R. E. Xoliqova



Yüklə 3,89 Mb.
səhifə9/111
tarix25.10.2023
ölçüsü3,89 Mb.
#130791
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   111
ozbekistonning-eng-yangi-tarixi (1)

lavozimi joriy etildi. Mustaqillikning tayanch nuqtalaridan biri prezidentlik boshqaruvining joriy qilinishi bilan davlat boshqaruvining yangi, zamonaviy va samarali tizimi shakllana boshladiki, Prezidentlik boshqaruvi shu tizimning o‘zagidir.
O‘zbekiston mustaqillik tomon yo‘l tutar ekan, birinchi kunlaridan boshlab, uning boshida Islom Abdug‘aniyevich Karimov turdi. Asrlarga teng Shu qisqa vaqtda erishilgan yutuqlar: mamlakatda o‘rnatilgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy barqarorlik, tarixiy, milliy va diniy qadriyatlarimizning tiklanishi jamiyatda o‘rnatilgan osoyishtalikni, mustaqil O‘zbekiston Respublikasining xalqaro hamjamiyatda tutgan o‘rnining ortib borishini butun xalqimiz, jahonning yirik davlat arboblari Islom Karimov nomi bilan bog‘laydilar.
Demokratik jarayonlarini yanada chuqurlashtirish, siyosiy o‘zgarishlarni takomillashtirish va konstitutsion tizimni mustahkamlash mantiqan tom ma’nodagi mustaqillikni talab etadi va uning zamirida markazga bo‘ysunmaslik, o‘z taqdirini o‘zi belgilash tamoyili yotadi. Shuningdek, davlat hokimiyati va boshqaruvi oliy organlarining o‘zaro aloqasini takomillashtirish-bu bevosita partiya yakkahokimligini bartaraf etish, fuqaro va davlat o‘rtasidagi munosabatlarni yaqinlashtirish demakdir. Bu esa oxir-oqibatda respublikaning o‘z taraqqiyot yo‘lini ishlab chiqadigan va uni amalga oshiradigan Prezident lavozimini joriy qilishni taqozo etdi. Bu tabiiyki, Gorbachev boshliq ittifoq rahbariyatini qattiq tashvishga sola boshlagan edi. Aslini olganda, O‘zbekiston boshqa ittifoqchi respublikalarda kundan kunga tazyiq va zo‘ravonlik oshirayotgan, kam sonli xalqlarga zug‘um o‘tkazilayotgan bir paytda ana shunday dadil siyosat yurita boshlagan edi.
O‘zbekistonning mustaqilligi yo‘lidagi yana bir muhim qadam O‘zbekiston SSR Oliy Kengashning XII chaqiriq ikkinchi sessiyasida (1990-y. 20-iyun) qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi «Mustaqillik Deklarasiyasi»dir. Ushbu Deklarasiyani qabul qilishda respublika Oliy Soveti deputatlari jonbozlik ko‘rsatdilar. «Mustaqillik Deklarasiyasi»da har bir millat o‘z taqdirini o‘zi belgilashi, Deklarasiya qoidasi bilan kafolotlanishi ta’kidlandi. Unda o‘zbek xalqining asrlar davomida qo‘lga kiritgan davlat qurilishi va madaniy
taraqqiyot borasidagi boy tarixiy tajribasi va an’analari hisobga olindi. Deklarasiya 12 moddadan iborat bo‘lib, uning 1-moddasida «O‘zbekiston SSR ning demokratik davlat mustaqilligi respublikaning o‘z hududida barcha tarkibiy qismlarini belgilashda tashqi munosabatlardagi tanho hokimligidir»,-deb, yozib qo‘yilgan. Sessiya qabul qilgan bu «Mustaqillik Deklarasiyasi» xalqimiz tomonidan katta mamnuniyat bilan kutib olindi. Shu kundan boshlab respublikada O‘zbekistonning iqtisodiy va siyosiy hayotiga doir masalalar mustaqil tarzda hal qilina bordi. Bunga misol tariqasida 1991-yil 22- iyulida O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi Prezidiumi qarorida Prezident huzuridagi Vazirlar Mahkamasiga Ittifoqqa bo‘ysunuvchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning O‘zbekiston SSR huquqiy tobeligiga o‘tishi tartibini belgilash vazifasi topshirildi. O‘sha vaqtda Markaz rahbarlari Respublikalar Ittifoqini qanchalik saqlab qolishga urinmasinlar, buning iloji yo‘q edi. Chunki endi eskicha tartib bilan mamlakatni idora etib bo‘lmas, o‘z navbatida ittifoqdosh respublikalarning mustaqillikka bo‘lgan intilishi tobora kuchayib borardi. Biroq Markazni kuchaytirish tarafdorlari boshqa usullardan: namoyishlar o‘tkazish, mitinglar tashkil qilish, hatto g‘ayri konstitutsion yo‘llar bilan davlat to‘ntarishi o‘tkazish bilan bo‘lsa-da, oldingi buyruqbozlik tizimini mustahkamlashga harakat qildilar. Buning aksi sifatida O‘zbekiston hukumati o‘zbek xalqi manfaatlarini hisobga olgan holda o‘zining faol siyosatini davom ettirardi.
Xulosa qilib aytganda, O‘zbekistonda davlat mustaqilligining qo‘lga kiritilishi arafasida hukm surgan chuqur inqiroz holati, o‘sha davrning siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy-madaniy hayoti istiqlolning dastlabki oylari tarixini o‘rganishda ham O‘zbekistonning yangi tarixini yaratishda 1989-1991 yillar davomida respublikada kechgan tarixiy jarayonlarining bevosita guvohi bo‘lgan, ularning markazida turgan inson O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimov «O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida» kitobi muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.
1991-yil 11-yanvarida mamlakat Prezidenti qishloq aholisiga bevosita amaliy yordam berish uchun navbatdagi Farmonga imzo chekdi. Mazkur Farmon 1989- yilda boshlangan haqiqiy yangilanishlarning mantiqiy davomi edi. Prezident imzolagan hujjatda 1991-yilda paxta ekin maydoni qisqartirilishini nazarda tutib, tomorqa maydonlariga 108,5 ming gektar er ajratish ko‘rsatilgan. 1991- yil 14-fevralda O‘zbekiston Oliy Kengashining navbatdan tashqari to‘rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada mamlakat O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimov nutq so‘zladi. Mazkur nutq matbuotda «Murakkab vaziyatda oqilona siyosat yuritaylik» degan sarlavhada chop etildi. Ushbu nutqida O‘zbekiston rahbari Ittifoq shartnomasiga o‘z munosabatini bildirib, O‘zbekistonning bu shartnomaga kirmasligini qayd etib o‘tdi. 1991-yil Navro‘z bayrami arafasida Prezident avf etish to‘g‘risidagi Farmonga imzo chekdi. Ushbu Farmon ham xalq tomonidan zo‘r quvonch bilan kutib olindi. Qolaversa, amnistiyaning o‘sha davrda faqat Ittifoq Prezidenti e’lon qilar edi.

Yüklə 3,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə