R. E. Xoliqova



Yüklə 3,89 Mb.
səhifə41/111
tarix25.10.2023
ölçüsü3,89 Mb.
#130791
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   111
ozbekistonning-eng-yangi-tarixi (1)

Aholini arzon uy-joylar, yo‘l transport, muxandislik kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma sohalarining isloh qilinishi. Qishloq joylarda namunaviy uy-joylar qurish dasturlaridan bosqichma-bosqich shahar va posyolkalarda ko‘p qavatli uylar qurishga o‘tiladi. Muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi ham uy-joylarni qurish dasturlari bilan uzviy bog‘liq holda rivojlantirilishi ko‘zda tutiladi. SHu bilan birga, ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun maxsus jamg‘arma tuziladi. Binolar va inshootlar joylashgan er uchastkalarini xususiylashtirishdan tushgan mablag‘lar ana shu jamg‘armada to‘planadi. Bu yangi tizim orqali O‘zbekiston hududlari qiyofasini yanada obod qilishga va aholi farovonligini oshirishga erishildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Murojaatnomasida Markaziy bank, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri rahbarlariga 2019- yilda turmush sharoiti og‘ir bo‘lgan 1 ming 600 nafar xotin-qizlarni imtiyozli kreditlar asosida arzon uy-joylar bilan ta’minlandi. Aholi turmush sharoitini yaxshilash, uni munosib turarjoy bilan ta’minlash, xalqimiz farovonligini oshirish doimo hukumat e’tiborida bo‘lgan. Shu nuqtai nazardan qaraganda mamlakatimizda 2019-yilda ham arzon uy-joylar qurish dasturi izchil davom ettirildi. namunaviy uylarning loyihalarini takomillashtirish, energiyani tejaydigan texnologiyalarni qo‘llash, zamonaviy va arzon qurilish materiallaridan foydalanishga alohida ahamiyat berish nazarda tutildi.
Bunda qurilayotgan uy-joylarning ichki va tashqi konstruksiyalari, qurilish materiallarini maqbul, arzon va sifatli qurilish materiallariga o‘zgartirish, qurilish materiallari ishlab chiqaruvchilarga imtiyoz va preferensiyalar berish orqali qurilish materiallari tannarxi maqbullashtiriladi hamda 2 sotixli 2 va 3 xonali uy- joylarni massivning bosh rejasida joylashtirishda xo‘jalik yo‘lini qayta ko‘rib chiqish orqali narxlar optimallashtiriladi. Qishloq joylarda va fuqarolarning alohida





20 Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Хотин-қизларни қўллаб-қувватлаш ва оила институтини мустаҳкамлаш соҳасидаги фаолиятни тубдан такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида” ги Фармони. “Халқ сўзи” газетасидан 2018 йил. 4 феврал.
toifalari uchun 15000 dan ortiq arzon uy-joylar quriladi. shaharlarda esa 355 ta ko‘p qavatli uylar quriladi.
Ayni paytda yurtimizdagi 34 mingdan ortiq ko‘p qavatli uylarning aniq holatini yana bir bor o‘rganib, bu masala bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish mo‘ljallangan.
Xususan, hukumat zimmasiga dunyodagi yirik megapolislarning uy-joy fondini boshqarish borasidagi tajribasini o‘rgangan holda, renovatsiya dasturini, ya’ni, eskirib qolgan ko‘p qavatli uylar o‘rnida eng zamonaviy sharoitga ega bo‘lgan yangi uylar qurish dasturini ishlab chiqish vazifasi yuklatilgan.
Prezidentimiz Murojaatnomasida kommunal xo‘jalik sohasi uzoq yillardan buyon ko‘plab etilayotgan’tirozlarga
sabab bo‘layotgani alohida ta’kidlangan. Shuni e’tiborga olib Murojaatnomada 2019 -yildan boshlab tarmoqda davlat-xususiy sheriklik bo‘yicha investorlar bilan hamkorlikda ishlar boshlanishi ta’kidlangan. Bu kommunal xo‘jalik sohasida xususiy tadbirkorlikni kengaytirishga keng yo‘l ochib beradi. Hozirgi bosqichda kommunal xo‘jalik ma’muriy tizimida xarajatlar doimo yuqori hisoblanadi. SHuni hisobga olib, uy-joy mulkdorlari shirkatlarida ma’muriy xarajatlarni kamaytirish uchun professional boshqaruv kompaniyalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash zarurligi belgilangan.
Bu tadbir ushbu sohada aholining sifatli kommunal xizmatlari olish imkoniyatini kengaytiradi va 2019- yilda aholini markazlashgan tarmoqlar orqali toza ichimlik suvi bilan ta’minlash darajasini hozirgi 65 foizdan 75 foizga etkazish imkoniyatini yaratadi. Shu nuqtai nazardan Vazirlar Mahkamasi Murojaatnomada ta’kidlanganidek, ikki oy muddatda ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlarni ishlab chiqadi. Bunda
200 ta ichimlik suvi va 24 ta oqava suv tarmog‘ini rivojlantirish loyihalari doirasida 879,4 km. ichimlik suvi va 57,6 km. oqava suv tarmoqlarini hamda 134 ta ichimlik suvi hamda 3 ta oqova suv inshootlarini rekonstruksiya qilish va qurish ko‘zda tutilgan. Shu bilan birga xalqaro moliya institutlari ishtirokida 4 ta ichimlik suvi va 3 ta oqava suv tarmog‘ini rivojlantirish loyihalari doirasida 98 km. magistral, 487 km. ichimlik suvi va 93 km. oqava suv tarmoqlarini hamda 18 ta ichimlik suv va 6 ta oqava suv inshootlarini qurish hamda rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshiriladi.
Qishloq joylarda barpo etilayotgan namunaviy massivlar aholi uchun sifatli yashash sharoitlari va qulayliklar yaratish maqsadida ichimlik suvi, elektr va tabiiy gaz tarmoqlari, ichki yo‘llar va bozor infratuzilmasi ob’ektlari bilan ta’minlanadi. Jahon banki ishtirokida Sirdaryo, Buxoro viloyatlari tumanlarida ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash loyihasi hamda Buxoro va Samarqand shaharlarida kanalizatsiya tizimini rekonstruksiya qilish loyihalari amalga oshirildi.
2019-yilda mamlakatimizni rivojlantirishning eng muhim ustuvor vazifalari to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Parlamentga
Murojaatnomasida hududlarni kompleks rivojlantirish tadbirlarini amalga oshirishda «Qishloq joylarda namunaviy uy-joylar qurish dasturlaridan bosqichma- bosqich shahar va posyolkalarda ko‘p qavatli uylar qurishga o‘tish, muhandislik- kommunikatsiya infratuzilmasi ham uy-joylarni qurish dasturlari bilan uzviy bog‘liq holda rivojlanishi darkorligi ta’kidlandi. Muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi ham uy-joylarni qurish dasturlari bilan uzviy bog‘liq holda rivojlanishini ta’minlashga zamin yaratuvchi 2019-2020 yillarda arzon uy-joy massivlarida tashqi muhandislik tarmoqlari, inshootlari va transport kommunikatsiyalari qurilishi bo‘yicha yig‘ma ko‘rsatkichlar tasdiqlandi.
Dastur doirasida, 2019-yildan boshlab quyidagi yangi namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurilishi amalga oshiriladi: – «Obod qishloq» dasturiga kiritilgan aholi punktlarida, shuningdek, aholisi zich bo‘lmagan va zarur muhandislik-transport kommunikatsiyalari bilan ta’minlanmagan hududlarda 0,02 ga o‘lchamli er uchastkalarida joylashtiriladigan bir qavatli 3 xonali (yonma-yon quriladigan) arzon uylar;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-noyabrdagi «Qishloq joylarda va fuqarolarning ayrim toifalari uchun arzon uy-joylar qurishni kengaytirishga oid qo‘shimcha choratadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-4028 sonli Qarori
«Obod qishloq» dasturiga kiritilgan aholi punktlarida, Shuningdek, aholi zichligi yuqori bo‘lgan va zarur muhandislik-transport kommunikatsiyalari bilan ta’minlangan hududlarda to‘rt qavatli arzon ko‘p kvartirali (2 va 3 xonali) uylar;
Shaharlarda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchilari hamda ichki ishlar organlari xodimlari uchun besh qavatli arzon ko‘p kvartirali (2 va 3 xonali) uylar. Bunda bo‘sh er uchastkalari mavjud bo‘lmagan aholi punktlarida arzon ko‘p kvartirali uylarni qurish yo‘l bo‘ylarida joylashgan yaroqsiz uy-joylar, bino va inshootlarni buzish hisobiga bo‘shagan hududlarda chiziqli-qatorli ko‘rinishda
joylashtirgan holda amalga oshirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyundagi «Obod mahalla» dasturi to‘g‘risida»gi PF- 5467-sonli Farmonida «Obod qishloq» va «Obod mahalla » davlat Dasturini amalga oshirish va unda tadbirkorlar ishtirokiga oid bo‘sh turgan etilayotganr maydonlarini yoki foydalanilmasdan turgan bino va inshootlarni tadbirkor va hunarmandlarga «nol» qiymatda berish hamda uni amalga oshirishda
tashabbuskor tadbirkorlar mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalari «Obod mahalla» jamg‘armasining moliyalashtirish manbalari qilib belgilangan21ligi ushbu tizim qonunchiligidagi muhim voqeadir.
2018-yilda xususan, «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlari borasidagi qurilish va obodonlashtirish ishlariga 3 trillion so‘m mablag‘



21 Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2018 йил 27 июндаги «Обод маҳалла» дастури тўғрисида»ги ПФ- 5467-сонли Фармони. «Халқ сўзи»г азетасидан 2018 йил 28 июн.
yo‘naltirildi. Natijada 416 ta qishloq yangicha qiyofaga ega bo‘ldi. 2019-yilda
«Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlari ijrosi uchun 4 trillion so‘mdan ziyod mablag‘ ajratildi. Bugungi kunda mamlakatimizning urbanizatsiya darajasi 35,5 foizni tashkil etadi. Shuni hisobga olib mamlakatimizda urbanizatsiya darajasini 2030-yilga qadar 60 foizga etkazish bo‘yicha Davlat dasturi ishlab chiqiladi.
2018-yildan boshlab 2 tadan va 2019-2022 yillarda kamida 3 tadan joylarda qurilish, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlarini bajarish, buning uchun mahalliy byudjetlar mablag‘lari hisobidan qishloq ichki yo‘llari va piyodalar yo‘laklarini barpo etish hamda ta’mirlash, yo‘lbo‘ylarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, sanitariya inshootlari va irrigatsiya tizimlarini barpo etish, transport to‘xtash bekatlarini qurish; – xalqaro moliyaviy institutlarning kreditlari hamda korxonalarning o‘z mablag‘lari hisobidan etilayotganlektr ta’minotini yaxshilash, aloqa tizimini modernizatsiya qilish, aholiga suyultirilgan gaz va
ko‘mir yoqilg‘isini uzluksiz etkazib berish; – ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan xizmatlarni tubdan yaxshilashga e’tibor qaratish, bunda bog‘cha, maktab va oilaviy poliklinikalarni qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlarini amalga oshirish hamda tegishli xarajatlarning yarmini respublika byudjeti va maqsadli jamg‘armalar, qolgan qismini etilayotgansa mahalliy byudjet va mahalliy homiylar hisobidan moliyalashtirishga erishildi.
«Obod qishloq dasturi» dastlab Jizzax viloyatining Do‘stlik tumanidagi uy-joylar va infratuzilma ob’ektlari xarob ahvolga kelib qolgan Jizzax viloyati, Do‘stlik tumanidagi «Manas» qishlog‘idan boshlandi. Bu qishloqda olib borilgan keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari natijasida atigi 1,5 oyda qishloq qiyofasi zamonaviy ko‘rinish kasb etib, aholining turmush darajasi, kayfiyati va dunyokarashi o‘zgardi, odamlarda etilayotganrtangi kunga mustahkam ishonch paydo bo‘ldi.
«Obod qishloq dasturi» doirasida 2018-yilning 1-«aprelidan boshlab mamlakatimizning har bir tumani va shahrida, avvalambor olis va tabiiy-iqlim sharoiti og‘ir hududlarda 2 tadan, jami 416 qishloqda aholining yashash va turmush sharoitlarini tubdan yaxshilash, mazkur qishloqlarning qiyofasini zamonaviylashtirish va ularda istiqomat qiluvchilar uchun ish o‘rinlarini yaratishga qaratilgan tadbirlar amalga oshirildi hamda bu maqsadlar uchun 3 trillion so‘mdan ortiq mablag‘lar yo‘naltirildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, «Obod qishloq dasturi» mamlakatimizning 174 tumanida amalga oshirilgan bo‘lib, unga 368 ta qishloq va ovul fuqarolar yig‘iniga qarashli 333 740 ta xonadon va 1 719 978 aholi qamrab olindi
Respublika hayotida aholini ijtimoiy himoyasi,bozor munosabatiga o‘tish davrida ijtimoiy soha,ilm-fan,madaniyat va san’at va boshqa masalalarni hal qilishga qaratilgan nodavlat notijorat tashkilotlar tashkil etildi. Bulardan Ulug‘bek nomidagi respublika iqtidorli yoshlarni qo‘llab quvvatlash jamg‘armasi, «Navro‘z»
hayriya jamg‘armasi, Respublika «Mahalla» hayriya jamg‘armasi, «Mehr-shafqat va salomatlik», «Sog‘lom avlod uchun» hukumatga qarashli bo‘lmagan xalqaro xayriya jamharmasi, «Umid», «Ustoz», «Oltin meros», O‘zbekiston faxriylarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy”jamg‘armasi faoliyat ko‘rsata boshladi.
Bozor iqtisoldiyotining o‘tish davroidagi o‘ziga xos qiyinchiliklar tufayli og‘ir sharoitda bshlgan aholi qatlamlarini vaqtincha bo‘lsa-da ijtimoiy himoyalash maqsadida “Mehr –shafqat va salomatlik”jamg‘armasi tashkil etilgan edi. Jamg‘arma 1996 - yili ijtimoiy yordam sifatida aholiga 332.501 so‘m yordam puli, 1472 kishiga 108460 so‘mlik oziq-ovqat yordami,86200 moddiy yordam,865 nafar fuqaroga 110.776 so‘mlik kiyim – kechak yordami berilgan.
Shuningdek «Mahalla» jamg‘armasi tomonidan ham aholini ijtimoiy himoyalash masalasiga e’tibor qaratilgan.Birgina 2014-yilgacha jamg‘arma tomonidan aholining ma’naviy-axloqiy va ijtimoiy-siyosiy faollligini oshirish,yoshlarni milliy qadriyatlar ruxida tarbiyalash bo‘yicha 280 mingdan ortiq tadbirlar o‘tkazilgan.Kam ta’minlangan oilalar,nogironlar,boquvchisini yo‘qotgan hamda yakka-yolg‘iz keksalarni qo‘llab-quvvatlash uchun jamg‘arma hisobidan 2014-yilda 7 millard so‘m mablag‘ sarflangan.
Hozirda respublika aholisining qariyb 64 foizini yoshlar ,ya’ni 30 gacha bo‘lgan yoshlar tashkil etadi. Shu asnoda mustaqillik yillarida yoshlarning ta’lim olishi ,kasb-hunar egallashi, o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ishlashi va sog‘lig‘ini muhofaza qilishi,oila qurish,yashash joylariga ega bo‘lish kabi o‘nlab hayotiy talablarni davlat tomonitdan kafolatlash va qondirishga qaratilgan keng qamrovli tadbirlar tizimi ishlab chiqildi.
Adliya tomonidan ro‘yxatga olingan yoshlar nodavlat notijorat tashkilotlari bilan bir qatorda 71 ta elektoron,133 ta bosma yoshlar ommaviy axborot vositalari hamda 495 ta nodavlat ta’lim muassasalari kabi fuqorolik jamiyati institutlari faoliyat yuritib kelmoqda.
Respublikada nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan tarixiy madaniy qadriyatlarni tiklash va saqlash borasida ham ko‘plab ishlar amalga oshirilgan. Hozirga kelib 4 ming 308 arxeologik, 2 ming 79 me’morchilik obidalari, 694 san’at asari, 395 diqqatga sazovor joylar, jamim 7 ming 476 moddiy-madaniy meros ob’ektlari davlat himoyasiga olingan.
«Oltin meros» xalqaro xayriya jamg‘armasi sa’yi-harakatlari tufayli amalga oshirilgan ishlar natijasida boy va ko‘hna tarix, nodir va betakror hunarmandchilik, gullab yashnagan shaharlar, noyob qo‘lyozma asarlar haqidja ko‘plab ma’lumotlar qo‘lga kiritildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va tumanlarda jamg‘armaning bo‘limlari tashkil etildi. O‘tgan yillar mobaynida jamg‘arma muzeyi 400 ga yaqin qadimiy qo‘lyozmalar va toshbosma asarlar, 40 dan ortiq kartinalar, arxeologik va hunarmandchilik ashyolarpi bilan boyidi. 100 dan ziyod qadamjo, ziyoratgoh va obidalar obodonlashtiorildi va qayta tiklandi.
Mustaqillik yillarida xotin-qizlarning ijtimoiy muhofazasi va ularni qo‘llab–quvvatlashga ham alohida e’tibor berilgan. 1991-yil 25-fevral Respublika Xotin-qizlar kengashining ikkinchi plenumida ayollarning ijtimoiy, fuqarolik, madaniy va iqtisodiy huquqlarini himoya qiluvchi ilk jamoat tashkiloti O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tashkil etildi.1991-yil 21-iyunda O‘zbekiston
ishbilarmon ayollari «Tadbirkor ayol» assotsiatsiyasi ro‘yxatga olindi. Shundan so‘ng uchinchi yirik nodavlat notijorat tashkilotlardan biri bo‘lgan O‘zbekiston olima ayollari «“Olima » uyushmasi davlat ro‘yxatidan o‘tdi.
O‘zbekistonda xotin-qizlarga bo‘lgan e’tibor tufayli ayollar nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kuchayishi va ularning sonini ko‘payishiga sabab bo‘ldi. 1998-yilda 9 ta xotin-qizlar nodavlat notijorat tashkilotlari tuzilib, 7 tasi davlat ro‘yxatidan o‘tgan bo‘lsa, 1999- yilga kelib 25 ta shunday tashkilot tuzilib, ulardan 19 tasi adliya idoralarida ro‘yxatga olingan.
2000- yilga kelib respublikada ,viloyatlar va Toshkent shahri miqyosida ro‘yxatga olingan 91 ayollar nodavlat notijorat tashkiloti o‘z faoliyatlarini olib bordilar.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, O‘zbekiston mustaqillikga erishgach nogdavlat notijorat tashkilotlari faoliyatiga keng imkonitlar yaratildi. Davlat tomonidan bunday tashkilotlar faoliyatining ham huquqiy, ham iqtisodiy asoslari kafolatlab berildi. Bu esa nodavlat notijorat tashkilotlar sonining ortishi va jamiyat hayotidagi mavjud muammolarni bartaraf etishga o‘z hissasini qo‘shishga imkoniyat yaratdi.


2. O‘zbekiston Respublikasi «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi Qonunning mazmun mohiyati va uning hayotga tadbiq etilishi.


Korrupsiya iqtisodiyot rivoji, chinakam qulay tadbirkorlik va investitsiya muxiti uchun eng asosiy to‘siqlardan biridir.Tahlillarga ko‘ra bu illat jaxon iqtisodiyotiga har yili o‘rtacha 2,6 trillion dollar zarar keltiradi.
Dunyoda korrupsiya darajasini o‘rganuvchi Transprensy international xalqaro tashkiloti indeksida O‘zbekiston oxirgi uch yilda 12 pog‘onaga ko‘tarilgan bo‘lsada, hali bu illat barham topmagan.
Yurtdoshlarimizning fikricha, sog‘liqni saqlash, ta’lim, bank, bojxona, sud, prokratura, ichki ishlar, kommunal xizmat sohalarida,shuningdek,fuqarolarni ishga qabul qilishda korrupsiya keng tarqalgan.
Tahlillarga ko‘ra, sog‘liqni saqlash tizimidagi xarajatlarning 25-30 foizi samarasiz sarflanmoqda,Ko‘plab sohalarda davlat haridlarni amalga oshirish tizimi ochiq oshkora emas.
Davlatimiz rahbari yaqinda Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomada korrupsiyaning oqibatlari bilan kurashishdan ko‘ra barvaqt oldini olishga o‘tish kerakligini ta’kidlab,unga qarshi kurashishga ma’sul bo‘ladigan alohida organ tuzishni talif qilgan edi22.
Korrupsiyaga qarshi kurashishning eng asosiy yo‘li davlat organlari faoliyati va ish jarayonlarini shaffof qilishdir .
Prezident tashabbusi bilan 2017-yilda «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi Qonun va mazkur qonunning qoidalarini amalga oshirish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori hamda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Davlat dasturi qabul qilindi.



22 https://uza.uz/uz/posts/korruptsiyaga-qarshi-kurashish-hamda-jamoatchilik-nazorati-ti-11-02-2020
Jaxon tajribasiga e’tibor beradigan bo‘lsak, «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi Qonunlar Markaziy Osiyo davlatlaridan Qozog‘istonda 1998-yil 2- iyulda, Qirg‘izistonda 2012-yil 8-avgustda,
Turkmanistonda 2014-yil 1-martda, MHD davlatlaridan Ukrainada 2014- yilda, Moldovada 2002-yil 6-iyunda, xorijiy davlatlardan XXR da 2007-yil 1-yanvarda, Buyuk Britaniyada 2010- yilda qabul qilingan.
Respublikamizda qabul qilingan qonun asosida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida aniq maqsadlarga qaratilgan chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan davlat siyosati izchillik bilan amalga oshirilmoqda. Bu borada amalga oshirgan ishlarimiz natijasida korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlar o‘tgan yilga nisbatan 43 foizga kamaydi.
Biz bunday natijalarni korrupsiyaga qarshi kurash borasidagi uzoq va davomli faoliyatimizning dastlabki samarasi deb qabul qilishimiz, bu yo‘lda yanada qat’iy ish olib borishimizni talab etadi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘llaridan biri bu davlat xizmatlari sifatini tubdan yaxshilash, ularning ko‘lamini kengaytirish orqali aholi uchun qulay muhit yaratish va korrupsiyani keltirib chiqaradigan holatlarni kamaytirishdan iborat.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 9 dekabr– Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni munosabati bilan «Biz korrupsiyaga qarshimiz» mavzusida tanlov e’lon qilindi va ushbu tanlov 2018-yilning 1- oktyabridan 1-dekabrigacha o‘tkazildi. Tanlov to‘rt yo‘nalish – eng yaxshi jurnalistik material (teleko‘rsatuv, raioeshittirish, maqola), eng yaxshi blogpost, eng yaxshi ijtimoiy rolik, eng yaxshi insho («korrupsiya – taraqqiyot kushandasi» insholar tanlovi) yo‘nalishlarida g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.23 Olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish maqsadida aholi va tadbirkorlarni o‘ylantirayotgan dolzarb masalalarni har tomonlama o‘rganish, amaldagi qonunchilik, huquqni qo‘llash amaliyoti va ilg‘or xorijiy tajribani tahlil qilish, shuningdek keng jamoatchilik muhokamasi natijasida ishlab chiqilgan hamda quyidagilarni nazarda tutadigan 2017- 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevralda «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi PF-4947-son Farmoni bilan tasdiqlandi.





23 Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Олий Мажлисга Мурожаатномасини ўрганиш ва кенг жамоатчилик ўртасида тарғиб этишга бағишланган ИЛМИЙ-ОММАБОП ҚЎЛЛАНМА, Тошкент, Маънавият, 2019, 242-бет.
Harakatlar strategiyasining 2.4. bandi bevosita Jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimini takomillashtirish masalalariga qaratilgan. Ushbu bandga asosan:
jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi faoliyatni muvofiqlashtirishning samaradorligini oshirish;
korrupsiyaga qarshi kurashishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish va korrupsiyaga qarshi kurashish tadbirlarining samaradorligini oshirish belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-maydagi «O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga karshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF–5729-son Farmoni bilan 2019-2020 yillarda korrupsiyaga karshi kurashish davlat dasturi va Korrupsiyaga karshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasining yangilangan tarkibi tasdiqlandi.
Farmon bilan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatining ustuvor yunalishlari o‘rta muddatli istiqbolda quyidagilardan iboratligi belgilab qo‘yildi:
davlat xizmatchilarini tanlov asosida saralab olish, lavozimga tayinlash va yuqori lavozimlarga ko‘tarishning shaffof tartibiga asoslangan davlat xizmati tizimini shakllantirish, ular uchun cheklovlar, taqiqlashlar, rag‘batlantirish choralari hamda korrupsiyaning oldini olish boshqa mexanizmlarining aniq ruyxatini belgilash;
davlat xizmatchilari daromadlarini deklaratsiya qilish tizimini bosqichma- bosqich joriy etish va ularning ish xaqi etarli darajada bo‘lishini ta’minlash, shuningdek, davlat xizmatini o‘tashda manfaatlar to‘qnashuvini hal etishning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish;
korrupsiya bilan bog‘lik huquqbuzarliklar to‘g‘risida xabar bergan shaxslarni himoya qilishning samarali tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini joriy etish;
aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yanada oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni kuchaytirish;
davlat organlari va tashkilotlarining hisobdorligi va faoliyatining shaffofligini oshirish va boshqalar.
2019-yil 1-iyuldan boshlab davlat organlari zimmaga yuklangan vazifa va funksiyalarni amalga oshirishda yuzaga keladigan korrupsiya xavf-xatarlarini vaqti-vaqti bilan majburiy baholab borishi, uning yakunlari bo‘yicha:
korrupsiya xavf-xatariga eng ko‘p duch keladigan davlat xizmatchilarining faoliyat sohalari va lavozimlari, shuningdek, ularning funksiyalari (vakolatlari)ning ro‘yxatini shakllantirishi;
idoraviy korrupsiyaga qarshi kurashish dasturlari ijrosining har choraklik monitoringini amalga oshirishi va korrupsiyaviy xavf-xatarlarni minimum darajaga tushirish choralarini ko‘rishi belgilandi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Adliya vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi Bosh prokuratura bilan birgalikda yoshlarga korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida huquqiy ta’lim berish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va 2019-yil 1-sentyabrdan boshlab tatbiq etish va umumiy o‘rta, o‘rta mahsus, kasb-hunar ta’limi va oliy ta’lim
muassasalarining o‘quv dasturlarida korrupsiyaga qarshi mavzular yanada kuchaytirilishini ta’minlashi belgilandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 -yil 27 -maydagi PF-5729-son Farmonining 8-bandi ijrosi yuzasidan Oliy ta’lim sohasida «Korrupsiyasiz soha» loyihasini amalga oshirish bo‘yicha tasdiqlangan «Yo‘l haritasi» tasdiqlangan.
«Yo‘l haritasi»da 7 yo‘nalishda (OTM sohasida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha umumiy tashkiliy-amaliy chora-tadbirlar, OTM qabul jarayoni, ta’lim berish va talabalar bilimini baholash jarayonini takomillashtirish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, o‘qishga tiklash, xorijiy davlatlarda berilgan ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni nostrifikatsiya qilish hamda ta’lim tashkilotlarini attestatsiya va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish, OTM faoliyatini takomillashtirish, professor-o‘qituvchilarning ijtimoiy himoyasi hamda ularga qo‘yiladigan talablarni takomillashtirish hamda ta’lim tizimida byudjet mablag‘larining maqsadli sarflanishini ta’minlash) 46 banddan iborat korrupsiyaviy holatlarni bartaraf etish nazarda tutilgan:
Tadbirlarni Davlat byudjeti, oliy ta’lim muassasalarining byudjetdan tashqari mablag‘lari, BMT taraqqiyot dasturi, YUNESKO, Jahon banki, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish belilangan. Chora- tadbirlarda jami 31 ta normativ-huquqiy hujjat (2 ta qonun – Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi va Oliy ta’lim to‘g‘risida, 1 ta Prezident qarori, 23 ta Vazirlar Mahkamasi qarori, 5 ta idoraviy normativ huquqiy hujjat loyihalari) ishlab chiqish, 15 ta amaliy-tashkiliy chora-tadbirlar (1 ta ilmiy tadqiqot, 2 ta tahliliy ma’lumot va 12 ta boshqa tadbirlar) belgilangan.
2019-yil 23-sentyabrda Vazirlar Mahkamasining «Oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 797-son qarori qabul qilinib, oliy ta’lim muassasasi rahbar kadrlarining o‘quv-metodik va ilmiy- pedagogik faoliyati natijalari inobatga olinadigan, ularga muntazam ravishda kasbiy o‘zini o‘zi rivojlantirib borish imkoniyatini beruvchi uzluksiz malaka oshirish tizimi amaliyotga joriy etildi. O‘qitishning zamonaviy usullarini qo‘llash bilan bog‘liq fan va kurslarni kengaytirish maqsadida qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari o‘quv rejalariga 13 ta yangi modul kiritildi.
Respublikada malakali etuk kadrlarni tayyorlash maqsadida ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, kadrlar salohiyatini mustahkamlash, shuningdek ta’lim xodimlarini moddiy rag‘batlantirishga qaratilgan keng qamrovli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Yuqorida ta’kidlanganidek, aynan muhtaram Prezidentimiz tashabbuslari asosida oliy ta’limda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlardan, jumladan sohada korrupsiyaga to‘liq barham berish bo‘yicha ko‘rilayotgan amaliy choralar ham mavjud.
Xususan, keyingi yillarda oliy ta’lim muassasalari soni ortdi.
«2019-yilda mutlaqo yangicha mazmun va shakldagi 4 ta Prezident maktabi, 3 ta ijod maktabi ish boshladi. Oliy ta’limni rivojlantirish uchun o‘tgan yili 19 ta yangi oliy o‘quv yurti, jumladan, 9 ta nufuzli xorijiy universitetning filiali ochildi.
Etakchi xorijiy universitetlar bilan hamkorlikda 141 ta qo‘shma ta’lim dasturi bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi. Oliy ta’lim muassasalariga jami 146 ming 500 nafar yoki 2016-yilga nisbatan 2 barobar ko‘p talaba o‘qishga qabul qilindi».24
Qabul kvotalari 2016-yilga nisbatan oshdi va natijada yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrovi 9 foizdan 25 foizga etdi.
2018-2019-o‘quv yilidan boshlab 52 ta oliy ta’lim muassasasida sirtqi, 9 ta oliy ta’lim muassasasida kechki ta’lim, 43 ta oliy ta’lim muassasasida ikkinchi oliy ta’lim sirtqi shaklda joriy etildi.
Yangi 66 ta ta’lim yo‘nalishi va 48 ta mutaxassislik bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi.
16 ta oliy ta’lim muassasasida 10 ta xorijiy davlatning etakchi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda 33 ta ta’lim yo‘nalishi va 14 ta mutaxassislik bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturi asosida kadrlar tayyorlanmoqda.
2019-yilda oliy ta’limni moliyalashtirishga byudjetdan 1 trln. 289 mlrd so‘m hamda 3 trln. 417 mlrd so‘m kontrakt tushumlarini yo‘naltirish rejalashtirilgan.
Soha xodimlarini moddiy rag‘batlantirish, jumladan ularning uy-joy sharoitlarini yaxshilash, ayniqsa, yosh tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha misli ko‘rilmagan aniq choralar amalga oshirilmoqda.
Ammo ta’kidlash kerakki tahlillar ko‘rsatganidek korrupsiyaga qarshi kurash borasida bir qator masalalar ham mavjud. 2018-yildan o‘tkazilgan «Ijtimoiy fikr» jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi tomonidan o‘tkazilgan so‘rovlarga ko‘ra, korrupsiyaga moyil bo‘lgan sohalar sifatida ta’lim 21,2 foiz ekanligi aniqlangan.
Tahlillar ko‘rsatganidek tizimda korrupsion jinoyatlarning quyidagi ko‘rinishlari uchraydi:

  1. Ta’lim muassasalari mansabdorlarining o‘z shaxsiy manfaatlarini ustun qo‘yib, mansab soxtakorligini sodir etib, soha uchun ajratilgan, tizimning bir maromda faoliyat olib borishi uchun yo‘naltirilishi lozim bo‘lgan byudjet mablag‘larini talon-toroj qilish.

  2. Ta’lim tizimidagi korxona, muassasa va tashkilotlarning xodimlarini ishga qabul qilish, boshqa lavozimga o‘tkazish va shu kabi masalalarni pora evaziga hal qilish.

  3. Ta’lim muassasalari mansabdorlari tomonidan asoslantirilmagan harajatlar uchun pul yig‘ish kabi suiiste’molchiliklar sodir etilishi.

Mablag‘larni asosan muassasani ta’mirlash va boshqa harajatlar niqobi ostida, ba’zi holatlarda esa sodir etilgan jinoyatlarni pora berish yo‘li bilan tekshiruvdan yashirish maqsadida yig‘ish holatlari kuzatilmoqda.

  1. Ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilinishi yuzasidan tuzilgan statistik ma’lumotlarni soxtalashtirish, ta’lim muassasasida tahsil olmagan o‘quvchilarga soxta attestatlarni berish evaziga pora olish, haqiqatda ishlamagan yoki ta’lim muassasasiga umuman aloqasi bo‘lmagan shaxslarni muassasa xodimlari sifatida rasmiylashtirish va boshqa turdagi jinoyatlar sodir etish.






24 Ўзбекистон Республикаси Президенти Ш.М.Мирзиёевнинг 2020 йил 24 январда Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисига Мурожаатномаси.
6. Ta’lim tizimidagi mansabdor shaxslar tomonidan o‘qishga qabul qilish, boshqa o‘quv muassasalariga o‘tkazish evaziga pora olish.
Oliy ta’lim tizimida korrupsiya holatlarining uchrashi, bepul umumiy ta’lim olish borasidagi konstitutsiyaviy huquqlarning buzilishi, ta’lim oluvchilar bilim darajasining tushib ketishi, jamiyatdagi inson salohiyatining kamayishiga olib kelishi mumkinligi, ko‘rsatib o‘tilgan holatlarga alohida e’tibor qaratishni talab etadi.
Ta’kidlab o‘tilganidek, to‘plangan statistik ma’lumotlarning tahlili, sohadagi jinoyatchilik darajasi yuqori ekanligini ko‘rsatmoqda, bu esa o‘z navbatida, sohada korrupsiyaga qarshi kurashish, uni oldini olishga yo‘naltirilgan aniq va qat’iy chora-tadbirlar ishlab chiqilmaganligi, jinoyatlarni sodir etishga imkon berayotgan shart-sharoitlar atroflicha tahlil qilinmaganligi, soha xodimlari o‘rtasida korrupsiya va uning ijtimoiy hayotning barcha sohalariga bo‘lgan salbiy ta’sirini tushuntirishga yo‘naltirilgan targ‘ibot va tashviqot ishlari etarli darajada o‘tkazilmaganligi, tizim xodimlari tomonidan qonunbuzish sodir etilishini oldini oluvchi va bunga doimiy hamda tizimli ravishda qarshi kurashuvchi samarali mexanizm yaratilmaganligining natijasidir.
«Korrupsiyaga qarshi kurashishda aholining barcha qatlamlari, eng yaxshi mutaxassislar jalb qilinmas ekan, jamiyatimizning barcha a’zolari, ta’bir joiz bo‘lsa, «halollik vaksinasi» bilan emlanmas ekan, o‘z oldimizga qo‘ygan yuksak marralarga erisha olmaymiz. Biz korrupsiyaning oqibatlari bilan kurashishdan uning barvaqt oldini olishga o‘tishimiz kerak».25
Ushbu illatga qarshi kurashishdagi yana bir muhim vositalardan biri- jamoatchilik nazorati. Bugungi kunda yurtimizda 10 mingdan ziyod nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyat yuritmoqda. Lekin ularning o‘rni va faoliyati sezilmayapti. Chunki bu tashkilotlar manfaatlarini ifoda etuvchi,davlat bilan ko‘prik vazifasini bajaruvchi yaxlit tizim yo‘q.
Shu bois Prezidentimiz Oliy Majlisga Murojaatnomasida jamoatchilik nazoratini yanada kuchytirish, davlat va jamiyat o‘rtasida o‘zaro yaqin hamkorlik o‘rnatish maqsadida Jamoatchilik palatasi tashkil etish taklifini ham bildirgan edi. Jamoatchilik palatasi aholi fikrini muntazam ravishda o‘rganib borishi, ularning echimini topish bo‘yicha davlat idoralari oldiga aniq vazifalarni qo‘yishi zarurligi ta’kidlandi.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, tizimdagi korrupsion jinoyatchilik va boshqa huquqbuzarliklar ahvolini atroflicha tahlil qilib, ularning sabablari va sodir etilishiga imkon berayotgan shart-sharoitlarni o‘rganib, tizimning har bir sohasini qamrab oluvchi, mavjud yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan huquqbuzarlikka qarshi kurashish va uni oldini olishga yo‘naltirilgan aniq muddatlari va ijrochilari belgilangan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish hamda kelgusida ushbu turdagi davriy rejalarning ishlab chiqilishi va ijrosini ta’minlash lozim.


25 Ўзбекистон Республикаси Президенти Ш.М.Мирзиёевнинг 2020 йил 24 январда Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисига Мурожаатномаси.

  1. Yüklə 3,89 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə