R. E. Xoliqova


Bozor infratuzilmasining shakllanishi qishloq xo’jaligidagi islohotlar, sanoat, avtomobilsozlik sohasining rivojlanishi



Yüklə 3,89 Mb.
səhifə35/111
tarix25.10.2023
ölçüsü3,89 Mb.
#130791
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   111
ozbekistonning-eng-yangi-tarixi (1)

Bozor infratuzilmasining shakllanishi qishloq xo’jaligidagi islohotlar, sanoat, avtomobilsozlik sohasining rivojlanishi.


Tarkibiy islohotlar mamlakatimiz aholisining farovonligi, eng avvalo, uning oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish masalasiga qaratildi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 1990-yili O‘zbekistonga 454,8 ming tonna un, 183,9 ming tonna kartoshka, 1401 ming tonna sut mahsulotlari va shu kabilarni qo‘shni respublikalardan olib kelishga majbur bo‘lingan. Bunday holat sobiq tuzum davrida yuritilgan biryoqlama iqtisodiy siyosatning natijasi edi. Buning evaziga O‘zbekistondan asosan paxta xomashyosini etkazib berish talab qilinardi. Biroq, bunday siyosat mamlakatimiz iqtisodiy xavfsizligi, uning mustaqilligiga juda katta tahdid solar edi.
Yuqorida qayd etib o‘tilgan qaltis vaziyatni bartaraf etish maqsadida mamlakatimiz rahbari tomonidan aholini eng avvalo, oziq-ovqat, xususan, un mahsulotlari bilan ta’minlash vazifasi qo‘yildi. Chunki, mustabid tuzum davrida O‘zbekiston iqtisodiyotini paxta xom ashyosini etishtirishga ixtisoslashtirish Shu darajaga etgan ediki, buning oqibatida 5-6 millionlab gektar dehqonchilik uchun mo‘ljallangan yeri bor mamlakat aholining donga bo‘lgan ehtiyojining atigi 18 foizini qondira olar, qolgan 82 foizini qo‘shni respublikalardan sotib olishga majbur edi. Bu esa nafaqat iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash, balki oddiy oqilona xo‘jalik yuritish nuqtai nazaridan ham mantiqqa zid kelardi.
Shunga ko‘ra, qishloq xo‘jaligida paxta yakkahokimligiga barham berilib, ekin maydonlarining katta qismi don mahsulotlariga ajratildi. Agar mustaqillikka erishilgan yillarda paxta maydonlari respublika umumiy ekin maydonlarining 75 foizdan ko‘proq qismini tashkil etgan bo‘lsa, keyingi davrda paxta yakkahokimligini tugatish va qishloq xo‘jalik ekinlari tarkibini optimallashtirish
chora-tadbirlari olib borilishi natijasida paxta maydonlari deyarli 41 foizga qadar qisqartirildi.
Natijada ozuqabop g‘alla importiga qaramlik barham topib, tez orada yurtimizda g‘alla mustaqilligi qaror topdi. Agar 1991-yilda 4003 ming tonna miqdordagi don mahsulotini import qilishga majbur bo‘lgan bo‘lsak, mustaqillikning dastlabki olti yili ichida bu ehtiyojni keskin ravishda 5,4 barobar qisqartirishga, keyinchalik esa milliy ishlab chiqarish hisobidan qondirishga erishildi. G‘alla ishlab chiqarish hajmi 1990-yildagi 1899 ming tonnadan 2010- yilda 6952 ming tonnaga, 2014- yilda esa 8050 ming tonnaga etdi, ya’ni 4,2 barobar o‘sdi.
2015-yilda ham g‘alla etishtirishda katta natijalarga erishilganligi O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2015 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’urzasida: «Mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida ham chuqur tarkibiy o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Murakkab ob- havo sharoitiga qaramasdan, fermer va dehqonlarimizning fidokorona mehnati va omilkorligi tufayli o‘tgan yili mo‘l hosil etishtirildi – 7 million 500 ming tonnadan ziyod g‘alla, 3 million 350 ming tonnadan ortiq paxta xirmoni barpo etildi.
O‘zbekiston ulkan qishloq xo‘jalik resurslariga ega mamlakat uning asosiy qishloq xo‘jalik ekinlaridan yana biri paxta hisoblanadi. 2011 yillarda butun Markaziy Osiyo mamlakatlari 2 million tonna paxta tolasi etishtirgan bo‘lsa, birgina O‘zbekiston 1 million 400 ming tonna paxta tolasi etishtirgan9.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 dekabrdagi PQ- 4087-son «Paxta xomashyosini etishtirishda tomchilatib sug‘orish texnologiyalaridan keng foydalanish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga oid kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining - «Ingichka tolali paxta etishtirishni samarali tashkil qilish, yangi navlarni ko‘paytirish va rag‘batlantirish mexanizmini joriy etish to‘g‘risida»gi Qarori asosida O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi ingichka tolali g‘o‘za navlari genetikasi, seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalarini va ingichka tolali paxta xomashѐsini tozalash uskunalarini takomillashtirish bo‘yicha davlat ilmiy dasturlari grant loyihalarini ishlab chiqishga hamda paxtachilikni rivojlantirishning yangi innovatsion ilmiy echimini topishga alohida ahamiyat qaratilmoqda.10



9 Холикулова Ҳ,Ю, Мустақиллик йилларида Ўзбекистоннинг ижтимоий-иқтисодий, сиѐсий, маънавий-маданий тараққиѐти.
(Ўқув қўлланма).Жиззах– 2020 йил. 75-бет.
10.Ўзбекистон Республикаси Президентининг 27.12.2018 й. ПҚ-4087-сон «Пахта хомашёсини етиштиришда томчилатиб суғориш технологияларидан кенг фойдаланиш учун қулай шарт-шароитлар яратишга оид кечиктириб бўлмайдиган чора-тадбирлар тўғрисида»ги Қарори.www.lex.uz.
Respublika sabzavot, meva, uzum etishtirish bo‘yicha ham salmokli o‘ringa ega. 2012-yilda O‘zbekistonda yiliga 5 million tonnaga yaqin meva sabzavot etishtirilgan bo‘lsa, 2019- yilga kelib 1,5-2 milliard dollar miqdorida meva-sabzavot mahsulotlari eksport qilinmoqda. Lekin ushbu sohada yiliga 10-15 milliard dollar mahsulot eksport qilish imkoniyati mavjud. Mahsulot tayѐrlash va eksport qilishda- «O‘zagroeksport» aksiyadorlik jamiyati, birjalar, agrofirmalar va ulgurji kompaniyalar katta rol o‘ynamoqda.
2005- yilda Respublikada pilla etishtirish hajmi 60 ming tonnani, 2010- yilda 70 ming tonnani tashkil qilgan. 2019- yil 31- iyul kuni Pillachilik tarmog‘ida chuqur qayta ishlashni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora- tadbirlar to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilinishi pillachilikni rivojlantirishda yangi bosqichni boshlab berdi.
Ushbu qarorga ko‘ra 2022-yil 1- avgustgacha pillachilik korxonalariga 8 turdagi mahsulotlarni AQSh, Evropa Ittifoqi davlatlari va Turkiyaga eksport qilishda havo va temir yo‘llari transportida tashish xarajatlarining 50 foizgacha miqdorini davlat byudjetidan kompensatsiya qilish uchun subsidiya berish, lizing asosida qishloq xo‘jaligi texnikasini xarid qilish, mineral o‘g‘itlar va boshqa material resurslarini etkazib berish bo‘yicha fermer xo‘jaliklari uchun nazarda tutilgan shartlar va tartibni pillachilik korxonalariga ham tadbiq etish, 2020 yil 1 yanvardan tut daraxtlarini g‘ayriqonuniy kesganlik, shikastlaganlik ѐki yo‘q qilganlik uchun undirilgan jarimaning 50 foizi huquqbuzarlik sodir bo‘lgan hududda yangi tut ko‘chatlari ekish uchun yo‘naltirish masalalari nazarda tutilgan.11
Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6- sentyabr kuni 2020-2030 yillarda qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.
Ushbu yig‘ilishda qishloq xo‘jaligi erlarining aniq hisobini yuritish, ulardan foydalanishni takomillashtirish muhimligi qayd etildi. Shundan kelib chiqib, «Davergeodezkadastr» qo‘mitasiga 2021-yil oxiriga qadar respublikaning barcha hududlarida erni hisobga olish ishlarini yakunlash, er hisobini yuritish bo‘yicha yagona elektron bazani yaratish, sohaning eksport salohiyatini oshirish va qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish masalalariga alohida ahamiyat qaratilib, bu boradagi jahon tajribasi tahlil qilindi.12
Istiqlol davrida iqtisodiyotda yangi tarmoqlar – avtomobilsozlik, sellyuloza- qog‘oz, qand-shakar, farmatsevtika va boshqa tarmoqlar vujudga keldi. Respublika sanoatida yuksak texnologiyaga asoslangan va istiqbolli tarmoqlarning, ya’ni mashinasozlik, yoqilg‘i-energetika, kimyo va engil sanoat kabi tarmoqlarning



11Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2019 йил 31 июлдаги “Пиллачилик тармоғида чуқур қайта ишлашни ривожлантириш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги Қарори. www.lex.uz 12.. Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиѐев 6 сентябрдаги 2020-2030 йилларда
қишлоқ хўжалигини ривожлантиришнинг устувор йўналишларига бағишланган йиғилишдаги маърузаси. http://uza.uz/oz/politics/ishlo-kh-zhaligidagi-islo-otlarning-yangi-bos-ichi-belgiland-06-09-2019
hissasi ortib bordi. Natijada, 1995-yilga qadar sanoat ishlab chiqarish hajmi pasayib borgan bo‘lsa, 1996-yildan boshlab sanoat ishlab chiqarish hajmi izchil o‘sib bormoqda (4-rasm).
Ma’lumotlardan ko‘rinadiki, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning yillik hajmi 2000- yilda 1990-yildagiga nisbatan 1,2 barobar, 2010-yilda 3 barobar, 2015- yilda esa 4.4 barobar o‘sdi.
O‘zbekiston iqtisodiyotining tarmoq tuzilishini o‘zgartirishda yangi neft konlari, Mingbuloq va Ko‘kdumaloq konlarining ishga tushirilishi, Buxoro neftni qayta ishlash zavodining qurilishi, Yangi Angren va Tolimarjon GRESlari qurilishining jadallashtirilishi, metall ishlab chiqarilishining ko‘paytirilishi muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin asosiy e’tibor barqaror o‘sish sur’atlarini ta’minlashga qaratildi. Bu borada dastlabki palladanoq mamlakatimiz o‘z taraqqiyot yo‘lini izchil amalga oshirishi natijasida, MDHning boshqa ko‘plab mamlakatlaridan farqli ravishda, ishlab chiqarish va aholi turmush darajasining keskin pasayib ketishiga yo‘l qo‘ymaslikka erishdi.
1991-1995-yillarda YAIMning pasayishi Qozog‘istonda 75,4, Belorussiyada 54,6, Rossiyada 53, Ukrainada 52 foizni tashkil etgan.
O‘zbekistonda mustaqil taraqqiyotning dastlabki yillarida oldingi yillarga nisbatan pasayish kuzatilgan bo‘lsa (1991-1995 yillar davomida o‘rtacha pasayish 18,8%ni tashkil etgan), ilk marta 1996-yilda 1,7% o‘sishga erishildi. O‘tgan 2014- yilda mamlakatimizda islohotlar dasturi davom ettirilib, undan o‘rin olgan muhim chora-tadbirlarning izchil amalga oshirilishi natijasida iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda mutanosiblik yanada mustahkamlandi, iqtisodiyotimiz modernizatsiya va diversifikatsiya hisobidan yuqori sur’atlar bilan rivojlandi. Jumladan, yalpi ichki mahsulotning oldingi yilga nisbatan o‘sish sur’ati 108,1 foizni tashkil etdi.
O‘zbekistonda qabul qilingan, «o‘zbek modeli» deb nom olgan, ijtimoiy yo‘naltirilgan erkin bozor iqtisodiyotiga o‘tishning iqtisodiyotni mafkuradan xoli etish, uning siyosatdan ustunligini ta’minlash, davlatning bosh islohotchi vazifasini bajarishi, qonun ustuvorligiga erishish, kuchli ijtimoiy siyosat yuritish, islohotlarni bosqichma-bosqich va izchil amalga oshirish kabi mashhur besh tamoyilga asoslangan o‘ziga xos yo‘li – bularning barchasi, ayniqsa 2008-yilda boshlangan va hanuz davom etayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davrida o‘zining nechog‘liq to‘g‘ri va hayotiy ekanini isbotladi. O‘zbekistonda 2008-2015-yillar davomida 8 foizdan kam bo’lmagan o‘sish sur’atlariga erishib kelinmoqda.
Iqtisodiyotimiz va jamiyatimiz hayotida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining alohida va muhim o‘rin tutishini hisobga olib, 2013 yilda 2013-2020- yillarda O‘zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish kompleks dasturi qabul qilindi. Ushbu dastur doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar 2014-yilda mamlakatimizda barcha avtomat telefon stansiyalarini raqamli tizimga o‘tkazishni yakunlash uchun zamin yaratdi. Bu esa xalqaro axborot tarmoqlaridan foydalanish tezligini sezilarli darajada oshirish imkonini berdi.
Mamlakatimizda internetdan foydalanuvchilar soni yil sayin ko‘payib bormoqda. Bugungi kunda ular 10 million 200 ming kishidan oshdi yoki
mamlakatimiz aholisining uchdan bir qismini tashkil etmoqda. Respublikamizda internetning o‘tkazuvchanlik darajasi 4 barobar oshirildi, internetga ulanish tezligi esa 1,5 marta ortdi. Shu bilan birga, undan foydalanish narxi 2013-yilga nisbatan 11,6 foizga kamaydi.
O‘tgan yili 500 dan ortiq yangi bazaviy mobil aloqa stansiyalari o‘rnatilishi hisobidan aloqaning ushbu zamonaviy, yuqori texnologiyalarga asoslangan tizimi abonentlari soni qariyb 20 million kishini tashkil etdi, ularga ko‘rsatilayotgan xizmatlar hajmi qariyb 26 foizga ko‘paydi.
Bundan ko‘rinadiki, O‘zbekistonda mustaqil taraqqiyot davrida ko‘p bo‘g‘inli infratuzilmaning yaratilishi va yangi xizmat turlarining rivojlantirilishi zamonaviy iqtisodiyotni shakllantirishning muhim omili bo‘lib xizmat qildi.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2006-yil 16 - maydagi PQ-350-sonli qaroriga binoan ustuvor investitsiya loyihalarini samarali moliyalashtirishni ta’minlash maqsadida tashkil qilingan O‘zbekiston Respublikasining «Tiklanish va taraqqiyot» jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga markazlashtirilgan investitsiyalarning moliyalashtirish ko‘lami yildan-yilga oshib bordi.
Jamg‘arma o‘z faoliyati mobaynida Dehqonobod kaliyli o‘g‘itlar zavodi qurilishi, Xonjiza polimetall konini o‘zlashtirish loyihasi, Qamchiq dovoni orqali «Ohangaron-Pungan» magistral gaz tarmog‘ining qurilishi, «Farg‘ona azot» va «Maksam-Chirchiq» ochiq aksiyadorlik jamiyatlarida yirik ammiak agregatlarining rekonstruksiya va modernizatsiya qilinishi, 500
kVli «G‘uzor» kichik stansiyasi va «Surxon» kichik stansiyasi yuqori voltli liniyasi qurilishi, Pomuq va Dengizko‘l konlarida siqish kompressor stansiyalarining barpo etilishi, Qo‘ng‘irot kompressor stansiyasidagi gaz namini qochirish qurilmasi, Qarshi kaskadi nasos stansiyalarining rekonstruksiya qilinishi, «O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasining havo flotini yangilash loyihalari, 400 ta
«Mersedes-Bens» rusumli yo‘lovchi tashish avtobuslarini xarid qilish loyihalari, Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasida tozalangan metanni qayta ishlash bazasida suyultirilgan sintetik yoqilg‘i ishlab chiqarish zavodini barpo etish, Yangi
«Angren» ko‘mir konini modernizatsiya qilish orqali Angren issiqlik elektr stansiyasining 1-5-sonli energiya bloklarini yil bo‘yi ko‘mir asosida ishlash tizimiga o‘tkazish, Navoiy va Toshkent issiqlik elektr stansiyalarida bug‘-gaz moslamalarini qurish, Toshkent - Samarqand temir yo‘l yo‘nalishida foydalanish uchun «Talgo - 250» yuqori tezyurar elektropoezdlarini xarid qilish, Olmaliq tog‘- metallurgiya kombinatini kompleks modernizatsiya qilish kabi ayrim loyihalarni amalga oshirgan bo‘lsa, hozirda bu loyihalarning ayrimlarini amalga oshirishda faol ishtirok etmoqda.
«Tiklanish va taraqqiyot» jamg‘armasi hal etadigan yana bir muhim vazifa xorijiy investorlar, moliya institutlari va sheriklarni investitsiya loyihalarini birgalikda moliyalashtirish va amalga oshirish maqsadida mamlakatimizga keng jalb etish hisoblanadi. Jamg‘armaning qo‘shma loyihalarda ishtirok etishi Osiyo
taraqqiyot banki, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi, Islom taraqqiyot banki, Xitoy eksport-import banki, Xitoy Davlat taraqqiyot banki, Koreya taraqqiyot banki, boshqa xorijiy moliya institutlari, bank va kompaniyalarning mablag‘lari hisobidan chet el investitsiyasi va kreditlarini jalb etish imkonini berdi.
So‘nggi yillarda qariyb 2 ming kilometr avtomobil yo‘llari, xususan, O‘zbekiston milliy avtomagistrali tarkibiga kiradigan 1,5 ming kilometr uzunlikdagi yo‘l tarmoqlari qurildi va rekonstruksiya qilindi.
Temir yo‘l sohasida 342 kilometr uzunlikdagi yangi «Navoiy-Uchquduq- Nukus-Sultonuvaystog» va 223 kilometrlik «Toshguzar-Boysun-Qumqo‘rg‘on» tarmoqlari barpo etildi. 550 kilometrdan ziyod temir yo‘l liniyalari elektrlashtirildi. Bugungi kunda 27 rusumdagi yuk va engil avtomobillar, avtobuslar, minivenlar hamda 15 turdagi zamonaviy qishloq xo‘jalik texnikalari ishlab
chiqarilmoqda.
Mustaqillik yillarida aholining engil avtomobillar bilan ta’minlanishi 3,5 marta oshgan. O‘zbekistonda har 2-oila yurtimizda ishlab chiqarilgan shaxsiy avtomobilga ega.
Avtomobilsozlik sanoati.
Respublikamiz uchun tamomila yangi bo‘lgan avtomobilsozlik sanoatining tashkil etilishi bilan O‘zbekiston Avtotransport ishlab chiqaruvchilar xalqaro tashkilotining 33-to‘laqonli a’zosi sifatida qabul qilindi. Bugungi kunda avtomobilsozlik sanoati Asaka shahrida AQShning «Jeneral Motors» kompaniyasi bilan hamkorlikda engil avtomobillar ishlab chiqaradigan, Toshkent shahrida Germaniyaning «Daymler Bens» va Samarqand shahrida Yaponiyaning «Isuzu» kompaniyalari bilan hamkorlikda avtobuslar ishlab chiqaradigan hamda Samarqand shahrida Germaniyaning «MAN» kompaniyasi bilan tashkil etilgan yuk avtomobillari ishlab chiqaradigan yangi zavodlarni o‘z ichiga oladi.
Bugun birgina avtomobilsozlik sohasi haqida so‘z yuritadigan bo‘lsak, mamlakatimiz istiqlolga erishgandan so‘ng o‘z faoliyatini boshlagan Asaka avtomobil zavodida yengil avtomobillarning uchta rusumi ishlab chiqarilgan bo‘lib, o‘sha paytda transport vositalari haqida gap ketganda birgina vodiyning Asaka shahri tilga olinar edi. Hozirda esa Toshkent, Samarqand va Xorazm viloyatlari ham O‘zbekiston avtomobil sanoatining markazlari sifatida tilga olinmoqda. Mazkur zavodlar yengil va yuk avtomobillari, maxsus transport vositalarining 100 dan ortiq turlarini ishlab chiqarmoqda. Bu esa o‘tgan davr mobaynida yurtimiz avtomobil sanoati qanday shiddat bilan rivojlanganini ko‘rsatadi.
1996-yil 19-iyul kuni Asakada «O’zDaewooAvto» qo‘shma korxonasining ishga tushirishi bilan mamlakatimiz iqtisodiyotida butunlay yangi - avtomobilsozlik tarmog‘iga asos solindi. Mazkur tarixiy sanadan boshlab, to bugungi kunga qadar Asaka avtomobil zavodida eng zamonaviy standartlarga javob beradigan, qulay, ishonchli va tejamkorligi jihatidan xorijiy avtoulovlar bilan raqobatlasha oladigan avtomashinalar ishlab chiqarilmoqda.
2008-yil mart oyida O‘zbekiston avtomobil sanoati hayotida muhim voqea ro‘y berdi. Zavod negizida «O‘zavtosanoat» aksiyadorlik kompaniyasi va «General Motors» kompaniyasi ta'sischiligida, yangi «GM Uzbekistan» korxonasi tashkil
etildi. Buning natijasida o‘zbek avtomobillari yanada zamonaviy va ko‘rkam avtomobil rusumlari hisobiga kengaya boshladi. «Chevrolet» brendi ostida
«Captiva» rusumli avtmobil ishlab chiqarilishi boshlandi. Shu yilning noyabr oyida esa Asaka avtomobil zavodi konveyeridan o‘zida ko‘rkam va keng interyerni mujassamlashtirgan millioninchi avtomobil - «Lacetti» avtomobili chiqdi.
Qisqa davr ichida zavodda «General Motors» kompaniyasining yana ikki yangi global rusumi - «Spark» va «Kobalt» avtomobillarini ishlab chiqarish o‘zlashtirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2012- yil 22- noyabrdagi
«2013-2015- yillarda Xorazm viloyatining sanoat salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida»gi 1856-sonli qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 21 fevraldagi «Xorazm viloyatida «Damas» rusumli yengil avtomobillarni ishlab chiqarishni tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 51-sonli qaroriga muvofiq viloyatda «GM Uzbekistan» aksiyadorlik jamiyatining Xorazm viloyat filiali - «Xorazm avto» zavodi ishga tushirildi.
2014-yilning birinchi yarmida «Damas» va «Orlando» rusumli avtomobillarni yig‘ish boshlandi. Shu yilning o‘zida 30,7 ming dona «Damas» va «Orlando» avtomobillari ishlab chiqarildi. Bundan tashqari, yurtimizdagi kichik biznes egalari va xususiy tadbirkorlarga qulaylik yaratish maqsadida o‘tgan yilning oxirida «Labo» avtomobilini ishlab chiqarish ham yo‘lga qo‘yildi.
Natijada, 1996-yilda uchta rusumdagi avtomobillarni ishlab chiqarish bilan o‘z faoliyatini boshlagan zavodda bugun o‘n bitta rusumdagi yengil avtomobillar ishlab chiqarilmoqda. Ularning orasida yaqinda avtoishqibozlarga taqdim etilgan
«Nexia» avtomobilining yangi avlodi mamlakatimiz mustaqilligining 25 yilligiga munosib sovg‘a bo‘ldi. Mazkur yangi avtomobil qulayligi, jihozlanishi, xavfsizligi bo‘yicha eng yuqori talablar darajasida ishlab chiqarilmoqda. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, ko‘p yillardan buyon yengil avtomobillarimiz aksariyat kompaniyalar tomonidan o‘tkaziladigan reytinglarda ommabopligi bo‘yicha yuqori o‘rinlarni egallab kelmoqda. Xususan, «Matiz» avtomobili Rossiya bozorlarida ommabopligi va ko‘p sotilgani bilan «Yil avtomobili» degan nomni qo‘lga kiritib kelmoqda.
Avtomobilsozlikni rivojlantirish va uning ishlab chiqarish salohiyatini yuksaltirishda mahalliylashtirish muhim o‘rin tutishi hech kimga sir emas. Bu iqtisodiyotni barqaror taraqqiy ettirish, yangi ish o‘rinlari tashkil etish, ishlab chiqarishga yangi va samarali texnologiyalarni tatbiq qilishni jadallashtirish imkonini beradi.
Agar zavod tashkil topgan 1995-1996- yillarda «O‘z-DongJu», «O‘z-Dong Von», «O‘z-TongXong», «O‘z-SeMyung» kabi 10 ga yaqin qo‘shma korxonalar faoliyat yuritgan bo‘lsa, hozirgi kunda «O‘zavtosanoat» aksiyadorlik kompaniyasi tarkibidagi 35 dan ortiq yirik qo‘shma va mahalliy ishlab chiqarish korxonalari ishlab turibdi. Bundan tashqari, 300 dan ortiq xususiy korxonalar
«O‘zavtosanoat» AK tizimidagi yirik korxonalar uchun zaruriy materiallarni yetkazib bermoqda.
2011-yili O‘zbekistonda «General Motors» korporatsiyasi bilan hamkorlikda dvigatellar ishlab chiqaradigan yangi qo‘shma korxona faoliyati yo‘lga qo‘yilganini ham alohida ta'kidlash joiz. Mahalliylashtirish Dasturi asosida tashkil etilgan «General Motors Powertrain Uzbekistan» qo‘shma korxonasi yiliga 132 mingdan ortiq dvigatel ishlab chiqarish quvvatiga ega. Muhimi Shundaki,
«Yevro-5» Xalqaro ekologik standartlariga to‘la javob beruvchi o‘zimizda ishlab chiqarilayotgan ushbu dvigatellar Asaka avtomobil zavodiga yetkazib berilishi bilan birga, qator xorijiy mamlakatlarga ham eksport qilinmoqda.
Yurtdoshlarimizning g‘urur va iftixoriga aylangan O‘zbekiston avtomobil sanoati haqida so‘z yuritar ekanmiz, transport va logistika xizmatini yangi bosqichga ko‘tarishda ishlab chiqarilayotgan zamonaviy va shinam avtobuslar, kichik hamda o‘rtacha og‘irlikdagi yuk tashuvchi avtomobillar, shuningdek, og‘ir yuklarni tashuvchi katta yuk avtomobillarining alohida ahamiyatga ega ekani hech kimga sir emas.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1 iyun kuni «Avtomobil sanoatini 2017-2021-yillarda yanada rivojlantirish va boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi» qarorni imzoladi. Qisqa davr ichida amalga oshirilgan ishlardan yana biri «O‘zavtosanoat» aksiyadorlik kompaniyasi «O‘zavtosanoat» aksiyadorlik jamiyatiga aylantirildi. Shuningdek, Prezident O‘zbekiston Respublikasi avtomobil sanoatini 2017-2021- yillarda rivojlantirish dasturini tasdiqladi. Dasturga ko‘ra, «O‘zavtosanoat» AJ 2021-yilga qadar tovar mahsuloti ishlab chiqarish hajmini 3 barobarga oshiradi.Ushbu dastur doirasida 800 mln. dollarlik sarmoyalar o‘zlashtiriladi. Shu bilan birga, importning ishlab chiqarish hajmiga nisbatan solishtirma nisbati 12,5 foizga qisqaradi, sanoat korxonalarida mehnat qiluvchilar miqdori esa 1,2 barobarga oshadi.
Prezident GM Uzbekistan AJ avtomobillariga aksiz solig‘i stavkasini 29 foizdan 27 foizga pasaytirdi. Shu bilan birga, bunday pasayish 2017 yilning 1 iyuniga qadar imzolangan, avtomobil qiymatining kamida 85 foiziga to‘langan shartnomalar bo‘yicha realizatsiya qilinuvchi avtomobillarga tegishli bo‘ladi.
Shavkat Mirziyoyev Pskent avtomobil poligonini «O‘zavtosanoat» AJ avtomobillari mintaqaviy sinov bazasini tashkil etishga berdi.
«O‘zavtosanoat» AJning ba’zi korxonalari soliq imtiyozlarini oldi.
«O‘zavtosanoat» AJ tashkilotlariga, istisno tariqasida, 2017-2021-yillarda ishlab chiqariluvchi avtobuslar va yuk texnikasi, o‘rnatilgan va tirkama texnikalar, shuningdek, ularning ehtiyot qismlari
eksporti avvaldan to‘lov qilinmasdan yoki akkreditiv ochmasdan, xaridor bankining kafolati bo‘lgan holda, ko‘rsatilgan mahsulot xaridorlarga yetkazib berilgan kundan boshlab 180 kun ichida tushum tushishi yoki qayta olib kirish sharti bilan ruxsat berildi.
Milliy avtomobilsozlik sanoatiga asos solinishi natijasida

O‘zbekiston o‘z mahsulotlari bilan jahon bozoriga chiqish imkoniyatiga ega bo”ldi. Bugungi kunda quyidagi rusumli avtomobillar O‘zbekistonda ishlab chiqarilmoqda:
1999-yil → «SamAuto» (Samarqand avtomobil zavodi); 2007-yil → «GM Uzbekistan» AJ;
2009-yil → «MAN Auto Uzbekistan»;
2011-yil → «GM Powertrain Uzbekistan» QK; 2017-yil → «Uzbekistan Pejo Sitroen Automotive».
1996-yil Andijon viloyati Asaka shahrida Markaziy Osiyo hududidagi birinchi avtomobil zavodi ishga tushirildi. Shu yildan boshlab bir qancha rusumdagi avtomobillar ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yildi:
1996-yil –Damas, Tico, Nexia; 2001-yil – Matiz;
2002-yil – Nexia Donc; 2003-yil –Chevrolet Lasetti; 2004-yil – Matiz Best;
2006-yil – yangilangan Damas;
2007-yil – Chevrolet Captiva, Epica, Tacuma; 2008-yil – Nexia II;
2010-yil – Chevrolet Spark;
2012-yil – Chevrolet Malibu, Chevrolet Cobalt; 2013-yil – Lasetti II (Gentra);
2014-yil – Chevrolet Orlando.
2015-yil - «Malibu II», «Ravon» brendi ostida Nexia – 3 2018-yil – Chevrolet Tracker
2019-yil - Chevrolet — Tahoe, Traverse, Trailblazer va Equinox modellarini ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi.
Bugungi kunda O‘zbekiston elektrotexnika sohasi ishlab chiqarayotgan maishiy texnikaning 30% dan ortig‘i Rossiyaga eksport qilinmoqda.
«O‘zeltexsanoat» ma’lumotiga ko‘ra, o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilar Rossiyaga asosan xolodilnik, televizor, turli kabellar va yuqori voltli mahsulotlar eksport qilmoqda. Shuningdek, O‘zbekiston mahsulotlari bugungi kunda O‘rta Osiyo, Evropa va Yaqin Sharq mamlakatlariga ham etkazib berilmoqda. Ushbu yilning birinchi choragida soha korxonalari qiymati salkam 26 mln. dollar bo‘lgan mahsulot eksport qilishdi. Bu o‘tgan yilga qaraganda 54% ga ko‘p. E’tibor bering: sobiq tuzumda yuqoridagi mahsulotlarning barchasi bizga chetdan olib kelingan bo‘lsa, bugun esa bu mahsulotlar bizdan chetga eksport qilinmoqda.
2016-yildan boshlab O‘zbekiston milliy tiklanishdan milliy yuksalish tomon yo‘l oldi. Bunda Respublikamiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan, mamlakatni zamonaviy asnoda rivojlantirishga qaratilgan «Harakatlar strategiyasi»da belgilangan ustuvor vazifalar katta ahamiyat kasb etmoqda. Respublikamiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev 22-dekabr 2017-yil Oliy Majlisga Murojaatnomasida mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko’lamli islosotlarga to’xtalib o’tdilar:
2017-yilda iqtisodiyot sohasida zamon talablariga javob beradigan, yangicha ma’no-mazmundagi va samarali islohotlarni amalga oshirish yo‘lida birinchi qadamlarni qo‘ydik.
Iqtisodiyotimizni mutlaqo yangi asosda tashkil etish va yanada erkinlashtirish, uning huquqiy asoslarini takomillashtirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish bo‘yicha qator qonunlar, farmon va qarorlar, puxta o‘ylangan dasturlar qabul qilindi va ular izchil amalga oshirilmoqda.
Mamlakatimizda qisqa muddatda 161 ta yirik sanoat ob’ekti ishga tushirildi. Bu biz uchun kelgusi yilda qo‘shimcha 1,5 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqarish imkonini beradi. Masalan, Toshkent issiqlik elektr stansiyasida bug‘-gaz qurilmasi barpo etildi. Bu esa qo‘shimcha ravishda 2,5 milliard kilovatt elektr energiyasi ishlab chiqarish imkonini beradi. Shuningdek, Navoiy issiqlik elektr stansiyasida ikkinchi bug‘-gaz qurilmasi, Qizilqum bag‘ridagi Avminzo-Amantoy oltin konlari negizida gidrometallurgiya zavodi qurish bo‘yicha ishlar davom etmoqda.
Hozirgi vaqtda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan «Yoshlik – 1», «Yoshlik – 2» konlarini o‘zlashtirishga kirishildi. Sardoba, Markaziy Farg‘ona va To‘palang suv omborlarini qurish bo‘yicha ishlar jadal olib borilmoqda. Bu yirik inshootlar ham, hech Shubhasiz, mamlakatimiz iqtisodiy hayotida muhim voqea bo‘ladi.
Farg‘ona – Marg‘ilon yo‘nalishidagi temir yo‘l tarmog‘i elektrlashtirildi.
Yana bir yirik ob’ekt – Qandim gazni qayta ishlash kompleksi ishga tushirilishi hisobidan 2018 yilda qo‘shimcha ravishda 4 milliard 100 million kub metr tabiiy gazni qayta ishlash, 67 ming tonnadan ziyod kondensat, 106 ming tonnadan ortiq oltingugurt ishlab chiqarish imkoni yaratiladi.
O‘zbekiston iqtisodiyotining lokomotivlaridan biri bo‘lgan Muborak gazni qayta ishlash zavodida kelgusi yili qo’shimcha ravishda 6 milliard kub metr tabiiy gazni oltingugurtdan tozalaydigan bloklar to‘liq faoliyat boshlaydi. Shular qatorida
«O‘zagrotex-sanoatxolding» aksiyadorlik jamiyatida yangi yilda 5 mingdan ko‘proq zamonaviy traktorlar, mingdan ziyod paxta terish mashinasi va 2 mingdan ortiq pritseplar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.
So‘nggi yillarda mamlakatimizda iqtisodiyotnning barch tarmoqlarini jadal rivojlantirishga qaratilgan keng ko’lamli isloxotlar amalga oshirilmoqda. «2017- 2021- yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustivor yonalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi»ga muvofiq, shuningdek, ilg’or xorijiy tajriba, zamonaviy innovasion g’oyalar, ishlanmalar va texnologyalar asosida elektr energetika tarmog’ida davlat boshqaruvining tashkiliy xuquqiy
asoslarini tubdan takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2018-yil 23-oktyabrdagi «Elektr energetikasi tarmogini jadal rivojlantirish va moliyaviy barqarorligini ta’minlash chora – tadbirlari to’grisida»gi qarori hamda soxaga oid boshqa normativ-xuquqiy xujjatlar belgilangan vazifalarni amalga oshirishga muayyan darajada xizmat qilmoqda.
Hozirgi kunda respublika energetika tizimi 37 issiqlik va gidro- elektrostansiyalardan iborat bo‘lib, ularning umumiy quvvati 11 million kilovattni tashkil etadi. U yiliga 55 milliard kilovatt soatgacha energiya ishlab chiqarish imkoniyatiga ega.
Yirik issiqlik elektrostansiyalar, jumladan, quvvati 3 million kilovatt soat Sirdaryo GRESi, quvvati 2,1 million kilovatt Yangi Angren, quvvati 1,86 million kilovatt Toshkent, quvvati 1,25 million kilovatt Navoiy GRESlari respublikamizning asosiy Elektroenergetika manbayi hisoblanadi.
Issiqlik elektrostansiyalaridan tashqari, nisbatan arzon va ekologik toza Elektr energiyasini etkazib beruvchi gidroelektrostansiyalar, jumladan, Chorvoq, Xo‘jakent, Farg‘ona, G‘azalkent va boshqa bir qancha elektrostansiyalar ishlab turibdi.
O‘zbekiston energotizimining Markaziy Osiyo Birlashgan energotizimidagi ulushi 40 foizni tashkil etadi. Respublikamiz elektr tarmoqlari orqali elektr energiyasi Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmanistonga uzatilmoqda.
O‘zbekistonning jahondagi ko‘plab mamlakatlar bilan tashqi iqtisodiy aloqalari kengayib mustahkamlanib bormoqda. Dastlabki davrda jahonning 35 mamlakati bilan savdo-iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risida bitim tuzilganligi va bir qancha jahon banklari bilan shartnomaning imzolanishi O‘zbekistonning xalqaro savdo va xorijiy investitsiyalardan unumli foydalanish uchun shart-sharoitlarni yaxshiladi.
«Ayni shu asosda amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida 2017- yilda barqaror iqtisodiy o‘sish sur’atlari 5,5 foizni tashkil etdi, eksport hajmi qariyb 15 foizga ko‘paydi. Tashqi savdo aylanmasining ijobiy saldosi 854 million dollarga etdi».
Milliy valyutamizni erkin konvertatsiya qilishga kirishdik. Yuridik va jismoniy shaxslar xorijiy valyutani tijorat banklaridan cheklovsiz sotib olish va erkin sotish imkoniga ega bo‘ldi. Chet el valyutasining oldi-sotdi operatsiyalari hajmi liberalizatsiya davriga nisbatan 1,5 barobar oshib, o‘rtacha 1,3 milliard dollarni tashkil etdi. Shu bilan birga, davlatimizning oltin-valyuta zaxiralari yil davomida 1,1 milliard dollarga ko‘paydi.
Joriy yilda mamlakatimizda 12 ta erkin iqtisodiy va 45 ta sanoat zonasi faoliyati yo‘lga qo‘yildi va bu tashkiliy choralar hududlarni jadal rivojlantirish imkonini bermoqda. Yaqin vaqt ichida yana 50 ta yangi sanoat zonasini tashkil etish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.
Yil davomida biz uchun g‘oyat muhim bo‘lgan yangi ish o‘rinlarini tashkil etish masalasi doimiy e’tiborimiz markazida bo‘ldi. 2017-yilda yangi sanoat korxonalarini qurish, xizmat ko’rsatish ob’ektlarini ishga tushirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish hisobidan 336 mingdan ziyod yangi ish o‘rinlari tashkil etildi.
O‘z-o‘zidan ayonki, biz aholi bandligini ta’minlashni o‘z oldimizga ustuvor vazifa qilib qo‘ygan ekanmiz, bu masalaga nafaqat son, balki sifat jihatidan ham alohida ahamiyat berishimiz zarur”.

  1. Yüklə 3,89 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə