|
R. E. XoliqovaR. E. Xoliqovapredmeti
shu mintaqada sodir bo‘lgan jamiki voqea va hodisalar,
ulardagi umumiylik va aloqadorlik qonuniyatlari, tarixiy hodisa va jarayonlar,
umuman insoniyatning barcha tarixiy faoliyat jarayonlarini o‘rganishdir.
Fanning
ob’ekti
aniq tarixiy davr, makon, zamon va geografik va umumiy
mintaqaviy chegaralar, ma’lum xalqlar, mamlakatlar tarixi bilan bog‘liq jarayonlar
bo‘lib, ular voqea va hodisalarni bir butun va yaxlitlikda qamrab oladi.
Fanning
maqsadi
mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasida yuz
bergan muhim o‘zgarishlar, tub islohotlarning mazmun-mohiyatini ko‘rsatish va
jamiyat hayotida aholining, jumladan, talaba-yoshlarning o‘rnini, o‘zligini
anglatishdan iborat.
«
O‘zbekistonning eng yangi tarixi
»
fanini o‘qitishning vazifalari
–
mustaqillikka erishish arafasida O‘zbekistonda yuzaga kelgan murakkab vaziyatni
hamda mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi, iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy
hamda boshqa sohalardagi islohotlar mazmun-mohiyatini talabalarga tushuntirib
berish, ularni Vatanga sadoqat va muhabbat ruhida tarbiyalash hamda milliy
g‘ururni shakllantirishdan iborat.
Fanning
metodologik, ilmiy-nazariy asoslari
O‘zbekistonning eng yangi
tarixini rivojlantirishga doir davlatimiz rahbarining qarori, tarixiy-ma’naviy
merosimizga tayangan holda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ko‘plab
dolzarb mavzulardagi ilmiy tadqiqot ishlari, darslik va qo‘llanmalar,
monografiyalar, ilmiy asarlar asos bo’ladi.
Fanini o‘rganishda ma’lum
ilmiy, nazariy-metodologik tamoyillarga
tayanish ham muhimdir.Bunda ilmiylik, tarixiylik, xolislik (ob’ektivlik), tarixiy
tahlil va qiyosiy taqqoslash,mantiqiy davomiylik va uzviylik ,vorislik va izchillik
metodiga asoslanish metodlariga tayanildi.
2. Intellektual salohiyatli, ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash, komil
Dostları ilə paylaş: |
|
|