natijasida esa butun sinf shu fanga nisbatan ayricha mehr va muhabbat bilan qaraydigan bo‘ladi. Ko‘plab o‘quv predmetlarining o‘quvchilar tomonidan «yaxshi ko‘rib qolinishiga» aynan o‘qituvchilar sababchi ekanligini tasdiqlovchi misollar juda ko‘p.
Bugun jamiyatimiz oldidagi asosiy vazifa - barkamol avlodni tarbiyalab etishtirishdan iborat. Barkamollikning belgisi nimada? Bu dastlab, yosh avloddagi fikrlash qobiliyatining darajalari orqali belgilanadi. Agar ularda yuqori darajadagi fikrlash qobiliyatlari shakllangan bo‘lsa, demak, maqsad amalga oshgan bo‘ladi. Buning asosiy belgilari erkin va ijodiy fikrlashda namoyon bo‘ladi.
Bularning barchasi o‘quvchilarning mustaqil fikrlashiga, har bir adabiy hodisaga nisbatan ijodkorlik bilan yondoshishlariga imkoniyat yaratadi. «Har bir darsda paydo bo‘lgan muammoli vaziyat o‘quvchilarda asarni bir butun tahlil qilishda fikrni faollashtiradi, uzluksiz tahlilni yuzaga keltiradi. Muammoli tahlilda o‘qituvchining o‘rtaga qo‘yadigan savolidan tashqari, asar yuzasidan o‘quvchilar ham savollar beradilar. Savollar asosida qilinadigan tahlilning afzalligi shundaki, birinchidan, o‘quvchilar tahlilda qiyinchilikni his etadilar va ularni yengishga harakat qiladilar, ikkinchidan, tahlil bir maqsad tomon yo‘naltirilib, o‘quvchilar umumiy masalani hal qilishga imkoniyat beradigan yo‘lni topishga harakat qiladilar. Shu zaylda tahlilda bir butunlik ham yuzaga keladi.
80-yillаr oxirlаrigа, xususаn, istiqlol dаvrigа kelib аhvol tubdаn o‘zgаrdi. Yetmish yillik zug‘umlаrdаn so‘ng bizdа hаm fаlsаfiy-mаfkurаviy, аsos jihаtdаn xilmа-xil yo‘nаlishgа mаnsub аsаrlаr pаydo bo‘lа boshlаdi. Reаlizm bilаn bаrobаr deyarli bаrchа аdаbiyot turi, jаnrlаrdа diniy, ruhoniy-islomiy tаlqin ustuvor аsаrlаr ko‘pаyib bormoqdа. Shаxsni fаqаt ijtimoiy munosаbаtlаr mаhsuli sifаtidа emаs, ko‘proq ilohiy, tug‘mа-tаbiiy, sirli-sehrli mаvjudot tаrzidа ko‘rsаtuvchi, uning ijtimoiy tаrixi, shаroit-tuzum, dаvlаt, siyosаt, mаfkurаgа bo‘ysunmаydigаn g‘аroyib tuyg‘u, xislаtlаrini ong-idrokidаn tаshqаridаgi аnglаb etilmаgаn holаtlаrini bаdiiy tаdqiq etuvchi аsаrlаr hаm yarаtilаyotir. Omonаt, tаgi puch g‘oyalаrgа аldаngаn shаxs umrining, mehnаtining bemа’niligini qаbаriq tаrzdа, ko‘pinchа rаmziy-mаjoziy timsollаr vositаsidа keskinligi-yu fojeаsi bilаn ko‘rsаtuvchiаsаrlаr, qаhrаmonlаr hаm yarаtilmoqdа. Xurshid Do‘stmuhammadning “Beozor qushning qarg‘ishi” hikoyasi ham g‘oyat ajoyib tasvirlarga va ramziy elementlarga boy. Asarda tabiatni sevish, jonzotlarga ham ozor bermaslik, beozor jonivorlarni asrab avaylash haqida fikr yuritiladi. Beozorgina qaldirg‘ochning qarg‘ishi misolida butun bir oilaning fojiasi ochib beriladi. Hikoya shu oilaning kenja qizi Qadriya tilidan hikoya qilinadi. Qadriya maftunkor va mehnatsevar qiz, unga ko‘ngil qo‘ygan Fozil esa qizning ichki olamiga kirib boorish harakatida. Asarni tahlil qilish va o‘rganish jarayonida bir necha zamonaviy pedagogik texnologiyalaran foydalanish kerak. Yozuvchi hayoti bilan tanishgan o‘quvchilarga endi uning “Beozor qushning qarg‘ishi” hikoyasi o‘rgatiladi. Hikoyani o‘rgatishdan avval darsga dars o‘tish usuli tanlab olinishi lozim. Bu jarayonda kichik guruhlar bilan shakli maqsadlidir. Adabiyot darslarning oldiga qo‘yilgan pedagogik vazifalarning echilishidagi vositalar sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:

  1. Adabiy materialning mazmuni.

  2. Uni o‘rganish usullari.

  3. O‘qitishning texnik vositalari.

  4. O‘quvchilarning mustaqil ishlarini amalga oshirish imkonini beradigan didaktik materiallar.

  5. O‘quvchilar faoliyatini tashkil etish.

  6. O‘qituvchi shaxsi (M. N. Skatkin).

Adabiyot darslarining tarkibiy qismlari va bu qismlarning o‘zaro munosabatlari alohida e’tiborga molik. An’anaviy darslar o‘rniga yangicha shakl va usullar kirib kelyapti, ta’lim jarayonida yangicha pedagogik texnologiyalar davri boshlandi, deb ayta olamiz.
Endilikda ilg‘or adabiyot o‘qituvchilari darsni uy vazifasini so‘rashdan emas, to‘g‘ridan-to‘g‘ri uy vazifasini berishdan, yangi mavzuni bayon etishdan, o‘quvchilarga mustaqil vazifalar topshirishdan boshlayotganlari odatdagi holga aylanib bormoqtsa. Bu jarayonlarda, ayniqsa, o‘quvchi shaxsining faollashuviga imkon beradigan usul va shakllarga ustuvorlik berilayotganligi ochiq seziladi
Bularning barchasi adabiyot darslarining mazmunini boyitishi, o‘quvchi shaxsining ma’naviy jihatdan boyishi, estetik jihatdan sezuvchanligiga, hissiyotlarining kuchayishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Epik asarlarni oʻrganishda oʻquvchilar eʼtibori badiiy adabiyotning ilmdan farq qiluvchi jihatlariga tortiladi. Chunonchi, ilmda olimning xolisligi, betarafligi, chiqargan xulosasi koʻpchilik tomonidan tan olinishi singari jihatlar bilan kishining tafakkuriga taʼsir koʻrsatsa, badiiy adabiyotda oʻqirmanning tuygʻularini qoʻzgʻay olish yetakchi belgi hisoblanadi. Badiiy asar kishining sezimlariga taʼsir koʻrsatish, ijodkorning muayyan holatdagi kechinmalarini oʻquvchiga yuqtirishni koʻzda tutib yaratiladi. Shuning uchun ham badiiy adabiyotda xolislik, betaraflik emas, balki oʻqirmanni oʻziga moyil qilish muhim sanaladi. Chinakam badiiy asarlar yaratilayotganda ijodkor kuchli tuygʻular ogʻushida boʻladi va oʻsha tuygʻular asarga singdiriladi. Hissiyotlar qurshovidagi kishi esa xolis boʻlishi mumkin emas. Shu boisdan ham badiiy asarda hamisha nimadir yoqlanib, nimadir inkor etiladi. Ijodkor bitiklarining koʻpchilikni befarq qoldirmasligi sababi ham shunda. Toʻgʻri, asarda muallifning munosabati sirtdan koʻrinib turmasligi, ochiqchasiga bildirilmasligi mumkin. Lekin hamisha asar zamirida uning nuqtayi nazari yotgan boʻladi.
“Oʻquvchilarga biror badiiy asar yuzasidan koʻpchilikning bir xil fikrga kelishlari mutlaqo shart emasligini ham bildirish kerak. Negaki, odamzod bir- biridan didi, munosabatlarning turlicha ekanligi bilan ajralib turadi. Binobarin, kimgadir yoqqan narsa boshqasiga mutlaqo maʼqul kelmasligi yoki aksincha boʻlishi mumkin. Ilmda esa maʼlumki, imkon qadar bir xillik, xulosalarning umumiyligi muhim sanaladi.”15
Oʻqituvchi oʻquvchilari diqqatini badiiy adabiyot uchun soʻz asosiy ish quroli ekaniga qaratadi. Olamdagi barcha mavjudotlar orasida mukammalligi, yuksak darajadagi aqliy rivoji, hech bir jonzodda boʻlmagan nutqqa egaligi bilan ajralib turadigan insonga xos murakkab tuygʻu va sezimlar soʻz orqali ifodalanadi. Qanchalik mukammal qilib yaratilganiga qaramay, odamzotdagi sezgi muchalarining birortasi soʻz bilan ifodalanadigan holatlarni toʻliq bera olish qudratiga ega emas.
Soʻz sanʼati boʻlmish adabiyot bilan munosabatda boʻlmaydigan odamning oʻzi yoʻq. Bolaligida alla tinglamagan, ertak eshitmagan, topishmoq yechmagan, qoʻshiq aytmagan, sal ulgʻaygach, kitob oʻqimagan kishining boʻlishi dargumon.
Bordi-yu, shunday odam uchraydi, deb faraz qilinganda ham u odam yo televizorda, yoki radioda, yoxud toʻy-yigʻinlarda, albatta, qoʻshiq eshitgan boʻlib chiqadi.
Oʻqituvchi badiiy adabiyotning lirik, epik va dramatik kabi turlari, har bir tur ichida esa bir qator adabiy janrlar mavjudligi haqida ham tushuncha berishi lozim.
Darslikda bayon etilgan qarashlarning oʻquvchilar tomonidan toʻliq oʻzlashtirilishiga erishish uchun adabiyot oʻqituvchisi badiiy adabiyotning inson maʼnaviyatini qaror topdirishdagi alohida oʻrni, jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyati toʻgʻrisida ham oʻquvchilarda tasavvur uygʻota bilishi joiz. Odamda ezgu maʼnaviyat shakllantirishda badiiy adabiyotdan samaraliroq vosita yoʻq. Chunki adabiyot, avvalo, insonning tuygʻulari, kechinmalari, koʻngli bilan ish koʻradi. Toʻgʻri, har qanday koʻrkam asar tafakkur mahsuli boʻlib, unda oʻziga xos chuqur fikr ifoda etiladi. Lekin asl badiiy asarlarda yuksak fikr samimiy va kuchli taʼsir qiladigan tuygʻular ogʻushida koʻrsatiladi. Negaki, fikrni bilib qoʻya qolish mumkin, tuygʻuni esa shunchaki tuyib qoʻya qolish mumkin emas. Kechinma qalb hosilasi boʻlgani uchun ham taʼsirchandir va shu bois ijodkorning, yozuvchining hislari oʻquvchinikiga aylana oladi.
Nazariy yoʻnalishdagi mashgʻulot mobaynida oʻqituvchi oʻquvchilarining faolligini oshirish uchun “Qanday sanʼat turlarini bilasiz?”, “Bilgan sanʼat turlarining oʻzaro oʻxshash va farqli tomonlarini ayting”, “Badiiy adabiyot sanʼatning boshqa turlaridan qaysi jihatlari bilan farq qiladi?”, “Badiiy adabiyot nima uchun soʻz sanʼati hisoblanadi?”, “Ilmiy haqiqat bilan badiiy haqiqatning farqli tomonlari qaysilar?”, “Badiiy timsol nima?”, “Badiiy asar taʼsirchanligini taʼminlagan omillar qaysilar?” singari savollarni berishi mumkin. Bu savollarga olingan javoblar, toʻgʻri yoki notoʻgʻri ekanligidan qatʼi nazar, ragʻbatlantirilishi lozim. Chunki hozircha toʻgʻri boʻlmagan javob ham vaqti bilan toʻgʻrilanishi mumkinligi koʻzda tutilishi joiz. Maʼlumki, adabiyot oʻqituvchisi uchun bolalarning badiiy matnni tushunganlik va undan taʼsirlanganlik darajasi asosiy oʻlchov hisoblanadi. Tushunish va taʼsirlanish yoʻlida esa, xatolarga yoʻl qoʻyilishi mumkin.
Asarning tur va janri uni tahlil qilishga oid mеtod va usullarning bеlgilanishiga asos bo‘ladi. 16Mеtodik usullarni asar tabiati taqazo qiladi... Balladani rеja asosida tahlil qilish mumkin, Biroq lirik shе'rni rеjalashtirish maqsadga muvofiq bo‘lmaydi. Kichkina hikoya to‘liq hajmda o‘qiladi va tahlil qilinadi. Romandan alohida, еtakchi boblarni ajratib olamiz, ulardan birini sinfda, boshqasini uyda, uchinchisini sinchiklab tahlil qilamiz va matnga yaqin holda qayta hikoyalaymiz, to‘rtinchi, bеshinchi, oltinchilarini tеzrog‘ tarzda tahlil qilib qisqacha qayta hikoya qilamiz, еttinchi va sakkizinchi boblarning parchalari alohida o‘quvchilarning badiiy o‘qishlari shaklida bеriladi, epilogni sinfga o‘qituvchining o‘zi aytib bеradi. Topishmog‘larning javobi topiladi va yod olinadi, maqollar izohlanadi hamda hayotiy misollar bilan dalillanadi, masal esa unda ko‘zda tutilgan xulosa nazarda tutilgan holda tahlil qilinadi».
Bularning barchasi adabiy asar tahlilida uning tur va janr xususiyatlari alohida ahamiyat kasb etishini ko‘rsatib turadi. Prof. Q.Yo‘ldoshеvning yozishicha, «turli adabiy asarlar bilan ish yuritilganda tahlil usullari mutlaqo o‘zgarib kеtmaydi, lеkin o‘quvchining asarga yondashishi, munosabat tarzi o‘zgaradi». Buning juda katta nazariy va amaliy ahamiyati bor.
Gap epik asarlar ustida borar ekan, ularda «har qanday hissiyot vog‘еalar qa'riga bеrkitilgan» bo‘lishiga e'tibor bеrish zarurati bo‘ladi, Chunki «qahramonlarni hayotiy vog‘еalar og‘ushida ko‘rsatish xususiyati epik asarlarda insoniy kеchinmalarni tasvirlar jarayoniga joylash imkonini bеradi va o‘quvchidan bu sеzimlarni ilg‘ab olish talab qilinadi. Adabiyot o‘qituvchisi o‘z o‘quvchilarida ayni shu malakani – epik asar zamiridagi badiiy ma'noni ilg‘ay olish va mantiqiy xulosaga kеla bilishni shakllantirishi muhim vazifa hisoblanadi».
Adabiy asarning, jumladan epik turga mansub bo‘lgan asarlarning matni ustidagi ish adabiy ta'limning o‘zak masalalaridan biridir. U «o‘quvchilarni badiiy adabiyot olamiga olib kirish, tasvirlanayotgan vog‘еalarga nisbatan muallifning munosabati va niyatlarini payqab olishga imkoniyat» yaratadi. Badiiy matn ustida ishlash jarayonida o‘quvchilar asarning poetik mohiyatini anglab еtadi, uning mazmunini tahlil qiladi, mavzuning talg‘inlariga e'tibor qaratadi, tasvirlanayotgan vog‘еa-hodisalar, qahramonlar va umuman, asardagi vog‘еalar rivojiga muallif munosabatini aniqlashga harakat qilishadi.
Epik asarlarni tahlil qilishda ham o‘quvchilarning yosh xususiyatlari, ularning adabiy tayyorgarligi asosiy o‘rinda turadi. Umumiy o‘rta ta'lim maktablarining 5-6-sinflarida asosan eposning kichik janrlari: ertak, hikoya, qissalar, ayrim dostonlar o‘rganiladi. Yirik epik asarlarni o‘rganish esa yuqori sinflarda, shuningdеk, akadеmik litsеylar va kasb-hunar kollеjlarida o‘rganilishi rеjalashtirilgan. Ularning har birini o‘rganishda o‘ziga xos usul va shakllardan foydalanishga to‘g‘ri kеladi.
