63
qarshimizda turgan odam haqida, ya‘ni, uning moddiy holati, kelib chiqishi,
saviyasi
,
dunyoqarashi, estetik didi, ijtimoiy holati haqida ba‘zi
-bir umumiy
ma‘lumotlarga ega bo‗lishimiz mumkin.
Vaqtga bo‗lgan munosabat
-
inson haqida aniq ma‘lumotlarni
olishga
yordam beradi. Siz uchrashuv uchun qanday vaqtni tanlaysiz? Biror odamni
kutayotgan bo‗lsangiz uni uzoq vaqt kuta olasizmi yoki aytilgan vaqt bo‗lganidan
so‗ng darhol ketib qolasizmi? Tayinlangan uchrashuvga o‗z vaqtida kelasizmi,
yoki kechikib kelasizmi? Bu savollarga beriladigan javob siz qanday odam
ekanligingiz haqida ma‘lum bir qiyofani shakllantiradi.
Siz belgilangan
uchrashuvga kechikib kelsangiz, darhol uzr so‗rab, o‗z aybingizga
iqror
ekanligingizni ko‗rsatsangiz, demak, siz tayinlangan uchrashuvlarga nisbatan
bee‘tibor
kishi emassiz, nimadir sabab bo‗lganki kechikansiz, atayin shunday
bo‗lmagan, kechikish siz uchun odat emas, buning uchun hijolatdasiz.
Agar siz
kechikkanda kechi
rim so‗ramasangiz, siz tarbiya ko‗rmagan, o‗zingizga nisbatan
bahoni yuqori qo‗ygan qo‗pol odamsiz, yoki kutayotgan odam sizning xodimingiz
va siz kimligingizni unga ko‗rsatmoqchisiz. Bundan kelib chiqadiki, vaqtga
bo‗lgan munosabat ham inson tavsifini bel
gilab beradigan omillardan hisoblanadi.
Har bir insonning ijtimoiy ahvolini uning tashqi ko‗rinishidan
bilib olish
mumkin. Insonning ijtimoiy ahvoli, tashqi ko‗rinishi uning qanday sohada faoliyat
yuritishi, oilasidagi yetarlilik, moddiy ta‘minlanganlik h
olatim, shaharda yoki
qishloqda istiqomat qilishligini aniqlashga yordam beradi. Ta‘minotingiz
yaxshiligi haqida uy, mashina, taqinchoq va boshqa
narsalar siz haqingizdagi
umumiy ma‘lumotlarni beradi. Hozirgi zamonda ma‘naviyati yuqori bo‗lgan
ko‗pchilik
oilalarda odmi, zebu-
ziynatsiz, xushbichim o‗ziga yarashgan kiyimlarni
kiyish targ‗ib qilinadi. Zebu ziynatning ortiqchaligi madaniyatsizlik va didsizlik
alomati sifatida baholanadi. Shu narsalar kuzatiladiki, qandaydir yo‗llar bilan tez
boy bo‗lib qolgan odamlar, o‗zini alohidaligini ko‗rsatish
uchun va boylar
qatoridaman deb namoyon qilish uchun ko‗pincha yarashsa yarashmasa turli zebu
64
ziynatlarni taqib olishadi. Odamning tashqi ko‗rinishi uning ijtimoiy mavqeini
aniqlashga imkon beradi.
Dostları ilə paylaş: