R. E. Xoliqova



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/152
tarix22.03.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#181990
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   152
R. E. Xoliqova

 
 
3. Mustaqillik arafasida O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va 
manaviy hayoti: muammolar va echimlar. O‘zbekistonning mustaqillik sari 
yo‘l tutishi.
XX asrning 80-yillari sobiq sovet davlatida ijtimoiy- iqtisodiy, siyosiy va 
ma’naviy jihatdan yaqqol tanazzul holati yuzaga kelib qolgan davr edi. «Qayta 
qurish» siyosati barbod bo‘lishi, ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan
mulkchilikning turli shakllari raqobat asosida saqlanishni inkor etgan mavhum 
siyosiy, sinfiy, umumiy manfaatlarni milliy manfaatlardan ustun qo‘ygan, yagona 
partiyaning hukmronligiga tayangan mustabid tuzum butunlay istiqbolsiz ekanini 


19 
amalda yana bir bor ko‘rsatgan edi. Bu vaqtda O‘zbekiston iqtisodiy hayoti 
juda og‘ir ahvolda, xususan, sanoatning biryoqlama rivojlanib, «paxta» sanoat 
kompleksiga moslashishi, ekologik ahvolning og‘irlashib, onalar va bolalar 
o‘limining oshib ketishi, millatlararo munosabatlarda ziddiyatli holatlar yuzaga 
kelib, milliy mojarolar yanada kuchayib, milliy urf-odatlar, qadriyatlar ta’qib 
ostida qolishi respublikani tang ahvolga solib qo‘ygan edi. 
O‘sha davlarda o‘zbeklar hayotida «Paxta ishi» va «o‘zbeklar ishi» deb 
yuzsizlarcha 
nomlangan 
tergovlar 
boshlanib 
ketdi. 
Gdlyan 
guruhi 
o‘zbekistonliklarga nisbatan qonunsiz, beshafqat ishlarni boshlab yubordi. 
Ularning zo‘ravonligi oqibatida sudlar adolatsiz hukmlar chiqara boshladi. 
1989-yilgacha bu ishlar bo‘yicha 4,5 mingdan ko‘proq kishi sudlandi

O‘sha paytda respublikadagi qamoqxonalarda joy qolmagani uchun 
sudlanganlarning mingdan ortig‘i jazoni o‘tash uchun Sibir qamoqxonalariga 
jo‘natildi. 
Gdlyan guruhi
O‘zbekiston hududida cheklanmagan vakolatlarga ega bo‘ldi. 
Aybsiz odamlarni, ularning oila a’zolarini qamoqqa olish, jismoniy va ruhiy 
qiynoqqa solish avj oldi. Hibsga olinganlar tergov usullariga dosh berolmay o‘z 
jonlariga qasd qilishgacha borib etdilar. 
O‘zbekistonda inson huquqlari behad toptalayotganligi haqida Moskvaga 
minglab xatlar jo‘natildi. Afsuski, bu xatlar tekshirilmasdan, hatto javob yozishga 
ep ko‘rilmadi. Aksincha Gdlyan va uning gumashtalariga ketma-ket unvonlar 
berildi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə