R. E. Xoliqova


-yil 23-iyun kuni respublika rahbarligiga Islom Karimov saylandi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/152
tarix22.03.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#181990
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   152
R. E. Xoliqova

1989-yil 23-iyun kuni respublika rahbarligiga Islom Karimov saylandi

Yangi rahbarning faoliyati O‘zbekiston fuqarolarining huquqlarini himoya qilish, 
toptalgan huquqlarini tiklash kabi oliyjanob va xayrli ishdan boshlandi. 
«
Paxta ishi
»
ni
ko‘rib chiqish uchun maxsus komissiya tuzildi. Komissiya ish 
faoliyatiga 40 ming tomdan iborat ishni ko‘rib chiqish topshirildi. 1990-yilning 
iyun oyiga kelib, komissiya eng muhim bir xulosaga keldi. 1990-yil 13-iyun kuni 
Moskva shahriga SSSR Bosh prokurori, SSSR Oliy sudining raisi va SSSR Adliya 
vaziri nomiga yozilgan xatda komissiya xulosalari batafsil ko‘rsatildi. Bu xatda 
«
Paxta ishi
» chuqur tahlil qilinib, sudlanganlarni oqlash masalasi qo‘yilgan edi. 
Biroq yuqoridagi tashkilotlar ko‘mak o‘rniga 
tayzyiqni 
kuchaytirdilar. 
Respublika rahbarining qat’iyatli harakati bilan nohaqlik barham topdi. 
Komissiya ikki yildan ko‘proq vaqt orasida 
40 ming tomlik ishni ko‘rib
chiqdi. 
3,5 mingdan ko‘proq kishi oqlandi. 
Qolganlarning jazo muddatlari kamaytirilib, 
bir qismi Prezidentimiz tomonidan avf etildi. 
XX asrning 80-yillarning o‘rtalariga kelib mamlakatdagi iqtisodiy 
taraqqiyotni chuqur tahlil qilmasdan 90-yillarning oxiriga borib, sobiq SSSR da 
milliy daromadni 2-2.5 barobar o‘stirish, aniqrog‘i avvalo 70 yil ichida amalga 
oshirilgan ishlarni keyingi 15 yil ichida bajarish vazifalari qo‘yildiki, bular 
mutlaqo haqiqatdan uzoq edi. Bu hol tabiiy ravishda 70-80 yillar boshlarida 
jamiyat oldidagi muhim xalq xo‘jaligi vazifalarini ishlab chiqarishni jadallashtirish 
bilan emas, balki qo‘shib yozish, pora berish, oshna-og‘aynigarchilik bilan 
osongina hal qilishga olib keldi. 


20 
Davlat rejalashtirish tizimi murakkab ijtimoiy va xo‘jalik vazifalarini 
ma’muriy-buyruqbozlik yo‘li bilan hal qilishga qodir bo‘lmay qoldi. Natijada 
iqtisodiy o‘sish har yiliga kamayib bordi. Respublika xalq xo‘jaligida umumiy 
ijtimoiy 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə