R. E. Xoliqova


O‘zbekistonda davlat hokimiyatining huquqiy demokratik tizimi asoslarining barpo etilishi



Yüklə 3,89 Mb.
səhifə29/111
tarix25.10.2023
ölçüsü3,89 Mb.
#130791
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   111
ozbekistonning-eng-yangi-tarixi (1)

O‘zbekistonda davlat hokimiyatining huquqiy demokratik tizimi asoslarining barpo etilishi.


O‘zbekistonda davlatning boshqaruvni to‘liq monopoliya qilishdan cheklanish va fuqarolik jamiyatini vujudga keltirish, aholi turli tabaqalarining hokimiyat tizimida ishtirok etishini ta’minlashning yana bir yo‘li mahalliy davlat hokimiyatlarini shakllantirish ekanligi e’tirof etildi.
1990-1992-yillari O‘zbekiston Respublikasining yangi Konstitutsiyasi qabul qilingunicha bo‘lgan davrda mahalliy hokimiyat organlari tizimini shakllantirish va ish faoliyatini takomillashtirish maqsadida bir necha huquqiy hujjatlar qabul qilindi.
Bular orasida 1992-yil 4-yanvarda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasida mahalliy hokimiyat organlarini qayta tuzish to‘g‘risida»gi qonun alohida ahamiyat kasb etdi. Bu qonun asosida mahalliy hokimiyat organlari tizimida butunlay yangi organ-hokimlik va hokim lavozimi ta’sis etildi va uning vakillik organlariga boshchilik qilishi tamoyillari belgilab qo‘yildi.
Ijro etuvchi hokimiyat organlarida bog‘liqlikni kuchaytirish maqsadida, viloyatlar hokimlari O‘zbekiston Prezidenti tomonidan, tuman va shahar hokimlari viloyat hokimi tomonidan lavozimiga tayinlanishi va lavozimidan ozod qilinishi hamda bu masalalar tegishli xalq deputatlari Kengashlari tomonidan tasdiqlanishi tartiblari belgilandi. Partiya organlarining qaramligiga tushib qolgan ijro organlari- ijroiya komitetlari tugatildi
Hokimlarning huquqiy vakolatining asosi, avvalo, Konstitutsiyaning 99 va 102 moddalari va yuqorida tilga olingan qonunning 1- moddasida belgilangan.
Konstitutsiya va qonun normalarini umumlashtirsak, hokim tegishli hududda vakillik hokimiyatiga ham, ijro hokimiyatiga ham boshchilik qiladi va ayni paytda Shu erdagi mansabdor shaxs hisoblanadi.
Hokimlar mahalliy hokimiyatni boshqarar ekanlar, ular O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti boshqaradigan yaxlit ijro hokimiyat organlari tizimi tarkibiga kiradi.
Shuningdek «Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida»gi Qonun (1993-yil, sentyabr), «Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlariga saylovlar to‘g‘risida»gi Qonun (1994-yil, may) kabi hujjatlar muhim o‘rin egallaydiki, ular kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etishini huquqiy jihatdan mustahkamlaydi.
Oliy Majlis palatalarining (2005-yil 28-yanvar) majlisida demokratik o‘zgarishlar mahalliy axborot vositalarining mustaqilligi va erkinligini ta’minlamasdan turib mumkin emas deb qayd etdi.
2004-yilning 1-yanvar oyiga ko‘ra mamlakatimizda 571 gazeta, 140 jurnal, 4 axborot agentligi, 85 teleradio va kabel studiyasi, 298 elektron axborot vositalari ishlamoqda.
So‘nggi yillarda demokratik jarayonlarni chuqurlashtirish borasida muhim tadbirlar amalga oshirildi.
2002-yilning 27-yanvarida umumxalq referendumi o‘tkazilib bunda O‘zbekistonda ikki palatali parlamentga o‘tish, Prezident vakolatini besh yildan etti yilga uzaytirish masalalari hal qilindi. II-chaqiriq Oliy Majlisning X-sessiyasi (2002-yil dekabr) «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senat to‘g‘risida», «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida» qonunlar qabul qildi.
2003-yilning 24-25-aprel II-chaqiriq Oliy Majlisning XI-sessiyasi O‘zbekiston respublikasi Konstitutsiyasiga tegishli o‘zragishlar kiritadi. Xususan, Prezident vakolatining bir qismi yuqori palata deb nomlanuvchi Senatga o‘tadi.
Prezident Vazirlar Mahkamasi rayisi lavozimidan voz kechadi; Quyi palata deb nomlanuvchi Qonunchilik palatasida deputatlar doimiy ravishda ish olib boradi.
2004-yilning 26-dekabri va 2005-yilning 9-yanvarida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining ikki palatasi saylovlar bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston fuqarolarining faol ishtiroki va mahalliy
hamda xalqaro tashkilotlar, xorijiy mamlakatlar vakillarining nazoratidan o‘tgan saylov natijasida qonunchilik palatasiga 120 deputatlar saylandi. Bular Xalq demokratik partiyasidan 28 nafar, Liberal-demokratik partiyasidan 41, Fidokorlar milliy demokratik partiyasidan 18, Milliy tikllanish demokratik partiyasidan 11, Adolat sosial demokratik partiyasidan 10 nafar deputatlar saylandi.
12 deputat tashabbuskor guruhlardandir.
Mahalliy hokimiyat organlaridan yuqori palata Senatga har viloyatdan 6 nafardan jami 84 senator va 16 senator Prezident tomonidan ko‘rsatilishi belgilab qo‘yildi.
O‘zbekistonda davlat hokimiyatining huquqiy demokratik tizimi yildan-yilga takomillashib bormoqda, oxirgi yillardagi o‘zgarishlar haqida keyingi mavzuda alohida o‘rganiladi.

  1. Yüklə 3,89 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə