65
Yuz ifodalaridagi, ya‘ni mimikadagi o‗zgarishlar, nazar tashlash, ya‘ni ko‗z
qarashlar, qadam tashlash, imo-
ishoralar, qo‗l harakatlarining barchasi tana
harakatlariga tegishli bo‗lib, ular o‗zaro munosabatlar haqida aniq ma‘lumotlarni
taqdim etadi. Mimika juda katta ma‘lumot taqdim etuvchi hisoblanib, hayrat,
esankirash, xursandlik, shodlik, jahl, sevinch,
savol bilan qarash, tushkunlik,
o‗ylanish, g‗azab, xafagarchilik, yig‗i, tangli
k kabi va boshqa hissiyotlar ana shular
jumlasidandir. Xususan, jahlingiz chiqsa va hamsuhbatingiz ―yana jahling
chiqayapti‖ desayu, siz ―jahlim chiqayotgani yo‗q, senga shunday tuyulgandir‖,
desangizda, hamsuhbatingiz sizning so‗zlaringizga emas, balki t
anagizda amalga
oshayotgan xatti-harakatlaringizga qarab turib, nazari tushgan holatga ishonadi.
Shaxsiy makon haqida fikr yuritadigan bo‗lsak, har bir kishining o‗z shaxsiy
makoni mavjud va uni muhofaza qilish esa juda muhimdir. Shaxsiy makonning
himoyala
nganligi insonni muloyim muloqot qilayotganligini ko‗rsatuvchi
xususiyat hisoblanadi. Har bir insonda o‗z shaxsiy makoni mavjudligini
ta‘kidlagan holda mazkur makonga boshqalarning kirishi, ularning qanchalik
aloqadorligiga va yaqinligiga bog‗liqdir. Siz u
chun
notanish kimsa sizga
yaqinlashsa, tabiiy ravishda undan chetlashnishga harakat qilasiz. Agar notanish
kimsa sizning shaxsiy makoningizga tajavvuz qilsa, tabiiyki ko‗nglingizda tahdid
uyg‗onadi, siz himoya vositasi paydo bo‗lib, sezgir torta boshlaysiz
. Bundan,
muloqot jarayonida har bir kishining shaxsiy makoni mavjudligi va unga hech
kimning tahdid qilishga haqqi yo‗qligi tamoyillariga rioya qilishi zarurligi kelib
chiqadi. Birovning shaxsiy makoniga beruxsat kirish, shaxsiga bosim o‗tkazish
-
unin
g xavfsizligiga tahdid ko‗rsatilganligini bildiradi. Shaxsiy makonning tarkibiy
qismlari
–
juda ham yaqin odamlaringiz kira oladigan hudud; do‗stlar, dugonalar,
aka-uka, opa-singillar kira oladigan hudud; ijtimoiy hudud va jamoatchilik
hududlaridan iborat.
Mazkur hududlar madaniyat, tafakkur, dunyoqarashga
bevosita bog‗liq ravishda o‗zgarishi ham mumkin.
Muloqotning eng katta foizi asosan ovoz orqali, ya‘ni so‗zlar, nutq, til orqali
namoyon bo‗ladi. Turli ma‘lumot va his
-
tuyg‗ular ovoz orqali almashinadi.
66
Muloqot qilayotganda har bir kishining taqdim etayotgan ma‘lumoti uning ichki
hissiyotlari bilan bevosita bog‗liq holda ifoda etiladi. Ovoz ma‘lumotni faqatgina
taqdim etishda emas, balki uni taqdim etishning bevosita ishtirokchisi hamdir.
Demak konfliktli
holatlarda nimaga urg‗u berilishi,
ovozni past yoki balandligi,
qanchalik samimiyligiga, ovoz toniga, qanday so‗zlardan foydalanilayotganligiga,
qanday intonatsiyada aytilayotganligi alohida ahamiyat kasb etadi.
Bundan kelib chiqadiki, muloqot jarayonida ovoz ham muhim ahamiyat
kasb etib, konfliktli holatlarni bartaraf etishda tana harakatlari bilan birga har bir
kishi o‗z ovozi va ushbu ovoz orqali taqdim etilayotgan ma‘lumotlarni ham
nazorat qilib borishi lozimdir.
Konfliktli holatlarni bartaraf
etishda tana zabonini to‗g‗ri anglash va
tushunish alohida ahamiyat kasb etadi. Tana zabonini to‗g‗ri tushunib yetmaslik
natijasi sizni murakkab vaziyatlarga tushurib qo‗yishi mumkin
.
Tana zabonini konfliktli holatlarda tatbiq etish yuzasidan bir necha
tavsiyalar berib o‗tamiz:
-
Suhbatdoshingiz bilan o‗rtangizdagi masofa qo‗l yetgulik uzoqlikda
bo‗lsin. Albatta, bu u kishining sizga qanchalik yaqinligiga ham bog‗liqdir.
Shaxsiy makoniga tajovvuz qilmang. Hamsuhbatingiz harakatlarini to‗g‗ri anglash
va tushunishga harakat qiling.
-
Ovozingiz muloyim, samimiy, ishonchli, qat‘iy, ammo tahdidsiz bo‗lishi
lozim. Ovozingiz orqali iliqlik, mayinlik, sabr va qanoat, mehr, qoniqish, ishonch
xislarini uzatishga harakat qiling. Iliqlik ortidan iliqlik, mayinlikning esa mayinlik
olib kelishiga ishoning. ―Yaxshi
gap bilan ilon inidan, yomon gap bilan pichoq
qinidan chiqadi‖ maqolini esda tuting.
-
Qo‗llaringiz qanday ma‘lumotni taqdim etayotganligiga e‘tibor qarating.
Xususan, barmoqlaringiz mushtga tugilgan bo‗lsa,
bu tahdid va hujum belgisidir.
Qo‗llaringizni ko‗kragangizda chalkashtirib olsangiz, bu e‘tiborsizlikdir, bu
―Sening gaplaringni men uchun ahamiyati yo‗q, nima qilishni o‗zim yaxshi
bilaman‖ degani bo‗ladi. Qo‗llaringiz haddan ortiq harakatlantirsangiz
67
ha
msuhbatingiz sizdan o‗zini uzoqroq tutishni afzal ko‗radi, chunki, ixtiyorsiz
unga tegib ketishingiz mumkin.
-
Suhbatdoshingizning ko‗zlariga to‗g‗ri va tik boqing, ularda tahdid
kuzatilmasin. Suhbatlashayotganda boshqa tomonga
yoki boshqa xonaga qarab
o
‗tirmang, yuzma
-yuz turib gapirishga harakat qiling va qarshingizdagi kishiga
ochiq chehra bilan boqing.
-
Suhbatdoshingiz bilan muloqot qilganda unga va uning so‗zlariga e‘tiborli
bo‗ling hamda tana harakatlari bilan tasdiqlab turing.
Xulosa o‗rnida ayti
shimiz mumkinki, keltirilgan misollar har doim ham
vaziyatga monand bo‗lamasligini unutmang. Masalan, agar kimdir qo‗llarini
ko‗kragida chalishtirib turgan bo‗lsa, bu uning uchun qulaydir. Shu bilan birga
sizga kimdir tana zabonida qandaydir ma‘lumot bermo
qchiligiga shubhalanayotgan
bo‗lsangiz, u bilan sekingina munosabatlaringizni oydinlashtirib oling.