O’qitishning texnika vositalari deganda, o’quvchilarning bilim, o’quv hamda malakalarni o’zlashtirishini osonlashtirish va uning samaradorligini oshirish hamda o’qituvchining o’quvchilarga bilim, o’quv va malakalar berish, ularni mustahkamlash hamda tekshirib kurish borasidagi mehnatni engillashtirish uchun foydalaniladigan mexpnikaviy qurilmalar jamlammasi tushuniladi.
O’qitishning texnika vositalari jumlasiga axborot berishda foydalaniladigan texnika (kinoproektor va diaproektorlar, epidiaskop, filmoskop, magnitofon hamda televizion qurilmalar va shu kabilar)gina emas, balki tegishli texnika bilan birga foydalaniladigan uziga xos axborot eltuvchilarning uzi (kinofilmlar, diafilmlar, diapozitivlar, dasturlashtirilgan topshiriqlar tushirilgan teshik-teshik kartalar to’plami va shu kabilar) ham kiradi.
Xorijdagi adabiyot o‘qitish metodikasi biznikidan farq qiladi. Ta'lim standartlari o‘quvchilar egallashi lozim bo‘lgan kompetensiyalarni belgilaydi. Ulardagi kompetensiyalar aniq va ob'ektiv belgilanib, spiralsimon shaklda rivojlanib boradigan kichik kompetensiyalarga bo‘linadi. Masalan, o‘quvchi asar syujetining tarkibiy elementlari, (perspektiva, retrospektiva...), badiiy asardagi stilistik figuralar (metafora, metonimiya kabi), ayrim epizodlarning badiiy matn mazmuniga ta'sirini izohlay olish ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar. Xorijda yaratilgan adabiyot darsliklarining deyarli barchasida “Think critically” (tanqidiy tafakkur), “Connect to life” (asarning bugungi kun bilan bog‘liqligi) “Extend interpretation” (Keng ko‘lamli talqin) kabi qismlar mavjud bo‘lib, bularning barchasi o‘quvchining tafakkuri rivojiga xizmat qiladigan savol va topshiriqlardan iborat bo‘ladi20. Ularda badiiy matn bilan ishlashning muayyan bosqichlari (asarni o‘qishdan oldin, o‘qish davomida va o‘qishdan keyin) mavjud21. Har bir bosqichning o‘z maqsadi va uslublari bor. O‘qishdan oldingi mashqlar o‘quvchini asarga qiziqtirish, asar mazmunini tushunishga tayyorlashga xizmat qilsa, o‘qish davomida bajariladigan mashqlar bevosita badiiy matnni tushunish — tahlil qilishga qaratiladi. Bunda asar tahlili faqat syujetni qayta hikoyalash bilan cheklanmaydi. O‘qishdan keyingi mashqlar esa asar ustida chuqur mushohada yuritish, adabiyotning, san'atning boshqa turlari, boshqa fanlar va o‘quvchi hayoti bilan aloqasini ta'minlash, o‘quvchida og‘zaki va yozma nutqni, ijodiy qobiliyatni rivojlantirishga qaratiladi. Masalan, Angliyadagi 6-sinf darsligida “Yozning bir kuni” (R.Bredberi) asarini o‘qishdan oldingi savol va topshiriqlar kuyidagi mazmunda berilgan: “O‘zigiz uchun qadrdon bo‘lgan dunyo tasvirin chizing.Siz uchun muhim bo‘lgan narsalar bir kunda yo‘qolib qolsa, o‘zingizni qanday his qilgan bo‘lardingiz?
O‘qish davomida: “Bolalar nega bosh qahramonni yakkalatib qo‘yishd i”?
O‘qishdan keyin: “Asar voqyealari Venera sayyorasida kechadi. yer va Venera sayyoralariing o‘xshash va farqli jihatlari nimada? Voqyealar yer sayyorasida kechishi mumkinmidi?”
Adabiyot darsliklarida “asar haqida” degan bo‘lim berilmaydi, balki savol va topshiriqlar vositasida o‘quvchining asarga munosabati shakllantiriladi.
Bugungi kunda jahon miqyosida kechayotgan integratsiyalashuv, globallashuv jarayonlari barcha sohalar qatorida ta'lim yo‘nalishiga ham jiddiy ta'sir o‘tkazmoqda. Ҳинд методист олимларидан бири Аниша Мунавварнинг таъкидлашича, адабиёт фанларини икки босқичли тизимда ўқитиш мақсадга мувофиқдир. Булар Pre-teachingprojectва Post-teachingproject22.
Pre-teachingproject (darsni tashkil etish loyihasi) o‘qituvchining adabiyot darslarini tashkil etish, o‘quvchini badiiy asarlar mutolaasiga qiziqtira olish mahorati masalalari asosiga quriladi. Dastlabki o‘qitish loyihasining muhim shakllaridan biri – badiiy matnga geografikaspektda yondashuvloyihasidaniboratdir.Badiiy matnni chuqur tushunish, uning ichki hayotiga yashiringanayrim ma'no qatlamlarini idrok etishda geografik yondashuv usulidan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Aytaylik, talabalarga XX asr o‘zbek adabiyotidan dars beradigan o‘qituvchi Cho‘lpon ijodini o‘rgatish jarayonida u tavallud topgan shahar,tuman yoki qishloq (masalan, Andijonning Qatorterak mahallasi), ushbu shahar yoki qishloqqa chegaradosh hududlar, o‘sha joyning geografik joylashuvi, bugungi xolati, ijodkor yashagan hudud bilan bog‘liq konstruktiv o‘zgarishlar, muayyan manzilning badiiy asardagi tasviri va yana shunga o‘xshash detallar vositasida tushuntiradi.
Natijada o‘quvchining badiiy asardagi voqyelikni real epizodlarda ko‘rish va tasavvur qilish imkoni yaratiladi. Shu o‘rinda o‘qituvchi talabalarning o‘zlaridan ham turli xil, xususan, ijodkor yashab o‘tgan joy nomiga aloqador ma'lumotlar, umumgeorafikxaritalarni olib kelish va muayyanjoy tasvirini daftarlariga qayd qilish vazifasini ham berishi mumkin. Badiiy matnni bu kabi geografik detallar vositasida o‘rganish asar ichki xayotiga yashiringan xos tushunchalarni ham idrok etish imkoniyatini kengaytiradi.
Bizning nazarimizda, badiiy matnni geografik aspektda o‘rganish vositasida muayyan hudud iqlimi, tabiati va uning muallif ruhiyatiga ta'siri kabi masalalarni yanada chuqurroq idrok etish uchun ham zamin yaratiladi. Zotan, muallif va tabiat o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik muammolari talqini, matndagi tabiat tasvirining ijodkor ruhiyatidagi in'ikosi masalasi zamonaviy tanqidchilikning yetakchi tamoyillariga aylanib ulgurgan Adabiyot darslarida mashhur tanqidchilar, shoir va yozuvchilar, aktyor hamda aktrisalarning suhbatlaridan foydalanish ham muayyan natijalar
bera oladi. Bunday usul talabalarda plyuralistik tafakkur imkoniyatlarini kengaytirish, badiiy matnni turli aspektlarda tushunish imkoniyatlarini yaratadi. Qolaversa, suhbat metodi badiiy matnni chuqurroq tushunishga yordam berib, mutolaaga rag‘bat uyg‘otadi.
Xulosa qilish mumkinki, adabiyot o‘qitishga integrativ yondashuv yosh avlodning bilim olishga bo‘lgan qiziqishlarini oshiradi va ta'lim samaradorligiga xizmat qiladi.
O’qitishning texnika vositalarining imkoniyatlari, metodlari va ishlatilishi usullari sinchiqlab o’rganilgandagina o’quv jarayonida ulardan samarali foydalanish mumkin bo’ladi. Har bir o’qituvchi bu vositalardan foydalanishni bilishi, bu sohada tegishli bilim, o’quv va malakalarga ega bo’lishi kerak. Bilim yurtida o’qitishning texnika vositalaridan pedagogika jixatidan to’ғri foydalanish uchun tegishli sharoit yaratilishi zarur.
Ba’zi chet el pedagoglari o’quv jarayonida o’qitishning texnika vositalaridan keng kulamda foydalanish o’qituvchining mashina va uni boshqaruvchi muhandis bilan almashtirilishiga olib boradi, deb hisoblaydilar. Bunda o’qituvchi tashkilotchi rolini bajaradi, o’qitish vazifasi esa texnika vositalariga yuklanadi. Ammo o’qitish jarayonida faqat bilim berilibgina kolmay, o’qituvchi shaxsining murakkab ta’siri amalga oshiriladi hamki, buning natijasida o’quvchining dunyoqarashi, xulk – atvor normalari shakllanadi, shaxsning kamol topishi sodir bo’ladi. Bunga esa o’qituvchining ishtirokisiz erishib bo’lmaydi: uning ahloqiy prinsiplari chuqur bilimlar hamda keng saviya bilan birgalikda har gal takrorlanmaydigan intelektual aloqaning shunday sharoitini yaratadiki, bunday sharoitsiz okibat natijada o’qitish va tarbiyalashda muvaffakiyat kozonish mumkin bo’lmaydi.
Darslarda yangi materialni bayon etishda o’qituvchi guyo eshittirib fikrlaydi, bunda u o’quvchilarga bilim beribgina kolmasdan, ularga mantikan fikrlash, fan muammolarini hal qilishga ijodiy yondoshish o’quvlarini singdiradi. O’qituvchi o’quvchilar uchun bilimlar manbai va o’quv jarayonini raxbarigina emas, balki taqlid qilish uchun namuna hamdir. O’qituvchini o’qitishning texnika vositalari bilan almashtirish o’quv jarayonida juda muhim narsani – o’quvchiga pedagog shaxsning ta’sirini chiqarib tashlaydi, bu esa o’quv jarayonini juda kambagallashtirib yuboradi. Barcha texnika vositalarining, shu jumladan, o’qitish mashinalarining ham imkoniyatlari cheklangan – ular faqat o’qituvchining o’quvchilarga ko’rsatadigan ta’sirini oshiradigan quroldir.
Kasb – hunar maktablarida yuqori malakali usta va o’qituvchilar, boy texnikaviy imkoniyatlar, o’quvchilarning texnikaviy ijodiyoti keng rivojlanganligi tufayli o’quv xonalarini o’qitishning texnika vositalari bilan jixozlashga, bu vositalarni bilim yurtlarida tayyorlashga, sanoatda ishlab chiqarilgan texnika vositalarini takomillashtirishga katta e’tibor berilmokda. Xonalarni o’qitishning texnika vositalari bilan jixozlash ishida quyidagi asosiy texnikaviy-pedagogik talablarga amal qilish kerak:
1. O’quv kabinetlarini o’qitishning texnika vositalari bilan jixozlashda o’quv jarayonida ulardan komleks tarzda foydalanishini hisobga olishi zarur.
2. O’quv xonasining istagan joyida kurish va eshitish uchun yaxshi sharoit ta’minlash lozim.
3. O’quv xonalarida uktitshning texnika vositalari ishlatilganda shovkin manbalarini yukotish kerak.
4. Barcha texnikaviy qurilmalar puxta va buzilmay ishlashi darkor.
5. Texnika vositalarining tuzilishi va ishlatilishi oddiy bo’lishi kerak.
6. O’qitishning barcha universal va maxsus texnika vositalaridan birgalikda oqilona foydalanish lozim.
7. Ishlatilishi iktisodiy jixatdan maqsadga muvofiq bo’lishi zarur.
O’quv kinosi – o’qitishning eng ko’p tarqalgan texnika vositasi bo’lib, ob’ekt hamda hodisalarni harakatda va rivojlanishda namoyish qilishga, materialni tekshirish va umumlashtirishga, shuningdek, aniq idrok etishdan abstrakt idrok etishga o’tishga imkon beradi. O’quv filmidan o’qituvchi o’quv materialini bayon etishida illyustrasiya sifatida, shuningdek, o’quvchilar uni mutaqil o’rganishi uchun foydalanishi mumkin. Film bilan ishlashning sunggi bosqichida o’quvchilar savollar berishiga imkoniyat yaratish kerak. Javob kaytarishga film materialni yaxshi bilib olgan o’quvchilarni jalb etish lozim.
Diafilm va diapozitivlar, o’quv kinosi kabi, ko’rsatmalilik vositasi hamda o’quvchilar bilimlarining dastlabki manbai bo’lishi mumkin. ko’pincha diafilmdan ko’rsatmalilik vositasi sifatida foydalaniladi, bu holda yassi ko’rsatma qo’llanmalarga



1



2


Yüklə 141,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə