R. D. Shodiyev



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/59
tarix11.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#145061
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   59
httpilmiy.bmti.uzblibfiles116Pedagogik20konfliktologiya.pdf

Konflikt signallari 
 
Qachonlardir sizda eshikni qattiq yopib chiqib ketish holati bo‗lganmi? 
Yoki, boshqa bir kishining qo‗pol tanbehini eshitishingizga to‗g‗ri kelganmi? 
Yaqinlaringiz bilan janjal qilganmisiz? Ana shu savollarga siz tasdiq ifodasi bilan 
javob bersangiz, demak siz ―konflikt‖li holat bilan tanishsiz. 
Ana shunday hollarda siz boshqacha yo‗l tutishni istaganmisiz? Hayotingiz 
davomida siz konfliktlar bilan duch kelgansiz va 
unga nisbatan qandaydir ma‘noda 
sizda aniq bir ko‗nikma ham shakllangandir. Balki siz ana shu ko‗nikmalarni 
kengaytirishni istarsiz? Quyida biz ana shular haqida to‗xtalib o‗tamiz. 
Turli talab, qarash va qadriyatlarga ega bo‗la turib, afsuski biz 
konfliktli 
holatlardan qochib qutila olmaymiz. Ularga qanday yondashish lozim? 
Kundalik hayotda ham konflikt paydo bo‗lishi mumkin, xususan, kim 
idishlarni yuvishi, kim atrofni supirib sidirishi yoki tozalashi lozimligidan ham 
konflikt kelib chiqishi ehtimoldan xoli emas. 
Agar insonlar madaniy, ma‘naviy, diniy, siyosiy qarashlarga yoki ular o‗rtasidagi 
farqlarga, millatga nisbatan betoqat bo‗lsalar konfliktni paydo bo‗lishi aniq va u 
og‗ir oqibatlarga olib kelishi shubhasizdir. Xususan, 2018 yil 27 
oktabrda Robert 
Bauers ismli shaxs tomonidan Amerika Qo‗shma shtatl
aridagi Pitsburg shahri 
Sinagogasidagi yahudiy millatidagi insonlarga nisbatan bo‗lgan milliy toqatsizlik 
oqibatida 11 kishi hayotdan ko‗z yumdi. Bu esa milliy
-diniy toqatsizlik va uning 
o
g‗ir oqibatining natijasidir.
Konflikt ba‘zan o‗zgarishlarga stimul va progressga turtki berishi ham 
mumkin. Konfliktlarni bartaraf etish ko‗nikmasining mavjudligi barcha holatlarda 
ularni to‗liq bartaraf etishga kafolat bermaydi, balki ularni bartaraf e
tish uchun 
yangi bilim va imkoniyatlar yaratishi mumkin. 
Konflikt paydo bo‗lganida insonda nimalar yuz berishini qarab chiqamiz. Konflikt 
bostirilsa, yoki noto‗g‗ri bartaraf etilsa nima bo‗ladi? Quyida uning natijasida 
qanday oqibatlar ro‗y berishi mumkinligi ro‗yxatini keltiramiz: xavotir, tashvish, 
sustkashlik, noilojlik, sarosimalik, yolg‗izlik, ishlab chiqarishning pasayishi, 


25 
lanjlik, yashirin nafrat, qutblanish, eskalatsiya, qon bosimining oshib ketishi, 
stress, charchoqlik, betoblik va shu kabilar. 
Ko
nflikt to‗g‗ri bartaraf etilsa nimalar yuz beradi: hamma narsa silliq amalga 
oshadi, osoyishtalik, xursandchilik, energiyaning quyilib kelishi, samaradorlik, 
yengillik, muloqotdan xursandlik, imkoniyatlarni kengligini his etish, ijobiy 
o‗zgarishlar, ijobiy
shaxsiy sifatlarning o‗sishi, o‗zaro yaxshi munosabatlarni 
o‗rnatilishi, sog‗liqni mustahkamlanishi, yaxshi orom va shu kabilar.
Konflikt ba‘zan konflikt ishtirokchisidagi ochilmagan imkoniyatlarni ham 
yuzaga chiqarishi mumkin. Konfliktni qanday bartaraf etishimizga qarab u ijobiy 
yoki salbiy, konstruktiv yoki destruktiv bo‗lishi mumkin. U juda kam hollarda 
turg‗un bo‗ladi, o‗zgarishlar ixtiyoriy vaqtda ro‗y berishi mumkin. Ba‘zan 
konfliktga boshqacha nazar tashlab yoki boshqacha yondashgan holda uning 
yo‗nalishini o‗zgartirishimiz ham mumkin. Hattoki janjal ham vaqtichog‗likka 
aylanishi mumkin. Ammo, konfliktni shu tarzda o‗zgartira olish ham san‘atdir, u 
o‗ziga xos ko‗nikmalarni talab etadi. Insonlardagi fikrlar xilma xilligi va 
manfaatlar to‗qnashuvi hay
otimizning mohiyati va tarzini tashkil etadi, ulardan 
qochishga harakat qilish xatolikdir. 
Konfliktlarni bartaraf etish ko‗pincha bizning hushyorligimizning qanchalik 
yuqoriligiga bog‗liq, chunki, u o‗ziga xos oshkor yoki yashirin signallar orqali 
bizni og
ohlantiradi va biz ularni ―konflikt signallari‖ deb ataymiz. 
Yuqorida ta‘kidlanganidek, konfliktni bartaraf etish uchun dastlab unga 
ochilmagan imkoniyatlar tarzida yondashish va konflikt signallarini paydo 
bo‗lishini nazorat qilib borish lozim. Krizis yo
ki tanglik, keskinlik, 
anglashinmovchilik (nizo), insident va diskomfortni konflikt signallari sifatida 
qaraladi. Ushbu beshta signal noxush holat muqarrarligidan yoki ro‗y 
berganligidan darak beradi. Quyida konflikt signallari haqida batafsil to‗xtalib 
o
‗tamiz


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə