R. E. Xoliqova



Yüklə 3,89 Mb.
səhifə39/111
tarix25.10.2023
ölçüsü3,89 Mb.
#130791
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   111
ozbekistonning-eng-yangi-tarixi (1)

Asosiy tushuncha va atamalar: Bozor munosabatlari, «O‘zbek modeli», iqtisodiy islohotlar, strategiya, xususiylashtirish, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish, ko‘p ukladli iqtisodiyot, mulkdorlar sinfi, infratuzilma, investitsiyalash,agrar islohotlar, mulkiy munosabatlar, dehqon-fermer xo‘jaliklari, g‘alla mustaqilligi, iqtisodiy barqarorlik, xorijiy sarmoyalar, kichik biznes, qo‘shma korxona, Mahalliylashtirish dasturi, logistika xizmati, elektr energetikasi, valyuta bozori, iqtisodiy mustaqillik, Xalqaro Valyuta fondi, Jaxon Banki, Soliq kodeksi.

5-MAVZU. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDAGI IJTIMOYI O‘ZGARISHLAR. MUSTAQILLIK YILLARIDA O‘ZBEKISTONDAGI MA’NAVIY VA MADANIY TARAQQIYOT. O‘ZBEKISTONDA TA’LIM (RESPUBLIKADA TA’LIM SOHASIDA AMALGA OSHIRILGAN ISLOHATLAR).


Reja:


  1. O‘zbekiston Respublikasidagi ijtimoyi o‘zgarishlar, aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirilishi, aholini ijtimoiy himoya qilish va sog‘liqni saqlash va xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish masalalari.

  2. O‘zbekiston Respublikasi «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi Qonunning mazmun mohiyati va uning hayotga tadbiq etilishi.

  3. Mustaqillik yillarida O‘zbekistondagi ma’naviy va madaniy taraqqiyot, milliy istiqlol g‘oyasi va mafkuraviy masalalar, milliy urf-odatlar, qadriyat va an’analarning tiklanishi.

  4. O‘zbekistonda ta’lim, ilm-fan sohalarida amalga oshirilgan izchil islohotlar. Yoshlar- kelajagimiz davlat dasturining amalga oshirilishi.
  1. O‘zbekiston Respublikasidagi ijtimoyi o‘zgarishlar, aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirilishi, aholini ijtimoiy himoya qilish va sog‘liqni saqlash va xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish masalalari.




Aholini ijtimoiy himoyalashga alohida e’tibor berilmoqda. O‘zbekistonda islohotlar boshlangan dastlabki paytdayoq, uning asl maqsadi insonga munosib turmush va faoliyat sharoitlarini vujudga keltirishdan iborat, deb belgilangan edi. Bozor munosabatlariga o’tishning ilk davridan boshlab aholini oldindan ijtimoiy himoyalash yuzasidan zarur chora-tadbirlar
ko’rib borildi. Shu maqsadda miqdori muntazam o’zgartirib turilgan ish haqi, pensiyalar, turli nafaqalar, stipendiyalar, kompensatsiya to’lovlari tarzidagi pul to’lovlari keng qo’llanildi.
Dunyo e’tirof etgan bozor iqtisodiѐtiga o‘tishning besh tamoyilning aynan biri ham kuchli ijtimoiy himoyaga yo‘naltirilgan. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlab o‘tganlaridek, «Bozor mexanizmlarini joriy etishdan oldin insonlarni ijtimoiy himoya
qilish tadbirlari amalga oshirilmog‘i lozim. Davlat o‘z aholisini himoya qila olgan taqdirdagina, insonparvar hisoblanadi»14deyilgan.
Shu maqsadda har yili ijtimoiy himoya tizimiga ajratiladigan saramoyalarning ko‘lami ortib bormoqda. Masalan, 2006 yilda byudjet mablag‘larining 51,9% i 2008 “Ijtimoiy himoya yili” Davlat dasturi doirasida aholining ijtimoiy himoyasiga 484 mlrd, so‘mdan ortiq (53,8%),
«Yoshlar yili» da 1,5 trln. so‘mdan ortiq (54,6%), «Barkamol avlod yili»doirasida 1 trillion 700 milliard so‘m, «Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik» yilida 2 trillion so‘m miqdorida mablag‘ ajratildi15. 2016- yil – Sog‘lom ona va bola yilida mamlakatimiz tibbiѐt muassasalarini zamonaviy diagnostika va davolash uskunalari bilan jihozlash uchun 80 million dollar qiymatidagi kredit va grant mablag‘lari yo‘naltirildi, farzand ko‘rish ѐshidagi aѐllar va bolalar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, sog‘lomlashtirildi16.



14 Каримов И.А. Ўзбекистоннинг ўз истиқлол ва тараққиѐт йўли // Ўзбекистон: миллий истиқлол, иқтисод, сиѐсат, мафкура. 1-жилд. Тошкент: Ўзбекистон, 1996.-Б.65.
15 Юсупов Д. Ўзбекистонда ижтимоий ишнинг ривожланиш жараѐнлари / Қадрият. – Тошкент, 2012 йил 4 апрель . – №34. –Б.3.
16 Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиѐев 2017 йил 5 январь куни соғлиқни сақлаш соҳасининг бир гуруҳ етакчи мутахассислари билан учрашувдаги маърузаси. Халқ сўзи. 2017 йил 12 январь. 17.Ўзбекистон Республикаси Конституцияси. – Тошкент: Ўзбекистон, 2015. – Б. 15.
Yuqoridagi raqamlardan ko‘rinib turganidek aholining ijtimoiy himoyasiga yo‘naltirilgan mablag‘larning miqdori yildan-yilga ortib bormoqda va bu boshqa sohalarga nisbatan ham ko‘pni tashkil qiladi.
Shunday ekan, mustaqillikning dastlabki yillaridanoq aholining kam ta’minlangan ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini moddiy qo‘llab quvvatlashning qonunchilik tizimi izchil shakllana bordi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 39-moddasida: «Har bir shaxs qariganda, mehnat laѐqatini yo‘qotganda, boquvchisidan mahrum bo‘lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda davlat ijtimoiy taminotini
olishga haqli»deb mustahkamlangan.17
Aholining hayot darajasini yuksaltirish uchun mehnatga munosib haq to‘lash tizimini shakllantirish va aholi real daromadlarini oshirish maqsadida 2019-yil 1- yanvardan Mehnatga haq to‘lashning yagona tarif setkasi qayta ko‘rib chiqildi. Unga ko‘ra, mehnatga haq to‘lash yagona tarif setkasining quyi razryadlari tarif koeffitsientlarini o‘rtacha 10 foizga, Shu jumladan, 1-razryad bo‘yicha 15 foizga, 2-razryad bo‘yicha 10 foizga va 3-razryad bo‘yicha 5 foizga oshirish orqali mehnatiga kam haq to‘lanadigan xodimlarning ish haqi miqdori jadal ravishda oshirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti hisobidan ta’minlanadigan tashkilotlarda band bo‘lgan universal kasblar xodimlari mehnatiga haq to‘lashga doir razryadlar 2019-yil 1-yanvaridan ularning yangilangan namunalari asosida joriy etildi. 2019-yil 1-sentyabrga qadar Xalqaro moliyaviy institutlar bilan birgalikda mehnatga haq to‘lash miqdorining uning natijalari, bajarilayotgan mehnat funksiyalarining murakkabligi va mas’uliyati bilan yanada uzviy bog‘liqligini ta’minlashni nazarda tutadigan byudjet tashkilotlarida mehnatga haq to‘lash tizimini yanada takomillashtirish konsepsiyasi ishlab chiqilishi rejalashtirilgan.
2019- yilda O‘zbekiston Respublikasining «Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida»gi qonunining yangi tahriri ishlab chiqildi. Bizning fikrimizcha, bu qonun aholini o‘zini o‘zi ish bilan band qilishning zamonaviy va samarali shakllari, jumladan, masofaviy mehnat va shu kabi boshqa faoliyat turlarini kengaytirish va uning huquqiy maqomini belgilash uchun asos bo‘ladi. Xalqimizning hayot darajasini yuksaltirish uchun mehnatga munosib haq to‘lash tizimini shakllantirish va aholi real daromadlarini oshirish zarur. Bu yo‘nalishda eng kam oylik ish haqi miqdorini belgilash tartibi qayta ko‘rib chiqildi18.
Soliq va boshqa to‘lovlarning eng kam ish haqi miqdori bilan bog‘liq bo‘lishiga barham beriladi. Mehnat munosabatlarini takomillashtirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining yangi tahriri ishlab chiqiladi va





18. Холикулова Ҳ,Ю, Мустақиллик йилларида Ўзбекистоннинг ижтимоий-иқтисодий, сиѐсий, маънавий- маданий тараққиѐти. (Ўқув қўлланма).Жиззах– 2020 йил 81-бет.
Mehnat kodeksida bozor iqtisodiyoti talabidan kelib chiqib, norasmiy mehnatdan foydalanishning oldini olishga qaratilgan rag‘batlantiruvchi normalar; ishning o‘ziga xos xususiyatiga ko‘ra, mehnat shartnomasini tuzish va bekor qilishning soddalashtirilgan tartibi, xodim bilan bir vaqtda ish beruvchining ham manfaatlarini ifodalaydigan qoidalar o‘z ifodasini topdi.
Mehnat kodeksida Xalqaro mehnat tashkilotining tavsiyalarini implementatsiya qilish va mehnat munosabatlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri tartibga soluvchi normalar nazarda tutiladi. Mehnat qonunchiligidagi bunday o‘zgarishlar, bizning fikrimizcha aholini erkin mehnat faoliyatini olib borishga va mehnatga munosib haq olishga keng yo‘l ochib beradi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Murojaatnomasida Markaziy bank, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri rahbarlariga 2019 yilda turmush sharoiti og‘ir bo‘lgan 1 ming 600 nafar xotin-qizlarni imtiyozli kreditlar asosida arzon uy-joylar bilan ta’minlash vazifasi topshirilgan.
2014-2018- yillarda yoshga doir pensiya oluvchilar soni – 18,7 foizga, yoshga doir tayinlangan o‘rtacha pensiya miqdori – 50,2 foizga yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori – 64,8 foizga ortgan. Tahlil qilinayotgan davrda nogironlik bo‘yicha pensiya oluvchilar soni 4,2 foizga kamaygan, aksincha ularga tayinlangan o‘rtacha pensiya miqdori 59,0 foizga ortgan. 2018 yilda boquvchisini yo‘qotganligi sababli pensiya oluvchilar soni 249,6 ming kishini tashkil etgan, ularning soni 2014 yilga nisbatan 3,1 foizga ortgan. Bu davrda ularga tayinlangan o‘rtacha pensiya miqdori 51,3 foizga ko‘paygan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-dekabrdagi
«Fuqarolarning pensiya ta’minoti tizimi samaradorligini oshirish va pensionerlarni ijtimoiy qo‘llabquvvatlashni kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-5597-sonli farmoni qabul qilindi. Mazkur farmonga asosan 2019- yil 1-yanvardan boshlab: – barcha ishlovchi pensionerlarga pensiyalar to‘liq miqdorda to‘lanadi; – pensiyani hisob-kitob qilish uchun ish haqining maksimal miqdorini eng kam oylik ish haqining 8 barobaridan 10 barobarigacha oshirildi.
2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ustuvor yo‘nalishlardan biri ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, aholining majburiy ijtimoiy kafolatlarini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, shuningdek, keksalar
va imkoniyati cheklangan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni o‘z ichiga oladi.
O‘zbekiston Respublikasining «Davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi Qonunining yangi tahririni ishlab chiqish va tasdiqlash. b) pensiya ta’minoti tizimiga zamonaviy axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish sohasida: pensiya ta’minoti sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini faol
tatbiq etish, «Pensiya» dasturiy majmuasini modernizatsiya qilish, navbatni yuzaga
keltiradigan, buning natijasida korrupsiya va qog‘ozbozlik holatlarini keltirib chiqaradigan qog‘oz hujjatlar aylanishini bartaraf etish.
Pensiyalarni hisoblashda asos sifatida 2015-yildan tashkil etilgan fuqarolarning

    1. Pensiya jamg‘armasiga o‘tkazib borilgan sug‘urta badallarining markazlashtirilgan reestri ma’lumotlarini inobatga olishni joriy etish. v) pensiya ta’minoti tizimining ijtimoiy adolati va samaradorligini oshirish sohasida: barcha ishlovchi pensionerlarga pensiyalarini to‘liq miqdorda olish huquqini berish; qariyalar va nogironlar internat uylarida (pansionatlarda) yashovchi yolg‘iz pensionerlarga to‘lanadigan pensiya miqdorini oshirish ko‘zda tutildi. III guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga qat’iy belgilangan miqdorda nafaqalarni tadbiq etish. g) rag‘batlantiruvchi mexanizmlarni joriy etish, pensiya miqdori va xodimning mehnat sohasidagi hissasi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni oshirish sohasida. Fuqarolarning 35 yildan ortiqcha ish stajining har bir to‘liq yili uchun pensiyalarning tayanch miqdorini hisoblab chiqarilgan o‘rtacha ish haqining 2 foizi miqdoriga oshirishni nazarda tutish; 54 yoshdan pensiyaga chiqish huquqiga ega bo‘lgan, biroq pensiyani umumiy belgilangan yoshdan kechroq rasmiylashtirgan ayollarning pensiyalariga ustamalar belgilash; pensiyani hisoblab chiqarish uchun hisobga olinadigan o‘rtacha ish haqini pensiya tayinlanish kunidagi belgilangan eng kam ish haqining 8 barobaridan 12 barobarigacha oshirish.

Ijtimoiy sug‘urta tizimida fuqarolarning ixtiyoriy ishtirokini rag‘bat- lantirish choralarini qo‘llash sohasida: pensiya yoshiga etgan, ammo zarur ish stajiga ega bo‘lmagan fuqarolarga, davlat pensiyalarini hisoblashda etishmayotgan stajning har bir oyi uchun Pensiya jamg‘armasiga bir martalik sug‘urta badallarini to‘lash huquqini taklif etish (2018-yil 1-aprel holatiga ko‘ra yangi tayinlangan pensiyalarning 55 foiz ulushini to‘liqsiz ish staji bilan tayinlangan pensiyalar tashkil etadi); ishlovchi er (xotin)ning mehnatga haq to‘lash ko‘rinishidagi daromadlari hisobidan ishlamayotgan turmush o‘rtog‘i uchun ixtiyoriy ravishda Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘lash huquqini taklif etish. Er(xotin) ishlamayotgan turmush o‘rtog‘i uchun Pensiya jamg‘armasiga ixtiyoriy sug‘urta badallari to‘lash tizimi dunyoning ko‘plab davlatlarida mavjud.
Birgina Qashqadaryo viloyatida ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab quvvatlashga sarflanayotgan xarajatlar misolida mamlakatimizda kuchli ijtimoiy siyosat olib borilayotganini guvohi bo‘lishimiz mumkin.



Yüklə 3,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə