R. D. Shodiyev



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/59
tarix11.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#145061
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   59
httpilmiy.bmti.uzblibfiles116Pedagogik20konfliktologiya.pdf

Passiv usul 

birov bilan dardlashish, uni qalbini qiynayotgan muammo 
haqida suhbatlashishda namoyon bo‗ladi. Ana shu orqali u agressiv holatdan 
chiqadi. Bunday paytda ikkinchi tomon dardu hasratini to‗kayotgan insonni sabr 
toqat bilan tinglashi lozi
m bo‗ladi.
Faol usul 

mazkur usulning asosini faol harakatlar tashkil etadi. Faol 
harakatlanish orqali (jismoniy mehnat, sport bilan shug‗ullanish va shu kabilar) 
inson agressiv holatdan chiqib ketishi mumkin. Buning natijasida insondagi salbiy 
kayfiyat 
o‗rnida ijobiy holat, hayotga qiziqish hissi paydo bo‗ladi. 
Mantiqiy usul 

mazkur usul intellektual mehnatni, tahliliy tafakkurni talab 
qiladi. Hissiyotlarini jilovlay oladigan, o‗z aqliy qobiliyatidan foydalana oladigan 
odamgina mazkur usuldan foydalana oladi. Bunday insonlar muammoning asl 
mohiyatiga e‘tiborlarini qaratib, uni anglash orqali yechish yo‗llarini izlaydilar va 
uni topadilar. Shu sababdan, bunday insonlar agressiyaga berilmaydilar. Ularda 
mantiqiy tahlil asosiy o‗rinni egallaydi.


32 
Konfliktli vaziyat
da g„azab va qa
hr.
 
G‗azab va qa
h
r qanday holatlarda paydo bo‗ladi? Odatda bu ikki tashkil 
etuvchi bir tugunga kelib birlashadi. Suhbatdosh tomonidan bildirilgan biror 
nojo‗ya so‗z yoki noto‗g‗ri harakat kutilmagan norozillikni paydo qilishi,
uning 
natijasida esa konfliktli holat kelib chiqishi mumkin. 
Mazkur ikki tushuncha betaraf holatni aks ettiradi: sizningcha qiziqarli yoki 
unchalik ham qiziqarli bo‗lmagan nimadir sodir bo‗ldi va unga nisbatan sizda 
qandaydir fikr paydo bo‗ladi. Haqiqatan ham bunday fikr bo‗lishi uchun sabab 
mavjud, munosabat bildirish esa aniq kutiladigan holatdir. Shu sababli holatga 
nisbatan bildiriladigan munosabat kutilganidan o‗zgacharoq bo‗lishi mumkin, 
chunki unga nisbatan sizda noxush holat, norozilik, qandaydir salbiy emotsiyalar, 
nafrat paydo bo‗lib, u oxir oqibatda qahr va g‗azabga aylanishi ham ehtimoldan 
xoli emas. Ko‗pincha g‗azab va qahr insonni odatiy holatdagi izidan chiqarib 
yuborish amplitudasiga ega bo‗lib, u qandaydir madaniy yoki etikaga bog‗liq 
bo‗lgan ravishda namoyon bo‗lmaydi. Nafratning otilib chiqishi u insonning 
qayeridadir to‗planib yotgan g‗azab va qahr mavjudligidan darak beradi, 
xitoyliklar bunday paytda ―u jigarda yashaydi‖ degan ibora mavjud. Buni jilovlash 
yo‗llarini izlash lozim, chunki, uni to‗g‗rilamasak munosabatlarimizga aniqlik 
kiritmasak, bunday holat takrorlanaveradi va mazkur kasallik o‗zini namoyon etib, 
bizni noqulay holatga tushiraveradi.
G‗azab va qahr shunday holatki, u g‗azablangan insonga ham, g‗azab 
qaratilgan insonga h
am o‗z ta‘sirini ko‗rsatmay qo‗ymaydi, xususan ikkala 
tomonning sog‗lig‗iga o‗ta kuchli ta‘sir ko‗rsatib, yomon oqibatlarga ham olib 
kelishi mumkin. G‗azabi tez chiqadigan insonlar sog‗lig‗ini erta yo‗qotishi 
meditsinada ko‗p kuzatilgan holatdir. 
Nega shu
nday, u nimalarga bog‗liq?! G‗azab va qahr haqida fikr yuritar 
ekanmiz, ular insondagi oddiy xis-
tuyg‗ular emasligiga ishonch hosil qilamiz. 
Chunki, inson g‗azablanganida uning tanasida ichki qo‗zg‗alish, ya‘ni qon 
bosimining oshishi va natijada organizmda 
kimyoviy o‗zgarishlar yuz beradi. Bu 


33 
o‗z navbatida insonning ma‘naviy, jismoniy, ruhiy holatiga ta‘sir ko‗rsatadi. 
O‗zgarish dastlab insonning miyasida amalga oshadi. Zero, inson miyasi atrofdagi 
bo‗layotgan turli tuman hodisalarni anglangan va anglanmagan holda o‗rganishga 
qodir a‘zodir. Miya har qanday ma‘lumotni tartiblashtirgan holda qabul qiladi.
Barcha xis-
tuyg‗ular singari inson miyasi g‗azab va qahrni ham bir zaylda ushlab 
turishga harakat qiladi.
G‗azab va qahr natijasida miya adrenalin 
moddasini ishlab chiqaruvchi 
bezlarga ma‘lumot beradi, mazkur bezlar miya yetkazayotgan ma‘lumotlarga ko‗ra 
organizmda adrenalin moddasining ajralib chiqishiga sabab bo‗ladi. Tanada 
kutilmaganda adrenalin moddasining ajralib chiqishi sababli yurak urushi tezlashib 
qon bosimida o‗zgarish yuz beradi. Bu esa insonda dizbalansni yuzaga kelishiga, 
odatiy ruhiyati va organizmidagi faoliyatning izdan chiqishiga sabab bo‗ladi.
Ma‘lumki, adrenalin insonga botirlik, qat‘iyatlik, har qanday g‗ovlarga 
qarshi tura olish
, hujumga o‗tish, o‗z
-
o‗zini himoyalash uchun juda zarur bo‗lgan 
moddadir. Tarixda inson g‗animga qarshi kurashayotgan vaqtida adrenalin unga 
kuch bergan, jang tugaganidan keyin esa, adrenalin o‗z ishini bajarganligi sababli 
organizmni tark etgan.
G‗azab 
va qah
r paydo bo‗lganida inson organizmida qanday holat va 
o‗zgarishlar ro‗y beradi? Shunga javob izlashga harakat qilamiz. Taranglik 
vaziyatida g‗azab va qahrni paydo bo‗lishi oqibatida organizmimiz adrelalin 
moddasini ko‗plab ishlab chiqara boshlaydi, na
tijada tanamiz adrenalinga 
to‗yinadi. Organizmga keragidan ortiqcha adrenalinning ishlab chiqilishi oqibatida 
tanamiz uni hazm qila olmay qoladi. Tanamizda adrenalin moddasi to‗planish 
holati yuz beradi va u bizning yashash tarzimizga, sog‗lig‗imizga o‗z ta‘sirini 
o‗tkazmay qo‗ymaydi
Mazkur holatdan g‗azab va qahr natijasida ajralib chiqqan adrenalin moddasi 
tanamizdan qanday chiqib ketishi mumkin va u nimalarga olib keladi? Inson 
organizmidagi ortiqcha adrenalin kutilmagan kasalliklarni keltirib chiqarishi 
mumkin. G‗azab va qahr insonni turli kasalliklarga duchor qilishi: oshqozon 


34 
yarasi, doimiy bosh og‗riqlari, qon bosimini oshib ketishi va shu kabilarni keltirib 
chiqarishi fan va amaliyotda ilmiy nuqtai nazardan isbotlangan holatlardir.
Ana shu sababda
n ham, sog‗lom turmush tarziga amal qiladigan insonlar
sport bilan shug‗ullanadilar, buning natijasida organizmlaridan ortiqcha, zarar 
keltirishi mumkin bo‗lgan adrenalinni chiqarib, organizmdagi balansni 
saqlaydilar.
Demak, qahr va g‗azab mavjud, un
i boshqarish mumkinmi shu haqida 
quyida fikr yuritamiz. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə