R. E. Xoliqova


Prezidentlik boshqaruvining joriy etilishi va Mustaqillik deklarasiyasi qabul qilinishining tarixiy ahamiyati



Yüklə 3,89 Mb.
səhifə8/111
tarix25.10.2023
ölçüsü3,89 Mb.
#130791
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   111
ozbekistonning-eng-yangi-tarixi (1)

Prezidentlik boshqaruvining joriy etilishi va Mustaqillik deklarasiyasi qabul qilinishining tarixiy ahamiyati.


I.A.Karimov o‘z faoliyatining dastlabki kunlaridan yirik davlat arbobi va mohir siyosatchi, bunyodkor va tashkilotchi, katta tajribaga ega bo‘lgan amaliyotchi va teran nazariyotchi sifatida serqirra va samarali faodiyat bilan respublikada millatidan va dinidan qat’iy nazar, odamlar O‘zbekistonni o‘z Vatani deb hisoblashlariga nafaqat da’vat etdi, balki ular uchun shart-sharoit yaratish qayg‘usi bilan yashadi. 1989-yil sentyabrda KPSS MQning navbatdagi plenumida ham I.A.Karimov O‘zbekistoning yangi rahbari sifatida respublikadagi ijtimoiy- iqtisodiy ahvol tang vaziyatga tushib qolganligini alohida ta’kidlab o‘tadi. Biroq, markaz respublikalar milliy manfaatlarini o‘ylashdan yiroq edi. Respublikada sodir bo‘layotgan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar avvadlari markazni qanchalik e’tiboridan chetda qolgan bo‘lsa endilikda ham uni mamlakatda iqtisodiy inqirozlar kuchayib
turgan vaqtda bu hol umuman qiziqtirmas edi. Mana shu vaqtda respublika rahbarining haqiqiy milliy rahbar sifatidagi o‘rni yaqqol namoyon bo‘lgan edi.
Uzoq yillik tarix davomida dunyoning ko‘plab davlatlarida xalqlar millatlarning ozodlik kurashlari tarixida ona xalqining milliy ozodlik kurashiga boshchilik qilgan ko‘plab yo‘lboshchilar ma’lum. O‘zbekiston tarixida ham XX asr 90-yillariga kelib Islom Karimov ham millatning lideri, ulug‘ yo‘lboshchi sifatida maydonga chiqdi. U avvalo respublikadagi tang ahvolni qalban sezgan holda markazdan xoli xalq manfaatlarini ko‘zlab ish olib borish lozimligini anglab, og‘ir va mas’uliyatli vazifalarni hal etishni boshladi. Farg‘ona vodiysida kuchayib ketgan mesxeti-turklari va o‘zbeklar o‘rtasida turli ig‘volar va bo‘xtonlar natijasida boshlangan mojarolarga ehtiyotkorona va bosiqlik bilan, mojarolar ildizini bilib, mojarolar yana kuchayib ketishining oldini olish choralarini belgilagan holda siyosat yuritdi. Uning siyosiy etakchilikka xos fazilatlari, masalaga yondoshish usuli, ijtimoiy-siyosiy jarayonlar borishini o‘ta nozik va chuqur anglay olish salohiyatiga ega ekanligi mana shu erda yaqqol ko‘zga tashlandi. 25-iyun kuni Farg‘ona vodiysiga borgan I.A.Karimov sarosimaga tushgan odamlar bilan chin dildan suhbatlashdi. Xavfsizlik hizmatining qattiq qarshiliga qaramay Qo‘qon shahriga bordi, yo‘l-yo‘lakay bir-ikki joyda to‘xtab, odamlarning ro‘y berayotgan voqealar haqidagi fikrini bilib oldi. Mojarolar tufayli zarar ko‘rganlar savdoga chiqariladigan zahira hisobidan oziq-ovqat bilan ta’minlandi.
Farg‘ona vodiysida tinchlik o‘rnatilgach, sovet davlati milliy siyosati o‘zini oqlay olmaydigan darajada sayoz ekanligini anglagan O‘zbekiston rahbari O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan turli millat vakillarining milliy manfaatlarini himoya qilish, xususan ona Vatanlaridan majburan ko‘chirilgan xalqlarni 74 yil davomida ta’qib ostida ushlagan siyosatdan himoya qilish, ularga milliylik hissini berish, g‘ururni shakllantirish maqsadida respublikada milliy madaniy markazlar tuzish uchun xarakatlarni boshladi. Bu markazlarning faoliyatini muvofiqlashtirib turish maqsadida O‘zbekiston SSR Madaniyat ishlari vazirligi huzurida respublika millatlararo madaniyat markazi tashkil etildi va ularning soni 1989-yilda 12 ta edi. Ushbu markazga milliy madaniy markazlar faoliyatiga rahbarlik qilishi, turli millatlarning urf-odat, diniy qadriyatlarini tiklash va rivojlantirishda ko‘mak berishi asosiy vazifa qilib belgilandi. O‘sha yillari butun mamlakatda bo‘lganidek, milliy madaniy markazlar faoliyatida ko‘p narsalar birinchi marotaba sodir bo‘ldi.
Farg‘ona vodiysida tinchlik o‘rnatilgach, sovet davlati milliy siyosati o‘zini oqlay olmaydigan darajada sayoz ekanligini anglagan O‘zbekiston rahbari O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan turli millat vakillarining milliy manfaatlarini himoya qilish, xususan ona Vatanlaridan majburan ko‘chirilgan xalqlarni 74 yil davomida ta’qib ostida ushlagan siyosatdan himoya qilish, ularga milliylik hissini berish, g‘ururni shakllantirish maqsadida respublikada milliy madaniy markazlar tuzish uchun xarakatlarni boshladi. Bu markazlarning faoliyatini muvofiqlashtirib turish maqsadida O‘zbekiston SSR Madaniyat ishlari vazirligi huzurida respublika millatlararo madaniyat markazi tashkil etildi va ularning soni 1989-yilda 12 ta edi. Ushbu markazga milliy madaniy markazlar faoliyatiga rahbarlik qilishi, turli millatlarning urf-odat, diniy qadriyatlarini tiklash va rivojlantirishda ko‘mak
berishi asosiy vazifa qilib belgilandi. O‘sha yillari butun mamlakatda bo‘lganidek, milliy madaniy markazlar faoliyatida ko‘p voqealar birinchi marotaba sodir bo‘ldi. Bunday markazlar, xususan, polyak milliy madaniy markazi «Svetlitsa Polska», koreys milliy madaniy markazi «Vozrojdenie» (Tiklanish), ozarbayjon milliy madaniy markazi «Gardashlo‘k» (Do‘stlik), nemis milliy madaniy markazi
«Vidergeburt» (Tiklanish, Wiedergeburl), kabilar respublika ijtimoiy-iqtisodiy hayotida, xalqlar o‘rtasida do‘stlik, qardoshlikni mustahkamlashda sharafli xizmatni o‘tadi. Masalan, O‘zbekistonda «Wiedergebiirt» nemis milliy-madaniy markazi 1989-yildan boshlab O‘zbekistonda istiqomat qiladigan nemis xalqi manfaatlarini himoya qilib, o‘sib kelayotgan nemis yoshlariga nemis tili, xalq bayramlari, xalq qo‘shiq va raqslarini o‘rgatishni yo‘lga qo‘ydi. Ushbu milliy- madaniy markaz tashabbusi bilan birinchilardan bo‘lib Rojdestvo –
«Weihnachten» bayramini qayta tiklandi, 1990-yilda Toshkentda nemis Evangelist-Lyuteran cherkovi qayta ta’mirlandi. Respublikaning umumta’lim o‘rta maktablarida tojik, qozoq, turkman va qirg‘iz tilida o‘qitish darajasini kengaytirish, respublika oliy o‘quv yurtlarida qozoq, tojik, qirg‘iz tillarida o‘qitish bo‘limlari va ularni darslik hamda o‘quv ko‘rgazmalari bilan qurollantirish vazifasi ham belgilandi.
Ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosatining jabhalarida O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan xalqlar va ularning manfaatlari bilan bog‘liq masalalar birinchi navbatda turar edi. Shunday vaziyatda tinch hayotni ta’minlash uchun davlatni boshqara oladigan, bo‘lib o‘tgan va o‘tayottan iqtisodiy, siyosiy jarayonlardan to‘g‘ri xulosa millat ravnaqi yo‘li asoslarini boshlab bera oladigan rahbar pecpublika uchun zarur edi. 1989-yil 24-iyunda I.A.Karimov O‘zbekiston rahbari etib saylanishi bilan O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining Farg‘ona vodiysi oblastlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini jadallashtirish masalalariga bag‘ishlangan Kengashda so‘zlangan nutqida: «Hozirgi kunda ko‘pgina odamlar Farg‘ona voqealarning sabablarini turlicha izohlashmoqda. Men ham butun barcha sabablarni sanab ularning eng asosiylarini qayd etmoqchi emasman. Lekin, barcha voqealarining ildizi - Farg‘ona vodiysida yashayotgan aholining og‘ir ijtimoiy- iqtisodiy ahvoli bilan bog‘liq, desam, o‘ylaymanki, ko‘pchilik bu fikrga qo‘shilad», deb alohida ta’kidlab o‘tadi. O‘zbekistonning rahbari sifatida ish boshlagan I.A.Karimov «O‘zbekiston etakchisi sifatida uzoq vaqtlar davomida echilmasdan, gazak oldirilgan kamchilik va nuqsonlar, o‘tkir ijtimoiy muammolarning ildizini ochib tashlaydi, mavjud ayanchli ahvolni tuzatish bo‘yicha Markaz rahbariyati oldinga qat’iy talablarni prinsipial tarzda qayta-qayta qo‘yishdan cho‘chimaydi».
O‘zbekistonning mustaqillikka erishuvi uzoq davom etgan tarixiy jarayonning natijasi bo‘ldi. O‘zbek xalqi qariyib 3000 yillik tariximizda qisqa vaqtgina mustaqil yashagan xolos. Ayniqsa, keyingi oq va qizil saltanatning 130 yil davom etgan hukmronligi o‘z tarixiy davlatchiligiga ega bo‘lgan Turkistonni mustamlaka va qaramga aylantirgandi. Bu zulmatga qarshi kurash goh pinhona, goh oshkora bo‘lsin xalqimiz azal-azaldan o‘z fikri-zikri bilan mustaqil, ozod, erkin yashash uchun tinimsiz intildi.
XX asr 90-yillariga kelib jahon va sobiq Ittifoqdagi o‘zgarishlar, hamda yuzaga kelgan vaziyat o‘zbek xalqining mustaqillik uchun bo‘lgan kurashini tezlashtirib yubordi.
Voqealar jarayoni shu darajada tezlashdiki, I.A. Karimovning siyosati bevosita o‘zbek xalqi xohish-irodasi, sa’y-
harakati bilan qo‘shilib ketib, ittifoq rahbariyatini xiyla talvasaga solib qo‘ydi. O‘zbekiston SSR Oliy Kengashning 1990- yil 24-martida bo‘lib o‘tgan sessiyasida boshqaruv tizimini tubdan isloh qilish, prezidentlik lavozimini joriy etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi va O‘zbekistonda ittifoqdosh respublikalar orasida birinchi bo‘lib prezidentlik

Yüklə 3,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə