R. E. Xoliqova


Makroiqtisodiy barqarorlik



Yüklə 3,89 Mb.
səhifə36/111
tarix25.10.2023
ölçüsü3,89 Mb.
#130791
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   111
ozbekistonning-eng-yangi-tarixi (1)

Makroiqtisodiy barqarorlik.


Makroiqtisodiy barqarorlik (macroeconomic stability), bu milliy valyuta almaShuv kursining, soliq stavkalari va bojxona bojlarining va xo‘jalik sohalarining barqarorligidir. Barqarorlik ishsizlikning past darajasini va iqtisodiy o‘sishni ta’minlanishi hisoblanadi. Bu hokimiyatning kuchayishi, jamiyat hayotining har jabhasida qonunlarning so‘zsiz amal qilishi va mamlakat oltin- valyuta zaxirasining o‘sishi orqali ta’minlanadi. «Barqaror iqtisodiy o‘sish» makroiqtisodiy barqarorlik tuShunchasi bilan chambarchas bog‘liq. Barqarorlik – ma’lum bir tizimning tashqi ta’sirlar ostida joriy holatini saqlash qobiliyati hisoblanadi. Makroiqtisodiy barqarorlik esa bu resurslardan foydalanish va aholi turmush darajasi o‘rtasidagi uzoq muddatli muvozanatining saqlanishidir.
Xalqaro ekspertlar tomonidan mamlakat miqyosida makroiqtisodiy barqarorlikning ta’minlanganlik darajasi quyidagi omillar yordamida baholanadi:

  • iqtisodiy o‘sish;

  • to‘la bandlik;

  • ichki narxlarning barqarorligi (past darajada inflyasiya);

  • milliy valyutaning barqarorligi;

  • barqaror to‘lov balansi;

  • davlat byudjeti defitsiti YAIMga nisbatan 3 foizdan oshmaganligi;

  • mamlakat aholisi orasida daromadlarning odil taqsimlanish darajasi va boshqalar.

Respublikamizda makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, valyuta bozorini erkinlashtirish, yuqori likvidli tovarlarni sotishning bozor usullarini joriy etish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar aholining keng qatlamlarini tadbirkorlik faoliyatiga faol jalb qilish uchun qulay shart-sharoitlar hamda iqtisodiy islohotlarni izchil davom ettirish uchun mustahkam zamin yaratdi.
Biroq jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi o‘z imkoniyatlarimizni mavjud omillarimizni va resuslarimizni yana bir bor jiddiy ravishda ko‘rib chiqib aniq istiqbolni belgilashni taqozo etmoqda. Birinchi Prezident I.A.Karimovning «Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etish yo‘llari va choralari» deb nomlangan konseptual ahamiyatga ega bo‘lgan kitobi ayni ana Shu masala va umumdunyoviy muammoning ilmiy nazariy hamda amaliy tahlili natijasida O‘zbekistonda 2009- 2012- yillarda Jahon iqtisodiy inqirozi oqibatlarini bartaraf etish mamlakatimiz barqaror rivojlanishini ta’minlash va ijtimoiy iqtisodiy taraqqiyotida aniq maqsadlarni ko‘zlagan rejalarni amalga oshirishga doir dastur ishlab chiqildi.
Inqirozga qarshi dastur quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshirildi.
Birinchidan-korxonalarni modernizatsiya qilish texnik va texnolgik qayta jihozlashni yanada jadallashtirish zamonaviy moslaShuvchan texnologiyalarni keng joriy etish orqali.
Ikkinchidan-joriy konyuk’tura keskin yomonlashib borayotgan hozirgi sharoitda eksportga mahsulot chiqaradigan korxonalarning tashqi bozorlarda raqobat bo‘lishini qo‘llab quvvatlash bo‘yicha konkret chora-tadbirlarni amalga oshirish va eksportni rag‘batlantirish uchun qo‘shimchalar omillar yaratildi.
Uchinchidan-qat’iy tejamkorlik tizimini joiriy etish ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxini kamaytirishni rag‘batlantirish hisobidan korxonalarning raqobatbardoshligini oshirishga keng e’tibor qaratildi.
To‘rtinchidan-elektorenergetika tizimini modernizaiya qilish energiya iste’molini kamaytirish va energiya tejashning samarali tizimini mamlakatda keng joriy etildi.
Beshinchidan-jahon bozorida talabni rag‘batlantirish orqali mahalliy ishlab chiqaruuvchilarni qo‘llab-quvvatlashga doir keng ko‘lamli mahalliylashtirish Dasturi qabul qilindi.
Mazkur dasturda iqtisodiyotning real sektori bazaviy tarmoqlari korxonalarini qo‘llab –quvvatlash ularning barqaror ishlashlashini ta’minlash va eksport salohiyatini yanada oshirishda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini soliqlar vositasida rag‘batlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Jumladan oziq-ovqat va boshqa istemol tovarlari ishlab chiqarishni kengaytirishni rag‘batlantirish bo‘yicha qabul qilingan dasturlarda mamlakatimiz ishlab chiqarish korxonalari uchun keng ko‘lamli rag‘batlantirish tizimi nazarda tutilib ular uchun 2012- yilining 1 yanvarigacha qator soliq va bojxona imtiyozlari berildi.
Jahon bozorida mamlakatimiz eksport qiladigan ayrim mahsulotlarga talab pasaygan sharoitda ichki bozorda talabni rag‘batlantirish orqali mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab quvvatlash iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlarini saqlab qolishda muhim ahamiyat kasb etdi. Shu nuqtai nazardan ishlab chiqarishin mahalliylashtirish dasturi doirasidagi loyihalar hajmini 3-4 barobar ko‘paytirish belgilab olindi.
O‘zbekiston Birinchi Prezidenti I.A.Karimov shunday degan edilar:-
«Bugungi kunda o‘tgan yillarda to‘plangan tajribalarga tayanib shuni aytish mumkinki bozor iqtisodiyotining samarali faoliyatini zamonaviy keng tarmoqli texnik jihatdan mukammal bank-moliya tizimisiz tasavvur qilish mumkin emas. Men bu tizimni bozor infratuzilmasining asosi bosh tayanchi degan bo‘lur edim.
Bugungi kunda bank tizimini islox qilish ularga yanada ko‘proq mustaqillik berish banklarning o‘z aktivlarini va ustav fondini ko‘paytirish sarmoyalash imkoniyatlarini oshirish muammolariga katta e’tibor berayotganimiz bejiz emas albatta.
Nega deganda bank kapitali orqasida o‘z aktivlarining ko‘payishidan banklarni samarali ishlashidan foyda ko‘rishidan manfaatdor bo‘lgan haqiqiy mulkdorlar turishi ayniqsa ulkan ahamiyatga ega».
O‘zbekistonda mustaqil bank tizimini yaratish bo‘yicha eng asosiy tadbir – 1991-yilda O‘zbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi qonuni qabul qilinishi hisoblanadi. Bu esa o‘z navbatida respublikada ikki
pog‘onali bank tizimining yaxlit qoidalarini shakllantirish, Shuningdek bank tizimida sog‘lom raqobat munosabatlarini faollashtirishning qonunchilik poydevorini yaratishga asos bo‘ldi. SSSR Davlat bankining tarkibiy bo‘linmasi hisoblangan, ayni vaqtda kredit va hisob-kitob operatsiya muassasasi vazifasini bajarib kelgan sobiq respublika Davlat banki tugatildi. Markaziy bank zimmasiga federal rezerv tizimiga xos bo‘lgan vazifalar yuklatildi. Davlat Shu bilan bir qatorda tijorat banklarining rivojlanishiga ham yordam berdi. Sobiq, tarmoq doirasida ish yurituvchi davlat banklari tugatildi. Agrosanoat banki va Sanoat- qurilish banki ixtisoslashtirilgan aksiyadorlik-tijorat banklariga aylantirildi. Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki tuzildi.
O‘zjamg‘armabankka (hozir – Xalq banki) kredit-moliya muassasasi maqomi hamda kredit resurslaridan jismoniy va yuridik shaxslarga qarz berish uchun foydalanish, shuningdek, kredit resurslarini banklararo pul bozorida kim oshdi savdosi orqali sotish huquqi berildi.
Ixtisoslashtirilgan aksiyadorlik-tijorat banklari-«G‘allabank»,
«Mevasabzavotbank», «Tadbirkorbank», «Savdogar» va boshqa banklar tuzildi. Bu banklar tadbirkorlik ishlariga xizmat qiladi, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish, iste’mol bozorini eng zarur tovarlar bilan boyitish manfaatlarini ko‘zlab investitsiyalar uchun mablag‘ beradi.
O‘zbekistonda ikki pog‘onali bank tizimini tashkil qilishga 1988-yildan boshlab kirishilgan bo‘lsada, bu maqsadning to‘liq amalga oshirilishiga 1994- yildan boshlab sharoityuzaga keldi. Bu davrga kelib Markaziy bankning tashkiliy tarkibiy asosi, faoliyat olib borish uslubi o‘zgardi, tijorat banklarning soni va ular bajaradigan operatsiyalar salmog‘i oshib bordi. Bu bosqichda kreditdan foydalanish masalasida keskin o‘zgarishlar yasaldi, tarmoqlar, birlashmalar, korxonalar, avvalo o‘z kuchiga ishonishlari iqtisodiy barqarorlik omillaridan biri etib belgilandi .
Mazkur Qonunga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tuzilib, uning zimmasiga respublikada pul muomalasini tartibga solish, tijorat banklari tizimini vujudga keltirish va to‘lov tizimini tashkil etish vazifalari yuklatildi. Bu vazifalarni bajarish uchun Markaziy bankda pul-kredit va valyuta siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishga, tijorat banklari faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishga, hisob-kitoblar va to‘lov tizimini rivojlantirishga xizmat qiluvchi bo‘linmalar tuzildi.
Iqtisodiyotning turli tarmoqlarini moliyalashtirish esa yangidan tuzilgan ixtisoslashtirilgan tijorat banklariga yuklatildi. Shunga muvofiq ravishda, tijorat banklari ham o‘zlarining ichki tarkibiy bo‘linmalarini qayta tuzish va rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqishga kirishdilar.
Shuningdek, xalqaro moliya tashkilotlari va xorijiy banklar tajribalarini inobatga olib, hamda mustaqil mamlakat pul-kredit siyosatini butunlay yangitdan izga solish maqsadida Markaziy Bank to‘g‘risida banklar va banklar faoliyati to‘g‘risida alohida Qonunlar ishlab chiqish zaruriyati vujudga keldi.
Mamlakatimizda keyingi yillarda iqtisodiyotni barqarorlashtirishga qaratilgan muhim tadbirlardan biri bu pul muomalasini mustahkamlash valyuta
munosabatlarini tartibga solish bo‘ldi. Bu iqtisodiy mustaqillikning asosiy shartlaridan biridir.
O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov 1993-yil 7-mayda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi sessiyasida nutq so‘zlarkan «Mustaqil davlat boshqa davlatlardan ayri tarzda iqtisodiy hur bo‘lishi uchun o‘z puliga o‘zining milliy valyuta siga ega bo‘lmog‘i kerak. ..Bu iqtisodiy mustaqillikning asosiy shartlaridan biridir».-degan edi.
1994-yil 1-iyuldan boshlab O‘zbekiston Respublikasining pul birligi-so‘m muomalaga kiritildi. Shu kundan boshlab respublіka hududidagi yagona qonuniy to‘lov vositasi sifatida u barcha turdagi to‘lovlar uchun Shuningdek bankdagi hisob varaqalariga kiritish uchun qabul qilinishi shart bo‘lib qoldi.Keyingi vaqtlada milliy valyuta qadrini oshirish uchun katta ishlar qilindi.
Natijada 1995-1996 - yillarda pul qadrsizlanishi sur’atlari ancha qisqardi.
Umuman mamlakatda milliy valyutaning muomalaga kiritilishi iqtisodiyotni barqarorlashtirishning korxonalar va tarmoqlarning moliyaviy ahvoli mustahkamlanishining aholini va mamlakat iste’mol bozorini muhofaza qilishning muhim omili bo‘ldi.
1995-yil 21-dekabrda Oliy Majlisning 4 sessiyasida «O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki to‘g‘risida», «Banklar va banklar faoliyati to‘g‘risida» alohida Qonunlar qabul qilindi. Bu huquqiy hujjatlar Xalqaro Valyuta Fondi va Jahon Banki tomonidan yuqori baholandi.
Mustaqillikning dastlabki yillarida 20 ta tijorat banki ro‘yxatga olingan.1995- yildan ularning 19 tasi aksiyadorlik –tijorat shaklida 5tasi ma’sulyati cheklangan jamiyat 1tasi kooperativ 2 tasi xorijiy sarmoya ishtirokidagi 2tasi davlat banki sifatida faoliyat ko‘rsatgan.
Xulosa qilib aytganda, mamlakatimizda bank tizimini rag‘batlantirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik yangilash va diversifikaiyalash, innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish kabi murakkab jarayonlarning davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi natijasida, inqirozga qarshi chora tadbirlar dasturining o‘z vaqtida puxta ishlab qabul qilinishi, jahon moliyaviy –iqtisodiy inqirozining salbiy ta’sirini bartaraf etishga alohida e’tibor qaratildi.



  1. Yüklə 3,89 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə