R. E. Xoliqova


Prezidentlik boshqaruvining joriy etilishi va Mustaqillik deklarasiyasi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/152
tarix22.03.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#181990
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   152
R. E. Xoliqova

Prezidentlik boshqaruvining joriy etilishi va Mustaqillik deklarasiyasi 
qabul qilinishining tarixiy ahamiyati.
I.A.Karimov o‘z faoliyatining dastlabki kunlaridan yirik davlat arbobi va 
mohir siyosatchi, bunyodkor va tashkilotchi, katta tajribaga ega bo‘lgan 
amaliyotchi va teran nazariyotchi sifatida serqirra va samarali faodiyat bilan 
respublikada millatidan va dinidan qat’iy nazar, odamlar O‘zbekistonni o‘z Vatani 
deb hisoblashlariga nafaqat da’vat etdi, balki ular uchun shart-sharoit yaratish 
qayg‘usi bilan yashadi. 1989-yil sentyabrda KPSS MQning navbatdagi plenumida 
ham I.A.Karimov O‘zbekistoning yangi rahbari sifatida respublikadagi ijtimoiy-
iqtisodiy ahvol tang vaziyatga tushib qolganligini alohida ta’kidlab o‘tadi. Biroq, 
markaz respublikalar milliy manfaatlarini o‘ylashdan yiroq edi. Respublikada sodir 
bo‘layotgan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar avvadlari markazni qanchalik e’tiboridan 
chetda qolgan bo‘lsa endilikda ham uni mamlakatda iqtisodiy inqirozlar kuchayib 


24 
turgan vaqtda bu hol umuman qiziqtirmas edi. Mana shu vaqtda respublika 
rahbarining haqiqiy milliy rahbar sifatidagi o‘rni yaqqol namoyon bo‘lgan edi. 
Uzoq yillik tarix davomida dunyoning ko‘plab davlatlarida xalqlar 
millatlarning ozodlik kurashlari tarixida ona xalqining milliy ozodlik kurashiga 
boshchilik qilgan ko‘plab yo‘lboshchilar ma’lum. O‘zbekiston tarixida ham XX asr 
90-yillariga kelib Islom Karimov ham millatning lideri, ulug‘ yo‘lboshchi sifatida 
maydonga chiqdi. U avvalo respublikadagi tang ahvolni qalban sezgan holda 
markazdan xoli xalq manfaatlarini ko‘zlab ish olib borish lozimligini anglab, og‘ir 
va mas’uliyatli vazifalarni hal etishni boshladi. Farg‘ona vodiysida kuchayib 
ketgan mesxeti-turklari va o‘zbeklar o‘rtasida turli ig‘volar va bo‘xtonlar natijasida 
boshlangan mojarolarga ehtiyotkorona va bosiqlik bilan, mojarolar ildizini bilib, 
mojarolar yana kuchayib ketishining oldini olish choralarini belgilagan holda 
siyosat yuritdi. Uning siyosiy etakchilikka xos fazilatlari, masalaga yondoshish 
usuli, ijtimoiy-siyosiy jarayonlar borishini o‘ta nozik va chuqur anglay olish 
salohiyatiga ega ekanligi mana shu erda yaqqol ko‘zga tashlandi. 25-iyun kuni 
Farg‘ona vodiysiga borgan I.A.Karimov sarosimaga tushgan odamlar bilan chin 
dildan suhbatlashdi. Xavfsizlik hizmatining qattiq qarshiliga qaramay Qo‘qon 
shahriga bordi, yo‘l-yo‘lakay bir-ikki joyda to‘xtab, odamlarning ro‘y berayotgan 
voqealar haqidagi fikrini bilib oldi. Mojarolar tufayli zarar ko‘rganlar savdoga
chiqariladigan zahira hisobidan oziq-ovqat bilan ta’minlandi. 
Farg‘ona vodiysida tinchlik o‘rnatilgach, sovet davlati milliy siyosati o‘zini 
oqlay olmaydigan darajada sayoz ekanligini anglagan O‘zbekiston rahbari 
O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan turli millat vakillarining milliy manfaatlarini 
himoya qilish, xususan ona Vatanlaridan majburan ko‘chirilgan xalqlarni 74 yil 
davomida ta’qib ostida ushlagan siyosatdan himoya qilish, ularga milliylik hissini 
berish, g‘ururni shakllantirish maqsadida respublikada milliy madaniy markazlar 
tuzish uchun xarakatlarni boshladi. Bu markazlarning faoliyatini muvofiqlashtirib 
turish maqsadida O‘zbekiston SSR Madaniyat ishlari vazirligi huzurida respublika 
millatlararo madaniyat markazi tashkil etildi va ularning soni 1989-yilda 12 ta edi. 
Ushbu markazga milliy madaniy markazlar faoliyatiga rahbarlik qilishi, turli 
millatlarning urf-odat, diniy qadriyatlarini tiklash va rivojlantirishda ko‘mak 
berishi asosiy vazifa qilib belgilandi. O‘sha yillari butun mamlakatda bo‘lganidek, 
milliy madaniy markazlar faoliyatida ko‘p narsalar birinchi marotaba sodir bo‘ldi. 
Farg‘ona vodiysida tinchlik o‘rnatilgach, sovet davlati milliy siyosati o‘zini 
oqlay olmaydigan darajada sayoz ekanligini anglagan O‘zbekiston rahbari 
O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan turli millat vakillarining milliy manfaatlarini 
himoya qilish, xususan ona Vatanlaridan majburan ko‘chirilgan xalqlarni 74 yil 
davomida ta’qib ostida ushlagan siyosatdan himoya qilish, ularga milliylik hissini 
berish, g‘ururni shakllantirish maqsadida respublikada milliy madaniy markazlar 
tuzish uchun xarakatlarni boshladi. Bu markazlarning faoliyatini muvofiqlashtirib 
turish maqsadida O‘zbekiston SSR Madaniyat ishlari vazirligi huzurida respublika 
millatlararo madaniyat markazi tashkil etildi va ularning soni 1989-yilda 12 ta edi. 
Ushbu markazga milliy madaniy markazlar faoliyatiga rahbarlik qilishi, turli 
millatlarning urf-odat, diniy qadriyatlarini tiklash va rivojlantirishda ko‘mak 


25 
berishi asosiy vazifa qilib belgilandi. O‘sha yillari butun mamlakatda bo‘lganidek, 
milliy madaniy markazlar faoliyatida ko‘p voqealar birinchi marotaba sodir bo‘ldi. 
Bunday markazlar, xususan, polyak milliy madaniy markazi «Svetlitsa 
Polska», koreys milliy madaniy markazi «Vozrojdenie» (Tiklanish), ozarbayjon 
milliy madaniy markazi «Gardashlo‘k» (Do‘stlik), nemis milliy madaniy markazi 
«Vidergeburt» (Tiklanish, Wiedergeburl), kabilar respublika ijtimoiy-iqtisodiy 
hayotida, xalqlar o‘rtasida do‘stlik, qardoshlikni mustahkamlashda sharafli 
xizmatni o‘tadi. Masalan, O‘zbekistonda «Wiedergebiirt» nemis milliy-madaniy 
markazi 1989-yildan boshlab O‘zbekistonda istiqomat qiladigan nemis xalqi 
manfaatlarini himoya qilib, o‘sib kelayotgan nemis yoshlariga nemis tili, xalq 
bayramlari, xalq qo‘shiq va raqslarini o‘rgatishni yo‘lga qo‘ydi. Ushbu milliy-
madaniy markaz tashabbusi bilan birinchilardan bo‘lib Rojdestvo – 
«Weihnachten» bayramini qayta tiklandi, 1990-yilda Toshkentda nemis 
Evangelist-Lyuteran cherkovi qayta ta’mirlandi. Respublikaning umumta’lim o‘rta 
maktablarida tojik, qozoq, turkman va qirg‘iz tilida o‘qitish darajasini kengaytirish, 
respublika oliy o‘quv yurtlarida qozoq, tojik, qirg‘iz tillarida o‘qitish bo‘limlari va 
ularni darslik hamda o‘quv
 
ko‘rgazmalari bilan qurollantirish vazifasi ham 
belgilandi.
 
Ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosatining jabhalarida 
O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan xalqlar va ularning manfaatlari bilan bog‘liq 
masalalar birinchi navbatda turar edi. Shunday vaziyatda tinch hayotni ta’minlash 
uchun davlatni boshqara oladigan, bo‘lib o‘tgan va o‘tayottan iqtisodiy, siyosiy 
jarayonlardan to‘g‘ri xulosa millat ravnaqi yo‘li asoslarini boshlab bera oladigan 
rahbar pecpublika uchun zarur edi. 1989-yil 24-iyunda I.A.Karimov O‘zbekiston 
rahbari etib saylanishi bilan O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining Farg‘ona 
vodiysi oblastlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini jadallashtirish masalalariga 
bag‘ishlangan Kengashda so‘zlangan nutqida: «Hozirgi kunda ko‘pgina odamlar 
Farg‘ona voqealarning sabablarini turlicha izohlashmoqda. Men ham butun barcha 
sabablarni sanab ularning eng asosiylarini qayd etmoqchi emasman. Lekin, barcha 
voqealarining ildizi - Farg‘ona vodiysida yashayotgan aholining og‘ir ijtimoiy-
iqtisodiy ahvoli bilan bog‘liq, desam, o‘ylaymanki, ko‘pchilik bu fikrga 
qo‘shilad», deb alohida ta’kidlab o‘tadi. O‘zbekistonning rahbari sifatida ish 
boshlagan I.A.Karimov «O‘zbekiston etakchisi sifatida uzoq vaqtlar davomida 
echilmasdan, gazak oldirilgan kamchilik va nuqsonlar, o‘tkir ijtimoiy 
muammolarning ildizini ochib tashlaydi, mavjud ayanchli ahvolni tuzatish 
bo‘yicha Markaz rahbariyati oldinga qat’iy talablarni prinsipial tarzda qayta-qayta 
qo‘yishdan cho‘chimaydi». 
O‘zbekistonning mustaqillikka erishuvi uzoq davom etgan tarixiy 
jarayonning natijasi bo‘ldi. O‘zbek xalqi qariyib 3000 yillik tariximizda qisqa 
vaqtgina mustaqil yashagan xolos. Ayniqsa, keyingi oq va qizil saltanatning 130 
yil davom etgan hukmronligi o‘z tarixiy davlatchiligiga ega bo‘lgan Turkistonni 
mustamlaka va qaramga aylantirgandi. Bu zulmatga qarshi kurash goh pinhona, 
goh oshkora bo‘lsin xalqimiz azal-azaldan o‘z fikri-zikri bilan mustaqil, ozod, 
erkin yashash uchun tinimsiz intildi.


26 
XX asr 90-yillariga kelib jahon va sobiq Ittifoqdagi o‘zgarishlar, hamda 
yuzaga kelgan vaziyat o‘zbek xalqining mustaqillik uchun bo‘lgan kurashini 
tezlashtirib yubordi. 
Voqealar jarayoni shu darajada tezlashdiki, I.A. Karimovning siyosati 
bevosita o‘zbek xalqi xohish-irodasi, sa’y-
harakati bilan qo‘shilib ketib, ittifoq 
rahbariyatini xiyla talvasaga solib qo‘ydi. 
O‘zbekiston SSR Oliy Kengashning 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə