R. E. Xoliqova



Yüklə 3,89 Mb.
səhifə40/111
tarix25.10.2023
ölçüsü3,89 Mb.
#130791
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   111
ozbekistonning-eng-yangi-tarixi (1)

Viloyatning ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash harajatlari
Mlrd.so‘mda (2005-2016- yy)



Ko‘rsatkichlar

Yillar

2016 yildan
2010 yilga nisbatan o‘zgarishi

2010

2011

2012

2013

2014

2015

2016

+,-

%

1

Ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab- quvvatlash

558,9

671,4

837,8

962,8

1340,1

1488,2

1657,3

1098,4

296,5




xarajatlari




























1.1.

Maorif

294,8

369

469,1

557,5

869,2

962,8

1098,1

803,3

372,5

1.2.

Sog‘liqni
saqlash

129,6

166,9

209,1

255,9

303,1

342,9

382,6

253

295,2

1.3.

Madaniyat va
sport

2,7

3,7

4,8

6,1

10,5

8

15,4

12,7

570,4

1.4.

Fan

0,2

0,2

0,2

0,5

0,5

0,5

0,6

0,4

300,0

1.5.

Ijtimoiy
ta’minot

3,5

4,3

5,3

6,2

9,8

8,5

10

6,5

285,7

1.6.

Bolali oilalarni hisobga olgan holda ijtimoiy
nafaqalar

128,1

127,3

149,4

136,5

147,1

165,6

150,7

22,6

117,6

2010-2016-yillarda viloyatda ijtimoiy soha va aholini qo‘llab- quvvatlash harajatlari 1098,4 mlrd. so‘mga yoki 2,9 martaga ortgan. Bu davrda ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash harajatlari tarkibida maorif harajatlari – 3,7, sog‘liqni saqlash harajatlari – 2,9, madaniyat va sport harajatlari – 5,7, fan harajatlari – 3,0 ijtimoiy ta’minot harajatlari esa 2,8 martaga ortgan19.


Ayniqsa qator yillar bu boradagi kamchiliklarni aniqlash va bartaraf qilish bo‘yicha amaliy qadamlar qo‘yildi. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Xalq qabulxona»lari va «Virtual qabulxonalari» muhim rol o‘ynadi. 2017-yildan boshlab joriy etilgan xalq bilan faol muloqot olib borish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida respublikamiz shahar va qishloqlariga «Sayyor qabullar» uyushtirilishi yo‘lga qo‘yildi. Jumladan, 2018-yil 1- apreligacha Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika «Jamoatchilik nazorati ishchi guruhi» vakillari mahallalarda ijtimoiy holatni o‘rganish maqsadida Namangan viloyati Pop, Kosonsoy tumanlarida, Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on va Sariosiyo tumanlarida, Farg‘ona shahri va Quva tumanida, Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumanida, Navoiy, Buxoro, Xorazm viloyatlari va Jizzax shaharlarida bo‘lishib, aholini qiynayotgan va «Xalq qabulxona»lariga kelib tushayotgan shikoyatlar echimi yuzasidan sayyor reydlar uyushtirilib ko‘pgina muammolar o‘sha erlarning o‘zida hal etilgan. Ushbu tizim bugungi kunda ijtimoiy muammolarni hal qilishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Bu borada Prezident Shavkat Mirziyoyev 2018-yil 28-dekabrda Oliy Majlisga Murojaatnomasida qayd qilganidek, «Iqtisodiy rivojlanish va ijtimoiy himoya o‘zaro uzviy bog‘liq tushunchalar bo‘lib, ularni bir-biridan ajralgan holda tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ayniqsa, 2019 yil – «Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili»da ijtimoiy sohani yanada rivojlantirish uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirish zarur». Buning uchun quyidagi strategik vazifalarni amalga oshrish lozim, deya qayd etadi Prezident.

19. Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича ҳаракатлар стратегияси тўғрисида”ги ПФ-4947-сонли фармонида белгиланган вазифаларнинг ижросини таъминлаш мақсадида Ўзбекистон Республикаси ҳудудларининг ижтимоий-иқтисодий ривожланишини комплекс ўрганиш натижалари бўйича йиғма таҳлилий материал.”Sano-standart”нашриёти,Тошкент-2017,107


–б.
Birinchidan, aholi o‘rtasida ishsizlikni kamaytirish, odamlar va oilalarning daromadini oshirish lozim. Hukumat bir oy muddatda 2019- yil uchun bandlikka ko‘maklashishning yangi davlat dasturini tasdiqlashi kerak.
Bu borada ishsizlarni kasbga o‘qitish, ularga huquqiy va boshqa maslahatlar berish hamda boshqa ijtimoiy yordam usullaridan keng foydalanish kerak.
Xalqimizning hayot darajasini yuksaltirish uchun mehnatga munosib haq to‘lash tizimini shakllantirish va aholi real daromadlarini oshirishimiz zarur.
Eng kam oylik ish haqi miqdorini belgilash tartibini qayta ko‘rib chiqish, soliq va boshqa to‘lovlarning eng kam ish haqi miqdori bilan bog‘liq bo‘lishiga barham berishligi hamda Vazirlar Mahkamasiga ikki oy muddatda ushbu masalani hal etish yuzasidan kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish vazifasi yuklatildi.
Ikkinchidan, pensiya va nafaqalarni tayinlash va to‘lash tartibini qayta ko‘rib chiqish, pensiya tizimini tubdan isloh qilish zarur. Zero, yangi qabul qilingan Prezident farmoniga ko‘ra, 2019-yil 1-yanvardan boshlab, ishlaydigan barcha pensionerlarga pensiyalar to‘liq miqdorda to‘lanishi belgilandi.
2020-yil O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasida ijtimoiy masalalarga ham alohida ahamiyat qaratdi. YA’ni
«Oxirgi uch yilda “Inson manfaatlari hamma narsadan ustun» degan tamoyil asosida xalqimiz hayotini tubdan yaxshilash bo‘yicha olib borayotgan keng ko‘lamli ijtimoiy islohotlarni davom ettirish xususida fikr bildirdi. Bunda, birinchidan, aholi farovonligini oshirish va uning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish chekka hududlarda, ayniqsa, qishloqlarda aholining aksariyat qismi etarli daromad manbaiga ega emasligini inobatga olish lozim.
Umuman, o‘zbek xalqining tarixiy an’analariga ko‘ra va mustaqillik yillarida olib borilayotgan yangicha islohotlar natijasida aholini ijtimoiy himoya qilish tizimining quyidagi natijalarini qayd qilish mumkin:

  • birinchidan, aholini ijtimoiy himoya qilish, og‘ir sharoitlarda ularga ko‘mak berish, doimo bir birini qo‘llab-quvvatlash o‘zbek xalqiga xos tarixan shakllangan milliy mentalitetning tarkibi qismi bo‘lganligiga guvoh bo‘ldik;

  • ikkinchidan, mustaqillik yillarida sobiq Sovet Ittifoqi hukmronlik qilgan 70 yillik davrda mulkka davlat egaligi, ishlab chiqarish vositalari, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga, mehnatga haq to‘lashning monopoliya tizimiga barham berildi;

  • uchinchidan, o‘sha sovet tuzumi davridagi davlat mulkchiligi tugatilib, tadbirkorlik va kichik biznes sohalariga yo‘l ochilishi kishilariing ijtimoiy turmushini yaxshilash imkonini berdi;

  • to‘rtinchidan, muhtoj oilalarning bozor munosabatlari mohiyatini tushunib etishi natijasida, oila daromadlarini ko‘paytirish imkoniyatlarini qidirishga, to‘q va farovon hayot kechirayotgan oilalarga tenglashishga intilish kuchaya boshladi;

  • beshinchidan, ishonchli ijtimoiy kafolatlarning ta’minlanishi, bozor munosabatlariga o‘tishdagi qiyinchiliklarni yumshatish va yangi sharoitga ko‘nikishga ko‘maklasha boshladi;

  • oltinchidan, bugungi “Yangilanayotgan O‘zbekiston”da 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harkatlar strategiyasiga muvofiq, davlat muhtoj aholini ijtimoiy qo‘llab-

quvvatlash bilan birga, o‘z oilasining farovonligini ta’minlashga intiluvchilarga qulay imkoniyatlar yaratmoqda.
2018-yil 3- fevralda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmonida oilani har tomonlama qo‘llab quvvatlashda xotin qizlarga oilaviy va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish borasida ham anchagina imtiyozlar berilishi ko‘rsatib o‘tilgan20.
Vaholanki so‘nggi yillarda mamlakatimizda xotin-qizlarning davlat va jamiyat boshqaruvidagi faoliyati, ayniqsa iqtisodiy va siyosiy faolligini oshirish masalasida ham ancha o‘sishga erishilgan. Masalan, bugungi kunda mahalliy vakillik organlarida ayollar ulushi 16 % ni, Qonunchilik palatasida 17,5% ni, Senatda esa ularning salmog‘i 15% ni tashkil etmoqda. Ijro organlarida 3.4 %, sud organlarida 22,7 %, ishlab chiqarishda ham oldingi davrlarga nisbatan ikki barobar ortganligining o‘ziyoq ayollarning davlat va jamiyat hayotidagi o‘rni ortib borayotganligini tasdiqlaydi.

Yüklə 3,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə